07.12.2020 yildagi PQ-4913-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.12.2020 yildagi PQ-4913-son
Date of entry into force
07.12.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, davlat tomonidan alohida sohalarni ortiqcha tartibga solish holatlari hanuzgacha mavjudligi xususiy sektorning davlat funksiyalarini amalga oshirishdagi ishtiroki darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, davlat funksiyalarini xususiy sektorga berish imkoniyatini o‘rganishga hamda mazkur yo‘nalishda tegishli shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashuvchi tizimning mavjud emasligi davlat organlari tomonidan ushbu masalalarga e’tibor qaratilmayotganligiga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor sharoitida raqobatni yanada rivojlantirish, tadbirkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning ishchanlik faolligini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaga muvofiq davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yo‘nalishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish hamda davlat boshqaruvi sohasida amalda mavjud imkoniyatlarni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlarda davlat funksiyalari o‘tkazilayotgan sohalarda yetarli miqdorda xususiy sektor subyektlari tashkil etilguniga qadar mazkur funksiyalarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatining ishga tushirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestri shakllantirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kadastr ishlarini bajarish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4270-son qarori bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etilganligi inobatga olinsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) belgilab qo‘yilsinki, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan mazkur tajriba-sinov 2022-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi hamda uning doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-apreldan boshlab Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 2021-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yo‘l harakati qoidalari turlari bo‘yicha qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar va texnik topshiriqlarga muvofiq xarid qiladi hamda Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda o‘rnatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yuklatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-2022-yillarda respublika bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida 2021-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarida, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish va baholash inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus himoyalangan sertifikatlarning barcha zarur rekvizitlari tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash sohasida 2021-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini va mazkur hududdagi transport oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar, texnik topshiriqlar, o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq xarid qiladi va biriktirilgan joylarda o‘rnatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rnatilgan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rnatilgan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yuklatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlariga tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-2022-yillarda respublika bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni o‘rnatish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 2021-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat berilsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlari nodavlat ta’lim sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborgan hamda Adliya vazirligining “Agent” platformasida ro‘yxatdan o‘tgan o‘quv markazlarining o‘quv kurslarida yoki Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘qigan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladigan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlarga beriladigan agent sertifikatiga ega bo‘lishi shart;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish Adliya vazirligining “Agent” platformasi doirasida amalga oshiriladi;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini tegishli davlat xizmatini ko‘rsatish tizimiga ulash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va jarayonni monitoring qilish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agent xizmatlari uchun fuqarolar tomonidan alohida to‘lov amalga oshiriladi, bunda narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablag‘lar to‘liq hajmda uning tasarrufida qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarini bajarish xususiy sektorga o‘tkaziladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur talab davlat organlari va tashkilotlarining tegishli funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tahlillari, samaradorligini o‘rganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida Moliya vazirligining salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan holatlarda tatbiq qilinmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarni o‘zi muassis bo‘lgan davlat korxonalariga yuklash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xususiy sektorga o‘tkazish uchun davlat funksiyalarini har yili tanlab olish. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiya va vakolatlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjudligi va iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan davlat funksiyalari obyektiv tahlil qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga moslashtirgan holda davlat funksiyalarining mazmun-mohiyati aniqlashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga o‘tkazishga taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektor bozori davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tayyorligini tahlil qilish. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga o‘tkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalari ro‘yxati e’lon qilinadi va keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektor faolligini rag‘batlantirish choralari ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektorning taklif va mulohazalari umumlashtiriladi va tahlil qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazilayotgan davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor subyektlarining dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorda zarur resurslar va infratuzilma, shuningdek, malakali kadrlar mavjudligi nuqtai-nazaridan tahlil o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
real xarajatlar va tovar (ish, xizmat) qiymatini hisobga olgan holda xususiy sektor va iste’molchilar uchun davlat funksiyalarini amalga oshirish qiymati belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat funksiyalari amalga oshirilganligi natijalari bo‘yicha xususiy sektorning ma’lumoti umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, shuningdek, umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida ular amalga oshirilganligining samaradorligi va sifati baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalari samarasiz yoki sifatsiz amalga oshirilganligi holati aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘tkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan davlat funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organining shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Bunda:
(9-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat funksiyalari xususiy sektorga o‘tkazilgandan so‘ng davlat organi bo‘linmalarining funksional yuklamasi tahlil qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan davlat organlari tegishli bo‘linmalarining bo‘shagan shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shtat birliklarining maqbullashtirilgan qismi hisobidan 8 ta shtat birligidan iborat Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin hamda uning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalari tahlilini olib borish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Kadastr agentligi direktori X.S. Turaxujayev zimmasiga — Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladigan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash funksiyasini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish, ushbu xizmatlar narxining minimal stavkalarini belgilash, maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari to‘liq tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘z vaqtida o‘rnatilishi va ishga tushirilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari ishlab chiqilishi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash, nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga — og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar to‘liq tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘z vaqtida o‘rnatilishi va ishga tushirilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga — davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etish, ushbu xizmatni ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibini ishlab chiqish, agent sifatidagi xizmatlar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarining tashkil etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga — davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov davlat organlarining tegishli funksiyalari belgilangan muddatlarda xususiy sektorga o‘tkazilishini, shuningdek, xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish tartiblari qisqa muddatlarda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.X. Bekenov) ikki oy muddatda mazkur qarorda belgilangan elektron auksion savdolarini joriy etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.J. Ortiqov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasini zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning huquqiy mexanizmlari va o‘z-o‘zini tartibga solish institutini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Ko‘chimov) va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-mart, 1-sentabr va 2022-yil 1-yanvarga qadar, keyinchalik har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 7-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4913-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTLABKI YO‘NALISHLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Yo‘nalish nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Xususiy sektorga o‘tkaziladigan sana

