Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
21.01.2021
04.12.2019
05.09.2019 01
11.05.2019
19.02.2019
17.10.2018
24.07.2018
05.01.2018 02
27.12.2016
21.01.2014
08.10.2013
23.12.2009
22.06.2006
04.06.2001
09.07.2000
28.09.1999
23.05.1999
18.01.1999
22.05.1998
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2021
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 175-modda; 1993-yil, № 6, 238-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 1-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
616-I-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AHOLINI ISh BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Aholini ish bilan ta’minlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan ta’minlanish — fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi fuqarolarga tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni haq evaziga to‘liqsiz ish vaqtida yoki uyda bajarayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
betobligi, ta’tilda, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi qonun hujjatlariga muvofiq saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, hunarmandlar, oilaviy korxonalar ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari, fermerlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida va ularning organlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan;
(2-modda to‘rtinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarda, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
(2-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Ishsiz deb e’tirof etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror mahalliy mehnat organi tomonidan ular ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n birinchi kundan kechiktirmay qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun ichida maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taklif etilgan ishdan bosh tortgan kundan yoki maqbul keladigan ishni qidirish maqsadida uzrsiz sabablarga ko‘ra mehnat organiga kelmagan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun o‘tganidan keyingina shaxs ish qidirayotgan sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishga haqli bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning V-bo‘limiga (“Fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish”) (ro‘yxat raqami 831, 13.10.1999-y.) qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Maqbul keladigan ish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo‘lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshini, sog‘lig‘i holatini, mehnat stajini va avvalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini inobatga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 27-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan so‘ng kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ish topib berish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishsizning qobiliyatini, uning sog‘lig‘i holatini, oldingi ish tajribasini va uning uchun qulay bo‘lgan o‘qitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) o‘zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatidan qulay bo‘lmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan uzoqlikni) mazkur joyda jamoat transporti tarmog‘ining rivojlanganligini hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilgan ishni rad etish ishsizning sog‘lig‘i holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mavjud moneliklarga asoslangan bo‘lsa.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va mansab mavqeyidan, dinga munosabati, e’tiqodidan, jamoat birlashmalariga mansubligidan, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlariga hamda ular mehnatining natijalariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlardan qat’i nazar teng imkoniyatlarni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta’minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan va yangi ish joylarini yaratayotgan ish beruvchilarni rag‘batlantirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1036-son qarori bilan tasdiqlangan “Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish bilan ta’minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushmalari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o‘zaro hamkorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda davlatlararo hamkorlik.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Mehnat qilish huquqi kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har kimga kasbga va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga.
(7-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga;
(7-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosidan jabrlanganlarga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
(7-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shimcha kafolatlar qo‘shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxona, muassasa va tashkilotlarga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar bilan ta’minlanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Qurolli Kuchlardan, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar
(8-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim rezervga bo‘shatilganidan yoki iste’foga chiqqanidan keyin, basharti O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kunidan boshlab uzog‘i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga ega.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa — mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarga ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan kafolatlarni berish mumkin bo‘lmagan hollarda, mahalliy mehnat organi ishga joylashtirishni, zarur hollarda esa, kasbi bo‘yicha bepul o‘qitishni ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan kafolatlar muqobil xizmatga chaqirilgan xodimlarga ham tatbiq etiladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, avvalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91-modda. Sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan ozod qilingan shaxslarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanishiga yoki tayinlanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
(91-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.02 Mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. FUQAROLARNING ISh BILAN TA’MINLANISh HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Ishga joylashish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutlaq huquqidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har kim ish beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘li bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-501-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Kasb-korga doir maslahat olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish va axborotlar olish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish qidirayotgan va mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar ta’min etiladigan ish turini, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasb-korga doir bepul maslahatlar olish, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tish, malaka oshirish hamda tegishli axborot olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Ishsizlik davrida ijtimoiy madad olish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning V-bo‘limiga (“Fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish”) (ro‘yxat raqami 831, 13.10.1999-y.) qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi hamda chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, mustaqil ish qidirish va ishga joylashish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat hududidan tashqarida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xususiy bandlik agentliklari tomonidan amalga oshiriladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-501-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Mehnat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan bo‘ysunish bo‘yicha yuqori organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. AHOLINI ISh BILAN TA’MINLAShNI TARTIBGA SOLISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davlat boshqaruv organlarining aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruv organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozorini barpo etish va rivojlantirishni