29.04.2021 yildagi PQ-5098-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 29.04.2021 yildagi PQ-5098-son
Date of entry into force
30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq amaliy sanʼatining zardoʻzlik va zargarlik anʼanalarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targʻib etish, shuningdek, ushbu yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish orqali xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan kasbiy anʼanalar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash hamda mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2022-yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali (keyingi oʻrinlarda — Festival) hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, koʻrik-tanlov, taqdimot va koʻrgazmalar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Festival 21 — 25-may kunlari va uning doirasida “Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalga uygʻun holda Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmogʻi vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Festivalning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan va soha rivojiga ulkan hissa qoʻshayotgan tajribali, isteʼdodli hunarmandlarni aniqlash, maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish, uning noyob va yoʻqolib borayotgan namunalarini saqlash, qayta tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda zardoʻzlik va zargarlikni jadal rivojlantirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, yoshlarga oʻrgatish, yangi ish oʻrinlari yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik namunalarini milliy brend sifatida xalqaro miqyosga olib chiqish, xalqimizning milliy madaniyati anʼanalarini namoyish etish orqali sayyohlarni jalb qilish, Festivalni jahon miqyosida keng tanitish va targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zardoʻzlik va zargarlik namunalarining keng taqdimoti, har bir hududning tarixi, hayot tarzi, hunarmandchilik maktabi anʼanalarini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketlari, uy-roʻzgʻor buyumlari, hunarmand-dizaynerlar yaratgan mahsulotlar koʻrgazmalarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq sayillari, folklor va dorbozlik jamoalari, askiyachi va qiziqchilarning teatrlashgan tomoshalari, sanʼat vakillarining konsert dasturlarini hamda usta-hunarmandlar tomonidan mahorat darslari, rassomlar xiyoboni, ekskursiya marshrutlarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy qoʻmitaga (A.N. Aripov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalni yuqori va badiiy saviyada oʻtkazish, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, bu borada masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom va sertifikatlar namunalarini tayyorlash hamda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan smeta asosida quyidagi tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Buxoro viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 50 foizi — Buxoro viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Buxoro viloyati hokimligi (B.K. Zaripov) Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduhakimov), Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (D.N. Samatov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) bilan birgalikda uch oy muddatda Festivalni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda 2022-yilda uni oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlardan zardoʻzlik va zargarlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, mahoratli hunarmandlar, amaliy sanʼat ustalari, soha olimlari hamda mutaxassislari, faxriy mehmonlarni Festivalga taklif etishda tashkilotchilarga amaliy yordam koʻrsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining viza talabnomalariga binoan Festivalning xorijiy ishtirokchilari uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (D.N. Samatov) va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda Festivalning tantanali ochilish marosimini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenariynavis va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sahnalashtiruvchi rassomlar, isteʼdodli sanʼatkorlarning keng jalb etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buxoro viloyati hokimligi (B.K. Zaripov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Buxoro shahrida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, Festival oʻtkaziladigan sahna maydonlari hamda joylarning talab darajasida tayyorlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kinematografiya agentligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festival doirasida Buxoro shahridagi “Labi hovuz” ansambli maydonidan “Ark” qoʻrgʻoni hududigacha boʻlgan yon-atrofda zardoʻzlik va zargarlik sanʼatiga oid turli koʻrgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, qadimiy zardoʻzlik hamda zargarlik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi, ularning sotuvi tashkil etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festival dasturi ishlab chiqilishini va uning uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishini, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festival doirasida milliy liboslar koʻrgazmali chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festivalning turizm kalendar rejasiga kiritilishini hamda xorijiy mehmonlar va sayyohlarning Festivalga jalb qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Festival qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, “Hunarmand” uyushmasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar malakali mutaxassis va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy hunarmandchilikning zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishlarini YUNESKOning nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro shahrini YUNESKOning Ijodkor shaharlar tarmogʻiga kiritish boʻyicha hujjatlar toʻplami tayyorlanishi va tavsiya etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati (I.R. Maxkamov) va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga (X.N. Xosilov) Festival qatnashchilarini Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi buyurtmalariga muvofiq belgilangan tartibda avia va temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Festivalga tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlar va qatnashchilarni kutib olish, joylashtirish va ularni Buxoro shahriga yuborishni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festival oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Festival oʻtkaziladigan vaqtda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Kuchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), “Dunyo” axborot agentligi (S.L. Suyarov) va boshqa ommaviy axborot vositalari Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borishni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 29-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5098-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5098-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A. Aripov

Bosh vazir, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A. Abduhakimov

Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

D. Kuchkarov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri

5.

P. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

6.

A. Xadjibayev

sogʻliqni saqlash vaziri

7.

B. Zaripov

Buxoro viloyati hokimi

8.

J. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

9.

B. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

10.

O. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

F. Arziyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

A. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

13.

D. Samatov

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi

14.

I. Maxkamov

“Uzbekistan Airways” AJ bosh direktori

15.

X. Xosilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

16.

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

17.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

18.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

19.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

20.

A. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

21.

U. Abdullayev

“Hunarmand” uyushmasi raisi

22.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

23.

R. Fatxullayev

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti dotsenti

24.

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 07/21/5098/0396-son)