Mas’ul tashkilot

1.

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash

1. Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi.

2. Kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi.

3. Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi o‘z faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.

4. Kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

2021-yil 1-apreldan boshlab

Kadastr agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.

Avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish

1. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylar dislokatsiyasi “E-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilinishi hamda mazkur joylar tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion savdolari orqali cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.

2. Elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun mazkur dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

3. Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari dasturiy-texnik vositalarini belgilangan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda o‘rnatadi.

4. O‘rnatilgan dasturiy-texnik vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi, shuningdek, uning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklatiladi.

5. Mazkur dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq taqsimlanadi.

2021-yil 1-martdan boshlab

Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

3.

Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (tramvay va trolleybusdan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish

1. Tadbirkorlik subyektlari zamonaviy avtodromlarni tashkil etadi va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlaydi.

2. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish va baholash inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida o‘tkaziladi.

3. Imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

4. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi va uning barcha zarur rekvizitlari davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.

2021-yil 1-apreldan boshlab

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi

4.

Avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish

1. Og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi hamda cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.

2. Elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

3. Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari statsionar shoxobchalarni belgilangan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda o‘rnatadi.

4. O‘rnatilgan statsionar shoxobchalar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi, shuningdek, uning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklatiladi.

5. Mazkur statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq taqsimlanadi.

2021-yil 1-martdan boshlab

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi

5.

Davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etish

1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish Adliya vazirligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.

2. Agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini tegishli davlat xizmatini ko‘rsatish tizimiga ulash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va jarayonni monitoring qilish mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

3. Adliya vazirligi agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi.

4. Fuqarolar uchun yagona elektron reyestr orqali o‘ziga qulay agentlarni tanlab olish imkoniyati yaratiladi.

5. Agent xizmatlari uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

2021-yil 1-martdan boshlab

Adliya vazirligi

6.

Davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarini bajarish

1. Davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxati, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2. Mazkur funksiyalar davlat organlari va tashkilotlarining tegishli funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tahlillari, samaradorligini o‘rganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida o‘tkaziladi.

2021-yil 1-iyundan boshlab

Moliya vazirligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur ilovaga muvofiq xususiy sektorga berilayotgan davlat funksiyalari bo‘yicha tovarlar muomalasi sohasi 2035-yil 31-dekabrga qadar tovar bozori sifatida qaralmaydi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qaroriga izoh bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-2022-yillarda respublika bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Intellektual videokameralar soni

Statsionar radarlar soni

Respublika bo‘yicha jami:

3 356

763

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Jami:

100

97

1.

Nukus shahri

31

20

2.

Amudaryo tumani

5

8

3.

Beruniy tumani

10

8

4.

Qonliko‘l tumani

3

3

5.

Qorao‘zak tumani

3

8

6.

Kegeyli tumani

3

6

7.

Qo‘ng‘irot tumani

6

7

8.

Mo‘ynoq tumani

4

2

9.

Nukus tumani

1

4

10.

Taxtako‘pir tumani

4

2

11.

To‘rtko‘l tumani

7

8

12.

Xo‘jayli tumani

6

6

13.

Chimboy tumani

4

7

14.

Shumanay tumani

3

3

15.

Taxiatosh tumani

4

16.

Ellikqal’a tumani

6

5

Andijon viloyati

Jami:

106

75

17.

Andijon shahri

15

18.

