08.10.2021 yildagi 629-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.10.2021 yildagi 629-son
Date of entry into force
09.10.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 29-apreldagi PQ-5098-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5098-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali (keyingi oʻrinlarda — festival) hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, koʻrik-tanlov, taqdimot va koʻrgazmalar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-maʼrifiy, shuningdek, targʻibot-tashviqot tadbirlarining oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Festival 21 — 25-may kunlari va uning doirasida “Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalga uygʻun holda Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmogʻi vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro koʻrgazma-savdosi oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalni 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba may oyida Buxoro shahrida oʻtkazish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasini Festivalning asosiy tashkilotchilari etib belgilash;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalda hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik hamda zargarlik tarmogʻining sanoat yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari aʼzolari, zargarlik tarmogʻida faoliyat yurituvchi tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning sohadagi koʻzga koʻringan vakillarining ishtirok etishi tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalga hayʼat aʼzolari va ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 6 nafargacha ijodiy delegatsiyani taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festival doirasida milliy hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishi boʻyicha mahsulotlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish, ishtirokchilar mahoratini baholash uchun yetti nafardan iborat tarkibda xalqaro hayʼatni tuzish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari koʻrgazmasi va mahorat darslarini 12 ta nominatsiya boʻyicha xalqaro hayʼat tomonidan baholash, koʻrik-tanlov gʻoliblarini tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, qimmatbaho esdalik sovgʻasi va pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buxoro shahrida 2022-yilda Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita mazkur qaror bilan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 8-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
629-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 629-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini (keyingi oʻrinlarda — festival) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni hamda zargarlik tarmogʻidagi yangi “milliy brend” tashkilotlarining soha rivojiga hissa qoʻshgan tajribali vakillarini, isteʼdodli hunarmandlarni aniqlash, ularni maʼnaviy hamda moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda zardoʻzlik va zargarlikni (milliy brendlarni) jadal rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik faoliyatidagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada zardoʻzlik va zargarlik tarmogʻini rivojlantirish bilan mazkur kasb-hunar turlarini “ustoz-shogird” anʼanalari hamda malaka oshirish kurslari orqali yoshlarga oʻrgatish va yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik namunalarini oʻzbek brendi sifatida xalqaro miqyosda targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqada milliy hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishi orqali turizm salohiyatini yanada yuksaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek xalq milliy madaniyati anʼanalarini namoyish etish orqali sayyohlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik sanʼatining noyob va yoʻqolib borayotgan namunalarini hozirgi zamon talabidan kelib chiqib yangi andozada uygʻunlashtirish va qayta tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalga iqtidorli yosh zardoʻz va zargarlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalda xorijdagi zardoʻzlik va zargarlik maktablarining usta zardoʻz hamda zargarlari, shuningdek, zamonaviy texnalogiyalar asosida faoliyat yuritayotgan xorijiy zargarlik tashkilotlarining dizayn, marketing va menejment yoʻnalishlaridagi mutaxassislari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida ularni jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festival tashkilotchisi — zardoʻzlik va zargarlik mahsulotlarining koʻrgazma-savdo yarmarkalari, festival bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festival ishtirokchisi — tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik hamda zargarlik tarmogʻining sanoat yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan zardoʻz hunarmandlar va zargar ustalar, sulola davomchilari boʻlgan “Hunarmand” hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari aʼzolari bilan bir qatorda zargarlik tarmogʻida faoliyat yurituvchi tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning sohadagi koʻzga koʻringan vakillari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari, mahalliy va chet ellik ommaviy axborot vositalari vakillari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konferensiya ishtirokchisi — zardoʻzlik va zargarlik sohasining taniqli olimlari, mutaxassislari hamda faxriy mehmonlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrik-tanlov ishtirokchisi — festivalning hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik hamda zargarlik tarmogʻining sanoat yoʻnalishi ishtirokchisi hisoblangan mahalliy va chet ellik tadbirkorlik subyektlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saralash komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va boshqa vazirliklar va idoralarning soha mutaxassislaridan iborat festival ishtirokchilari tomonidan mazkur Nizom talablari asosida taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, ishtirokchilar roʻyxatini Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun taqdim qiluvchi komissiya.