Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2021 24.10.2016 yildagi PQ-2640-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.10.2016 yildagi PQ-2640-son
Date of entry into force
07.11.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.07.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-sonli “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish, qishloq xoʻjaligi ekinlariga agrotexnik xizmat koʻrsatish hamda zararkunandalar va kasalliklardan saqlash boʻyicha xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, shuningdek “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagrokimyohimoya” AJ) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibidan chiqarilayotgan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning oʻsimliklarni himoya qilish markazlari mulkiy qismi negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJning tuman va tumanlararo boʻlimlari, shuningdek, oʻsimliklarni himoya qilish tuman otryadlari negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining tuman (shahar) boʻlinmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chigirtka bilan kurashish xizmatlari, shuningdek, Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning oʻsimliklarni himoya qilish markazlari mulki qismi negizida tashkil etilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” boʻlimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika agrokimyo stansiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari negizida tashkil etilayotgan “Agrokimyo stansiyasi” MChJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi negizida tashkil etilayotgan “Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi” MChJ;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari bilan taʼminlash, chigirtka, zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va yovvoyi oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalarini umumlashtirish yoʻli orqali mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalariga boʻlgan talabning har yilgi prognozlarini shakllantirish, shuningdek, mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va taqsimlashni, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlanishining har yilgi balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan nazorat va signal maydonlarda radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, agrokimyo kartogrammalarni tuzgan holda, tuproq va qishloq xoʻjalik mahsulotlaridagi ogʻir metallar tuzlari va pestitsidlar, choʻkindi qoldiqlari, toʻplangan radionuklidlarni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqni oziqlash moddalari taʼminotini hisobga olgan holda, qishloq xoʻjaligiga mineral oʻgʻitlarni differensial va agrokimyo kartogrammalarga qatʼiyan muvofiq koʻrinishda yetkazib berishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish, zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari va yovvoyi oʻtlar bilan kurashish sohasida fermyerlar va dehqon xoʻjaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga kompleksli argokimyo xizmatlarini koʻrsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofiq qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashishning biologik usullarini keng koʻlamda rivojlantirish va qoʻllashga koʻmaklashish, biomateriallar sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, biolaboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, biologik preparatlarni ishlab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida yer maydonlari, oʻsimlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining fitosanitar holati ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va yovvoyi oʻtlarning rivojlanishi va koʻpayib ketishini prognozlashtirish va monitoring qilish, oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha profilaktika va integratsiya chora-tadbirlarini oʻz vaqtida tashkillashtirishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzagrokimyohimoya” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” AJ mulkining qismini balans narxi boʻyicha hamda uning “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJlari ustav kapitallaridagi ulushini “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati boʻyicha davlat foydasiga berish, shuningdek, shuning hisobidan “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini mos ravishda kamaytirish toʻgʻrisida “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlari taklifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika oʻsimliklarni himoya qilishning kimyo vositalar bazasi” AJ aksiyadorlarining jamiyatni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJning ustav kapitali “Oʻzkimyosanoat” AJ mulkining qismini balans narxi boʻyicha hamda uning “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJlari ustav kapitallarida ulushini “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitaliga berilgan qiymati boʻyicha topshirish, Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari, oʻsimliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish boʻyicha xizmatlar, Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi mulkining balans qiymati hisobiga shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ va Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari, oʻsimliklarni himoya qilish tuman otryadlari, chigirtkaga qarshi kurashish boʻyicha xizmatlar, Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti, Respublika agrokimyo stansiyalari, Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar agrokimyo stansiyalari, Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJning ijro etuvchi apparati faoliyatini joriy taʼminlash va moliyalashtirish dividendlar, ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati tushumlaridan va boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlaridagi ogʻir metall tuzlari va pestitsidlar choʻkindi qoldiqlari, toʻplangan radionuklidlarni tahlil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish budjetdan ajratilgan pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” AJning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqishni va tasdiqlanishini taʼminlasin, belgilangan tartibda uning ustav kapitalini shakllantirsin, yangi aksiyalar chiqarilishini va ularni joylashtirilishini amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJning ustav kapitaliga berilgan mulk qismini “Agrokimyosanoat” HAJ va “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati”ning hududiy boʻlinmalariga topshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJning ustav kapitaliga topshiriladigan mulk va ulushlar qiymati summasiga “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitalini kamaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzagrokimyohimoya” AJga belgilangan tartibda “Oʻzagrokimyohimoya” AJning maxsus taraqqiyot Jamgʻarmasini tashkil etishga huquq berilsin, quyidagilar Jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy “Oʻzagrokimyohimoya” AJning ustav kapitalidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJning ulushiga hisoblanadigan dividendlarning 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “Oʻzagrokimyohimoya” AJning taraqqiyot Jamgʻarmasi mablagʻlari maqsadli ravishda qatʼiyan quyidagilarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirish, yangi turdagi oʻsimliklarini himoya qilish vositalari, mineral, organomineral va kompleks (murakkab) oʻgʻitlarni oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi laboratoriyalarni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar va laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzagrokimyohimoya” AJning taraqqiyot Jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va maqsadli ishlatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda 2017 — 2020-yillarda qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish, agrokimyoviy xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini himoya qilish boʻyicha xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarni strategik xomashyoni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadigan hududiy aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek tabiiy monopoliya subyektlari hamda tartibga solinadigan narxlar boʻyicha ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Qishloqxoʻjalikkimyo” va Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazini 5-ilovaga* muvofiq tarkibda debitorlik hamda kreditorlik qarzlarining inventarizatsiyasini oʻtkazish boʻyicha Komissiya tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya (G.I.Ibragimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ va Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining debitorlik hamda kreditorlik qarzlarini toʻliq inventarizatsiya qilsin va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ va Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi oldidagi tugatilgan fermerlik xoʻjaliklarining kreditorlik qarzlarini restrukturizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ va Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi va uning boʻlinmalarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga boʻlgan toʻlov qarzlari boʻyicha qoʻllanilayotgan moliyaviy sanksiyalari summalarini bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2022-yilning 1-yanvarigacha “Elektrkimyozavod” QK AJ, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlarga koʻra olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan taʼsir kuchiga ega moddalar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, asbob-uskunalar va texnologiyalar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzagrokimyohimoya” AJ Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi 38-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda “Oʻzagrokimyohimoya” AJni, zarur kommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 24-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2640-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

