1-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Masʼul organlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
“Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi” boʻyicha axborot texnologiyalariga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlarni toʻplaydi, NIS.UZ-axborot tizimiga kiritish, kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va baholaydi. |
Har yarim yillik yakunidan keyingi 45 kun davomida, yanvar-fevral, iyul-avgust | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
“Elektron xizmatlar indeksi” boʻyicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va baholaydi. |
Har yarim yillikda yanvar-iyun, iyul-dekabr | |||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
“Faoliyatni raqamlashtirganlik indeksi” boʻyicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi, axborot tizimlarini amaliyotga tatbiq qilish hujjatlarida bildirilgan vazifalar joriy qilinganlik darajasini tekshiradi. |
Har yarim yillikda 45 kun davomida, may-iyun, noyabr-dekabr | |||
|
4-bosqich |
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
“Axborot va kiberxavfsizlik indeksi” boʻyicha talab etilgan tadbirlarni bajaradi. |
Har yarim yillikda | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
Reyting natijalarini va boshqa tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. |
Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 30-sanasiga qadar |
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Masʼullar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
Hududlarda raqamli iqtisodiyot darajasi boʻyicha statistik va tahliliy maʼlumotlarni NIS.UZ-axborot tizimiga kiritadi. |
Hisobot davri yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar | |||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida reyting baholashni amalga oshiradi va hududlarni reyting baholash yakunlari asosida reytingni shakllantiradi. |
Hisobot davri yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar | |||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
Reyting natijalari va boshqa tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish |
Hisobot davri yakuni boʻyicha keyingi oyning 30-sanasiga qadar | |||
|
|
|
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Reyting baholash axborot tizimini amaliyotga joriy etish | ||||
|
1. |
Reyting baholash axborot tizimini elektron hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralar tizimlari, shuningdek, “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning Axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimi bilan integratsiya qilish. |
1. Axborot tizimini integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalar ishlab chiqish. |
2021-yil 15-iyul |
Axborot texnologiyalari vazirligi, “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK |
|
2. Texnologik yoʻriqnomalar asosida tizimlarni integratsiya qilish. |
2021-yil 20-iyul | |||
|
2. |
Davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining reyting baholash axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritishga masʼul xodimlarini belgilash va ularni bosqichma-bosqich tizimga ulash. |
1. Davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimiga maʼlumotlarni kiritishga masʼul xodimlarni belgilash. |
2021-yil 10-iyul |
Davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
|
2. Masʼul xodimlarni tizimdan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oʻquv seminarlar tashkil etish. |
alohida reja-jadval asosida |
Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari | ||
|
3. Masʼul xodimlarni tizimga ulash va maʼlumotlar kiritilishining tashkil etish. |
har yili 15-yanvarga, 15-iyulga qadar | |||
|
3. |
Reyting baholash axborot tizimida baholash natijalarini eʼlon qilish. |
1. Oʻtkazilgan reyting baholash natijalarini umumlashtirish hamda tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va axborot tizimida eʼlon qilish. |
har yili 30-yanvarga va 30-iyulga qadar |
Axborot texnologiyalari vazirligi, “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK |
|
2. Reyting baholash natijalarini “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilishlarida koʻrib chiqish. |
belgilangan muddatlarda |
Muvofiqlashtirish komissiyasi | ||
|
4. |
Reyting baholash axborot tizimida eʼlon qilingan natijalarga asosan koʻrsatkichlarni koʻtarish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. |
1. Reyting baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, koʻrsatilgan kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish yuzasidan tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
har chorakda zaruratga muvofiq |
Davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
|
2. Kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tarmoq jadvali ijrosini taʼminlash. |
belgilangan muddatlarda | |||
|
5. |
Reyting baholash axborot tizimi axborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash. |
Tizimni texnik qoʻllab-quvvatlash va doimiy ravishda takomillashtirib borish. |
muntazam |
Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
II. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlarni toʻplash va shakllantirish va baholashni samarali tashkil etish | ||||
|
6. |
Xalqaro tajriba asosida Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati, shu jumladan elektron tijorat sohasi toʻgʻrisidagi milliy statistika amaliyotini takomillashtirish. |
1. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlarni inventarizatsiya qilish. |
2021-yil iyul |
Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
2. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati, shu jumladan elektron tijorat sohasi toʻgʻrisida yetishmaydigan statistik koʻrsatkich davlat statistika hisoboti, idoraviy hisobot va kuzatuvlarga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2021-yil sentabr | |||
|
3. Takliflarni oʻrganib chiqqan holda davlat statistika hisoboti va kuzatuvlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2021-yil noyabr | |||
|
7. |
Raqamli iqtisodiyotni baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish. |
1. Quyidagi xalqaro tashkilotlar davlatlar tajribasini oʻrganish: BMTning Statistika boʻlimi standartlari; Yevrostat (Reference Metadata in Euro SDMX Metadata Structure (ESMS), ICT sector. Compiling agency: Eurostat) standartlari; Janubiy Koreya va Malayziya davlatlari tajribasi. |
2021-yil davomida |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi |
|
2. Xalqaro tashkilotlar bilan videokonferensaloqa shaklida seminarlar tashkil etish. |
2021-2022-yillar | |||
|
8. |
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlarning holati boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va uni milliy statistika amaliyotiga joriy etish boʻyicha idoralararo normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish. |
