7-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlarning nomi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
Hujjat turi, kutilayotgan natija |
|
I. RESPUBLIKADAGI FITOSANITARIYA HOLATINI TAKOMILLAShTIRISh | ||||
|
1. |
O‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari |
Doimiy ravishda |
O‘zdavkarantin, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ |
Chora-tadbirlar dasturi. Samarali kimyoviy preparatlarni Ro‘yxatga kiritish hamda o‘simliklarning zararli karantin organizmlariga qarshi kurashish maqsadida ularni ishlab chiqarishga ko‘maklashish. |
|
2. |
O‘simliklarning karantin va boshqa zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarning tarqalishini monitoring qilish va prognozlashtirish mexanizmini tatbiq etish. |
2018-yil 1-oktabrgacha |
O‘zdavkarantin, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ |
Chora-tadbirlar dasturi. O‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda zararkunandalar, kasalliklar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni tezkor ishlab chiqish. |
|
3. |
Feromon tutqichlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirgan holda respublikaning barcha hududlariga 55231 ta feromon tutqichlarni o‘rnatish, shuningdek, “O‘zdavkarantin” qo‘mitasining O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ularni dala va laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazish. |
2018-2019 yillarda |
O‘zdavkarantin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Eksport qilinadigan qish�oq xo‘jaligi mahsulotlarini zararsizlantirish bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash. |
|
4. |
Mamlakatimizda karantin zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha kimyoviy vositalar va fumigatsiya preparatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil 1-iyulgacha |
Fanlar akademiyasi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, O‘zdavkarantin |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Bozorlarning o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan to‘yinishini ta’minlash. |
|
II. O‘SIMLIKLAR KARANTINI BO‘YIChA DAVLAT XIZMATINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh | ||||
|
5. |
“O‘zdavkarantin” qo‘mitasining markaziy apparati binosini kapital ta’mirlash (zarur bo‘lganda, yangi bino ajratish), zarur mebel va orgtexnika, shuningdek, aloqa vositalari bilan ta’minlash. |
2018-yil davomida |
O‘zdavkarantin, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
Chora-tadbirlar dasturi. Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish. |
|
6. |
O‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalarini zarur binolar bilan ta’minlash. |
2018-yil 1-noyabrgacha |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zdavkarantin |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari qarorlari. Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish. |
|
7. |
O‘simliklar karantini ilmiy markazi laboratoriyasining moddiy-texnik bazasini xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlash orqali mustahkamlash. |
2018-yil 1-iyulgacha |
O‘zdavkarantin, Moliya vazirligi |
Tashkiliy-chora-tadbirlar. Markazning fitos�nitariyaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish. |
|
8. |
O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatini ta’minlash maqsadida xizmat va maxsus avtotransport vositalarini saqlash uchun zarur limitlarni ajratish, shu jumladan: o‘simliklar karantini bo‘yicha tumanlar va shaharlar inspektorlari uchun — 2018-yilda 169 ta mototsikl; fumigatsiya otryadlari uchun — 15 ta “Damas VAN” avtomobili (2018-yilda — 6 ta, 2019 yilda — 6 ta, 2020 yilda —3 ta); o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari uchun — 58 ta “Damas” avtomobili (2018-yilda — 25ta, 2019 yilda — 25ta, 2020 yilda — 8ta); karantin laboratoriyalari uchun — 15 ta maxsus avtomashina (ko‘chma laboratoriya) (2018-yilda — 6ta, 2019 yilda — 4ta, 2020 yilda — 5ta); “O‘zdavkarantin” qo‘mitasi va o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari uchun — 45 ta xizmat va navbatchi avtomobil(2018-yilda –20ta, 2019 yilda — 20ta, 2020 yilda — 5ta). |
2018 — 2020 yillarda |
O‘zdavkarantin, Moliya vazirligi |
Tashkiliy-chora-tadbirlar. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirish. O‘simliklarning zararli karantin organizmlarni o‘rganish va ularga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro fitosanitar standartlar talablarining bajarilishini ta’minlash. |
|
9. |
Quyidagilarni: o‘simliklar karantini bo‘yicha tumanlar va shaharlar inspektorlari uchun lupa, maxsus qaychi, utilizatsiya paketlari, kimyoviy respiratorlar, konteynerlar va boshqalardan iborat 138 ta karantin-dala sumkalarini, karantin mahsulotlarni zararsizlantirish maqsadida fumigatsiya otryadlari uchun 40 ta maxsus kiyimlarni; avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlari uchun zarur uskunalarni (turli modifikatsiyadagi lupalar, dumaloq va uzunchoq to‘rlar); o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyalari faoliyatini samarali tashkil etish uchun 93 ta zamonaviy monoblok va 87 ta printerlarni xarid qilish. |
2018-yil yakuniga qadar |
O‘zdavkarantin |
Zarur vositalarni xarid qilish. Karantin zararkunanda organizmlarni yo‘qotish bo‘yicha ishlar samaradorligi va sifatini oshirish, chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash. |
|
10. |
Viloyatlarda karantin laboratoriyalarini qurish hamda ularni zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, shu jumladan: 2018-yilda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida; 2019-yilda — Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida. |