ta’minlovchi tuzilmaviy, moliyaviy, kredit, investitsiya va soliq siyosatini amalga oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tuzilishini tahliliy tadqiq etadi, mehnat bozori holati hamda aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi ahvolning istiqbolini belgilaydi, bu sohada davlat statistika hisobi va hisobotini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning ish bilan ta’minlanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan tegishli ravishda kafolatlanishini, shuningdek himoya qilinishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shimcha ish joylari yaratilishiga, mehnat sharoitlari yaxshilanishiga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning mahalliy organlarining aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish hamda fuqarolarni tegishli kafolatlar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozori holatining monitoringini tashkil etadi hamda shu asosda hududlar va tarmoqlar kesimida yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga doir yillik buyurtmalarni shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozorini tartibga solish va bandlik sohasida bozor sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (bundan buyon matnda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi deb yuritiladi) mablag‘laridan ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, uning malakasini oshirish uchun foydalanishning yo‘nalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni iqtisodiyotning va mehnat bozorining haqiqiy ehtiyojlariga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassisliklarga muvofiq ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilg‘or axborot texnologiyalarini ishga joylashtirish jarayoniga joriy etadi, shu jumladan Bo‘sh ish o‘rinlarining milliy bazasini yaratadi va uni doimo rivojlantirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy mehnat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlariga murojaat etgan ishsizlarning ishga joylashtirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga maqbul keladigan ishni tanlashda, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga esa zarur xodimlarni tanlashda yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlariga murojaat etgan fuqarolar va ish beruvchilarga ish topish va ishchi kuchi bilan ta’minlanish imkoniyatlari to‘g‘risida, xodimlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar haqida va ish bilan ta’minlashga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlamayotgan fuqarolarni kasbga o‘rgatish, qayta o‘rgatish va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida o‘quv yurtlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlarning ro‘yxatga olinishini ta’minlaydi va ularga yordam ko‘rsatadi, shu jumladan nafaqalar tayinlash va to‘lashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozorining holatiga va mazkur bozorni rivojlantirish istiqbollariga baho beradi hamda uning monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi hamda tegishli axborotning tarqatilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish qidirib murojaat qilgan fuqarolarning, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlarining (vakant lavozimlarning) hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarining bajarilishi monitoringini ushbu dasturlarga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot, shuningdek davlat statistika organlarining ma’lumotlari asosida amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan mo‘ljallanayotgan tuzilmaviy o‘zgarishlar hamda amalga oshirilishi natijasida xodimlar ishdan ozod etilishi mumkin bo‘lgan boshqa tadbirlar to‘g‘risida, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bor-yo‘qligi, mehnatning xususiyati va shart-sharoitlari to‘g‘risida axborot oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridan ularning yo‘nalishi va ixtisoslashuvi, bitiruvchilarning kasb-malaka tarkibi hamda soni to‘g‘risida axborot oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlariga murojaat etgan fuqarolarni kasb tayyorgarligi va malaka darajasiga muvofiq korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ularda bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bo‘lgan taqdirda ishga joylashtirish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga qabul qilish uchun ish o‘rinlarining eng kam miqdorini belgilash to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, shuningdek mazkur fuqarolarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishonchnomasi asosida ular nomidan fuqarolarni ishga joylashtirish to‘g‘risida ularni oldindan (zarurat bo‘lgan taqdirda) kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish, yo‘lkira, kundalik xarajatlar haqini to‘lash sharti bilan shartnomalar tuzadi, shuningdek yangi yashash va ish joyiga ko‘chib borish chog‘ida tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan yordam puli beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda ularning o‘z xohishiga ko‘ra jo‘natadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga ishsizlik nafaqasini belgilangan tartibda tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat organlari tomonidan aholiga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, boshqa ish beruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, shu jumladan mehnat bozori holati to‘g‘risida axborot berish bo‘yicha xizmatlar bepul amalga oshiriladi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining umumiy prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlovchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
(17-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
(17-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash;
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 7-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash yoki ayrim turdagi ishlarni (kasblarni) ehtiyot tariqasida saqlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozoridagi ahvol barqarorlashuviga ko‘maklashuvchi, shu jumladan mehnat shartnomalari ommaviy ravishda bekor qilinishining oldini olishni, mavjud ish joylarini saqlab qolish va yangi ish joylarini yaratishni, haq to‘lanadigan vaqtinchalik va jamoat ishlarini tashkil qilishni, ustuvor rivojlanish hududlarini aniqlashni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek jamoa kelishuvlari bilan ushbu Qonunga zid bo‘lmagan, fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytiruvchi maqbul keladigan ish taklif etish, ishsizlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatga olishning boshqa shartlari va tartibi, shu jumladan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ishsizlik nafaqalarini to‘lash muddatlarini uzaytirish va miqdorlarini oshirish, jamoat ishlaridagi mehnatga haq to‘lash, shuningdek kasbga o‘qitish davrida stipendiya to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni olti oygacha muddatga to‘xtatib qo‘yishi mumkin, bunda ular ana shu kechiktirish tufayli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar ko‘radigan zararni qisman yoki to‘liq qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Ish beruvchilarning aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishdagi ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ish beruvchilar ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga quyidagi yo‘llar bilan ko‘maklashadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi shartnoma va kelishuvlar shartlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga moliyaviy ajratmalar o‘tkazish;
(18-modda birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilaydigan ish joylariga ushbu Qonunning 7-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, oldindan (kamida ikki oy oldin) mahalliy mehnat organiga mo‘ljallanayotgan ishdan ozod qilishlar to‘g‘risidagi axborotlarni bo‘shab qoladigan har bir xodimni ko‘rsatgan holda taqdim etish. Bo‘sh ish joylari bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda xodimlarning ishdan ozod qilinishi to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Mehnat organlariga bo‘sh ish joylarni (vakant lavozimlar) mavjudligi to‘g‘risidagi va mo‘ljallanayotgan ishdan ozod etishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi Nizomga (ro‘yxat raqami 858, 22.12.1999-y.) qarang.
