OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
QANDIM GURUHI KONLARI UChASTKASI, XAUZAK VA ShADI UChASTKALARI, ShUNINGDEK, QOʻNGʻIROT UChASTKASI BOʻYIChA 2004 YIL 16 IYuNDAGI MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMNI BAJARISh DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA RASMIYLAShTIRUV QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 14-aprelda 1468-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son “Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi janubiy-gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2097, 19.04.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 276-sonli “Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining Qandim guruhi, Xauzak, Shadi konlarini ochish va Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli “Qandim guruhi konlari uchastkasi, Xauzak va Shadi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasi boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi qaror qiladi:
1. Qandim guruhi konlari uchastkasi, Xauzak va Shadi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasi boʻyicha 2004-yil 16-iyundagi mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruv qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-mart,
01-02/12-7-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi N. NAJIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-mart,
NN-V-01/10-1289-son
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 25-mart,
0-2/8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 118-modda)