Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
25.06.2026
21.01.2026
14.10.2024
12.07.2024
07.05.2024
22.07.2023
29.06.2022
12.03.2022
27.12.2021
10.03.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yo‘l harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada soddalashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari hamda tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy bo‘linmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalari, elektromobillari va ularning tirkamalarini, shuningdek, tramvay va trolleybuslarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari va davriyligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-iyulga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga axborot xavfsizligi talablarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Texnik ko‘rik” moduliga (keyingi o‘rinlarda — “Texnik ko‘rik” moduli) kirish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy davlatlarga chiqadigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq avtomobillar, elektromobillar (gibrid avtomobillar) va ularning tirkamalarini (yarimtirkamalarini), mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlarni, shuningdek, tramvay va trolleybuslarni (keyingi o‘rinlarda — transport vositalari) majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigi (keyingi o‘rinlarda — texnik ko‘rik) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) organlari hamda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarga (davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari bundan mustasno) tegishli bo‘lgan barcha (M, N, O, L) toifadagi transport vositalari tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar texnik ko‘rikdan o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha samarali nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari texnik holati va uskunalarining yo‘l harakati xavfsizligining texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining sonini, holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha boshqa ma’lumotlarini aniqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan, belgilangan tartibda DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalariga, shuningdek, ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan transport vositalari ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ariza yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki DYHXX dasturiy ta’minoti (mobil ilova) orqali murojaat etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP yoki DYHXXning dasturiy ta’minoti (mobil ilova) orqali shakllantirilgan murojaat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Texnik ko‘rik” moduli (keyingi o‘rinlarda — “Texnik ko‘rik” moduli) orqali tadbirkorlik subyektlariga onlayn rejimida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyi va vaqti haqida jismoniy va yuridik shaxslarga onlayn rejimda xabar yuboriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizom asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko‘rik” moduliga kiritib boriladi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, maxsus hamda yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishlab chiqarilganiga olti yildan ko‘p bo‘lmagan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n bir yildan o‘n to‘rt yilgacha (o‘n to‘rtinchi yili ham) bo‘lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq bo‘lgan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n besh yil va undan ortiq bo‘lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tirkamalar texnik ko‘rikdan transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) STG-3 turdagi gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalari (mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — uch yilda bir marta.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha (o‘ninchi yili ham) bo‘lgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boshqa transport vositalarining texnik ko‘rigi 1-yanvar — 31-dekabrda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar transport vositalarini DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda), ularning agregat raqamlari texnik hujjatlarga mosligi tekshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Transport vositalari texnik ko‘rikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorda yig‘im undiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi (oldingi) texnik ko‘rikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik ko‘rikdan o‘tkazilganlik uchun yig‘im undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud boshqaruvchisining arizasiga ko‘ra avtotransport vositasi oldindan to‘lovlarni amalga oshirmasdan ko‘rikdan o‘tkaziladi va belgilangan to‘lovning o‘rni sud boshqaruvchisi tomonidan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik ko‘rik o‘tkazilganligi uchun yig‘im summasi tegishli mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun to‘lov miqdori tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan) hududda yoki egalarining xohishiga ko‘ra eksterritoriallik tamoyili asosida boshqa hududlarda ham texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Transport vositalarni navbatdagi texnik ko‘rikka qo‘yish sanasi joriy texnik ko‘rik paytida mazkur Nizomning 5-bandi talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DYHXXning diagnostika stansiyalarida (tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan transport vositalari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida (shartnoma asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining texnik bazasida (M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalari).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari va tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi ma’qullashdan o‘tkazilgan, transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnika bazasiga (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqarish-texnika bazasi) ega bo‘lishi zarur.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz balloni uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan o‘tkazish hamda ularning ballonlarini tekshirish uchun — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan tabiiy gazda (keyingi o‘rinlarda — STG), suyultirilgan neft gazida (keyingi o‘rinlarda — SNG) yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalari hamda ularning elektron tizimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatik boshqaruvga ega bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz yo‘lagi mavjud bo‘lishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni o‘lchash pribori hamda uning elektron tizimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiroqlar yorug‘ligini boshqarish va kuchini nazorat qilish pribori hamda uning elektron tizimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz analizatoriga — uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori hamda uning elektron tizimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tutun o‘lchash priboriga — siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash priboriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqinni o‘lchash priboriga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish pribori hamda uning elektron tizimiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompressorga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qinchali manometrga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur kompyuter texnikasiga va davlat raqami belgilarini aniqlovchi foto-videokuzatuv kameralari tizimiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘llaniladigan barcha o‘lchov vositalari tasdiqlangan tipda bo‘lishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda ko‘rsatilgan elektron tizimlar “Texnik ko‘rik” moduliga majburiy integratsiya qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Elektromobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasi qo‘shimcha ravishda quyidagi texnik diagnostika vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkumulyator batareyasining kuchlanishini va tok kuchini aniqlash testri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr uzatgich simlarining texnik holatini aniqlash testri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektromobilning texnik holatini diagnostika qilish kompyuter texnikasi (dasturiy ta’minoti bilan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qo‘llagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablarni o‘rgangan shaxslar qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tadbirkorlik subyektlari transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni boshlashdan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmatlari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy IHXB) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy YHXB tomonidan tadbirkorlik subyektining ustavi hamda transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnika bazasining O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomasi mustaqil ravishda olinadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Nizomning 20-bandigamuvofiq olingan hujjatlar hududiy YHXBlar tomonidan uch kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganilib, kamchiliklar bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (keyingi o‘rinlarda — YHXX) taqdim etiladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YHXX taqdim etilgan hujjatlar asosida tadbirkorlik subyektini transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hisobini yuritish reyestriga kiritib, Ichki ishlar vazirligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr aholini transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari haqida xabardor qilish maqsadida yuritiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar tegishli davlat organlarining elektron tizimlarida mavjud bo‘lmagan taqdirda, hududiy YHXB ikki ish kuni ichida tadbirkorlik subyektlariga bu haqda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari mazkur Nizomning 20-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish huquqiga ega”;
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun transport vositasining egasi yoki uning vakolatli vakili tadbirkorlik subyektlari xodimiga (operatoriga) murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni ko‘rsatadi:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz yonilg‘isida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasining taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi “Texnik ko‘rik” moduli orqali tekshiriladi va ma’lumotlar mos kelgan taqdirda, belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat etiladi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlari xodimi (operatori) tomonidan mazkur Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan tartibda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalariga o‘rnatilgan STG va SNG tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari ulangan joylarining ishonchliligi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq sinovdan (opressovka) o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Texnik ko‘rikka taqdim etilgan transport vositasining egasi tomonidan qonunchilik hujjatlarining talablarini buzish (ko‘rsatilgan hujjatlarni, agregatlarning identifikatsiya raqamlarini soxtalashtirish va boshqalar), transport vositasi qidiruvdaligi holatlari aniqlangan taqdirda hamda agregat raqamlari texnik hujjatlarga mos kelmasa, transport vositasi yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lganligiga shubha uyg‘onsa, tadbirkorlik subyektining vakili bu haqda darhol ichki ishlar organlariga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tadbirkorlik subyektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda bu haqida yetti ish kunida hududiy YHXBlarni xabardor qilishi shart.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, shuningdek, xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish tartibi
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, shuningdek, maxsus va xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan) joyda yoki ularning murojaatlariga ko‘ra eksterritoriallik tamoyili asosida quyidagi joylarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, ko‘tarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun xandaq (yama)larga, nazorat-o‘lchash asboblariga, asfalt yoki beton bilan qoplangan bir tekis shrizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan tashkilotlarda;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DYHXXning diagnostika stansiyalarida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylari DYHXXning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotlarda texnik ko‘rik boshlangunga qadar barcha diagnostika asbob-uskunalari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Texnik ko‘rikni tashkil etish davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqalarning murojaatlari asosida rejalashtiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Texnik ko‘rikka qo‘yiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-o‘lchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. DYHXX hududiy organi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqalarga elektron pochta (elektron tizim) orqali texnik ko‘rik muddatlari to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar DYHXX xodimlari tomonidan elektron tizim orqali olinadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Texnik ko‘rik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida o‘tkaziladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Trolleybuslar va tramvaylarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Trolleybuslar va tramvaylarning texnik holati foydalanish qoidalariga, standartlariga, yo‘l harakati va texnika xavfsizligiga mosligini tekshirish maqsadida texnik ko‘rikdan DYHXX xodimlari tomonidan trolleybus va tramvay depolarida o‘tkaziladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yo‘l harakati xavfsizligi talablaridan hech bo‘lmaganda bittasiga javob bermaydigan trolleybus va tramvaylar nosoz deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Texnik ko‘rikka qo‘yilgan, biroq texnik nosozlik tufayli ko‘rikdan o‘tmagan tramvaylar va trolleybuslardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. O‘tkazilgan texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Texnik ko‘rikni o‘tkazishning umumiy tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Har qaysi transport vositasining texnik ko‘rigi ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) ko‘rsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Har qaysi transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tirkamalar va yarim tirkamalar texnik ko‘rikdan avtopoyezd tarkibida ham, alohida turgan holatida ham o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Texnik ko‘rik” moduliga kiritiladi va ushbu Nizomga 3 yoki 4-ilovalarda keltirilgan dalolatnoma elektron shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarga chiqadigan transport vositalariga ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shakldagi “Transport vositasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida”gi talon elektron shaklda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yigim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talon navbatdagi texnik ko‘rik o‘tkazilgungacha saqlanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyiga olib borish imkoni bo‘lmagan taqdirda, jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan muddatlarda DYHXXning hududiy organiga murojaat qiladi va ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat bundan mustasno).
