Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992 17.05.1991 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.05.1991 yildagi 135-son
Date of entry into force
17.05.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-noyabrdagi 558-sonli “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruvni takomillashtirish va yengil sanoat birlashmalari va korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida va Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konserni tashkil etilsin hamda uning tarkibiga ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektoʻqimachi” tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati Oʻzbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning oʻzining va jumhuriyatning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda qatnashish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, “Oʻzbektoʻqimachi” konserni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqaradigan “Oʻzbekyengilsanoat” Oʻzbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushma aʼzolari oldida ularga nisbatan oʻz majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yigʻma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, uning huquqiy maqomini belgilovchi “Oʻzbekiston SSJda korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuniga va boshqa qonunchilik hamda normativ aktlarga, shuningdek Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Uyushma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq toʻla xoʻjalik hisobi asoslarida faoliyat koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga Oʻzbekiston yengil sanoati uyushmasi tomonidan ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Konsernga taʼsischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasidan, mahsulotning sifati va texnika darajasidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijarachi va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va koʻpaytirish hamda aholining ularga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar bilan birgalikda moliyaviy mablagʻlardan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror ravishda zararsiz ishlashni taʼminlash boʻyicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmalar bilan korxonalar oʻrtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishlarni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqda ijtimoiy sohaning rivojlanishi bilan bogʻliq masalalarning kompleks hal etilishini taʼminlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat va boshqa organlarda oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xoʻjalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklatura boʻyicha mahsulot yetkazib berish shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy koʻrsatkichlari deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektoʻqimachi” konserni oʻz tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, oʻz mehnat jamoalari va bozor konyunkturasi manfaatlaridan kelib chiqqan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqning isteʼmolchilari, savdo tashkilotlarining buyurtmalariga koʻra tegishli mahsulot va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda mahsulot yetkazib berish uchun shartnomalar tuzadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, Oʻzbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek, boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil hal etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsern Kengashi tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq foydadan ular tomonidan bajariladigan funksiyalarga, shuningdek, markazlashtirilgan rezerv (ehtiyot) jamgʻarmasi tashkil etishga mablagʻ ajratadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yigʻilishi (konferensiyasi) “Oʻzbektoʻqimachi” konserni boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi va unda konsern Kengashi saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, boshqaruv aʼzolari kiradi. Kengash boshqaruvni, uning raisi va oʻrinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi Oʻzbekiston yengil sanoat uyushmasining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining aʼzolari va uning raisi konsern Kengashining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston yengil sanoat uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektoʻqimachi” konserniga, unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishib, oʻzining tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OʻzSSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, OʻzSSJ Davlat narxlar qoʻmitasi va “Oʻzbektoʻqimachi” konserni bir oy muddatda korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish yuzasidan yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. OʻzSSJ Iktisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi, “Oʻzglavlegsnabsbit” Oʻzbekiston yengil sanoat uyushmasiga “Oʻzbektoʻqimachi” konserni uchun uning nomenklaturasi boʻyicha taqsimlanadigan konsern korxonalirining rivojlanishi va ishlab turishi uchun moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashkil etilayotgan “Oʻzbektoʻqimachi” konsernining apparati Paradlar hiyoboni koʻchasi, 5-uydagi OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “Oʻzbektoʻqimachi” konserni birlashmalari va korxonalariga koʻmaklashsinlar va ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 17-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Maxkamasining
1991-yil 17-maydagi
135-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Beruniy yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
2. Mangʻit yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
3. Toʻrtkoʻl yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
4. Xoʻjayli yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
5. Andijon ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
SSJI 60 yilligi nomidagi Andijon ip gazlama kombinati‎
6. Qoʻrgʻontepa yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
7. Yorqishloq yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
8. Paxtaobod yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
9. Poytugʻ yigiruv-toʻquv ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Poytugʻ yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Chuvama yigiruv fabrikasi‎
10. Chinobod yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
11. Leninsk yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
12. Marhamat yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
13. Buxoro ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
KPSS XX syezdi nomidagi Buxoro toʻqimachilik kombinati‎
Gʻijduvon yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Vobkent yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Olot toʻqimachilik fabrikasi‎
Qorakoʻl yigiruv fabrikasi‎
Buxoro ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasining tikuvchilik fabrikasi‎
Buxoro texnologik jihozlash fabrikasi‎
14. Oktyabr inqilobining 10 yilligi nomidagi Buxoro pillakashlik fabrikasi ‎
15. OʻzSSJ 60 yilligi nomidagi Jizzax paxta yigirish fabrikasi‎
16. Kitob yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
17. Shahrisabz pillakashlik fabrikasi‎
18. Namangan notoʻqima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Namangan notoʻqima materiallar fabrikasi‎
Pop notoʻqima materiallar fabrikasi‎
Baliqchi notoʻqima materiallar fabrikasi‎
19. Namangan avrli gazlamalar ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
KPSS XXV syezdi nomidagi Namangan avrli gazlamalar ipakchilik kombinati‎
Izboskan shoyi toʻqish fabrikasi‎
20. Namangan ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
OʻzSSJ 50 yilligi nomidagi Namangan shoyi gazlamalar kombinati‎
Uychi yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Uchqoʻrgʻon yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Haqqulobod yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Haqqulobod tikuvchilik fabrikasi‎
21. Samarqand “Hujum” pillakashlik fabrikasi‎
22. Samarqand ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi‎
Urgut toʻqimachilik fabrikasi‎
23. Jarqoʻrgʻon yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
24. Fargʻona ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Mehnat Qizil Bayroq ordenli Fargʻona toʻqimachilik kombinati‎
3-yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Yangiqoʻrgʻon yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Rishton yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Toshloq notoʻqima materiallar fabrikasi‎
25. Qoʻqon yigiruv-toʻquv ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Y.Oxunboboyev nomidagi Qoʻqon yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Beshariq yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
26. Fargʻona viloyatidagi Kirov momiq fabrikasi‎
27. Margʻilon ipakchilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Margʻilon ipakchilik kombinati‎
Toshkent pilla va xom ipakni muvofiqlashtirish tajriba pillakashlik fabrikasi ‎
Tabiiy ipakni qayta ishlash markaziy ilmiy-tadqiqot instituti‎
28. Fargʻona pillakashlik fabrikasi‎
29. Xalqlar doʻstligi or?enli Margʻilon “Atlas” avrli gazlamalar ishlab chiqarish birlashmasi‎
30. Qoʻqon shoyi toʻqish fabrikasi‎
31. Xiva gilam ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Xiva gilam kombinati‎
Hazorasp yigiruv fabrikasi‎
32. Xorazm ipakchilik ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Urganch pillakashlik fabrikasi‎
Bogʻot toʻqimachilik fabrikasi‎
33. Toshkent ip-gazlama ishlab chiqarish “Toshkeng toʻqimachilik kombinati” birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Mehnat Qizil Bayroq ordenli Toshkent toʻqimachilik kombinati‎
Qoraqamish mavzesidagi toʻqimachilik fabrikasi‎
Chilonzor mavzesidagi yigiruv-toʻquv fabrikasi‎
Parkentdagi toʻqimachilik fabrikasi‎