10.05.2021 yildagi 294-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.05.2021 yildagi 294-son
Date of entry into force
10.05.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish va boshqarish, ularga joylashtirish uchun yosh tadbirkorlik subyektining investitsiya loyihalarini tanlab olish va joylashtirish, ularda joylashgan binolar va inshootlarni xususiylashtirish, shuningdek, tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish tartibini nazarda tutuvchi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari, jamgʻarma faoliyatini boshqarish, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish, shuningdek, uning mablagʻlaridan foydalanishga doir hisobot va nazorat yuritish tartibini nazarda tutuvchi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkorlik subyekti oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan hamda yuridik shaxs maqomida yoki taʼsischilari sifatida sanoat yoki xizmat koʻrsatish yoʻnalishida investitsiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) Yoshlar ishlari agentligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yilning 20-mayigacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-sentabrigacha 77 ta hamda 2022-yil 1-yanvarigacha 142 ta Yoshlar sanoat zonalarini ishga tushirilishini nazarda tutuvchi ish reja ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimi doirasida nazarda tutilgan imkoniyatlar va imtiyozlar toʻgʻrisida yoshlar orasida keng targʻibot ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 25-dekabrgacha — Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kelgusi yil uchun ish rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 20-yanvargacha — Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarining taqsimlanishi boʻyicha yillik hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (Umurzakov) bir oyda kamida bir marotaba Yoshlar sanoat zonalarini tashkil qilish hamda Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligini tanqidiy muhokama qilsin hamda har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 10-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
294-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-maydagi 294-son qaroriga