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda DYHXXning hududiy organi xodimi joyiga chiqqan holda, nosozliklar to‘g‘risida Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunadagi alohida transport vositasining texnik ko‘rik dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtiradi va barcha nosozliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Texnik ko‘rik” moduliga kiritadi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nosozlik bartaraf etilgandan keyin transport vositasi egasi uni mazkur Nizom talablari asosida texnik ko‘rikka qo‘yadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining ruxsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega bo‘lgan transport vositalarida tegishli ruxsatnomaning mavjudligi tekshiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Maxsus va tezkor xizmatlarning transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek, transport vositasining rang-grafik bo‘yash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi DYHXX xodimlari tomonidan tekshiriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Konservatsiyaga qo‘yilgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tug‘diradigan sabablar mavjud bo‘lganda, transport vositasining g‘ildiraklarini yuksizlantirish uchun tagliklardan qo‘zg‘atmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlashi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Jismoniy shaxsning transport vositasini (nosozligi yoki boshqa sabablar tufayli) texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyiga olib borish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma shakldagi arizasiga ko‘ra DYHXXning hududiy organi xodimi tomonidan transport vositasi turgan joyda alohida transportni ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Texnik holati va jihozlari yo‘l harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi nosoz hisoblanadi va undan foydalanish man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan texnik nosozliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Texnik ko‘rik” moduliga kiritiladi va texnik nosozlik to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday transport vositasi oldingi texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroriy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunday holatda texnik holatni tekshirish faqat oldingi ko‘rikdan o‘tkazishda yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasi oldingi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq bo‘lgan muddatda takroriy ko‘rikdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqdirda, texnik holatni tekshirish to‘liq hajmda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
511. Davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan transport vositasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan mazkur Nizomning 15, 17, 23, 24 va 25-bandlari talablariga muvofiq DYHXX xodimi ishtirokida nazorat tariqasida qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida transport vositasining texnik nosozligi aniqlansa, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘tkazilgan texnik ko‘rik bekor qilinadi va “Texnik ko‘rik” moduliga transport vositasining nosozligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
512. Ommaviy va maxsus tadbirlarga jalb etiladigan transport vositalarining texnik holati DYHXX xodimlari tomonidan tekshiriladi va ushbu Nizomga 2, 3 yoki 4-ilovalarda keltirilgan dalolatnomalardan biri ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomaning bir nusxasi transport vositasi haydovchisiga (transport vositalari egasiga yoki tadbir tashkilotchisiga) beriladi, ikkinchi nusxasi DYHXXda saqlanadi.