Xonobod shahri

30

10

19.

Andijon tumani

6

6

20.

Asaka tumani

13

5

21.

Baliqchi tumani

6

22.

Bo‘ston tumani

2

4

23.

Buloqboshi tumani

2

3

24.

Jalaquduq tumani

3

3

25.

Izboskan tumani

2

2

26.

Marhamat tumani

3

3

27.

Oltinko‘l tumani

10

8

28.

Paxtaobod tumani

4

3

29.

Xo‘jaobod tumani

6

5

30.

Ulug‘nor tumani

4

3

31.

Qo‘rg‘ontepa tumani

2

2

32.

Asaka shahri

5

2

33.

Shahrixon tumani

8

1

Buxoro viloyati

Jami:

103

50

34.

Buxoro shahri

54

15

35.

Kogon shahri

4

4

36.

Buxoro tumani

1

4

37.

Vobkent tumani

6

5

38.

Jondor tumani

4

2

39.

Kogon tumani

5

2

40.

Peshko‘ tumani

3

2

41.

Olot tumani

2

3

42.

Romitan tumani

6

5

43.

Qorako‘l tumani

3

2

44.

Shofirkon tumani

5

5

45.

G‘ijduvon tumani

10

1

Jizzax viloyati

Jami:

76

35

46.

Baxmal tumani

4

2

47.

G‘allaorol tumani

5

5

48.

Do‘stlik tumani

1

1

49.

Sh. Rashidov tumani

13

5

50.

Zomin tumani

4

2

51.

Zarbdor tumani

1

3

52.

Zafarobod tumani

4

2

53.

Mirzacho‘l tumani

4

2

54.

Paxtakor tumani

2

3

55.

Forish tumani

1

1

56.

Jizzax shahri

34

9

57.

Yangiobod tumani

2

58.

Arnasoy tumani

1

Qashqadaryo viloyati

Jami:

117

115

59.

Qarshi shahri

42

8

60.

Shahrisabz shahri

8

1

61.

G‘uzor tumani

4

12

62.

Dehqonobod tumani

3

9

63.

Kasbi tumani

5

12

64.

Kitob tumani

4

5

65.

Koson tumani

5

6

66.

Qamashi tumani

4

10

67.

Qarshi tuman

8

11

68.

Mirishkor tumani

4

2

69.

Muborak tumani

4

1

70.

Nishon tumani

4

1

71.

Chiroqchi tumani

8

16

72.

Shahrisabz tumani

8

4

73.

Yakkabog‘ tumani

6

17

Navoiy viloyati

Jami:

20

12

74.

Karmana tumani

3

3

75.

Konimex tumani

4

1

76.

Qiziltepa tumani

1

3

77.

Navbahor tumani

1

3

78.

Xatirchi tumani

2

2

79.

Navoiy shahri

8

80.

Uchquduq tumani

1

Namangan viloyati

Jami:

41

26

81.

Namangan shahri

11

6

82.

Kosonsoy tumani

1

1

83.

Mingbuloq tumani

3

2

84.

Namangan tumani

3

2

85.

Norin tumani

2

1

86.

Pop tumani

3

2

87.

To‘raqo‘rg‘on tuman

4

2

88.

Uychi tumani

2

2

89.

Uchqo‘rg‘on tumani

3

2

90.

Chortoq tumani

2

2

91.

Chust tumani

4

2

92.

Yangiqo‘rg‘on tumani

3

2

Samarqand viloyati

Jami:

103

27

93.

Samarqand shahri

63

1

94.

Bulung‘ur tumani

3

1

95.

Jomboy tuman

3

2

96.

Ishtixon tumani

2

1

97.

Kattaqo‘rg‘on tuman

6

2

98.

Narpay tuman

2

5

99.

Oqdaryo tumani

3

6

100.

Pastdarg‘om tuman

5

2

101.

Paxtachi tumani

2

2

102.

Samarqand tumani

2

2

103.

Toyloq tumani

3

1

104.

Urgut tumani

3

2

105.

Qo‘shrabod tumani

2

106.

Nurobod tumani

1

107.

Payariq tumani

3

Sirdaryo viloyati

Jami:

58

30

108.

Boyovut tumani

3

3

109.

Guliston tumani

4

2

110.

Mirzaobod tumani

4

4

111.

Oqoltin tumani

3

3

112.

Sayxunobod tumani

4

3

113.

Sirdaryo tumani

9

6

114.

Xovos tumani

1

2

115.

Guliston shahri

26

5

116.

Yangiyer shahri

2

2

117.

Sardoba tumani

1

118.

Shirin tumani

1

Surxondaryo viloyati

Jami:

56

24

119.