1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari va ularning faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ushbu zonalar hududlarida amalga oshirish uchun yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini tanlab olish va joylashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkorlik subyekti — oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan hamda yuridik shaxs maqomida yoki taʼsischilari sifatida sanoat yoki xizmat koʻrsatish yoʻnalishida investitsiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar sanoat zonalari) — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bandligini, eng avvalo “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning bandligini taʼminlash va yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilgan maxsus hudud;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻlari — Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining mablagʻlari, shu jumladan, hisobvaragʻidagi mablagʻlar, kredit mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladigan mablagʻlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish va boshqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yoshlar sanoat zonalari faqat muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan yoki oʻtkazish oson boʻlgan, faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlarida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yoshlar sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan Yoshlar sanoat zonalari hududining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari hududining chegaralari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlariga asosan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Yoshlar sanoat zonalarini tashkil etish yoki faoliyat koʻrsatayotganlarining chegaralarini oʻzgartirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moʻljallangan yer maydonlari chegaralari chizib koʻrsatilgan yer-kadastr rejasining koʻchirma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moʻljallangan chegaralarda joylashgan yerlarning tarkibi, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer maydonlari ijarachilarining va mulkdorlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) roʻyxati hamda ularning Yoshlar sanoat zonalari tashkil etilishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yozma shaklda berilgan roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududdagi kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish natijalari asosida ishlab chiqilgan Yoshlar sanoat zonalarini yoʻl-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha dastur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni bir hafta muddatda oʻrganib chiqib, Yoshlar sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan Yoshlar sanoat zonalarining chegaralarini oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasi kelib tushgan hujjatlarni oʻn kunlik muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xulosasi va Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalarini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar (keyingi oʻrinlarda — Yagona direksiyalar) bilan birgalikda Yoshlar sanoat zonalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, ularni rivojlantirish hamda faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yagona direksiyalar Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir bosqichida yosh tadbirkorlik subyektining hamda tegishli davlat organlarining oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, shu jumladan mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha masalalarni hal etishga doir ishlarni tashkillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini ajratilgan yer maydonlari chegarasigacha yetarli quvvatda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va zarur infratuzilma bilan taʼminlash boʻyicha tegishli tashkilotlarga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari boʻyicha ular foydalanishga topshirilgunga qadar boʻlgan jarayonning toʻliq monitoringini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi Yoshlar sanoat zonalari hududidagi yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritadi va ularga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga chiqarishda koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari Yagona direksiyalar bilan birgalikda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimi doirasida nazarda tutilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, amaliy koʻmaklashuv chora-tadbirlari yuzasidan yoshlar orasida keng targʻibot ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish maqsadida loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun “loyihalar fabrikasi”ga yoʻnaltiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari hududida yosh tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirilishini va ularning davlat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkorlik subyektining eksport salohiyatini oshirish maqsadida har oyda mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda motivatsion biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkorlik subyektlarini ishlab chiqarilgan mahalliy mahsulotlarni eksport qilishdagi mavjud imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari “loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasini ishlab chiqishda, shuningdek moliyalashtirish uchun buyurtmanoma taqdim etilgan investitsiya loyihalariga doir loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqish va tayyorlashda yosh tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida investitsiya loyihalarini joylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yoshlar sanoat zonalari hududida yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi, boʻsh bino va inshootlar (davlat koʻchmas mulk obyektlari) shartnoma asosida ijara toʻlovlari har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalar boʻyicha belgilangan tartibda ijaraga beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Yoshlar sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer ijaraga olinganda, ijara toʻlovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirib toʻlanishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya loyihasi Yoshlar sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oy davomida loyihani amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrilmasligi, shuningdek, ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer maydonlaridan ularga doir uzoq muddatli ijara shartnomada koʻrsatilgan maqsaddan tashqari foydalanilishi ajratilgan yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonlarini qaytarib olish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida joylashgan binolar va inshootlarni xususiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yoshlar sanoat zonalari hududida loyiha tashabbuskorlari quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari hisobidan qurilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan bino va inshootlarni yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihasi foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab uch yildan keyin, rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash xarajatlarini chegirib tashlagan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha xususiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya majburiyatlarini toʻliq bajarish sharti bilan (oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni amalga oshirmasdan), biroq investitsiya loyihasini amalga oshirish yakunlangan sanadan boshlab besh yildan keyin toʻlovlarni besh yil mobaynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqi berilgan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha xususiylashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
251. Yagona direksiyaning tegishli qarorining qabul qilinishi Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng oʻzlari qabul qilgan barcha investitsiya majburiyatlari bajarilganining tasdigʻi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan jalb etiladigan tashkilotlarning nazorat oʻlchovi va auditorlik tashkilotining hisoboti asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
252. Yagona direksiya zaruratga koʻra, investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
253. Yagona direksiya quyidagi asoslarga koʻra investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti oʻz faoliyatini loyihada koʻrsatilgan quvvatda amalga oshirmaganda yoki investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mazkur Nizomga muvofiq yer uchastkalari hamda davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) ajratib berilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti Yagona direksiyaning investitsiya majburiyatlari bajarilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
254. Yoshlar sanoat zonalari hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya majburiyatlarini bajargan Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Yagona direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimga asosan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) qabul qilingan kundan boshlab xususiylashtirishga ariza berilgan davrda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) boʻyicha nazorat oʻlchovi hamda Yoshlar sanoat yosh tadbirkorlik subyekti maqomini olganiga kamida uch yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti maqomini olganiga kamida besh yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat va davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan Yagona direksiya bilan kelishilgan holda ularga qilingan xarajatlar boʻyicha nazorat oʻlchovi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
255. Yagona direksiya besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni (investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilganligi toʻgʻrisida Yagona direksiya qarori, kadastr hujjati, nazorat oʻlchovi, Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot) ilova qilgan holda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi mazkur Nizomning 255-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, xulosa kelib tushgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni Yagona direksiyaga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan yetti kun muddatda baholovchi tashkilotni belgilangan tartibda jalb etadi. Bunda baholovchi tashkilotni jalb etish uchun ishlab chiqilgan texnik shartda oʻn kun muddatda baholovchi tashkilot tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot va ushbu hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqidagi ekspert xulosasida obyektning bugungi kundagi baholangan qiymati va Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) sarflangan xarajatlari chegirilgan holdagi qiymati, shuningdek, binoga sarflangan xarajatlarni chegirishda, avval mazkur Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqi yuzasidan berilgan chegirmalar inobatga olinishi lozimligi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda baholovchi tashkilot jalb etilgandan soʻng unga mazkur Nizomning 255-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni hamda balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolangan tegishli xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari, madaniy meros, fuqaro muhofazasi obyektlari va servitut mavjudligi hamda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258. Davlat koʻchmas mulk obyektining bahosi baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangandan keyin Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bir ish kuni ichida Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtadan topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqida ekspert xulosasi olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, oʻn ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektini Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olishni rad etgan yoki bir oy muddatda munosabat bildirmagan taqdirda, davlat mulkini ijaraga olish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatda faoliyatini amalga oshirishga, shuningdek, ijaraga olish shartnomasi boʻyicha muddat yakunlanganda, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan qayta shartnoma rasmiylashtirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning oʻzaro kelishuviga erishish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar sudlarga murojaat qilishdan avval kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
259. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab besh yil ichida teng ulushlarda toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlovning 35 foizi bir oy ichida toʻlanishi lozim, agar toʻlanmagan taqdirda, Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha foizlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2510. Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni doirasida Yoshlar sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament talablari asosida xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2511. Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashgan va tadbirkorlarga berilgan hamda investitsiya bitimlari yoki shartnomalarda xususiylashtirilishi koʻrsatilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan ishtirokchilarga qonunga muvofiq xususiylashtirib beriladi.
(251 — 2511-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga biriktirilgan tijorat banklari oʻzlariga biriktirilgan hududlardagi Yoshlar sanoat zonalarida oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan lizingga yoki ijaraga berish maqsadida bino va inshootlar qurishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish binolari birinchi bosqichda 2-3 qavat qilib, kelgusida 5 qavatgacha qurish imkonini beruvchi loyihalar asosida barpo etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni yosh tadbirkorlik subyektlariga lizingga berishda ular boshlangʻich toʻlov sifatida mazkur obyektlar qiymatining kamida 10 foizlik qismini toʻlashi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik subyektiga bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yagona direksiyalar tomonidan investitsiya loyihalarining maʼqullanishi tijorat banki tomonidan bino va inshootlarning yosh tadbirkorlik subyektlariga lizing yoki ijara shartlari asosida ajratilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini tugatish haqidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Shahar (tuman) hokimliklari hamda Yagona direksiyalar, investitsiya loyihasi Yoshlar sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan yosh tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ushbu Nizomning talablarini bajarishda yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish va moliyalashtirish