(511 va 512-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son — 2024-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini texnik holatini tekshirish joylari DYHXXning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli bo‘lgan texnik bazalardan ular bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
(512-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi muhrlarni ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlash va DYHXXning hududiy organlarini ushbu muhrlar bilan ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 390-sonli qaroriga asosan 2024-yil 14-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tadbirkorlik subyektlari transport vositalarini mazkur Nizom talablariga muvofiq holda sifatli texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Talablar DYHXX diagnostika stansiyalari, vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi (laboratoriyalar) (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqarish-texnika bazasi) joylashtiriladigan xona va maydonlarning parametrlariga doir texnik normalarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ishlab chiqarish-texnika bazasi belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligini ma’qullashdan o‘tkazilgan, transport vositalarining texnik holatini texnik jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining hududiga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududining o‘lchamlarida quyidagi majburiy elementlarni joylashtirish imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalari uchun maydon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xona va maydonlarga kirish va o‘tish yo‘llari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududida transport vositalari harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sun’iy yoritish chiroqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfalt-betonli yoki sement-betonli) bo‘lgan kirish yo‘li, maydoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
perimetri bo‘yicha o‘rnatilgan to‘siq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-texnika bazasining ish rejimi va texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan transport vositalarining harakatlanish sxemasi ko‘rsatilgan axborot stendi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish-texnika bazasi binosining kirish qismida 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi, davlat tilida “Texnik ko‘rik” yozuvi bo‘lgan peshlavha o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi, xonalari va unga kirish-chiqish joylariga zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga kirish yo‘llari bo‘ylab transport vositalarining harakati quyidagi talablar hisobga olgan holda tashkil qilinishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining bir tomonlama harakatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish-texnika bazasi hududida transport vositalarining ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini tegishli yo‘l chiziqlari bilan belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi maydonining yuzasi tekis, unda suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariq mavjud bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishlab chiqarish-texnika bazasiga kirish hamda uning hududi bo‘ylab transport vositalarining harakatlanishi barcha mavjud inshootlar, yo‘l belgilari va chiziqlari ko‘rsatilgan sxema hududida ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yo‘lning kengligi yengil avtomobillar uchun 3 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun 4,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Texnik ko‘rikdan o‘tishni kutayotgan va o‘tgan transport vositalarini joylashtirish uchun maydonlarning o‘lchamlarini aniqlashda baholanadigan transport vositalarining gabarit o‘lchamlari va texnik ko‘rik liniyasining kamida bir soatlik ishlab chiqarish quvvatiga teng bo‘lgan miqdordagi transport vositalarining texnik ko‘rik liniyasi maydonida aynan bir vaqtda bo‘lishi e’tiborga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydon 70 kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz yonilg‘isida ishlaydigan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar yerto‘lada, aholi yashash uylarida va boshqa korxonalar binolariga tutashgan holda joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining xonalariga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishlab chiqarish-texnika bazasi tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish xonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini rasmiylashtirish uchun xona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-gigiyena xonalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonalari quyidagilarni inobatga olgan holda rejalashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining texnik holatini baholashdan o‘tkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari va sinov jihozlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining texnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning texnologik jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yong‘in xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ishlab chiqarish-texnika bazasi ishlab chiqarish xonasining o‘lchamlari mazkur Talablarga ilovaga muvofiq texnik ko‘rik liniyalarining texnologik postlari soni va transport vositalarining gabarit o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishlab chiqarish-texnika bazasi ishlab chiqarish xonasining rejasi ishlab chiqarish bino va inshootlarini texnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish korpusi xonasining bo‘rtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha bo‘lgan balandligi yengil avtomobillar uchun — 4,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 6,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xonada barcha texnologik jarayonlar sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq holda xavfsiz va oqilona bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin va vibratsiya darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan hamda ruxsat etilgan ko‘rsatkichlardan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xona va ish joylarining tabiiy va sun’iy yoritilishi ishlarning xavfsiz bajarilishi, odamlar uchun xavfsiz bo‘lishi va ularning harakatlanishini ta’minlash uchun yetarli va quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joylarida xonaning poli sathida — kamida 200 lk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi xonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda — kamida 200 lk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ida transport vositalarining tag qismi sathida — kamida 150 lk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariya holatlarida yoritish ish yuzasini umumiy yoritish uchun belgilangan normalarning 5 foizidan kam bo‘lmasligi, lekin kamida 2 lk bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati o‘tkaziladigan sinov metodlariga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish-texnika bazasi binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida — 15 °C dan 25 °C gacha, issiq davrida — 22 °C dan 30 °C gacha oraliqda bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Transport vositalarining korxona hududida harakatlanish tezligi ochiq yo‘llarda — 