04.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2929-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 04.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2929-2
Date of entry into force
04.05.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 04-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2929-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 171-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2929, 2017-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1015-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119-son

Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirining
2021-yil 15-apreldagi 119-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki
tartib qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“27. Ovqat yeyishni rad etayotgan VSHda saqlanayotgan shaxs imkon qadar VSHda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 32-banddagi “Ruhiy buzilishlari mavjud boʻlgan” degan soʻzlar “Ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 33-banddagi “ruhiy kasallikka chalingan” degan soʻzlar “ruhiy holati buzilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 73-bandning uchinchi xatboshisi va 203-banddagi “nogironlariga” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 97 — 99-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“97. VSHda saqlanayotgan shaxsning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda, VSH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs zudlik bilan bu haqda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organni, shuningdek prokurorni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Ovqat yeyishni rad etayotgan shaxs VSH tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Ovqat yeyishni rad etgan shaxsning sogʻligʻini saqlab turishga qaratilgan majburlov yoʻsinidagi (sunʼiy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 100-banddagi “ovqat yeyishdan bosh tortishi” degan soʻzlar “ovqat yeyishni rad etishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 101-banddagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 107-banddagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 176-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“176. Sud, prokuror, himoyachi yoki VSHlarni tekshirish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari nomiga, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga yoʻllangan ariza, taklif va shikoyatlar senzuradan oʻtkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay muhrlangan tarzda oluvchilarga yuboriladi yoki topshiriladi, telegrammalar esa darhol yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 178-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“178. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay VSH boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov organining boshligʻiga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Barcha turdagi oʻqotar va sovuq qurollar yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolar, shuningdek oʻq-dorilar.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli hamda jinoyat quroli sifatida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan sanoat usulida yoki qoʻlbola tarzda yasalgan tigʻli, kesuvchi, uchi oʻtkirlangan sanchiladigan kasbiy va xoʻjalik-maishiy (pichoq, bigiz, ustara (elektr ustara bundan mustasno), qaychi va boshqa) ashyolar.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2929-2/0406-son)