Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 791-son qaroriga
ILOVA
Qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Tabiiy-qishloq xoʻjaligi mintaqalaridagi yerlarni konservatsiya qilishda zarur sharoitlarni va tuproq tarkibini tavsiflovchi
| T/r | Tuproq xususiyatlari va belgilari | Oʻlchov birliklari | Tuproq xususiyatlari koʻrsatkichlari (mintaqaviy joylashuvini hisobga olgan holda) |
| 1. | Eroziyaga uchraganligi (yuvilgan va deflyatsiyaga uchragan) | Tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi | Xiralashgan, kuchli va oʻrtacha darajada yuvilgan, kuchli va oʻrtacha darajada deflyatsiyaga uchragan |
| 2. | Tarkibiy tuzilishi | Oʻlchami 3 mm togʻ jinsi siniq (qoldiq)lari miqdori, foiz hisobida | Tuproqlar hajmidan > 26 foiz (30 sm lik tuproq qatlamlarida) |
| 3. | Yengil mexanik (granulometrik) tarkibi | Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida | Har uchala (choʻl, yarimchoʻl, togʻoldi va togʻosti) mintaqalarida 0 — 5 dan 25 — 30 foizgacha |
| 4. | Tuproqning ustki qatlamida ogʻir mexanik (granulometrik) tarkib | Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida | 45 foiz dan koʻp |
| 5. | Gumuslilik | Gumus miqdori, tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida | a) choʻl mintaqasida — 0,5 kam; b) yarim choʻl mintaqasida 0,5 — 1,0 kam; v) togʻ va togʻoldi mintaqalarda 1,0 — 2,0 foiz |
| 6. | Tuproq ishqorliligi | rN | Barcha mintaqalarda a) 7,0 dan kam (nordon) b) 8,0 dan yuqori (ishqoriy) |
| 7. | Harakatchan aluminiy miqdori | 100 g tuproqda mg-ekv | 3,0 dan yuqori |
| 8. | Harakatchan fosfor miqdori | - | - |
| 9. | Almashuvchan kaliy miqdori | - | - |
| 10. | Gumus (chirindi) miqdori | - | - |
| 11. | Singdirilgan natriy miqdori | Singdirilgan asoslarning umumiy miqdoridan, foiz | 10 mg-ekv. dan kam (shoʻrlanmagan). 10 mg-ekv. dan koʻp (shoʻrlangan) |
| 12. | Shoʻrlanganligi | Zaharli tuzlar miqdori boʻyicha hisoblanganda tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida | a) sodali — 0,1 foizdan koʻp; b) sulfat-xloridli — 0,2 foizdan koʻp; v) sulfatli — 0,4 foizdan koʻp |
| 13. | Fizik degradatsiyaga uchraganligi | Massa hajmi, g/sm3 | a) loy va gilsimon tuproqlar uchun — 1,5 dan koʻp; b) qumli va qumloq tuproqlar uchun — 1,7 dan koʻp |
| 14. | Organogenli (torfli) tuproqning joylashish chuqurligi | Organogenli qatlamning qalinligi, sm | 30 dan kam |
| 15. | Ikkilamchi suv bosishi (botqoqlashishi) | Grunt (sizot) suvlari sathi, m | 1,0 dan yuqori |
| 16. | Kimyoviy ifloslanish | Oxirgi darajada ruxsat etilgan konsentratsiya | Harakatchan shakldagi ruxsat etilgan konsentratsiyaning oxirgi darajadan oshishi (ammoniy-atsetatli modda) |
| 17. | Radiatsiyali ifloslanish | Ifloslanish qalinligi Seziy — 137 Stronsiy — 90 KOI/kv.km | Cs137 — 15 dan koʻp; Sr90 — 3 dan koʻp. |
Qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish
| Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
| 1-bosqich | Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga yerlarni konservatsiya qilish zarurligi boʻyicha (konservatsiya qilish sabablarini koʻrsatgan holda) rasmiy murojaat qilish. | Yil davomida | |||
| 2-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari | Yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) arizasiga asosan yerlarni joyiga chiqqan holda koʻrikdan oʻtkazish va ularni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani tayyorlash uchun komissiya tuzish. Yerlarni joyiga chiqqan holda koʻrikdan oʻtkazish va yerlarni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida hisobot va xulosa tayyorlash. Taqdim qilingan materiallar va komissiya xulosalarini koʻrib chiqish va konservatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. | 30 Ish kunida | |||
| 3-bosqich | Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari | Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (oʻrmon xoʻjaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari bilan kelishish. | 30 Ish kunida | |||
| 4-bosqich | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari | Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini kelishish yoki rad etish boʻyicha rasmiy xulosa tayyorlash va taqdim etish. | 15 Ish kunida | |||
| 5-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari | Yerlarni konservatsiya qilish boʻyicha tayyorlangan tegishli materiallarni mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etish. | 3 Ish kunida | |||
| 6-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | Mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyasining yerlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. | 10 Ish kunida | |||
| 7-bosqich | Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari | Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish). | Loyihada belgilangan muddatda | |||