1. Raqamli iqtisodiyoti va elektron tijorat sohasida statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻyicha xalqaro tajriba va standartlarni oʻrganish va tahlil qilish. |
2021-yil iyul |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
|
2. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlarning hisobi yuritilishini taʼminlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi idoralararo normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish: axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari xizmatlarini iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) asosida qayta koʻrib chiqish; mazkur xizmatlarning faoliyat turlari boʻyicha hajmlarini aniqlash; raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻyicha milliy statistikani shakllantirish tartibini belgilash. |
2021-yil sentabr-oktabr | |||
|
3. Idoralararo normativ hujjat loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash. |
2021-yil dekabr | |||
|
9. |
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistika hisobini yuritish va uning qamrovini kengaytirish choralarini koʻrish. |
1. Davlat statistika hisobi va boshqa rasmiy axborot resurslardan foydalangan holda Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarni aniqlash, ularning roʻyxatini tuzish. |
2021-yil iyul |
Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
2. Raqamli iqtisodiyot sohasidagi statistik hisobotlarning toʻgʻri va toʻliq koʻrsatilishini ragʻbatlantirish maqsadida mavjud imtiyozlar va preferensiyalarni oʻrganib chiqib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2021-yil avgust | |||
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar kuzatuvini yoʻlga qoʻyish. |
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar kuzatuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida: jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvini 2021-yil uchun davlat statistika ishlari dasturiga kiritish; har yili kamida bir marotaba tanlanma kuzatuv, shu jumladan, internet tarmogʻi orqali soʻrovnomalar shaklida kuzatuv oʻtkazish. |
2021-yil davomida |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
2. Tanlanma kuzatuv oʻtkazish uchun zarur boʻlgan respondentlar roʻyxatini shakllantirish, bunda quyidagilarni amalga oshirish: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini taqdim etish boʻyicha oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar roʻyxatini shakllantirish, ularning hisobini yuritish; Bir million dasturchi loyihasiga aʼzo boʻlganlar orasida tanlanma kuzatuv oʻtkazish. |
2021-yil davomida |
Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi | ||
|
11. |
Davlat idoralari va tashkilotlarida axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini amaliyotga joriy etish va muntazam foydalanish orqali idorada erishiladigan iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash choralarini koʻrish. |
1. Tizimlarni joriy etish va muntazam foydalanish orqali idorada erishiladigan iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. |
2021-yil sentabr |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
2. Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini joriy etish orqali erishiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlar roʻyxatini shakllantirish. |
2022-yil yanvar | |||
|
3. Roʻyxat asosida samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash tartibini ishlab chiqish. |
2022-yil may | |||
|
4. Tartibni amaliyotda joriy etilayotgan tizimlarda sinovdan oʻtkazish va uning natijasi boʻyicha uni takomillashtirish choralarini koʻrish. |
2022-yil noyabr | |||
|
12. |
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sohasida yigʻma koʻrsatkichlarni ommalashtirish. |
1. Mavjud statistik va tahliliy maʼlumotlar asosida “Oʻzbekiston Respublikasida axborotlashtirilgan jamiyat rivojlanishining asosiy koʻrsatkichlari” nomli statistik toʻplamni tuzish va uni taʼlim, ilmiy muassasalar va tadbirkorlar orasida ommalashtirish. |
2021-2022-yillar, doimiy ravishda |
Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
|
2. Rasmiy veb-saytlarda hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid ommaviy axborot vositalarida “Raqamli iqtisodiyot” ruknini joriy etish hamda ularni statistik va tahliliy maʼlumotlar bilan doimiy boyitib borish. |
2021-yil iyuldan boshlab har oyning 5 sanasiga qadar |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi | ||
|
13. |
2021 — 2023-yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” dasturini samarali amalga oshirish vazifalari asosida raqamli iqtisodiyot rivojlanishini baholash koʻrsatkichlari tizimini shakllantirish va takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish. |
1. Axborot texnologiyalari vazirligi huzuridagi Raqamli tadqiqotlar markazi bazasida iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari yoʻnalishi doirasida raqamli iqtisodiyot, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori koʻrsatkichlari, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi hissasini aniqlash, statistika tizimida AKTni qoʻllash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. |
2021-yildan boshlab muntazam ravishda |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi |
|
2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa iqtisodiy taʼlimmuassasalarida oʻquv dasturlardagi fanlarga “Raqamli iqtisodiyot” mavzusini kiritish. |
2021-2022-yillar |
Axborot texnologiyalari vazirligi | ||
|
14. |
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlarni toʻplash va shakllantirishni samarali tashkil etish boʻyicha harakatlar rejasi ijrosini tizimli nazorat qilib borish. |
1. Harakatlar rejasi bandlari ijrosi yuzasidan muhokamalar oʻtkazib borish. |
alohida reja asosida |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzkomnazorat” inspeksiyasi |
|
2. Harakatlar rejasining bajarilishi yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlilini olib borish hamda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borish. |
har chorak yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar | |||
|
15. |
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish va baholash jarayonida masʼul idoralar oʻrtasida samarali maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
1. Raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron tijorat bilan bogʻliq davlat va idoraviy statistika hisobi va boshqa axborot resurslaridagi maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil iyuldan muntazam |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
|
2. Idoralar tomonidan maʼlumotlarni oʻrganib chiqish va ilgʻor xalqaro tajribaga tayangan holda Respublikada yagona raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati toʻgʻrisidagi statistik koʻrsatkichlar bazasini shakllantirib borish. |
2021-2022-yillar | |||
|
3. Shakllantirilgan statistik koʻrsatkichlar toʻplamini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimiga kiritilishini taʼminlash. |
2022-2023-yillar | |||
3-ILOVA
4-ILOVA