10 km/s dan, xona ichida — 5 km/s dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qorong‘i paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish xonasiga kirish (chiqish) yo‘li ishlab chiqarish xonasidan boshqariladigan yorug‘lik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish darvozasi ustida 3.13 “Cheklangan balandlik”, 3.14 “Cheklangan kenglik” va 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yo‘l belgilari joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishlab chiqarish-texnika bazasi xonasining mijozlar uchun qulay bo‘lgan joyida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilma o‘rnatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish-texnika bazasining tegishliligi, joylashgan yeri, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va e’tirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi va texnik holatni baholash natijalari to‘g‘risidagi hujjatni berish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan hujjatlar, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ishlab chiqarish xonasi elektr xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq elektr ta’minoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi ta’minoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasida ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joylari mavjud bo‘lishi nazarda tutiladi. Evakuatsiya chiqish joylarining eshiklari xonadan tashqari tomonga ochiladigan, o‘tish yo‘lagining kengligi 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ishlab chiqarish-texnika bazasining yong‘indan himoyasi, yong‘inning oldini olish tizimi va yong‘in xavfsizligi hamda portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish xonasi (binosi) hamda transport vositasining texnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun xona ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasida yoki unga bevosita yaqin joyda bo‘lishi kerak. Ushbu xonalarga kirish joyi tegishli ko‘rsatkichlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Transport vositalarining egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish xonalarining o‘lchamlarini aniqlashda, ularda ishlab chiqarish-texnika bazasining xodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylari hamda transport vositalarini egalarining kutib turish joylari inobatga oliinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari egalarining kutib turish joylari soni har bir texnik ko‘rik liniyasiga beshtadan kam bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ishlab chiqarish-texnika bazasi ishlab chiqarish xonasining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi vakolatli sanitariya-epidemiologiya nazorat organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishlab chiqarish-texnika bazasining diagnostika jihozlari texnologik loyihalashga doir talablar va normalarga amal qilgan holda o‘rnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dvigatel ishlab turgan paytda bajariladigan postlar (ishlab chiqarilgan gazlardagi tutun va zaharli gaz miqdorini, shovqin darajasini, tormozlanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tekshirish va boshqalar) transport vositasidan gazlarni chiqarish quvuri (quvurlari)dan chiqayotgan ishlab chiqarilgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga transport vositalarining kirishi (chiqishi) uchun har bir texnik ko‘rik liniyasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
universal liniyalar uchun — kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam bo‘lmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
M1 va N1 toifadagi transport vositalarini tekshirish bo‘yicha liniyalar uchun — kengligi 2,5 metrdan va balandligi 2,3 metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamli kirish (chiqish) darvozalari quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Texnik ko‘rik liniyalarida transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘idan foydalangan holda bajariladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonasidagi ko‘rikdan o‘tkazish xandaqlari soni texnik ko‘rikdan o‘tkazish liniyalari soniga muvofiq bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaxira yo‘lning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ining kengligi 0,9 metrdan, chuqurligi 1,6 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining xandaqdan o‘tish imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rikdan o‘tkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilyatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Transport vositalarining texnik holatini baholashning texnologik jarayoni texnik ko‘rik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan transport vositalarining toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qo‘llanadigan jihozlar, o‘lchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Transport vositalarining texnik holatini baholash bo‘yicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilish majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Texnologik postlarda diagnostika parametrlari, texnika xavfsizligi qoidalari va ishlarning xavfsiz usullari bo‘yicha amalda bo‘lgan tavsiyalar ko‘rsatilgan texnologik xaritalar joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ishlab chiqarish-texnika bazasida texnik holati baholanadigan toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qo‘llanmalar (yo‘riqnomalar), avtomobil ma’lumotnomalari va boshqa zarur ma’lumotnomalar mavjud bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ishlab chiqarish-texnika bazasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan tibbiyot dori vositalari va anjomlari bilan jamlangan tibbiyot qutichasi bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablarga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun texnik ko‘rik liniyalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘LCHAMLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Texnik holati baholanadigan transport vositalarining toifalari
Texnologik postlar soni
1
2
3
Texnik ko‘rik liniyasining uzunligi, metrdan kam emas
1.
M1, M2, N1, O1
12
18
24
2.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1
18
30
42
3.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2
21
36
51
4.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3
24
42
60
5.
M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4
27
45
66
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari guruhini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish DALOLATNOMASI
Tuzilgan sanasi: 20___ yil “___”_____________
20___ yil “___”____________dan 20___ yil “___”____________gacha ______________________
(yuridik shaxsning nomi)
_______________________________________ga tegishli bo‘lgan transport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
T/r
Transport vositasining turi
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami
Rusumi
Ishlab chiqarilgan yili
Agregatlar raqami
Texnik holati, nosoz transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi olib qo‘yilganligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari yechib olinganligi to‘g‘risidagi belgi
Izoh: benzin, dizel yonilg‘isi, siqilgan tabiiy gazda yoki suyultirilgan neft gazida ishlaydi
dvigatel
kuzov
shassi (rama)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
3.