Termiz shahri

8

5

120.

Boysun tumani

4

2

121.

Denov tumani

4

8

122.

Oltinsoy tumani

4

1

123.

Sariosiyo tumani

4

2

124.

Uzun tumani

4

1

125.

Sherobod tumani

4

2

126.

Qiziriq tumani

4

2

127.

Bandixon tumani

4

1

128.

Jarqo‘rg‘on tumani

8

129.

Qumqo‘rg‘on tumani

2

130.

Termiz tumani

1

131.

Sho‘rchi tumani

5

Toshkent viloyati

Jami:

90

92

132.

Bekobod tumani

2

4

133.

Bo‘ka tumani

2

3

134.

Bo‘stonliq tumani

3

8

135.

Zangiota tumani

4

3

136.

Oqqo‘rg‘on tumani

2

3

137.

O‘rtachirchiq tumani

2

4

138.

Qibray tumani

14

7

139.

Quyichirchiq tumani

4

4

140.

Nurafshon shahri

2

3

141.

Ohangaron shahri

2

1

142.

Ohangaron tumani

1

13

143.

Parkent tumani

6

2

144.

Piskent tumani

1

5

145.

Chinoz tumani

4

8

146.

Chirchiq shahri

15

4

147.

Yuqorichirchiq tumani

7

14

148.

Yangiyo‘l tumani

1

6

149.

Angren shahri

7

150.

Olmaliq shahri

2

151.

Yangiyo‘l shahri

5

152.

Toshkent tumani

4

Farg‘ona viloyati

Jami:

37

13

153.

Farg‘ona shahri

2

1

154.

Marg‘ilon shahri

2

155.

Quvasoy shahri

2

156.

Qo‘qon shahri

3

157.

Bag‘dod tumani

2

1

158.

Beshariq tumani

2

159.

Buvayda tumani

2

160.

Dang‘ara tumani

1

1

161.

Yozyovon tumani

2

162.

Oltiariq tumani

1

2

163.

Qo‘shtepa tumani

1

164.

Rishton tumani

2

1

165.

So‘x tumani

1

166.

Toshloq tumani

2

167.

Uchko‘prik tumani

1

2

168.

Farg‘ona tumani

2

1

169.

Furqat tumani

3

170.

O‘zbekiston tumani

3

4

171.

Quva tumani

3

Xorazm viloyati

Jami:

32

10

172.

Bog‘ot tumani

4

2

173.

Urganch tumani

4

3

174.

Urganch shahri

4

175.

Hazorasp tumani

4

1

176.

Xonqa tumani

4

1

177.

Xiva shahri

4

1

178.

Xiva tumani

4

1

179.

Shovot tumani

4

1

Toshkent shahri

Jami:

2 417

157

180.

Bektemir tumani

12

6

181.

Mirobod tumani

63

6

182.

Mirzo Ulug‘bek tumani

167

4

183.

Sergeli tumani

176

15

184.

Olmazor tumani

390

32

185.

Uchtepa tumani

184

12

186.

Shayxontohur tumani

363

32

187.

Yashnobod tumani

443

16

188.

Chilonzor tumani

260

16

189.

Yunusobod tumani

321

10

190.

Yakkasaroy tumani

38

8

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-2022-yillarda respublika bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni o‘rnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Avtomobil yo‘lining nomi

Shoxobchalarning joylashuv manzili*

Shoxobchalar soni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2

1.

A380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu”

753 km

2

Andijon viloyati

2

2.

A373 “M39 avtoyo‘li — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh”

385 km

2

Jizzax viloyati

2

3.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

1 018 km

2

Qashqadaryo viloyati

2

4.

A378 “Samarqand — G‘uzor”

58 km

2

Navoiy viloyati

2

5.

M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi”

147 km

2

Toshkent viloyati

2

6.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

817 km

2

Xorazm viloyati

2

7.

4R161 “Urganch sh. — Cholish q. — Beruniy sh.”

