Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 04.10.2001 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2001 yildagi 400-son
Date of entry into force
04.10.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI UCHUN PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlash darajasi va sifatini yanada oshirish hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini davlat taʼlim standartlari va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan yuqori malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar 2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlari, shuningdek ularni oʻqitishda ishtirok etuvchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi kasbiy saviyasining uzluksiz ravishda oʻsishi va malakasi oshirib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitish jarayoniga zamonaviy xorijiy metodikalardan foydalanish hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagoglarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oʻquv markazlarida tajriba orttirishi amaliyotini kengaytirish orqali ilgʻor xalqaro pedagogik tajribalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalangan holda ularning bazaviy oliy taʼlim muassasalari bilan kooperatsiyalashuvini va hamkorligini chuqurlashtirish yoʻli bilan muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlari va oʻqituvchilarining muntazam ravishda, kamida uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish. Rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini tanlov asosida toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet xalqaro axborot tarmogʻi imkoniyatlaridan keng foydalangan holda pedagog kadrlarni masofadan turib oʻqitish metodini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha boʻlgan davrda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 33-34-son, 390-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2001/2002 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus, professional taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borsin va davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq baholasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001—2010-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ular malakasini oshirishning oʻquv rejalari va dasturlarini ikki oy muddatda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida kadrlar tayyorlash kasbiy darajasi monitoringi natijalariga koʻra akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishning miqdoriy koʻrsatkichlarini va tartibini aniqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog va muhandis-pedagog kadrlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ustoz” jamgʻarmasi bilan birgalikda 2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini roʻyobga chiqarishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining mintaqalardagi yoshlar va jamiyatning maʼnaviy hamda aqliy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi maʼrifat, madaniyat, ommaviy kompyuter savodxonligi markazlari sifatidagi rolini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarining ijtimoiy maqomi va jamiyatdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi rahbari (H.S.Karomatov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining tanlovdan oʻtgan direktorlarini tayinlash tartibini 15 kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Davlat test markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar, tasdiqlasinlar va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga akademik litseylar, professional taʼlim muassasalarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oʻquv asbob-anjomlari xarid qilish uchun jalb etilayotgan grantlar va xorijiy kreditlar mablagʻlaridan, shuningdek, oʻqituvchilarni rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oʻquv markazlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ham foydalanishni nazarda tutsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 4-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
400-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha boʻlgan davrda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini shakllantirish va rivojlantirish akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini maxsus tayyorlangan yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlashni, ular faoliyatining raqobat muhitini shakllantirishni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning boshlangʻich bosqichida oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalari tarmogʻining ikki bosqichli tizimi tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur dastur Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning sifat jihatidan yangi bosqichi vazifalaridan kelib chiqib islohotlar jarayonini chuqurlashtirishni nazarda tutadi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbar hamda muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini oʻzgartirish va takomillashtirish yoʻli bilan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlarni oʻqitish va ularni tayyorlash sifatini oshirishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Dasturning maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturning maqsadi – pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini muntazam oshirish yoʻli bilan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini davlat taʼlim standartlari talablariga javob beruvchi yuqori malakali pedagoglar va muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy vazifa – pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi talablarini hisobga oluvchi, pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning moslashuvchan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy taʼlim muassasalari, institutlar, fakultetlar hamda pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining professor-oʻqituvchilar tarkibining kasb darajasini oshirish, xorijiy tillarni oʻrganishni kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kasb-hunar taʼlimining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan (dual) tizimini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarning kasb darajasini oshirish jarayoniga ilgʻor zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar oldindan tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydigan quyidagi koʻrsatkichlarni har yili aniqlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan mutlaq va qoʻshimcha ehtiyojning prognoz koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qoplash manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vazifalarni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq, oʻquv rejalari hamda bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagogik va muhandis-pedagogik yoʻnalishdagi bakalavrlar tayyorlash umumiy taʼlim maktablarining 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasidan, pedagogika mutaxassislari magistrlari esa – pedagogik yoʻnalishdagi bakalavriat bazasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarini tayyorlash oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining ehtiyojiga muvofiq respublikaning bazaviy va yetakchi universitetlarida va pedagogika institutlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunar kollejlarining tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha maxsus fanlar oʻqituvchilari va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash oliy taʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari va fakultetlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy rahbarlik, pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yoʻllari va usullarini belgilash, ular bazasida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish amalga oshiriladigan ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati, shuningdek ular faoliyatini muvofiqlashtirish, idoraviy qarashliligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini, ularni tayyorlashning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi – 1-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagogik faoliyat uchun zarur boʻlgan bilimlar, oʻquv va malaka hajmi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ishlab chiqiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlarini hisobga olgan holda oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv rejalari va dasturlarini yangilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy-metodologik asosini rivojlantirish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquv bazasidan va ishlab chiqarish korxonalarining ilgʻor moddiy-texnika bazasidan foydalanish yoʻli bilan pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan (dual) tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻqitishning interaktiv metodlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibini bosqichma-bosqich attestatsiyadan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash – oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga va zamonaviy talablar asosida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlariga muvofiq pedagog kadrlarning kasb bilimlari, oʻquv va malakasini oldindan yangilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorlash oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini, yangi pedagogik texnologiyalarni oʻrganishni, zamonaviy texnikani va ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanishi sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirishni, xorijiy tillarni oʻrganishni taqozo etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim maktablaridan, kasb-hunar texnika bilim yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlaridan boʻshab qoladigan pedagog va muhandis-pedagog kadrlar qayta tayyorlash bilan qamrab olinadi. Qayta tayyorlash muddatlari pedagoglarning kasb malakasi darajasiga qarab buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar malakasini oshirish — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlariga muvofiq kadrlarning kasb bilimlari, oʻquv va malakasini chuqurlashtirish va takomillashtirish, yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishga koʻmaklashuvchi fanlar boʻyicha zamonaviy bilimlar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish davriyligi ushbu muassasalar ehtiyojiga qarab belgilanadi. Tinglovchilarni oʻqitish muddatlari davlat talablariga muvofiq va ularning kasb tayyorgarligi darajasi hisobga olingan holda belgilanadi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining buyurtmasi boʻyicha institutlarda, oliy taʼlim muassasalarining fakultetlarida va ixtisoslashtirilgan markazlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tayyorgarlikdan oʻtgan kadrlarning bilim darajasi buyurtmachi tomonidan qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish shakllaridan biri – rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim va trening markazlarida tajriba orttirishni rivojlantirish davom ettiriladi. Bunda “Ustoz” jamgʻarmasi va ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan xorijiy grantlar va kreditlar hisobiga tajriba orttirishni tashkil etishga asosiy eʼtibor beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy mamlakatlarning trening markazlari barpo etish va ular faoliyatini tashkil etish tajribasi asosida kasb-hunar kollejlarida taʼlimning innovatsiya usullarini oʻrganish boʻyicha tayanch markazlari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarining ehtiyojiga muvofiq yetakchi va bazaviy universitetlarda, maxsus fanlar va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish esa – oliy taʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, fakultetlari va markazlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron pochta va Internet tarmogʻi qoʻllanilgan holda pedagog kadrlarni masofadan turib qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish keng rivojlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy rahbarlik qilish, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yoʻllari va usullarini belgilash, ular bazasida kafedralar, fakultetlar va ixtisoslashtirilgan malaka oshirish markazlari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati, shuningdek ular faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmachi vazifasini bajaradi hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlar oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimining ilmiy-metodologik asosini kuchaytirish va davlat talablarini doimiy ravishda yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida dars berishning zamonaviy usullari va shakllariga oʻqitishga qaratilgan variantli oʻquv rejalari va tabaqalashtirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institutlar, kafedralar, fakultetlar va malaka oshirish markazlarining professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining amaliy mashgʻulotlari tayanch oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, kasbiy oʻqitish mutaxassislari va maxsus fanlar oʻqituvchilarining amaliy mashgʻulotlari esa – ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari qoʻllaniladigan va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilgʻor ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda kasb-hunar kollejlari huzurida taʼlimning innovatsiya usullarini oʻrganish boʻyicha mintaqaviy tayanch markazlari tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan va Internet tarmogʻi qoʻllanilgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarini masofadan turib oʻqitish tizimi va mexanizmini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish koʻrsatkichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prognoz hisob-kitoblarga koʻra yangi va qayta taʼmirlangan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari ishga tushirilishi davomida pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan mutlaq ehtiyoj 2010-yilda 167 ming kishidan koʻproqni tashkil etadi (1-jadval*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yilgacha tashkil etiladigan 178 akademik litseyning pedagog kadrlarga ehtiyoji 8,4 ming kishini tashkil etadi, 1689 kasb-hunar kolleji uchun zarur boʻlgan oʻqituvchilar soni esa 158,8 ming kishigacha oʻsadi (2, 3 va 4-jadvallar)*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ehtiyojni qoplash uchun kelgusida 2010-yilgacha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash hajmlarini har yili oshirib borish kutiladi. Hisob-kitoblar boʻyicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini pedagog kadrlar bilan toʻliq taʼminlash uchun 10 yil ichida 101,2 ming mutaxassis tayyorlanishi kerak, yaʼni oliy taʼlim muassasalarida pedagog va muhandis-pedagog yoʻnalishlari boʻyicha abituriyentlar qabul qilish har yili 9-10 ming kishigacha yetkaziladi (5-jadval)*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunar bilim yurtlaridan boʻshab qoladigan 77 mingdan koʻproq oʻqituvchi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga jalb etiladi. Oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini pedagogik faoliyatga, ayniqsa akademik litseylarga jalb etish davom ettiriladi. Har yili 16 mingdan 56 minggacha oʻqituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan qamrab olinadi (6 va 7-jadvallar)*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashning hisoblab chiqilgan balansi 8-jadvalda* berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Jadvallar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarni va pedagogik tajribani ayirboshlashni kengaytirish maqsadida mazkur Dasturning maqsadlari va asosiy vazifalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy oʻquv yurtlarining rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorligi amaliyoti kuchaytiriladi, Internet tarmogʻi boʻyicha ular bilan elektron aloqa oʻrnatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilmiy-pedagogik salohiyatini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb etish amaliyoti kengaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kafedralari mudirlari va oʻqituvchilarining xorijda tajriba orttirishlari faollashtiriladi, ushbu maqsadlar uchun xalqaro moliyaviy institutlarning grantlari va imtiyozli kreditlari jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institutlar, fakultetlar va malaka oshirish markazlari professor-oʻqituvchilari tarkibining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlari va pedagogik kadrlarining “Ustoz” jamgʻarmasi orqali xorijda tajriba orttirishlari hajmlari koʻpaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida qatnashuvchi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish oliy taʼlim muassasalari, kafedralar, fakultetlar va markazlarning oʻquv va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan birgalikda olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
institutlar, kafedralar, fakultetlar va oliy taʼlim muassasalarining malaka oshirish markazlari moddiy-texnika bazasi darajasi va holati oʻrganiladi hamda ularning oʻquv-laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlanishini yaxshilash chora-tadbirlari dasturi tayyorlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitish jarayoniga kompyuter texnikasini, audio-video materiallarni joriy etish va Internet tarmogʻiga ulanish chora-tadbirlari koʻriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
multimediy oʻqitish dasturlari ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy masofadan turib taʼlim berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari koʻriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarini jihozlashga qoʻshimcha grantlar va imtiyozli kreditlar jalb etiladi, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Dasturni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagog va muhandis-pedagoglar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va mahalliy budjetlarning har yilgi parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari, shuningdek budjetdan tashqari boshqa daromadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiylar va taʼlim muassasalarining vasiylari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asbob-uskunalar sotib olish, taʼlim jarayonini takomillashtirish, shuningdek oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar va xorijiy kreditlar mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ustoz” jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlari shartlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 33-34-son, 390-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 19-son, 137-modda; 2003-y., 1-2-son, 11-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 6-7-son, 39-modda; 2008-y., 33-son, 319-modda; 2012-y., 33-34-son, 390-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)