Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
06.05.2026
22.10.2025
29.12.2023
08.02.2022
31.12.2020
29.09.2020
01.04.2018
11.12.2017
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini ijro etish yuzasidan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirishda tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlar — ish beruvchilarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish majburiyati yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, aholini bandlik bilan qamrab olishni oshirishda amaliy ko‘maklashish va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning yuqori darajada natijadorligini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash masalalari bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini yaratish bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlarining bajarilmaganligi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qaroriga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlarini xatlovdan o‘tkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili navbatdagi kalendar yil boshlanishidan kamida uch oy oldin xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan zaxiraga qo‘yilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari soni ish beruvchilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasinlar.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirishni ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ikki oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
965-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosi qurboni — majburiy mehnat yoki xizmatlardan, qullik yoki qullikka o‘xshash urf-odatlardan, boshqa shaxs tomonidan fohishabozlikda ekspluatatsiya qilishdan yoki shahvoniy ekspluatatsiya qilishning boshqa shakllaridan, erksiz holatdan yoxud insonning organlari va to‘qimalari olib qo‘yilishidan jabrlangan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxs — jismoniy, aqliy, psixik yoki sensor (hissiy) buzilishlar mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb e’tirof etilgan va ijtimoiy yordam va muhofazaga muhtoj bo‘lgan shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyaoldi yoshi — erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshga to‘lishgacha va ayollar uchun — 53 yoshdan 55 yoshga to‘lishgacha pensiyaga chiqishdan oldingi yosh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish — tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun o‘z mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash — ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilotning ro‘yxatdagi o‘rtacha xodimlari sonining foizlarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan belgilanadigan ish o‘rinlari soni.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aholining bandligiga ko‘maklashish maqsadida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar (keyingi o‘rinlarda muhtojlar deb ataladi) uchun ish o‘rinlarining eng kam soni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo‘yiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n to‘rt yoshgacha va nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat bozorida shakllanayotgan vaziyat hisobga olingan holda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining taklifi bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan fuqarolarning ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan boshqa toifalari, shuningdek, atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydigan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan azob chekuvchi shaxslar uchun ham ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilishi mumkin.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ish o‘rinlarini belgilash va zaxiraga qo‘yish shartlari va tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan muhtojlarning soni o‘zgarishiga qarab ular uchun belgilanadigan ish o‘rinlarining eng kam soni har yili qayta ko‘rib chiqiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilanishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlarining eng kam sonini va ularga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan kamida 5 kishidan iborat tarkibda maxsus komissiyalar tashkil etiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi komissiyaning ishchi organi, tegishli tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining ishsizlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limining boshlig‘i — komissiyaning kotibi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish o‘rinlarining belgilanadigan eng kam sonining jami soni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlariga muvofiq tashkilotning ro‘yxatdagi xodimlari o‘rtacha sonining 10 foizidan ortiqni (shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kamida 3 foizni) tashkil etishi mumkin emas.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-avgustdan kech bo‘lmagan muddatda lavozimlarni hisobga olgan holda kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy sonini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-avgustdan kech bo‘lmagan muddatda kelgusi yil uchun ish o‘rinlarining zaxiraga qo‘yiladigan umumiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni to‘g‘risida tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar toifalari uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risidagi takliflar shakllantiriladi hamda uni tuman (shahar) hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishgan holda har yili 1-sentabrdan kechikmay tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kiritiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan aniq tashkilot uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha takliflar kiritilishida tashkilotlardagi ishlarning professional tuzilmasi va uning faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini belgilash bo‘yicha takliflar kiritishda mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarishga qobiliyatli bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi parametrlari hisobga olinadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini belgilash bo‘yicha asoslangan takliflarni shakllantirish uchun tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining so‘rovi bo‘yicha tegishli TIEK tomonidan navbatdagi kalendar yil boshlanishidan kamida besh oy oldin mehnat faoliyatining muayyan turlarini bajarishga qobiliyatli nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlari parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan taqdim etilgan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan takliflar asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har yili joriy yilning 1-oktabridan kechikmay muhtojlar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari asosida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi har yili joriy yilning 5-oktabridan kech bo‘lmagan muddatda ushbu hududda joylashgan tashkilotlar bo‘yicha zaxiraga qo‘yilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga qo‘yiladigan talablarni shaxslar toifalarini ishga joylashtirish uchun ularning imkoniyatlarini, rag‘batlantirish choralarini, shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari bajarilmaganda tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qo‘llaniladigan