28.07.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2303-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 28.07.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2303-3
Date of entry into force
28.07.2021
Hujjat 28.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2303-3]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-noyabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2303, 2011-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 552-modda) tasdiqlangan Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 5-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 5-iyuldagi 144-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZGARTIRIShLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1 — 7 va 81-bandlardagi, 9-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi hamda 11 — 17-bandlardagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-bob izohining beshinchi xatboshisidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan nogironlarga” degan soʻzlar “mehnat organlari tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 8-band va uning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

8. Avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani berish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻqotilgan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻqotilgan avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma dublikatini berish uchun belgilangan toʻlov stavkasining 5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning, shu jumladan vaqtinchalik guvohnomaning dublikatini berish uchun toʻlov undirilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 10-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 4-bobning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ular Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi (birinchi marta roʻyxatga olinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno) va belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 5-bobning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikatini, shu jumladan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi miqdorida toʻlov undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻqotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻqotilgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikat berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida fuqaroning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomasining dublikatini berish uchun toʻlov undirilmaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/2303-3/0712-son)