11.09.2020 yildagi 550-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.09.2020 yildagi 550-son
Date of entry into force
12.09.2020
Hujjat 12.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar ishlari agentligining huquqiy maqomi va tuzilmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, direktor oʻrinbosarlarining soha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hayʼat va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlarining huquqiy maqomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
550-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va masʼuliyati, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlikning rasmiy nomlanishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, qisqartirilgan nomi — Yoshlar ishlari agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Youth Affairs Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Youth Affairs Agency;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Agentstvo po delam molodeji Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po delam molodeji.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 11-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar media xoldingi” aksiyadorlik jamiyati (Agentlik muassis va aksiyalarining ulushlari doirasida).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hududiy boʻlinmalar (tumanlar va shaharlar boʻlimlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va isteʼdodini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik oʻzga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid yagona davlat siyosati asoslarini, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga muvofiq oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan vazifalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosini taʼminlaydi, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda hamkorligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari hamda loyihalarning samarali ijro etilishi monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarida yoshlar rolini oshirish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi ishlar holatini doimiy ravishda oʻrganib boradi hamda qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajriba asosida yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishidagi faoliyati yuzasidan soʻrovlar yuboradi va ular faoliyatini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning taʼlim, ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi faoliyati va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga oid vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi, zarur hollarda ushbu vazifalarni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini jalb qilgan holda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida yoshlar huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid faoliyatini tahlil qiladi, baholaydi va ular boʻyicha xulosalar tayyorlaydi, shuningdek, ushbu sohadagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid qonun hujjatlari ijrosining holati toʻgʻrisidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni turli axborot xurujlari, radikal gʻoya va yot mafkuralardan himoya qilish, yosh avlodni Vatan manfaati yoʻlida birlashtirish, mamlakatimiz tarixini va milliy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, diniy bagʻrikenglik va insoniylik tuygʻularini shakllantirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnan va jismonan barkamol voyaga yetkazish, ularni sogʻlom turmush tarziga jalb etish boʻyicha keng koʻlamli tashkiliy, targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning ilm-fanni egallashga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning axborot borasidagi xavfsizligi kafolatlarini yaratish, axborot vositasida qonunga xilof ravishda yoshlarga ruhiy taʼsir koʻrsatilishidan hamda ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishda zarur tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar ongida milliy gʻururni shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladigan publitsistik, chizma, foto va video materiallarni tayyorlaydi hamda targʻib qilish choralarini koʻradi, xorijiy ommaviy axborot vositalarida turli materiallar joylashtirish orqali mamlakatimiz ijobiy imijini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari va imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishlariga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan yoshlarga koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning huquqlari va erkinliklari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar oʻrtasida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar natijadorligini oshirishda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi va natijasi boʻyicha tegishli tadbirlarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik oʻrnatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga gʻoyaviy-metodik, ilmiy-amaliy va tashkiliy-huquqiy jihatdan koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan yoshlarga oid muammoli masalalar, shu jumladan, ularni hal etish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni oʻrganadi va tahlillar asosida tegishli muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini taʼminlash, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, madaniyat, sanʼat, kitobxonlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, ekologiya va boshqa sohalarda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari, tashabbuslari, ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlar uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlaydi hamda ularning maqsadli va samarali ishlatilishi monitoringini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va xalqaro tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik qiladi, ularning yuqori malakali mutaxassislari ishtirokida treninglar, konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar boʻyicha ishlar holatini muntazam ravishda oʻrganadi, ularni taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ishga joylashtirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatadi, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va isteʼdodini rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, madaniyat va sanʼatga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi hamda bu boradagi tadbirlar tizimli amalga oshirilishini taʼminlaydi, yoshlar oʻrtasida tanlov, festival, forum, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyati yuqori boʻlgan loyihalarni ragʻbatlantirishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar, yosh oilalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi, tanlovlar tashkil etadi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh avlodni jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning innovatsion gʻoya va tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, ularni “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga keng jalb qilish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar oʻrtasida volontyorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi, ular faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularga zamonaviy kasb-hunar oʻrgatishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga koʻmaklashish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni tadbirkorlikka yoʻnaltirish, kasb-hunarga oʻqitish va ularning bandligini taʼminlash, shuningdek, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar, jumladan, yangi ish oʻrinlarini yaratish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni monitoring qilib boradi, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari boʻyicha respublika miqyosida tanlov oʻtkazadi va gʻoliblarga grantlar, yoshlarga quduqlarni burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari, yengil konstruksiyali issiqxonalar, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar tadbirkorligi sohasida forum, tadbir va yarmarkalar oʻtkazadi, yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini taʼminlaydi, joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmaklashish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplaydi, tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan masofaviy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi va qoʻllanmalar yaratilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni, yoshlar ishsizligi sabablarini oʻrganadi va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar, ayniqsa, yosh oilalarni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, yoshlarning oʻzini oʻzi band qilish, jumladan, frilanserlik faoliyatini rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar oʻrtasida xalqaro intellektual, sport va madaniy aloqalarni mustahkamlash, bu borada konferensiya, koʻrgazmalar, ijodiy safarlar tashkil etish, xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlarda iqtidorli va isteʼdodli yoshlar ishtirokini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xalqaro tajriba asosida Oʻzbekistonda yoshlar siyosati samaradorligini baholash va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshiradi, “Yoshlar siyosatini baholash milliy indeksi” asosida mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqotlar olib boradi, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida takliflar tayyorlaydi hamda bu borada vakolatli organlar bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, nou-xau va ilgʻor texnologiyalar hamda grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish zarur boʻlgan soha va yoʻnalishlarni aniqlaydi hamda ular boʻyicha loyihalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularga biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish maqsadida xorijiy kredit va grantlarni jalb qilish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi iqtidori va isteʼdodini rivojlantirish, ularni birlashtiradigan zamonaviy infratuzilma obyektlarini tashkil etish loyihalari uchun xorijiy investitsiyalar hamda grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlik hududiy boʻlinmalarining hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalari va funksiyalari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Agentlikning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonun hujjatlari bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari ishtirokida oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida yoshlar, jumladan, tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid davlat siyosati masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari va hayʼat majlislarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosati sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish boʻyicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy va hududiy boʻlinmalarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Agentlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarga yoʻnaltiriladigan Davlat budjeti moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish va olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va yoshlar masalalarini yoritish uchun matbuot organlarini taʼsis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida Agentlik va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda bepul foydalanish huquqi bilan bir hududiy boʻlinmadan boshqasiga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarga xizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar, xoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, kompyuter va tashkiliy texnikalarni saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminotni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari hamda Agentlik idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini barpo etish va takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Agentlik hududiy boʻlinmalarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agentlik hududiy boʻlinmalari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid qonun hujjatlarining ijro etilishini, shu jumladan, hududlarda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida yoshlar, jumladan, tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining yoshlar masalalari bilan bogʻliq majlislari, yigʻilishlari, hayʼatlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlimlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik hududiy boʻlinmalari quyidagi majburiyatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid qonun hujjatlari, Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari, shuningdek, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar sohasidagi respublikaning tegishli dasturlari va sohalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda hududlarni rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining holati toʻgʻrisida Agentlikka haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy tahlillar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari koʻrsatmalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining maʼlum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlik yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali oʻzaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik rahbariyati va xodimlarining faol ishtirokini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy yorliqlar hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari direktor tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida direktorning topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha direktorga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni koʻrsatish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy taʼlim muassasalarining oʻquv darajasi va sifatini tubdan oshirishga koʻmaklashish, kadrlarni, shu jumladan, xorijdagi ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari va taʼlim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumladan, soha yoʻnalishlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) direktorning birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining yoshlarga oid siyosatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslari bilan chiqish va huquqiy savodxonlikni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar oʻrtasida innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni ilm-fanga jalb qilish va ularga motivatsion koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar tashkilotlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar oʻrtasida volontyorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimining moliyaviy-iqtisodiy asoslarini hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni direktorning tegishli oʻrinbosariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda va oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida koʻrib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarining Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Quyidagilar Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlikning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishi, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosarlari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalarda va tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlarining va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmalarda, davlat arxivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlikka kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar va ularning boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Agentlikka takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari va ularning boʻlinmalari manfaatlarini ifoda etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Agentlik direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Agentlik ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda koʻzlangan natijalarga erishilishi, ularning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga taʼsiri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimida ijro intizomiga qatʼiy rioya etilishi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agentlik direktorining oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonib topshirilgan yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javobgar boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Agentlik hududiy boʻlinmalarining boshliqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilik, Agentlik rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish holati toʻgʻrisida Agentlikka haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Agentlik rahbariyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari, shu jumladan, birinchi oʻrinbosari Agentlik direktori taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra — vazirga, uning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga, Agentlikning markaziy apparati xodimlari — vazirliklar markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari xodimlari esa — vazirliklar hududiy boʻlinmalari xodimlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Agentlik hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Agentlikda direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy boʻlinma va idoraviy mansub, tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktori taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Agentlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimli ravishda Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayʼat Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Hayʼat majlisiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Hayʼat qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Direktor va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini xabar qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Agentlik huzurida direktor (Kengash raisi), Agentlikning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari hamda faol yoshlardan iborat tarkibda yoshlar masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisiga Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida uning shaxsiy tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturiy hujjatlarning amaliy ijrosi mexanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishda, shu jumladan, ishlab chiqilayotgan va Agentlikka koʻrib chiqish uchun kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini muhokama qilish hamda xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Agentlik faoliyati muntazam baholab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Agentlik xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, qoʻshimchalar, ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati xodimlariga uzoq muddat xizmati uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 yildan 3 yilgacha — 0,5;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 yildan 5 yilgacha — 0,8;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 yildan 10 yilgacha — 1,0;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 yildan 15 yilgacha — 1,2;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 yildan ortiq — 1,5.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq muddat xizmati uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Agenlikning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Agentlikning hisobot berishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Agentlik rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Vazirlar Mahkamasi Agentlik rahbarlarining faoliyatining yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringini olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan esa, tegishli javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2020-y., 09/20/550/1274-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)