(18-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahrirda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotning o‘z vaqtida taqdim etilmasligida va bo‘sh ish joylarini (vakant lavozimlarni) yashirganlikda aybdor bo‘lgan hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalar o‘tkazishdan bosh tortgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 229-moddasiga qarang.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarini bajarmaganlik uchun, shuningdek avval talabnoma berilgan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olgan yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchilarning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan eng kam miqdordan ortiqroq qo‘shimcha ish joylarini yaratish, shuningdek bunday shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish maqsadida qilgan sarf-xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ish joylarini qisqartirish yoki tugatish kasaba uyushmalari qo‘mitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181-modda. Xususiy bandlik agentliklarining aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdagi ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bandlik agentliklari ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatish yo‘li bilan ko‘maklashadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-501-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Kasaba uyushmalari va xodimlar boshqa vakillik organlarining aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdagi ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosati masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ish beruvchilarga aholini ish bilan ta’minlash va aholining ijtimoiy kafolatlariga oid masalalar yuzasidan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkazish haqida takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi muvofiqlashtirish qo‘mitalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ish bilan ta’minlash siyosatini belgilash va amalga oshirish bo‘yicha kelishilgan qarorlarni ishlab chiqish maqsadida respublika miqyosida va mahalliy miqyoslarda kasaba uyushmalarining yoki xodimlar boshqa vakillik organlarining, ish beruvchilar uyushmalarining, davlat boshqaruv organlarining va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini ifodalovchi boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillaridan iborat aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi muvofiqlashtirish qo‘mitalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish va mehnat organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining daromadlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining belgilangan miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larni joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larining yetmish foizi keyinchalik tumanlar va shaharlar o‘rtasida qayta taqsimlangan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlari tasarrufida qoladi, o‘ttiz foizi esa respublika darajasida markazlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari aholi bandligiga oid tegishli respublika, hududiy va boshqa maxsus dasturlarida belgilanadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom”.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.05.00 Haq to‘lanadigan jamoat ishlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifiga ko‘ra va ularning ishtirokida aholini ish bilan ta’minlash maqsadida o‘z mulkidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda haq to‘lanadigan jamoat ishlarining amalga oshirilishini tashkil etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat organlarida ro‘yxatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar bilan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun keyinchalik uzaytirish huquqi bilan ikki oy muddatgacha bo‘lgan muddatli mehnat shartnomalari tuziladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat ishlarini bajarish chog‘ida fuqarolarga bajarilayotgan ishga qarab, biroq o‘n besh foizga oshirilgan ishsizlik nafaqasidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash, ana shu ishlar muddatini umumiy mehnat stajiga qo‘shish, pensiya ta’minoti va vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan nafaqalar olish huquqi kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash, shuningdek ishsiz shaxslarning bunday ishlarda ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qarang.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat organlarida ro‘yxatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega bo‘lmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxsning kasb ko‘nikmalariga mos keladigan ish yo‘qligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashg‘ulot turini) o‘zgartirish zarur bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs avvalgi kasbi bo‘yicha ish bajarish qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish o‘quv yurtlarida mehnat organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining ana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. IShDAN MAHRUM BO‘LGAN ChOG‘DAGI IJTIMOIY KAFOLATLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Ishsiz shaxslarga moddiy madad berishga oid kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlik nafaqasi to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo‘shish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxsga qaramog‘idagilarini hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko‘chish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimlarga moddiy madad berish uchun belgilangan qo‘shimcha kafolatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr mobaynida xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to‘langan bir oylik ishdan bo‘shatish nafaqasi ham qo‘shib hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor o‘zgarganligi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o‘n kun ichida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan va kasbi bo‘yicha qayta o‘qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga ushbu Qonunning mazkur moddasi sakkizinchi qismida hamda 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan xodimlar ish haqi va o‘zlariga tegishli boshqa to‘lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan korxonalarning mablag‘i bo‘lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(25-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o‘n kun ichida mehnat organlarida ro‘yxatga olingan hamda kasbi bo‘yicha qayta o‘qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga oid munosabatlar to‘xtatilgan kundan boshlab dastlabki uch oy davomida oldingi ishidagi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat organi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ishdan bo‘shatilayotgan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning o‘qishini tashkil etish xarajatlarini to‘la yoki qisman qoplashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli yoki o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra kasb kasalligiga yo‘liqish natijasida ishdan mahrum bo‘lgan hamda ishga joylashishga va kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malakani oshirishga muhtoj shaxslar ishdan ozod etilgan xodimlarga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan, pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi beriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakani oshirish davrida fuqarolarga to‘lanadigan stipendiyalarning miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 25-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslardan tashqari ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan shaxslarga kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malaka oshirish davrida oldingi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining kamida yetmish besh foizi (qaramog‘ida bolalari va boshqa kishilar bo‘lmaganlarga esa — ellik foizi) miqdorida, biroq qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martda 133-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq vaqt (bir yildan ko‘proq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga aholining shu toifasi uchun nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasidan oz bo‘lmagan va qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda stipendiya tayinlanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.06.00 Ishsizlik nafaqasi (shuningdek, 06.07.01.09ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Ishsizlik nafaqalarini to‘lash shartlari va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsizlik nafaqasi ushbu Qonunning 3-moddasiga muvofiq ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi. Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq to‘lanadigan jamoat ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qarang.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsizlik nafaqasi ularga mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga o‘n ikki oylik davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan shaxslarga esa o‘n ikki oylik davr mobaynida o‘n uch kalendar hafta to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart.
(27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.06.00 Ishsizlik nafaqasi (shuningdek, 06.07.01.09ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Ishsizlik nafaqasi miqdorlarini aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o‘rtacha ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan ishsiz shaxslarga nafaqa miqdori o‘n foizga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqiga koeffitsiyentlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsiyentni qo‘llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab chiqishda rayon koeffitsiyentlarini qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 59-bandiga (ro‘yxat raqami 831, 13.10.1999-y.) qarang.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.06.00 Ishsizlik nafaqasi (shuningdek, 06.07.01.09ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi to‘lash kafolatlanadi.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martda 133-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlaridan bo‘shatilgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlaridan bo‘shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslar ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan shartlar asosida ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlaridan bo‘shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi darajasida hisoblab chiqariladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.06.00 Ishsizlik nafaqasi (shuningdek, 06.07.01.09ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 26,5 foizi miqdorida nafaqa to‘lash kafolatlanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.06.00 Ishsizlik nafaqasi (shuningdek, 06.07.01.09ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga quyidagi miqdorda nafaqa to‘lash kafolatlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisligi bo‘lgan shaxslar uchun, shuningdek o‘n ikki oy mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi o‘n ikki kalendar haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o‘rgatishni yoki malakasini oshirishni talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan miqdorda;
(32-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizi miqdorida.
(32-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tgan, malaka oshirishni tugatgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasining miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.06.00 Ishsizlik nafaqasi (shuningdek, 06.07.01.09ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Ishsizlik nafaqasi to‘lashni bekor qilish, to‘xtatib qo‘yish va uning miqdorini kamaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to‘lash bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs taklif qilingan maqbul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshga to‘lmagan ishsiz erkak haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda;
(34-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lgan taqdirda;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm etilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay vaqtinchalik bajariladigan ishga joylashilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlik nafaqasini aldov yo‘li bilan olgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga yuborilgan bo‘lsa, stipendiya olgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tish yoki malaka oshirish davrida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolash kursini o‘tayotgan bo‘lsa, bunday muassasada bo‘lgan davrida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan bo‘lsa, bunday ishlarda ishtirok etgan davrida.
(34-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsiz shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda mahalliy mehnat organiga kelmagan taqdirda, ishsizlik nafaqasini to‘lash uch oygacha muddatga to‘xtatib qo‘yilishi yoki nafaqa miqdori kamaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Ishsiz fuqarolarga moddiy yordam
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishsizlik nafaqasini to‘lashning belgilangan muddati o‘tishi munosabati bilan ishsizlik nafaqasini olish huquqidan mahrum bo‘lgan ishsiz fuqarolarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan yoki mahalliy budjetlardan ajratiladigan moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘laridan ajratiladigan moddiy yordam ko‘rsatish tartibi, miqdorlari hamda shartlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
(35-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga ishsiz shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi, miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 548, 23.11.1998-y.) qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 5-son, 124-modda; 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 225-modda; 2009-y., 52-son, 553-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)