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Festival 2022-yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba may oyida Buxoro shahrida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalni oʻtkazishning aniq sanasi va vaqti Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Festival Buxoro viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Tashkilotchilar) tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Festival doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi oʻrinlarda — Konferensiya);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan milliy va xorijiy brend mahsulotlari koʻrik-tanlovi (keyingi oʻrinlarda — Koʻrik-tanlov);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy va mahalliy zardoʻz va zargar ustalar ishtirokida mahorat darslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq sayillari, mamlakatimizning taniqli sanʼatkorlari ishtirokida zamonaviy va kreativ usulda sahnalashtirilgan konsert dasturlari namoyishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik sanʼatiga oid koʻrgazmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, qadimiy zardoʻzlik hamda zargarlik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari namoyishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro shahrida faoliyat koʻrsatayotgan mashhur zardoʻz va zargarlar ustaxonalariga ekskursiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy libos va milliy taqinchoqlar bilan koʻrgazmali chiqishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festival koʻrik-tanlovi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi va gala-konsert.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Festivalga mos davrda Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro koʻrgazma-savdosiga tashrif buyuradigan xorijiy hamda mahalliy zargarlik tarmogʻi vakillari, xorijiy investor, ekspertlar hamda soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat tili, ingliz va rus tillari festivalning ishchi tillari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali hamda festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Festival doirasida oʻtkaziladigan mahsulotlar koʻrgazmasi ishtirokchilari bir vaqtning oʻzida koʻrik-tanlov ishtirokchisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻrik-tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivaliga qatnashish toʻgʻrisida festival Tashkiliy qoʻmitasi nomiga yozgan arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — Davlat asillik darajasini belgilash palatasining litsenziyasi yoki tasdiqnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning 3x4 va 10x15 hajmdagi rangli fotosurati (4 donadan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning pasporti nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish va ijodiy faoliyati toʻgʻrisida toʻliq yozma maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqargan mahsulotlarining 10 donadan kam boʻlmagan sifatli fotosuratlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻrik-tanlovning mahalliy ishtirokchilari mazkur Nizomning 11-bandida keltirilgan hujjatlarni festivaldan uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalariga yoʻnalishga qarab taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari taqdim qilingan hujjatlarni festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 10-kuniga qadar saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Festivalning mahalliy ishtirokchilari hujjatlari saralash komissiyasi tomonidan Nizom talablariga koʻra oʻrganib chiqilib, qaror qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 20-kuniga qadar Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tashkiliy qoʻmita tomonidan mahalliy ishtirokchilar roʻyxati festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar tasdiqlanadi hamda ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Festivalning chet ellik ishtirokchilari festival va uning doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun festivaldan toʻrt oy oldin festival veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadilar (festival tashkilotchilari tomonidan taklif etiladigan yuqori martabali mehmonlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻrik-tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan chet ellik ishtirokchilar roʻyxatdan oʻtish jarayonida festival veb-sayti orqali mazkur Nizomning 11-bandida keltirilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari taqdim qilingan hujjatlarni yoʻnalishga qarab oʻrganib chiqadi hamda festival oʻtkaziladigan yilning 1-fevraliga qadar saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Festivalning chet ellik ishtirokchilar hujjatlari saralash komissiyasi tomonidan Nizom talablariga koʻra koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror festival oʻtkaziladigan yilning fevral oyi 10-kuniga qadar Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkiliy qoʻmita tomonidan xorijiy ishtirokchilar roʻyxati festival oʻtkaziladigan yilning 1-martiga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan roʻyxat ishtirokchilarni xabardor qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari 10 kun muddatda ishtirokchilarni ularning elektron manziliga taklifnoma yuborish orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Festivalga Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan hayʼat aʼzolari va ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 6 nafargacha ijodiy delegatsiya taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularning yashash, ovqatlanish, Oʻzbekistonga kelib-ketish (uchinchi davlat orqali uchishlari ham), ichki transport va yoʻl xarajatlari ushbu Nizomning 26-bandida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalda oʻz hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 6 nafargacha aʼzolaridan tashqari) zardoʻzlik, zargar va zargarlik tashkiloti vakillari, sohaning taniqli olimlari va mutaxassislar hamda faxriy mehmonlar tashkilotchilar takliflari asosida qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Konferensiya ishtirokchisi konferensiya oʻtkaziladigan sanadan uch oy avval festival veb-sayti orqali Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi materiallarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotnoma (rezyume);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6x9 oʻlchamdagi rangli fotosurat (3 dona);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konferensiya ishtirokchisining hajmi 4-5 betdan va 300 ta soʻzdan kam boʻlmagan maʼruzasi matni (oʻzbek, ingliz yoki rus tillarida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari taqdim qilingan hujjatlarni festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 10-kuniga qadar saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hujjatlar saralash komissiyasi tomonidan Nizom talablariga koʻra oʻrganib chiqilib, qaror qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 20-kuniga qadar Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tashkiliy qoʻmita tomonidan roʻyxat festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar tasdiqlanadi hamda ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Buxoro viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 50 foizi — Buxoro viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Xalqaro hayʼat faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholash uchun Tashkiliy qoʻmita tomonidan jami yetti nafardan iborat tarkibda xalqaro hayʼat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro hayʼat tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro hayʼat aʼzolari Xalqaro hayʼat raisini saylaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro Hayʼat raisiga va hayʼat aʼzolarining har biriga 1 000 AQSh dollari miqdorida gonorar puli toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Quyidagilar koʻrik-tanlov ishtirokchilari mahoratini baholashda asosiy mezon hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik mahsulotlarining jozibasi va tarovati, oʻziga xos uslubga egaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik mahsulotlarining anʼanaviy xususiyatlarga, tarixiy ildizga ega ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasi hamda bezaklarida tarixiy anʼana va zamonaviy innovatsion uslubning uygʻunlashuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot sifatli materiallardan tayyorlanganligi va standartlarga javob berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning oʻziga xosligi va yangiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz yoʻnalishida alohida maktab yaratganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“usta-shogird” maktabi anʼanalari asosida yoshlarga hunar sirlarini oʻrgatganligi va shogirdlar tayyorlaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajdodlaridan qolgan hunar turini anʼnalarni saqlagan holda davom ettirayotgan sulola davomchisi ekanligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro hayʼat tomonidan koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari koʻrgazmasi va mahorat darslari 12 ta nominatsiya (“Eng yaxshi zardoʻzlik korxonasi”, “Eng yaxshi zargarlik korxonasi”, “Eng yaxshi zardoʻz”, “Eng yaxshi zargar”, “Eng yaxshi zardoʻzlik maktabi ustasi”, “Eng yaxshi zargarlik maktabi ustasi”, “Zardoʻzlik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi”, “Zargarlik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi”, “Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan zardoʻz”, “Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan zargar”, “Eng yosh mahoratli zardoʻz”, “Eng yosh mahoratli zargar”) boʻyicha baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Mukofotlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Festival doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, qimmatbaho esdalik sovgʻasi va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi zardoʻzlik tashkiloti” — 5 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi zargarlik tashkiloti” — 5 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi zardoʻz” — 5 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi zargar” — 5 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi zardoʻzlik maktabi ustasi” — 3 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yaxshi zargarlik maktabi ustasi” — 3 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zardoʻzlik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi” — 3 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zargarlik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi” — 3 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan zardoʻz” — 3 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan zargar” — 3 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yosh mahoratli zardoʻz” — 3 000 AQSh dollari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eng yosh mahoratli zargar” — 3 000 AQSh dollari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar hayʼat aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan mohir zardoʻz, zargar va zargarlik tashkiloti vakillarini taqdirlash uchun mustaqil ravishda maxsus mukofotlar taʼsis etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalning har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qoʻmita tomonidan Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tashkilotchilarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tashkilotchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalni oʻtkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qoʻmitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
festivalga jahondagi yetakchi prodyuser, menejerlar va soha mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Festival ishtirokchisi boʻlgan chet el fuqarosi oʻz tibbiy sugʻurtasiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi festivalni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali hamda festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali hamda festival doirasida oʻtkaziladigan koʻrgazma va koʻrik-tanlovda ishtirok etish

