O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON YENGIL SANOAT MOLLARI IShLAB ChIQARISh DAVLAT UYuShMASI (“O‘ZBEKYENGILSANOAT”) BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA UNING KORXONALARI VA TAShKILOTLARINI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yengil sanoatni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy etish, mulkchilikning jamoa shakllarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) Kengashi va “O‘zbekto‘qimachi”, “O‘zbekkiyim”, “O‘zbekpoyabzal” va “O‘zbekchinni” konsernlari Kengashlarining takliflarini e’tiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekyengilsanoat” tarkibiga kiruvchi “O‘zbekto‘qimachi”, “O‘zbekkiyim”, “O‘zbekpoyabzal” va “O‘zbekchinni” konsernlari tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 13-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 13-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 179-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 13-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7 va 8-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 13-son, 103-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining;
“To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekto‘qimachi” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 17-maydagi 135-son;
“Chinni buyumlar ishlab chiqarish “O‘zbekchinni” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 17-maydagi 137-son;
“Tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “O‘zbekkiyim” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 17-maydagi 138-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov o‘rtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida, keyinchalik esa yilning har choragida bir marta ko‘rib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-noyabr,
558-son