Yuridik shaxs hisobidagi (balansidagi) transport vositalari sonini tasdiqlaymiz:
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan transport vositalari YHXB RIB (TRIB, RIP) hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslangan
Bosh buxgalter (buxgalter yoki hisobni yurituvchi shaxs) ___________________________________________ ___________________________________________ ___________________________________________
m.o‘.
(imzo, F.I.O)
m.o‘.
Tashkilot hisobida hammasi bo‘lib ___ avtomobil, ___ tirkama, yarim tirkama va ___ mototransport vositalari mavjud, ulardan ___ avtomobil, ___ tirkama, ___ yarim tirkama va ____ mototransport vositalari texnik ko‘rikka qo‘yilgan.
___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama, yarim tirkama mukammal ta’mirlashdaligi va ___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama va yarim tirkama xizmat safaridaligi tufayli ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik ko‘rikdan o‘tmadi.
Tekshirilgan avtomobillardan ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik jihatdan nosoz deb topildi.
Shu jumladan: __ ta transport vositasining tormoz tizimida; __ ta transport vositasining rul boshqaruvida; __ ta transport vositasining tashqi yoritish priborlarida nosozlik mavjudligi; __ ta transport vositasida foydalanish uchun yaroqsiz avtoshinalar mavjudligi; __ ta transport vositasidan chiqqan gazda zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunliligi belgilangan normalardan ortiqligi aniqlandi. Hisobdagi avtomobillardan ___ tasi benzin yonilg‘isi bilan, __ tasi dizel yonilg‘isi, ___ta suyultirilgan gaz, __ tasi siqilgan gazda ishlaydi. Benzinda ishlaydigan tekshirilgan __ ta avtomobildan ___tasi, dizel yonilg‘isida ishlaydigan ___tasidan ___tasi, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan ___tasidan ___tasi va suyultirilgan neft gazida ishlaydigan __tasidan __ tasi nosoz deb topildi.
________________________________________________________________ tomonidan texnik ko‘rik o‘tkazildi
mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O)
1. Transport vositasining markasi, modeli _________ _____________________________________________
6. Shassi (rama) raqami __________________________
2. Turi ______________________________________
7. Dvigatel raqami_____________________________
3. Rangi ______________________________________
8. Kuzov raqami ________________________________
4. Ishlab chiqarilgan yili _______________________
9. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport) seriyasi, raqami ________________________
5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami ______________ ____________________________________________
10. Transport vositasi ________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning to‘liq nomi,
___________________________________________________________________________________ga tegishli
yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O)
11. Joylashgan joyi (turar joyi)_______________________________________________________________
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: _______________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning to‘liq nomi, yakka tartibda egalik qiluvchining F.I.O)
11. Joylashgan joyi (turar joyi)_______________________________________________________________
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: _______________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talon
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasining texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi muhr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhr 50x8 mm. o‘lchamga ega bo‘lib, unga quyidagilar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhrning 12x8 mm. o‘lchamli chap tomonidagi to‘rt burchakning yuqori qismida hududning kodi (01, 10, 20 va h.k), pastki qismida muhr raqami kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhrning 13x8 mm. o‘lchamli o‘rtadagi to‘rt burchagida “SOZ” so‘zi yoziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhrning 25x8 mm. o‘lchamli o‘ng tomonidagi burchakda navbatdagi texnik ko‘rik o‘tkazish sanasi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 43-modda) ilovaning 7-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 74-modda) ilovaning 9-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2012-yil 24-fevraldagi 49-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 31-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 16-modda)” 1-ilovaning 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 11-sentabrdagi 259-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 4-sentabrdagi 693-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 36-son, 958-modda) 2-ilovaning 1 va 2-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 292-modda) ilovaning 12, 15 va 40-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 298-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 47-modda) 2-ilovaning 1 va 3-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 22-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 10 va 48-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 136-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 8-son, 179-modda) ilovaning 3 va 16-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 323-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/323/0627-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 6-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 13.07.2024-y., 09/24/390/0505-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son; 25.06.2026-y., 09/26/323/0627-son)