SXEMASI

Masʼul organ

Tadbirlar

Koʻrib chiqish muddati

I. Yeshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida investitsiya loyihalarini joylashtirish

Yesh tadbirkorlik subyekti

Investitsiya loyihasiga doir takliflarini ishlab chiqadi.

Real vaqt rejimida

Loyihalar fabrikasi

Yosh tadbirkorlik subyektining loyiha-takliflari asosida loyiha biznes-rejasini ishlab chiqishda amaliy yordam koʻrsatadi.

10 kalendar kuni ichida

Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini lotlarga ajratgan holda, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish uchun “Yerelektron” AATga kiritadi.

10 kalendar kuni ichida

Yosh tadbirkorlik subyekti

“E-auksion” savdo maydonchasi orqali yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidan yer uchastkasini sotib olish uchun ariza kiritadi

Real vaqt rejimida

II. Ishlab chiqarish binolarini lizing va ijara asosida ajratib berish tartibi

Yosh tadbirkorlik subyekti

Ishlab chiqarish binolarini lizingga yoki ijaraga olish boʻyicha masʼul tijorat bankiga murojaat qiladi.

Real vaqt rejimida

Tijorat banki

Yesh tadbirkorlik subyektiga milliy valyutada yillik oʻsimi (foydasi) 14 foiz miqdorida belgilangan holda ishlab chiqarish binolarini 7 yilga lizingga ajratish boʻyicha yosh tadbirkor bilan shartnoma imzolaydi.

10 kalendar kuni ichida

III. Yesh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirish

Yosh tadbirkorlik subyekti

Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida tegishli tijorat bankiga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

Tijorat banki

Jamgʻarmadan moliyaviy resurslar olish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuzadi va mablagʻ ajratish boʻyicha buyurtmanoma kiritadi.

Yosh tadbirkorlik subyekti arizasi qabul qilingandan keyin

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish Jamgʻarmadagi mavjud mablagʻlar doirasida, milliy valyutada 10 foiz stavkada, xorijiy valyutada 2 foiz stavkada amalga oshiriladi.

10 bank ish kuni ichida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tijorat banklari tomonidan kiritilgan buyurtmanomani koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tijorat bankiga bildirishnoma yuboradi.

Bildirishnomada moliyaviy resurslar (toʻliq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.

10 bank ish kuni ichida

Tijorat banki

Tijorat banki moliyaviy resurs ajratilishi koʻrsatilgan bildirishnomani olgan kundan boshlab, belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi.

Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda bu toʻgʻrisida buyurtmanoma bergan yosh tashabbuskorga maʼlum qiladi.