sanksiyalarni hisobga olgan holda yetkazadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning toifalari, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n to‘rt yoshgacha va nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rinlari;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq bo‘lgan ish o‘rinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos bo‘lgan ish o‘rinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilgan va xodimga ularning sog‘ligi holatini va mehnat faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini to‘siqsiz bajarish imkonini beradigan ish o‘rinlari;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos bo‘lgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari xarakterli talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rinlari deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ishga joylashtirilgan ish o‘rinlari bo‘lajak davrga zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalari bo‘yicha zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni ushbu ish o‘rinlariga qabul qilingan kundan boshlab 3 yil mobaynida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Muhtojlar uchun zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish tashkilotlar tomonidan tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi bo‘yicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Muhtojlarni ishga joylashtirishga nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, jazoni ijro etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv markazlari, ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlar ham ularni tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlariga yuborish yo‘li bilan ko‘maklashishlari mumkin. Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari bunday shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirishni ta’minlaydilar.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tashkilotlar kalendar yil boshlanishidan kamida olti oy oldin tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga aniq tashkilotlar bo‘yicha muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqiga, shuningdek, zarurat bo‘lganda, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazidan har bir tashkilot bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlarining soni va xususiyati, zaxiraga qo‘yilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilanganiga muvofiq tashkil etilgan (zaxiraga qo‘yilgan yoki ajratilgan) ish o‘rinlari qisqargan hollarda tashkilot tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga axborot taqdim etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Texnologiyadagi, ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnat shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlar, xodimlar soni o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda, — zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining belgilangan soni hisobga olingan holda ishga joylashtirilgan shaxslar uchun ish o‘rinlari ustuvor tartibda saqlanadi, agar ushbu shaxslar soni xodimlar soni o‘zgargan kalendar yil uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan sondan ortiq bo‘lmasa.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oldin ushbu ish o‘rnini egallagan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatilishi munosabati bilan muhtojlar uchun zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rni bo‘shaganda tashkilot o‘n kun muddatda yangidan ochilgan bo‘sh ish o‘rni to‘g‘risida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalari bo‘yicha zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda tashkilot besh kun muddatda faqat ularni zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rnini hisobga olish davrida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tashkilot ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalarini muhtojlar uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqib ishga joylashtirishi shart.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi bo‘yicha ushbu shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan toifaga tegishli bo‘lganda zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rniga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan rad etilishi tashkilot mansabdor shaxslarining qonun hujjatlarida belgilangan javobgarligiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkilot yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilishi va tayyorligini ta’minlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining qolgan qismini zaxiraga qo‘yish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlanadi, bu haqda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi birinchi chorak tamom bo‘lgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha muhtojlarni ishga joylashtirish to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari tayyorligi to‘g‘risida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining amalda tayyor emasligi tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilmasligi sifatida qaraladi.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavsumiy va vaqtinchalik ish o‘rinlarini muhtojlarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash tashkilotni zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonini yaratish bo‘yicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 50-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining belgilangan sonini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga tushadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 50-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tuman (shahar) ishchi komissiyalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu ish o‘rinlariga ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifasi ishga joylashtirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlarini bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga jarima solinganligi to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotni yuboradi.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar huquqiga ega bo‘ladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tumanlar (shaharlar) hokimlari o‘z vakolatlari doirasida muhtojlar uchun belgilangan sondan ortiqcha zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari tashkil etgan, shu jumladan, ishlab chiqarish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun noturar joy binolarini birinchi navbatda ajratish yo‘li bilan tashkilotlar uchun imtiyozlar belgilashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
(ish joylarini zaxiraga qo‘yish)
Tashkilot
(kamida 20 nafar xodimga ega bo‘lgan)
Kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy sonini belgilaydi
xar yili 1-avgustgacha
2-bosqich
(ma’lumotlar taqdim etish)
Tashkilot
(kamida 20 nafar xodimga ega bo‘lgan)
Kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni bo‘yicha tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ma’lumotlarni taqdim etadi
xar yili 15-avgustgacha
3-bosqich
(takliflarni shakllantirish. tasdiqlash uchun kiritish)
Bandlikka ko‘maklashish markazlari
(ishchi organ)
1. Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha takliflarni shakllantiradi hamda uni tuman (shahar) hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishadi.
