15.07.2021 yildagi PF-6262-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.07.2021 yildagi PF-6262-son
Date of entry into force
16.07.2021
Hujjat 29.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, fitosanitar va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalarni yetkazib berish va xizmat koʻrsatish tizimini toʻliq xususiy sektorga oʻtkazish, tashqi bozorda mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, mineral oʻgʻitlar va agrokimyoviy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar aksiyadorlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Tugatish komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq va uning hududiy komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tugatish komissiyasi raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar debitor va kreditor qarzdorliklarini belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazib, kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar mol-mulklari va asosiy vositalarini xatlovdan oʻtkazib, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oʻtkazish yoki belgilangan tartibda sotish choralarini koʻrsin. Bunda, Agentlikka beriladigan mol-mulklarning baholangan qiymatiga mos ravishda hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarning budjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari va ajratilgan budjet ssudasi boʻyicha qarzdorliklari hisobdan chiqariladi hamda ushbu mol-mulklar daromad (foyda) soligʻini hisoblashda soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk va texnikalar talon-toroj qilinishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrib borsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu yoʻnalishda zarur ishlov berish texnikalari, agrometeostansiyalar, biolaboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar xarid qilinishda davlat tomonidan 2024-yil 31-dekabrga qadar qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;
(4-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ajratiladigan kredit taʼminotining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 2,5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kafillik taqdim etadi.
(4-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar “Agrobank” ATB tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga laboratoriyalarni tashkil etish, uskuna va texnikalarni sotib olish hamda aylanma mablagʻlari uchun 200 mlrd soʻmlik kredit liniyasi ochilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida, shu jumladan oʻsimliklarni himoya qilish sohasida ilmiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, mutaxassislar va aholining bilim darajasini oshirish maqsadida “Agrobank” ATB qoshida “Fermerlar maktabi” tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va sohadagi izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yangi innovatsion tadqiqotlarni amaliyotga joriy qilganlik uchun 10 mlrd soʻm miqdorida grant ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent viloyati hokimligi va “Agrobank” ATBning Toshkent viloyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kompleks xizmatlarini koʻrsatuvchi markazni (keyingi oʻrinlarda — Namunaviy markaz) tashkil etish boʻyicha buyurtmachi etib “Agrobank” ATBni belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga “Agrobank” ATB bilan birgalikda Namunaviy markaz tajribasi asosida tadbirkorlarning oʻsimliklarni himoya qilishning kompleks xizmatlarini koʻrsatuvchi biznes loyihalarini tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, bank krediti va lizing asosida bosqichma-bosqich tashkil etib borish vazifasi yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar favqulodda vaziyatlarda zararkunandalarga qarshi kurashish hamda hosilni saqlab qolishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) olti oy muddatda “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi va “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar normalarini qayta koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) joriy yil yakuniga qadar mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxatiga belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) joriy yil yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik va jismoniy shaxslarning xodimlarini sertifikatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ayrim kimyoviy vositalarni agronom-inspektorning tavsiyasi va retsepti asosida yerdan foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida sotish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Agentlik bilan birgalikda zararli organizmlarga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishda agronom, fitopatolog, entomolog, xim-biolog boʻlgan mutaxassislarni ish bilan taʼminlash maqsadida ularni oʻqitish va malakasini oshirish orqali oʻsimliklar klinikalari faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq, oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalarga jalb qilish tizimini shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) Agentlikning “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yanada keng joriy qilish maqsadida sohaga oid barcha faoliyatni ushbu tizimga integratsiya qilishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B.Q. Yusupaliyev) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida zararli moddalarning (pestitsidlar, mikotoksinlar, nitratlar, toksik elementlar, mineral oʻgʻitlar va boshqalar) miqdorini belgilash va ularning xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yangi tizimni samarali tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin va unda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq hajmda va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini tashkillashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida televideniye orqali koʻrsatuvlarni doimiy namoyish qilsin hamda ijtimoiy reklama sifatida ularni televideniye va radiokanallarda joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2021-yilning 31-dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-6262-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatish boʻyicha Respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Sh. Gʻaniyev

Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

A. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Sh. Umurov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ raisi v.v.b. komissiya raisining oʻrinbosari

4.

Sh. Raximov

Bosh prokuror oʻrinbosari

5.

O. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

S. Nishanbayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

8.

X. Meliyev

adliya vaziri oʻrinbosari

9.

Sh. Teshayev

qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

A. Fayzibayev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

11.

X. Sadiqov

Hisob palatasi bosh inspektori

12.

Lavozimi boʻyicha

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining iqtisod boʻyicha oʻrinbosari

13.

O. Omonov

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat departamenti direktori oʻrinbosari

14.

K. Maqsudov

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ boʻlim boshligʻi, Komissiya kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni tugatish boʻyicha hududiy komissiyalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Hududiy komissiya rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Hududiy komissiya rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar prokurorlari oʻrinbosarlari

4.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari, viloyat hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining boshliqlari

5.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari

7.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari va viloyatlar Adliya boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi hududiy boshqarmasi boshliqlari

9.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar Davlat soliq boshqarmalari boshliqlari

10.

Lavozimi boʻyicha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar boshqarmalari boshliqlari

11.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar boshqarmalari boshliqlari

12.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari boshliqlari

13.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududiy “Agrokimyohimoya” hududiy AJlarning raislari, hududiy komissiya kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Hududiy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3358-son Farmoniga ilovaning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III boʻlimi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI boʻlimidan 10-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

12.

Oʻsimlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda oʻsimliklar karantini boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi ustidan nazorat qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

1 kun

.

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi “Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2640-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga 1-ilovaning “Idoraviy formali kiyim” boʻlimidagi 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3574-son qaroriga 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “100 milliard” soʻzlari “50 milliard” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-martdagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3626-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4861-son qarorining 1, 3, 4, 5, 6, 6a va 8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4975-son qaroriga 1-ilovadagi “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” bloki chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qaroriga 1-ilovadagi ““Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish boʻyicha davlat komissiyasi Ishchi organi” davlat unitar korxonasi” bloki chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)