2018-2019-yillarda |
“O‘zdavkarantin”, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Laboratoriya tahlillari va ekspertizalari ishonchliligini ta’minlash, o‘simlik mahsulotlari importi va eksporti nazoratini kuchaytirish, respublikadagi fitosanitariya holatini yaxshilash. |
|
11. |
Toshkent shahar markaziy karantin laboratoriyasi binosini kengaytirish va uni zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. |
2018-yil 1-avgustgacha |
O‘zdavkarantin, Toshkent shahar hokimligi |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Poytaxt karantin laboratoriyasi quvvatlarini oshirish, infratuzilmasini yaxshilash. |
|
12. |
Tumanlar va shaharlar dehqon bozorlarida o‘simliklar karantini bo‘yicha tumanlar va shaharlar inspektorlari uchun xonalar ajratish, shuningdek zararlangan mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya qilish) uchun 3 metr kub hajmgacha bo‘lgan fumigatsiya kameralarini joylashtirish. |
2018-yil 1-dekabrgacha |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zdavkarantin |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari qarorlari. Qishloq xo‘jaligi va o‘simlik mahsulotlarini saqlash davrida zararli karantin organizmlar bilan zararlanish va uning kengayishining oldini olish, shuningdek, aholini sifatli va zararsiz mahsulotlar bilan ta’minlash. |
|
13. |
O‘simlik mahsulotlarini o‘tkazuvchi asosiy chegara punktlariga yaqin hududda maxsus zararsizlantiruvchi (fumigatsiya) kameralarni bosqichma-bosqich qurish, shu jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Dovut-ota”, “Qoraqalpog‘iston”; Andijon viloyatidagi “Do‘stlik”; Buxoro viloyatidagi “Olot”, “Xo‘ja-Davlat”; Namangan viloyatidagi “Uchqo‘rg‘on”; Surxondaryo viloyatida “Ayritom”, “Quduqli”; Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo”; Toshkent viloyatidagi “Nazarbek”, “Oybek” “Yallama” “Najimov”, “Navoiy” punktlari. |
2018-2019-yillarda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi, IIV, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, DBQ, DXXning Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi, “O‘zdavkarantin” |
Chora-tadbirlar dasturi. Karantin-zararli organizmlar tarqalishining oldini olish, shuningdek, import va eksport qilinadigan o‘simlik mahsulotlarini zararsizlantirish. |
|
14. |
Mavjud viloyatlararo yo‘l-patrul xizmati postlarida o‘simliklar karantini bo‘yicha postlar faoliyatini tashkil etish. |
2018-yil yakuniga qadar |
O‘zdavkarantin, IIV |
Chora-tadbirlar dasturi. Fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, karantin-zararli organizmlar tarqalishining oldini olish va bartaraf etish. |
|
15. |
Chegara zonalari hududida yog‘och-taxta materiallar va karantin ostidagi boshqa mahsulotlarni (yog‘och tagliklar, yog‘och yashiklar va boshqalar) zararsizlantirish uchun maxsus termik kameralar qurish. |
2019 yil 1-iyulgacha |
O‘zdavkarantin, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, DBQ |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Yog‘och va taxta materiallarni import va eksport qilish bo‘yicha xalqaro fitosanitar standartlarning ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlash. |
|
16. |
Paxta tolasini eksportga yuklab jo‘natuvchi paxta terminallarida zararsizlantiruvchi (fumigatsiya) kameralarni qurish. |
2019 yil 1-oktabrgacha |
“O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zdavkarantin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
Tashkiliy chora-tadbirlar. Eksport qilinadigan paxta tolasi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zararsizlantirish bo‘yicha ishlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash. |
|
III. O‘SIMLIKLAR KARANTINI BO‘YIChA DAVLAT XIZMATINI MALAKALI KADRLAR BILAN TA’MINLASh | ||||
|
17. |
2018 — 2020-yillarda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati xodimlarini xorijiy davlatlarda qayta tayyorlash va malakasini oshirish. |
2018-yil 1-iyungacha |
Vazirlar Mahkamasi, O‘zdavkarantin, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi qarori. O‘simliklar karantini sohasidagi mutaxassislarning malakasini va professional darajasini oshirishni ta’minlash. Ularning bilim darajasini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini yaxshilash. |
|
18. |
Ilmiy-ta’lim muassasalarida o‘simliklar karantini sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2018-yil 1-iyulgacha |
O‘zdavkarantin, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
Tashkiliy chora-tadbirlar. O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash. |
|
19. |
O‘simliklar karantini va ularni himoya qilish bo‘yicha Xalqaro Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar bilan idoralararo va davlatlararo aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash. |
2018-2019 yillarda |
O‘zdavkarantin, Tashqi ishlar vazirligi |
Xalqaro fitosanitar standartlar talablarining bajarilishini ta’minlash, o‘simliklarning zararli karantin organizmlariga qarshi kurashishning samarali choralarini qo‘llash. |
|
20. |
O‘simliklar karantini bo‘yicha tumanlar va shaharlar inspektorlari, avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlarini ularning faoliyatini baholashning reyting tizimiga asosan O‘zdavkarantin O‘simliklar karantini tizimini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash. |
2018-yil 1-maygacha |
O‘zdavkarantin, Moliya vazirligi |
Idoraviy hujjat. Xodimlarni rag‘batlantirish, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish. |