2. Umumlashtirilgan takliflarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi
xar yili 1-sentabrgacha
4-bosqich
(tasdiqlash)
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari
Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qiladi
xar yili 1-oktabrgacha
5-bosqich
(tashkilotlarga yetkazish)
Bandlikka ko‘maklashish markazlari
(ishchi organ)
Zaxiraga qo‘yilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkilotlarga yetkazadi
xar yili 5-oktabrgacha
6-bosqich
(ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish)
Tashkilot
(kamida 20 nafar xodimga ega bo‘lgan)
Ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yadi
yil mobaynida
7-bosqich
(qarorlarni amalga oshirish)
Bandlikka ko‘maklashish markazlari
(ishchi organ)
Qarorning bajarilishini nazorat qiladi
yil mobaynida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotning nomi:
_______________________________
_______________________________
Yuridik manzili:
_______________________________
_______________________________
20__ yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari to‘g‘risida
MA’LUMOT
1. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining 20___ yil “ ___ ”_________dagi qaroriga muvofiq tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni ________ ish o‘rnini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun _____ ish o‘rnini tashkil etadi.
Kelgusi yilga zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni
Faoliyat boshlangandan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari
Soni
%
Jami:
shu jumladan:
o‘n to‘rt yoshgacha va nogironligi bo‘lgan bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar
nogironligi bo‘lgan va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar
odam savdosi qurbonlari
Tashkilot rahbari __________________ (imzo)
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i (inspektor) __________________ (imzo)
M.O‘.
20__ yil “___” ____________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
______________ tumanidagi (shahridagi) tashkilotlar bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobat qila olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarini belgilash to‘g‘risida
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini belgilash taklif etilayotgan tashkilotlar ro‘yxati
Tashkilotning STIRi
Shtat jadvali bo‘yicha xodimlarning umumiy soni
Oldingi yillar hisobga olingan holda taklif kiritilgan sanadan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari soni
Kelgusi yilga zaxiraga qo‘yish taklif etilayotgan ish o‘rinlari soni
shu jumladan:
nogironligi bo‘lgan shaxslarga
boshqa toifadagilarga
1.
2.
3.
...
Jami:
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori
_________________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yil “___” _________ oyi uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida MA’LUMOT
1. _________________ xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan hisobot yilida zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari soni. 2. Zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirilganlar soni:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar soni
Hisobot davri oxiridagi holati bo‘yicha ishlamoqda (kishi)
ulardan ishga joylashtirilganlar
hisobot oyida
yil boshidan boshlab
Jami:
shu jumladan:
o‘n to‘rt yoshgacha va nogironligi bo‘lgan shaxs bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar
nogironligi bo‘lgan shaxs va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar
odam savdosi qurbonlari
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni, hisobot davri oxiriga _____ ish o‘rinlari.