3 bank ish kuni ichida

Yosh tadbirkorlik subyekti

Moliyaviy resurs ajratilishi rad etilganda “Loyihalar fabrikasi” bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda investitsiya loyihasini yanada puxta ishlab chiqadi va tegishli tijorat bankiga takroran taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish, ularda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligini muvofiqlashtirib boradi.

Har oyda

(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

__________ shahar (tuman)
hokimligiga

“______________________” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida joylashgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

INVESTITSIYA BUYURTMANOMASI

1. Talabgor haqida maʼlumot:

Yosh tadbirkorlik subyektining nomi

Talabgor haqida maʼlumotlar, shu jumladan davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va joyi, taʼsischisi(lari) va boshqalar

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalida taʼsischilar ulushlarining taqsimlanishi va ulushlar shakli

Talabgor tashkilot joylashgan yeri (pochta manzili)

2. Investitsiya loyihasi haqida maʼlumotlar:

Investitsiya loyihasining nomi

Investitsiya loyihasining tavsifi i maqsadi, shu jumladan rejalashtirilayotgan yillik mahsulot ishlab chiqarish quvvati

Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, maqsadi va asosiy xususiyatlari

Mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik hajmi, shu jumladan eksport qilish va ichki bozor uchun moʻljallangan hajmlar (jismoniy va qiymat ifodasida)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning asosiy turlari (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi (% da)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga boʻlgan yillik ehtiyoj (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import.

Mahsulot standartlari — O`zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar.

Ishlab chiqarish ishga tushgan sana

Tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining soni, shu jumladan mahalliy ishchilar soni

3. Zarur maydon va infratuzilma haqidagi maʼlumot:

Talab etiladigan maydon (ga)

Talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni (kv. metr)

Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kVt/soat), belgilanayotgan quvvat (kVt yoki MVt)

Tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kub. metr), bosim (atm.)

Ichimlik va texnik suviga (yiliga kub. metr) hamda kanalizatsiyaga boʻlgan ehtiyoj

Mavjud tashlamalar, shu jumladan gazlar (nomi) kg yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomi) t/oyiga, suyuq chiqindilar (nomi) t/oyiga va boshqalar.

4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari:

Investitsiya loyihasining qiymati (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.)

Moliyalashtirish manbalari (toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, taʼsischilarning mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari)

Mashina va uskunalarning qiymati (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import

Qurilish-montaj ishlari qiymati (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.)

Aylanma kapitalning summasi (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.)

Investitsiyalar kiritish jadvali va shakli

Loyihaning qoplash muddati (biznes-rejaga muvofiq)

Rahbar

______________

(imzo)

_________________________

(F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Investitsiya majburiyatlarni bajargan

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun Yagona direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi.

Bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng

2-bosqich

Yagona direksiya

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.

Besh ish kuni ichida

3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi.

Besh ish kuni ichida

2. Baholovchi tashkilotni jalb etadi va davlat koʻchmas mulki obyektini baholatadi.

Oʻn yetti kun muddatda

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtada topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.

Bir ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi,

Yagona direksiya,

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, davlat koʻchmas mulk obyektini Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.

Oʻn ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.

Toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-maydagi 294-son qaroriga

2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega emas va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) alohida ochilgan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Jamgʻarmaning mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan 100 million AQSH dollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya tashkilotlarining qarzlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari tijorat banklari orqali yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan va importning oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish (bundan savdo, vositachilik, bino va inshootlar qurish sohasidagi loyihalar, shuningdek, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar, aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchilar hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish holatlari mustasno);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, toʻqimachilik, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari, hunarmandchilik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish va boshqa yoʻnalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli texnologiyalar sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan grantlar ajratish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 25-dekabrgacha Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun ish-rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma hisobidan ajratiladigan moliyaviy resurslar tijorat banklariga quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy resurslarni taqdim etish bir yoʻla bir tadbirkorlik subyekti uchun 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yoʻla 100 ming AQSH dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiymati 500 ming AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlgan investitsiya loyihalarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi, undan oshgan qismini qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarsiz, tijorat banklari orqali umumiy tartibda taqdim etiladi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan moliyaviy resurslar boʻyicha tijorat banki oʻz marjasi miqdorini yillik milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha 4 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha 1 foizdan oshirmasdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy resurslardan foydalanish uchun alohida hisobvaraq ochilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan moliyaviy resurslardan yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan maqsadli foydalanilishini monitoring qilib borish hamda moliyaviy resurslarni oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy resurslar tijorat banklariga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun bir yoʻla ekvivalentda 500 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etilishi mumkin. Bunda kredit miqdori ekvivalentda 500 ming AQSH dollarigacha boʻlgan investitsiya loyihalari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi, undan oshgan qismi esa ushbu qarorda nazarda tutilgan imtiyozlarsiz, tijorat banklari orqali umumiy tartibda taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat banki Jamgʻarmadan moliyaviy resurslar olish uchun Jamgʻarma bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bosh kelishuv tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bosh kelishuvda mazkur Nizomda belgilangan shartlarni va tartiblarni inobatga olgan holda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, moliyaviy resurslarni taqdim etish va ulardan foydalanish shartlari va muddatlari belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bosh kelishuv tuzilgan banklar haqida doimiy ravishda maʼlumotlar yetkazib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tijorat banklari oʻzlarining ichki nizomlari qoidalari bilan bir qatorda yosh tadbirkorlik subyektini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishda quyidagi shartlarning bajarilishini tekshirib boradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbuskorning kredit qarzdorligi va salbiy kredit tarixi boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma moliyaviy resurslari hisobidan avval olingan mablagʻlar toʻliq qaytarilgan boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari doirasida, milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha 10 foiz stavkada, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha 2 foiz stavkada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bosh kelishuv tuzgan tijorat banki moliyaviy resurslar olish uchun Vazirlikka ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklda buyurtmanoma taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmanoma toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tegishli tijorat banki masʼul rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan buyurtmanomadagi maʼlumotlarning haqiqiyligi uchun tijorat banki javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tijorat banklari tomonidan kiritilgan buyurtmanoma Vazirlik tomonidan 10 kungacha muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmanoma moliyalashtirish turi, miqdori, muddati hamda mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablarga va shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlik buyurtmanomani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali tijorat bankiga bildirishnoma (qaror nusxasini ilova qilgan holda) yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bildirishnomada moliyaviy resurslar (toʻliq yoki qisman) ajratilishi yoki rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tijorat banki moliyaviy resurslar ajratilishi koʻrsatilgan bildirishnomani olgan kundan boshlab, uch ish kuni ichida belgilangan tartibda yosh tadbirkorlik subyekti bilan hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda Vazirlikka mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha tijorat bankining masʼul rahbari tomonidan imzolangan talabnoma va reyestrini kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri, pochta aloqa xizmati vositasida yoki elektron shaklda axborot tizimlari orqali kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki moliyaviy resurs ajratilishi rad etilgan hollarda bu toʻgʻrisida buyurtmanoma bergan yosh tashabbuskorga tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlik tomonidan tijorat banklaridan mazkur Nizomning 8 va 10-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlar talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma hisobidan tijorat banklariga yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish uchun binolar qurish maqsadlariga moliyaviy resurslar Jamgʻarmaning moliyaviy koʻrsatkichlari va uning resurs bazasidan kelib chiqqan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida bino qurishga lizing asosida beriladigan moliyaviy resurslar milliy valyutada yillik 10 foiz miqdorida taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tijorat banklari tomonidan qurilgan binolarni yosh tadbirkorlik subyektiga lizing asosida berish milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Binolarni qurish, sotish va ijaraga yoki lizinga berish tijorat banklarining shuʼba tashkilotlari (investitsiya kompaniyalari) orqali ham amalga oshirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yosh tadbirkorlik subyekti boshlangʻich toʻlov sifatida lizingga beriladigan bino qiymatining 10 foizini tashkil etadigan qismini toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tijorat bankiga moliyaviy resurslar taqdim etish rad etilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan shartlardan biri yoki ularning bajarmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomada mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda oʻrganishlar natijasida ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi yoki maʼlumotlar buzib koʻrsatilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan holatlar va asoslardan koʻra boshqa sabablarga koʻra moliyaviy resurslar taqdim etish rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tijorat banki buyurtmanoma boʻyicha rad etish toʻgʻrisida bildirishnomada koʻrsatilgan rad etish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklarini bartaraf etgan holda, bildirishnoma olgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida moliyaviy resurslar olish uchun Vazirlikka qayta buyurtmanoma taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vazirlik buyurtmanoma takroran kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning buyurtmanoma va bildirshnomadagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi hamda maʼlumotlar toʻliq muvofiq boʻlgan taqdirda tegishli moliyaviy resurslarni tijorat bankining alohida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamgʻarma oʻz mablagʻlari hisobidan yosh tadbirkorlik subyektining investitsiya loyihalarini toʻgʻridan-toʻgʻri milliy valyutada yillik 14 foiz, xorijiy valyutada esa 3 foiz miqdorida moliyalashtirishi ham mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamgʻarma tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish tartibi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271. Jamgʻarma hisobidan raqamli texnologiyalar sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qoʻllab-kuvvatlash uchun bir loyihaga 1 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarini tanlash va grant ajratish boʻyicha tanlov komissiyasi qarori Jamgʻarma hisobidan grant ajratish uchun asos hisoblanadi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
272. Jamgʻarma hisobidan IT-parkning “Aloqabank” AT bankida ochilgan bank hisob raqamiga raqamli texnologiyalar sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan grantlar ajratish uchun moliyaviy resurslar ajratiladi.
(272-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar Vazirlik tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamgʻarma mablagʻlarining taqsimlanishi boʻyicha yillik hisobot har yili 15-yanvargacha Vazirlik tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼuliyat Vazirlik zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi yosh tadbirkorlarni qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasidan moliyaviy resurs olish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYURTMANOMA

1.

Tijorat bank rekvizitlari

STIR:

Bank nomi:

Joylashgan yeri (pochta manzili):

Alohida maxsus h/v (moliyaviy resursni oʻtkazish uchun):

MFO:

Boshqaruvchi:

Ishonchnoma:

Boshqaruvchi telefon raqami:

Masʼul xodim telefon raqami:

2.

Yosh tadbirkorlik subyektining rekvizitlari

STIR:

Mijoz nomi:

Manzil:

H/v (milliy va xorijiy):

MFO:

IFUT:

Rahbar (F.I.O):

Rahbar telefon raqami:

3.

Bank oldidagi muddati oʻtgan kredit qarzdorligi miqdori (buyurtmanoma taqdim etilgan sanaga)

(Muddati oʻtgan kredit qarzdorligi mavjud emas yoki ____(mln. soʻm yoki ming AQSH dollari) miqdorida muddati oʻtgan kredit qarzdorligi mavjud deb koʻrsatiladi

4.

Soliq qarzi

(Mavjud emas yoki __ mln. soʻm miqdorida soliq qarzdorlik mavjudligi koʻrsatiladi)

5.

Qarz oluvchi tashabbuskor-tashkilotda Jamgʻarma tomonidan taqdim etilgan moliyaviy resurslar hisobidan

(Mavjud emas yoki mavjud, ____mln. soʻm, qaytarish muddati __ yil ______ oyi, ikki holatidan biri koʻrsatiladi)

6.

Jamgʻarmadan soʻralayotgan moliyaviy resurslari miqdori

____ AQSH dollari

7.

Mablagʻlar olish uchun taqdim etilayotgan taʼminot turi va qiymati (bank tomonidan qabul qilinadigan qiymat boʻyicha)

(koʻchmas mulklar — ____ mln. soʻm, avtotransport vositalari — ___ mln. soʻm, xorijiy bank kafolati — ____ ming AQSH dollari, bank akkreditivi — ____ ming AQSH dollari, sugʻurta polisi — ___ mln. soʻm — tegishlilari koʻrsatiladi)

8.

1)Moliyalashtirish turi

2)Bank foiz stavkasi

1) Investitsiya krediti, aylanma mablagʻ uchun kredit

2) _______

9.

Moliyalashtirish boʻyicha mablagʻlarni qaytarish muddati

(oylar soni koʻrsatiladi)

10.

Mablagʻlardan foydalanish maqsadi

Import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va band boʻlmagan yoshlarni ish bilan taʼminlash

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

TALABNOMA‎

(moliyaviy resurs ajratish toʻgʻrisida)‎‎

____________________ (tijorat banki nomi), yosh tadbirkorlarni investitsiya loyihalarini moliyalashtirish kreditlari taqdim etish _____________ AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resursni tijorat bankining quyidagi rekvizitlari boʻyicha ajratishingizni soʻraydi.‎‎‎

Bank STIR:‎

Manzil:‎

H/r:‎
MFO:‎
__________boshqaruvchisi‎

‎___________________‎

(F.I.O)‎

‎‎Bogʻlanish uchun tel.: _+998 (____ )____________‎
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 09/21/294/0444-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son; 14.03.2023-y., 09/23/105/0144-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son; 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son; 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)