a) Mahalliy ishtirokchilar boʻyicha:

1-bosqich

Mahalliy ishtirokchilar

Mazkur Nizomning 11-bandida keltirilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalariga yoʻnalishga qarab taqdim etadilar.

Festivaldan uch oy oldin

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari

Taqdim qilingan hujjatlarni saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 10-kuniga qadar

3-bosqich

Saralash komissiyasi

Hujjatlarni Nizom talablariga koʻra oʻrganib chiqib, Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 20-kuniga qadar

4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Mahalliy ishtirokchilar roʻyxatini tasdiqlaydi.

Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari

Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan ishtirokchilarni xabardor qiladi.

Tasdiqlangan sanadan eʼtiboran 10 kun muddatda

b) Chet ellik ishtirokchilar boʻyicha:

1-bosqich

Chet ellik ishtirokchilar

Festival va uning doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun festival veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadilar. (festival tashkilotchilari tomonidan taklif etiladigan yuqori martabali mehmonlar bundan mustasno).

Roʻyxatdan oʻtish jarayonida festival veb-sayti orqali mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan hujjatlarni taqdim etadilar.

Festivaldan toʻrt oy oldin

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari

Taqdim qilingan hujjatlarni yoʻnalishga qarab oʻrganib chiqadi hamda saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning 1-fevraliga qadar

3-bosqich

Saralash komissiyasi

Hujjatlarni Nizom talablariga koʻra koʻrib chiqib, qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qarorni Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning fevral oyi 10-kuniga qadar

4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Xorijiy ishtirokchilar roʻyxatini tasdiqlaydi.

Tasdiqlangan roʻyxatni ishtirokchilarni xabardor qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalariga taqdim etadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning 1-martiga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari

Ishtirokchilarni elektron manziliga taklifnoma yuborish orqali xabardor qiladi.

Tasdiqlangan sanadan eʼtiboran 10 kun muddatda

II. “Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish

1-bosqich

Mahalliy va xorijiy mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar

Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaga Nizom talablaridan kelib chiqib tegishli materiallarni festival veb-sayti orqali taqdim etadilar.

Konferensiya oʻtkazilish sanasidan uch oy avval

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari

Taqdim qilingan hujjatlarni saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 10-kuniga qadar

3-bosqich

Saralash komissiyasi

Hujjatlarni Nizom talablariga koʻra oʻrganib chiqib, qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qarorni Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning mart oyi 20-kuniga qadar

4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Roʻyxatni tasdiqlaydi.

Tasdiqlangan roʻyxatni ishtirokchilarni xabardor qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalariga taqdim etadi.

Festival oʻtkaziladigan yilning 1-apreliga qadar

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari

Ishtirokchilarni elektron manziliga taklifnoma yuborish orqali xabardor qiladi.

Tasdiqlangan sanadan eʼtiboran 10 kun muddatda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 629-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro shahrida 2022-yilda Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masullar

Vazirlik, idora
va xoʻjalik birlashmalaridan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Tashkiliy masalalar

1.

2022-yil 21 — 25-may kunlari Buxoro shahrida Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish.

1. Ushbu chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda smeta xarajatlari masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish.

2. Festival doirasida:

ishtirokchilarni kutib oluvchi va kuzatuvchi;

ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtiruvchi va transport bilan taʼminlovchi;

ishtirokchilarni ovqatlantirishni tashkil etuvchi;

tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yorituvchi;

madaniy dam olishni tashkil etuvchi;

tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qiluvchi guruhlar tuzish;

ularga yoʻriqnoma berish va zarur malakalarga oʻqitish.

2022-yil
yanvar, fevral, mart, aprel




2022-yil fevral-mart

Buxoro viloyati hokimligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Turizm va sport vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi


Buxoro viloyati hokimligi,

“Hunarmand” uyushmasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Turizm va sport vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

2.

Festival oʻtkaziladigan joyni tayyorlash.

1. Festival oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan, bino va inshootlarni) belgilash toʻgʻrisida Buxoro viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishlariga alohida-alohida joy ajratish hamda festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi boʻyicha har biriga alohida) hamda chet ellik zardoʻz va zargarlar uchun (chet el davlatlari uchun kamida 6 tadan 10 tagacha) alohida pavilonlar tashkil etish, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, milliy libos va milliy taqinchoqlar bilan koʻrgazmali chiqish sahnasini ajratishni nazarda tutish.

2. Landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda festival doirasida Buxoro shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

3. Festival oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

4. Festivalda xorijiy davlatlardan zargarlik yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etish maqsadida keladigan ishtirokchilar uchun bojxona postlarida qulayliklar yaratish (qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalagan zargarlik buyumlarining festival doirasida koʻrgazma uchun olib kirilishini inobatga olish).

Bunda festival ishtirokchilariga, istisno tariqasida, koʻrgazma-savdoda namoyish etiladigan asbob-uskunalar, zargarlik buyumlari, qimmatbaho
va yarim qimmatbaho toshlarni, shuningdek, namoyish doirasida ishlatiladigan stendlar, qurilish-montaj, tasviriy-dizaynerlik qurilmalari va reklama materiallarining (kataloglar, preyskurantlar, plakat, planshet, buklet, broshyura va h. k. ) bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, bojxona toʻlovlari undirilmasdan, shuningdek, ruxsat beruvchi hujjatlarni va sertifikatlarni rasmiylashtirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilishi va qaytarib olib chiqib ketilishiga ruxsat beriladi.