Tashkilotning rahbari
______________________ (imzo)
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i (inspektor)
______________________ (imzo)
M.O‘. 20___ yil “____” _________________.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu axborot elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qaroriga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordam berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar sudning qaroriga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar deb ataladi) ijtimoiy-huquqiy yordam berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari ushbu Qoidalarga muvofiq tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va hisobda turgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam olishda ko‘maklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ijtimoiy-huquqiy yordam berishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordamni tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ijtimoiy-huquqiy yordam olishda ko‘maklashish jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari ularni hisobga qo‘yishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning shaxsini, uning ma’lumoti darajasini va mehnat bilan bandligini, yashash joyi mavjudligini o‘rganadi, shuningdek, ijtimoiy-huquqiy yordam hajmini aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni aniqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-huquqiy yordam berish tartibini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning shaxsini va hayotiy vaziyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi hisobga qo‘yilgandan keyin uch ish kuni mobaynida yakka tartibdagi dasturni tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yakka tartibdagi dasturga tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazida hisobda turgan shaxsning ijtimoiy-huquqiy yordamga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yakka tartibdagi dasturning birinchi nusxasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning nazorat ishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning jamg‘arib boriladigan ishiga tirkab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi dasturning ikkinchi nusxasi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazida hisobda turgan shaxsga tilxat ostida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yakka tartibdagi dastur bajarilishi davrida, zarurat bo‘lganda, yakka tartibdagi dasturga har ikki tomonning roziligi bilan tegishli tuzatishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs turar joyga ega bo‘lmasa yoki uni yo‘qotgan bo‘lsa, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi shaxsning roziligi bilan uni vaqtincha bo‘linadigan tegishli tashkilotlarga belgilash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bir oyda bir marta olingan ijtimoiy-huquqiy yordam to‘g‘risida hisobot berish uchun tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazida hisobda turgan shaxs ijtimoiy-huquqiy yordamni olishni rad etgan taqdirda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining xodimi tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi va u ushbu shaxsning ishiga tirkab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga tibbiy yordam bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida davlat sog‘liqni saqlash tashkilotlarida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy yordam berish uchun tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi yakka tartibdagi dastur nusxasini jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha sog‘liqni saqlash davlat tashkilotlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi yakka tartibdagi dasturning nusxasini jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyi bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan yakka tartibdagi dasturlarni tumanlar (shaharlar) hokimliklariga, davlat sog‘liqni saqlash, ta’lim organlariga va boshqa davlat organlariga, shuningdek, nodavlat tashkilotlarga yuborish yakka tartibdagi dastur tuzilgandan keyin uch ish kuni mobaynida ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari davlat sog‘liqni saqlash, ta’lim organlari va boshqa davlat organlariga, shuningdek, nodavlat tashkilotlar yakka tartibdagi dasturning nusxasi olingandan keyin o‘n besh kun mobaynida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazini ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tegishli yordam yoki uni ko‘rsatish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha yordam berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ishga joylashtirishda ko‘maklashish jazoni ijro etish bo‘yicha joylardan ozod etilgan shaxslarga tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlarida ijtimoiy-huquqiy yordam berishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning ro‘yxatdan o‘tish uchun yozma murojaati ularning tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi xizmatlaridan foydalanishining majburiy sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ro‘yxatga olishni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari, bevosita tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazida esa — bunday shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish lavozim vakolatlariga kiradigan Bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maslahat so‘rab murojaat qilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va bandlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan huquqlar va majburiyatlar to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotda bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga ega bo‘lgan tashkilotlardagi mehnatga haq to‘lash va boshqa sharoitlar to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlari va mintaqani (yashash hududini) rivojlantirish dasturlari to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish va qayta tayyorlash, malaka oshirish imkoniyatlari va shartlari, shu jumladan, tuman (shahar) hududida joylashgan kasb-hunar ta’limi muassasalari to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bo‘yicha organlarda ro‘yxatdan o‘tish tartibi va shartlari, shuningdek, ishsizlarga beriladigan ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risida axborot beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsga ishga joylashtirishda yordam berish doirasida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday shaxslarni tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining bo‘sh joylar bazasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday shaxslarni mehnat bozorining joriy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, keyinchalik ishga joylashishda ko‘maklashib kasbiy tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularning roziligi bilan jamoat ishlariga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlik nafaqasi to‘laydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilish ish beruvchilar tomonidan tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlarining yo‘llanmasi bo‘yicha yoki zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari hisobiga mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ish beruvchi ishga joylashtirishda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan ma’lumotning maxfiyligini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Maslahat so‘rab murojaat qilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga mehnat bo‘yicha organlarning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha yuridik va ijtimoiy tusdagi boshqa axborot, shu jumladan fuqarolar tomonidan o‘z ishini tashkil etish imkoniyatlari va yo‘llari to‘g‘risida ma’lumot ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan yuborilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilishda ish beruvchi besh kun muddatda ishga qabul qilingan kun ko‘rsatilgan holda yo‘llanmani tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tugallanmagan o‘rta ma’lumotli, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar murojaat qilganda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan unga yashash joyi bo‘yicha ta’lim muassasalarida kasbiy qayta tayyorlash uchun yo‘llanma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 50-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadigan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 49-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 42-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 79-modda) 1-ilovaning 92-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 24-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)