11,5 km

2

Jami:

14 ta

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilganidan so‘ng shoxobchalarning joylashuv manziliga aniqlik kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YO‘L XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy va metodologik bazani shakllantirish

1.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirokini cheklashning asosiy tamoyillarini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2021-yil 15-mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

2.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik va professional faoliyat subyektlarini o‘z-o‘zini tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotga a’zolikka qabul qilish va a’zolikni tugatish shartlari va tartibi, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi va vakolatlari, shuningdek, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari;

o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotining qoida va standartlarini qabul qilish, oshkor qilish tartibi va mazmuniga qo‘yiladigan talablar;

manfaatdor shaxslarga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va hal qilish tartibiga qo‘yiladigan talablar;

o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotni o‘z a’zolarining faoliyati ustidan nazorat qilish va o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot a’zolariga nisbatan intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash tartibi;

o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlarning mol-mulkini shakllantirish manbalari va o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot a’zolarining o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) iste’molchilari va boshqa shaxslar oldida mulkiy javobgarligini ta’minlash usullari;

o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlar va davlat organlarining o‘zaro hamkorligi tartibi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

davlat funksiyalarini tanlab olish;

bozor tayyorligini tahlil qilish;

davlat funksiyalarini (autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqalar) xususiy sektorga o‘tkazish usullari va mexanizmlari;

xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish;

davlat funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

4.

Fuqarolar yig‘inlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning mulkiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni eksperiment tariqasida videokameralar o‘rnatish sharti bilan, tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berib, ular negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),

Milliy gvardiya (R. Djurayev)

II. Davlat organlari funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish kompleks mexanizmini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari

Kadastr ishlarini bajarish sohasida

5.

Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash funksiyasini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov)

6.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar narxining minimal stavkalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

7.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

8.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash bilan bog‘liq barcha jarayonlarni Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi orqali ma’lumot almashuvini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshirish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

9.

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash qoidalari (ro‘yxat raqami 2725, 2015-yil 22-oktabr) hamda Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3211, 2020-yil 17-yanvar) qayta ko‘rib chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2021-yil 1-fevral

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(S. Bekenov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash sohalarida

10.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibini ishlab chiqish. Bunda:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish dasturiy-texnik vositalarini elektron auksion savdolari orqali o‘tkazish bo‘yicha talablar;

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini xarid qilish va biriktirishning aniq mezonlari, texnik topshiriqlar, o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar va boshqa zarur shartlar nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 20-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

11.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarga bo‘lgan talablar;

tadbirkorlik subyektlari og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni xarid qilish va biriktirishning aniq mezonlari, texnik topshiriqlar, o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar;

og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali o‘tkazish bo‘yicha talablar;

fuqarolar tomonidan o‘rnatilgan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalarni faoliyat yuritish tartibi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 20-fevral

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

“E-IJRO AUKSION” tizimida, shu jumladan quyidagilarni o‘z ichiga olgan alohida veb-sahifani yaratish:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi;

mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yo‘l harakati qoidalari turlari bo‘yicha qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat mulkini boshqarish agentligi

(S. Bekenov)

13.

Elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlang‘ich narxini) belgilash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov)

14.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishida, shuningdek, ularni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilishda axborot xavfsizligini ta’minlashning texnik shartlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

15.

Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining taqsimlanish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida

16.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishga talablar;

tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar;

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakili tomonidan imtihonlarni o‘tkazish jarayonining bevosita yoki onlayn nazoratini olib borish;

nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar berish tartibi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (U. Tashkentboyev),

Davlat test markazi (M. Karimov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida

17.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

agentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi;

agentlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlariga tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibi;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan agentlik xizmatlari sifatida ko‘rsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari ro‘yxati.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Fuqarolar tomonidan agentlarni tanlab olish imkonini beradigan, shuningdek, agentlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini o‘z ichiga olgan yagona elektron reyestrini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-mart

Davlat xizmatlari agentligi

(U. Muhammadiyev)

19.

Agentlik xizmatlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-fevral

Davlat xizmatlari agentligi

(U. Muhammadiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash sohasida

20.

Davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-aprel

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatni ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazish, samaradorligini o‘rganish va tegishli xulosalarni Moliya vazirligiga taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

Davlat organlari va tashkilotlari

22.

Davlat organlari va tashkilotlari huzurida faoliyat yuritayotgan binolar va obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi davlat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shaklini qayta ko‘rib chiqish va ularni to‘liq xususiylashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(S. Bekenov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Ortiqov), Adliya vazirligi

(R. Davletov)

III. Xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

23.

Xususiy sektorga o‘tkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokama qilish uchun elektron maydoncha yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

24.

Vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 15-fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

25.

Davlat boshqaruvi organlari vakillari uchun davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmini joriy etishning asosiy jihatlarini tushuntirish maqsadida seminarlar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-jadvalga asosan

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtasida davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalarning xususiy sektorga o‘tkazish yoki qisqartirish kerakligi yuzasidan maqsadli ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish va o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil reja-jadvalga asosan

“Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

27.

Davlat organlarining funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmining mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan tematik televizion dasturlar orqali keng yoritishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), O‘zMTRK (A. Xodjayev)

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 07/20/4913/1607-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son; 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)