5. Festival doirasida xorijiy mehmonlar uchun bank xizmatlaridan foydalanishi uchun qullay shart-sharoitlar yaratish (koʻchma valyuta shoxobchalari, bankomat jihozlari)

2022-yil yanvar-fevral









2022-yil

aprel-may





Festival doirasida













2022-yil aprel

Buxoro viloyati hokimligi










Buxoro viloyati hokimligi,

Uy-joy kommunal

xizmat koʻrsatish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar



Davlat bojxona qoʻmitasi













Markaziy bank

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati







A. Ramatov,

Sh. Abidov





S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati










J. Qoʻchqorov,

D. Xolmurodov

3.

Festival ishtirokchilarini mehmonxonalar bilan taʼminlash.

1. Buxoro shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi oʻrinlar sonini xatlovdan oʻtkazish.

2. Mehmonxonalarning mehmonlarni qabul qilish imkoniyati yetarli boʻlmagan taqdirda, qoʻshimcha ravishda 8 — 10 oʻrinli oilaviy mehmon uylari va xostellarni tashkil etish choralarini koʻrish.

2022-yil

yanvar

2022-yil
may oyiga qadar

Buxoro viloyati

hokimligi,

Qurilish vazirligi,

Turizm va sport vazirligi,
tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

A. Abduhakimov,

O. Qudratov

4.

Festivalni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish.

1. Festival dasturini ishlab chiqish.

2. Dasturni turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarga keng joylashtirish orqali targʻib qilish.

2022-yil fevral

2022-yil

mart

Buxoro viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi,

Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand”,
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmalari

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

5.

Festival logotipini ishlab chiqish va tayyorlash.

1. Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali logotipi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha nizomni tasdiqlash.

2. Nizom talablari asosida logotipni ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilish.

3. Tanlov asosida saralangan logotip qabul qilinishini taʼminlash.

4. Tanlov logotipini Tashkiliy qoʻmita yigʻilishida muhokama qilish va qabul qilish.

2022-yil

yanvar

“Hunarmand” uyushmasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Badiiy akademiya, Turizm va sport vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

6.

Festival esdalik buyumlarini tayyorlash.

Festivalni targʻib qiluvchi esdalik buyumlari, bosma mahsulotlar (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar)ni tayyorlash.

2022-yil

fevral-mart

“Hunarmand” uyushmasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Badiiy akademiya, turizm va sport vazirligi

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

7.

Umumiy ovqatlanish xizmatlarining toʻlaqonli koʻrsatilishini taʼminlash.

1. Festival davomida Buxoro shahrida mavjud umumiy ovqatlanish tashkilotlarining mehmonlarni qabul qilish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2. Zaruratga koʻra yangi kafe va restoranlar tashkil qilish choralarini koʻrish.

3. Zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash.

2022-yil

yanvar

2022-yil
may oyiga qadar

Festival kunlari

Buxoro viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi,

tashabbuskor tadbirkorlik

subyektlari

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

8.

Yoʻlovchi tashish xizmati koʻrsatishni tashkil etish.

1. Buxoro shahridagi barcha taksi xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni xatlovdan oʻtkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini oʻrganib chiqish.

2. Zaruratga koʻra Buxoro viloyatining boshqa hududlaridan Buxoro shahriga taksi xizmati koʻrsatuvchi subyektlarni safarbar qilish.

3. Tashabbuskorlarning taklifiga binoan ularga yoʻlovchi tashish transportlarini imtiyozli shartlarda sotib olishda (shu jumladan, kredit, lizing asosida olishga) koʻmaklashish.

2022-yil

yanvar



2022-yil
may oyiga qadar

Buxoro viloyati hokimligi, Transport vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi

A. Ramatov,

Sh. Abidov

9.

Mahalliy temir yoʻl bekatlari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Chet el davlatlaridan tashrif buyuruvchi festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl bekatlari va aeroportlarda kutib olish hamda kuzatish boʻyicha maxsus shtablar tashkil qilish.

2. Mehmonlarni kutib olish joylarida festival toʻgʻrisida maʼlumotnomalarni oʻrnatish.

3. Festivalga moʻljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

2022-yil
aprel-may

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Hunarmand” uyushmasi,
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Turizm va sport vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati,

A. Ramatov,

Sh. Abidov

A. Abduhakimov,

O. Qudratov

10.

Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

Festival ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

Festival ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash, ular tomonidan koʻrgazma uchun olib kelinadigan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari uchun Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati tomonidan maxsus qoʻriqlash xonasini tashkil etish.

Festival doirasida

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Buxoro viloyati hokimligi

S. Umurzakov,

X. Berdibayev,

M. Vaxabov

II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

11.

Festival saytini yaratish.

1. Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida festival uchun alohida sayt yaratish;

2. Saytda axborotlarni uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) muntazam yoritib borish.

Bunda festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar hunarmandlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda Tashkiliy qoʻmitaga ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlari uchun imkoniyat yaratish.

2022-yil yanvar


2021-yil
mayga qadar

“Hunarmand” uyushmasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Turizm va sport vazirligi,

Savdo-sanoat

palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati,

Sh. Rajabbayev

12.

Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritish.

1. Festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy OAVda muntazam yoritish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlatish.

2. Festivalni targʻib etuvchi kamida 3 ta reklama roligi tayyorlash, markaziy va va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, shuningdek, chet el OAV orqali sayyohlarni va hunarmandlarni festivalda ishtirok etishga undovchi targʻibot materiallarini namoyish etish.

4. Festivalni xorijlik sayyohlar ekskursiya marshrutiga kiritish.

2022-yil fevral

2022-yil

aprel-may

2022-yil
fevral — may

Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi,

Milliy Axborot agentligi,

“Dunyo” axborot agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

“Hunarmand” uyushmasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizm va sport vazirligi

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

13.

Milliy hunarmandchilik namunalari keng taqdimotini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning oʻziga xos milliy hunarmandchiligi va madaniy hayotini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketini tayyorlash.

2. Respublikaning har bir hududidan (14 ta) kamida 20 nafardan hunarmandlar ishtirokini taʼminlash.

3. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport vositalari va yer osti oʻtish joylarida, yirik savdo markazlarida).

2022-yil aprel


Festival doirasida


2022-yil mart — may

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Badiiy akademiya

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

14.

Xorijlik mehmonlarni Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Xorijlik festival ishtirokchilari hamda mehmonlarni hududning tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish.

2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, taʼmirlash va tayyorlash.

3. Xalqimizning tarixiy va madaniy hayoti, hunarmandlar turmush tarzini oʻzida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari, konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash.

Sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblarini belgilangan tartibda jalb etish.

4. Oʻzbekiston hunarmandchiligi va amaliy sanʼatining tarixi va bugunini aks ettiruvchi maxsus hujjatli filmni suratga olish va barcha milliy telekanallar orqali uch tilda namoyish etish.

2022-yil mart



2022-yil

aprel-may

2022-yil mart






2022-yil mart

Turizm va sport vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi,

“Hunarmand” uyushmasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

Buxoro viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi

Madaniyat vazirligi

Kinematografiya agentligi,

Milliy teleradiokompaniya

S. Umurzakov,

O. Qudratov

A. Ramatov,

Sh. Abidov

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

15.

“WI-FI” hududlarini tashkil etish.

Festival oʻtkaziladigan hududda belgilangan tartibda Wi-Fi xizmatini tashkil etish.

Festival doirasida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi,

Buxoro viloyati hokimligi

O. Umarov,

Sh. Rajabbayev

III. Xalqaro tadbirlar

16.

Festivalda ishtirok etish uchun xorijiy davlatlardan yuqori malakali mutaxassislar, tegishli hunarmandchilik sohasi namoyandalarini taklif etish.

1. Taklif etiladigan davlatlar hamda idoralar roʻyxatini tuzish.

2. Roʻyxatni Tashkiliy qoʻmita yigʻilishida muhokama qilish va kelishish.

3. Diplomatik vakolatxonalar orqali takliflarni yetkazish.

4. Tashrif buyuruvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni munosib kutib olish.

2022-yil yanvar




Fevtival doirasida

“Hunarmand” uyushmasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Turizm va sport vazirligi

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

IV. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

17.

Festivalni moliyalashtirish.

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablagʻlarni festival jarayonlari boshlanmasdan oldin toʻlab berish choralarini koʻrish.

3. Belgilangan tartibda muayyan tadbirlarni moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.

2021-yil yanvar

2022-yil yanvar

Festivalga tayyorgarlik koʻrish davomida

Buxoro viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi,

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

S. Umurzakov,

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/629/0942-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)