I. Respublika tashkilotlari

1.

“Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi” MChJ

2.

“Agrokimyo stansiyasi” MChJ

31.

Ifoda agro kimyo himoyaMChJ

II. HududiyAgrokimyohimoyaaksiyadorlik jamiyatlari

4.

“Qoraqalpoq agrokimyohimoyaAJ

5.

Andijon agrokimyohimoyaAJ

6.

“Buxoro agrokimyohimoyaAJ

7.

“Jizzax agrokimyohimoya” AJ

8.

“Qashqadaryo agrokimyohimoya” AJ

9.

“Navoiy agrokimyohimoya” AJ

10.

“Namangan agrokimyohimoya” AJ

11.

“Samarqand agrokimyohimoya” AJ

12.

“Sirdaryo agrokimyohimoya” AJ

13.

“Surxondaryo agrokimyohimoya” AJ

14.

“Toshkent agrokimyohimoya” AJ

15.

Farona agrokimyohimoya” AJ

16.

Xorazm agrokimyohimoyaAJ

III. Hududiy “Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari

17.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiQoraqalpoq filiali

18.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiAndijon filiali

19.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiBuxoro filiali

20.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiJizzax filiali

21.

“Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” Qashqadaryo filiali

22.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiNavoiy filiali

23.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiNamangan filiali

24.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiSamarqand filiali

25.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiSirdaryo filiali

26.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiSurxondaryo filiali

27.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiToshkent viloyati filiali

28.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiFargʻona filiali

29.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiXorazm filiali

30.

Chigirtka va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmatiToshkent shahar filiali.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloqxoʻjalikkimyo” HAJ hamda Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi debitorlik va kreditorlik qarzlarining inventarizatsiyasini oʻtkazish boʻyicha Komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

G.I. Ibragimov

Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi

Sh.J. Teshayev

qishloq va suv xoʻjaligi vaziri

B.R. Parpiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh.N. Fayzullayev

iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vazirining oʻrinbosari

M.Y. Fayziyev

qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

B.E. Turayev

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

A.U. Tamikayev

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

N.S. Ibragimov

“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi

X.Sh. Bekbergenov

“Oʻzkimyosanoat” AJ raisining oʻrinbosari

R.O. Ochilov

Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi direktori

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 511-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son; 22.11.2017-y., 06/17/5250/0284-son; 04.04.2019-y., 07/19/4265/2883-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)