Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005 04.01.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1094
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 04.01.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1094
Date of entry into force
14.01.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZIning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZIning
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI TIZIMI RAHBARLAR TARKIBINI, PEDAGOG VA MUHANDIS-PEDAGOG KADRLARINI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 4-yanvarda 1094-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-mart 04/QQ-son, 01-77-son va 01/1185-son qarori (roʻyxat raqami 1462, 28.03.2005-y.) asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qaroriga muvofiq “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqida qaror:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yetkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari J. XUSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2002-yil 3-yanvar,

4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. MUHITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 3-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 3-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi,
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2002-yil 3-yanvardagi 4-son, 18-son va 18-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-martdagi 109-son “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 1998-yil 13-maydagi 204-son “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (taʼlim muassasalari)ning rahbar, pedagog va muhandis-pedagog (rahbar va pedagog) kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilib, rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatlarini xolisona baholash, ularni egallab turgan lavozimlariga qoʻyilgan talablarga mosliklarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglari uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Attestatsiya mazkur Nizom asosida tuziladigan taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (Attestatsiya komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Attestatsiya komissiyalarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi (Boshqarma) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishga mehnat shartnomasi asosida yangi qabul qilingan rahbarlar va pedagoglar kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha taxminiy test savollari majmui va attestatsiya oʻtkazish grafigi Boshqarma tomonidan ishlab chiqiladi va attestatsiya boshlanishidan bir oy oldin taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. ATTESTATSIYA OʻTKAZISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Attestatsiya komissiyasi 7 kishidan iborat tuziladi va Davlat test markazining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasining faoliyati uni aʼzolarining kamida 5 nafari qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 29-apreldagi 10-son, 293-son va 22-son qarori (roʻyxat raqami 1094-1, 14.05.2002-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 9-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya raisi va kotibi Boshqarma ekspertlaridan, komissiya raisining oʻrinbosari esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (Markaz) mutaxassislaridan tayinlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 29-apreldagi 10-son, 293-son va 22-son qarori (roʻyxat raqami 1094-1, 14.05.2002-y.) tahririda — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 9-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Boshqarma ekspertlari, Markaz yoki uning hududiy boshqarmalari, shuningdek kasaba uyushmalarining vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz boʻysunuvida boʻlmagan taʼlim muassasalarining rahbar va pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishda attestatsiya komissiyasining tarkibiga tegishli vazirlik yoki idoraning 2 nafar vakillari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga taʼlim muassasalarining malakali mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Attestatsiya komissiyasi zarur hollarda pedagoglarning tegishli soha va mutaxassisliklari boʻyicha ekspert guruhlarini tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Attestatsiya komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovnoma (kadrlarni hisobga olish varaqasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat faoliyati haqida tavsifnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiyalar oraligʻida chop etilgan ilmiy ishlari va oʻquv-metodik qoʻllanmalari roʻyxati (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy daraja, ilmiy unvon va malakasini oshirganligi, toifalari haqidagi hujjatlarning nusxalari (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
attestatsiya oraligʻidagi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (rahbar xodimlar uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu hujjatlarni attestatsiya komissiyaga rahbar xodimlar boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, pedagoglar boʻyicha taʼlim muassasalarining rahbarlari jamlab toshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Attestatsiya test sinovlari, suhbat yoki yozma ishlar shaklida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. ATTESTATSIYA OʻTKAZISh NATIJALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Attestatsiya komissiyasi ochiq ovoz berish asosida koʻpchilik ovoz bilan attestatsiyaning yakuniy xulosasini qabul qiladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya natijalariga koʻra taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagoglarini egallab turgan lavozimiga “loyiq” yoki “noloyiq”ligi haqida xulosa chiqaradi va ushbu xulosani attestatsiya jarayoni tugashi bilan eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Attestatsiya komissiyasining xulosasi attestatsiya varaqasiga yozilib, kadrlarning shaxsiy hujjatlar jamlanmasida saqlanadi. Attestatsiya komissiyasi bayonnomasining asl nusxasi Boshqarmada, qolgan nusxalari esa Markaz va uning hududiy boshqarmalarida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan taʼlim muassasasining rahbarlari va pedagoglari uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmagan taqdirda, komissiyasining qaroriga binoan boshqa muddatda attestatsiyadan oʻtkaziladi. Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan taʼlim muassasasining rahbarlari va pedagoglari attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi va egallab turgan lavozimiga “noloyiq” deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markaz, uning hududiy boshqarmalari, tegishli vazirlik va idoralar hamda taʼlim muassasasining rahbarlari attestatsiya komissiyalarining xulosalarini inobatga olishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Attestatsiya komissiyasi xulosasidan norozi boʻlgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 1-2-son, 2002-y., 9-son)