7-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| I. Bola huquqlarining kafolatlarini oshirish bo‘yicha qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish | ||||
| 1. | Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamda Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish. | Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamda Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash. | 2021-yil 15-sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Oliy sud (Kamilov), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Eshmatova), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz (Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. | Bolalarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirish. | Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini o‘n uch yoshdan o‘n to‘rt yoshga ko‘tarishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish; | 2021-yil 1-oktabr | Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Oliy sud (Kamilov) |
| voyaga yetmaganlarga nisbatan qamoqda saqlash ehtiyot chorasiga muqobil bo‘lgan choralarni, shu jumladan restitutsion odil sudlov choralarini qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflarni kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Kamilov) | ||
| 3. | Sud-tergov jarayonida bola huquqlarining protsessual kafolatlarini kuchaytirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda to‘rt soatdan oshmasligi; voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda voyaga yetmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga ko‘ra psixolog ishtirokini ta’minlash. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Oliy sud (Kamilov) |
| 4. | Bolaning ota-ona bilan yashash huquqining ta’minlanishi kafolatlarini yanada kuchaytirish. | O‘zbekiston Respublikasida qonuniy asosda yashab turgan shaxsning xorijiy davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandiga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar ota-onasi bilan birga yashashi uchun vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev) |
| 5. | Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini huquqiy tartibga solish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bolalar ombudsmani to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlash: ombudsmanning huquqiy maqomi, uning faoliyati kafolatlari va asosiy vazifalari; ombudsmanning xalqaro munosabatlardagi hamda Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning faoliyatida ishtiroki; ombudsmanning voyaga yetmaganlar saqlanuvchi tarbiya muassasalariga tashrifi, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat olib borishdagi ishtiroki va boshqa masalalar. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Eshmatova), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz (Saidov), Adliya vazirligi (Davletov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 6. | Bolalarning erkinliklariga qaratilgan tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirish. | Bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128 va 129-moddalari sanksiyalarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash; manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Oliy sud (Kamilov) |
| 7. | Ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish. | Ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta’minlash borasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish va muammolarni tahlil qilish; o‘rganish natijalari bo‘yicha amaldagi tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2022-yil 1-iyul | Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Milliy gvardiya (Djurayev), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) |
| II. Bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
| 8. | Nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarni zudlik bilan aniqlash, ularning aniq hisobini yuritish, yetim va qarovsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash tizimini soddalashtirish maqsadida “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy qilish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarorini tayyorlash: nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritish tartibi, shu jumladan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilalar, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va boshqa muassasalarga joylashtirish, sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlarda nazoratsiz va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimga kiritish tartibi; mas’ul vazirlik va idoralarning mazkur axborot tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari; axborot tizimini Bosh prokuratura, Oliy sud, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat Personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tasarrufida ta’lim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash. Axborot tizimini joriy etishning moliyalashtirish manbaini aniqlash. | 2022-yil 1-yanvar | Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Milliy gvardiya (Djurayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 9. | Ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli va og‘ir ahvolga tushib qolgan yoshlarga ularning tengdoshlari yoki bunday ahvoldan chiqa olgan yoshlar bilan yakka tartibdagi muloqotlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi normal hayotga qaytarish tamoyiliga asoslangan “teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini joriy qilish. | “Teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini ishlab chiqish jarayoniga mutaxassislarni jalb etish; ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda “teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturini ishlab chiqish; | 2021-yil 1-sentabr | Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi (Toshkulov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (Mamatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) |
| ta’lim muassasalarida oldindan tayyorlangan yoki og‘ir ahvoldan chiqa olgan yoshlar tomonidan tengdoshlari bilan yakka tartibda ishonchli muloqotlar, mashg‘ulotlar tashkil etish. | 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab | |||
| 10. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklaridagi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari va shu’balari faoliyatini tashkil qilish. | Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari va shu’balarini zarur xona va jihozlar bilan ta’minlash; kotibiyat va shu’balarning faoliyatini tartibga soluvchi nizomni tasdiqlash. | 2021-yil 1-oktabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 11. | Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy asoslarini mustahkamlash. | Ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yetim bolalarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini yagona qonunga mujassamlashtirish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish: ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari; bolalarni tarbiyaga oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga ko‘maklashish tartibi; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarning ijtimoiy himoyasi, mulkiy va nomulkiy huquqlarining kafolatlari; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarning huquqiy yordam olish va sud himoyasida bo‘lish huquqlarini ta’minlash; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalar tarbiya muassasalarini tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2021-yil 1-dekabr | Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz (Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. | Farzandlikka olish jarayonida inson omilini qisqartirish va raqamlashtirish. | Shaxsga doir ma’lumotlarni sir saqlagan holda talabgorlar uchun vasiylik va homiylikka beriladigan bolalar haqidagi ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyatini yaratish; farzandlikka olishni istovchi nomzodlarning elektron navbatini ishga tushirish. | 2021-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Musayev) |
| 13. | Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, yetim va boshqa og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining sifatini yanada yaxshilash va turlarini ko‘paytirish; ijtimoiy ishchilar sonini va salohiyatini oshirish; ijtimoiy faoliyat kadrlarining huquqiy maqomini belgilash; turli tizimlarda ijtimoiy ish amaliyoti standartlarini (ta’lim, sog‘liqni saqlash, bolalarni himoya qilish va odil sudlov) belgilash. Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil 1-dekabr | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (Mamatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 14. | Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish. | Vasiylik va homiylik sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutgan holda, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish; oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | 2021-yil 1-oktabr | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 15. | Nogironligi bo‘lgan bolalar oilaga tarbiyaga olinganda ularni patronaj bilan qamrab olish va zarur tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish. | Oilaga tarbiyaga olingan nogironligi bo‘lgan bolalar ro‘yxatini shakllantirish; | 2021-yil 1-sentabr | Milliy gvardiya (Djurayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
| oilaga tarbiyaga olingan nogironligi bo‘lgan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ular davolanadigan tibbiyot muassasalari ro‘yxatini shakllantirish va davolash xarajatlari miqdorini aniqlash; | 2021-yil 1-sentabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Inakov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
| “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va homiylar hisobidan zarur mablag‘larni ajratish; | 2021-yil 1-sentabr | O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
| bolalarni davolash bo‘yicha amaliy chorala�ni ko‘rish. | 2021-yil oktabrdan boshlab doimiy | Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov) | ||
| 16. | Bolaning eng ustuvor manfaatlarini inobatga olgan holda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish tizimini takomillashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish: yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan oilaviy va boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun internat shaklidagi yangi davlat tarbiya muassasalarini tashkil etishga cheklov o‘rnatish, mavjud internat shaklidagi davlat tarbiya muassasalarini noinstitutsionallashtirish strategiyasini ishlab chiqish masalalarini ko‘rib chiqish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tarbiya muassasalariga sud tartibida joylashtirish mexanizmini joriy etish. | 2021-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Yunusova), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Eshmatova), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz (Saidov) |