Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 14.12.2000 yildagi 160-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.12.2000 yildagi 160-II-son
Date of entry into force
04.01.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadilar.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING TURLARI VA O‘ZARO NISBATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
(5-moddaning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlari hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar hisoblanadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish orqali qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tarmoq bo‘linmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat o‘ziga qaraganda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to‘g‘ri kelmagan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idorasining ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idorasining normativ-huquqiy hujjatiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda topshirishi yoki shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar e’lon qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga doir normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga tegishli tarmoqlar yoki boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralari jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishini muvofiqlashtirib turish, qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qo‘llanish amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda loyihani ishlab chiquvchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha mavzusiga doir qonun hujjatlarining qo‘llanilish tajribasini o‘rganadi va hisobga oladi, huquqiy tartibga solishga bo‘lgan jamoatchilik ehtiyojini, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi va ulardan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlatlardagi qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish tajribasini hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatning loyihasini normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatning tayyorlangan loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga taqdimnoma bilan kiritiladi, taqdimnomada hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslab beriladi, uni ishlab chiquvchilar ko‘rsatiladi, hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi, loyiha qaysi davlat organi, shuningdek tashkilot bilan kelishilgan bo‘lsa, shu organ va tashkilotlarning ro‘yxati keltiriladi, kelishmovchiliklarning mazmuni hamda ular haqidagi asoslantirilgan fikr qisqacha bayon etib o‘tiladi. Zarurat bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uni asoslash uchun moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistika ma’lumotlari va boshqa axborotlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa organlar yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihalari, agar loyihani tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etiladi.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiritilgan loyihaning sifatiga baho berish uchun normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga binoan normativ-huquqiy hujjatning loyihasi boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya va o‘zga) ekspertizadan ham o‘tkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi. Ekspertiza o‘tkazish uchun boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar taklif etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjatning loyihasiga baho berishda mustaqildir hamda ekspertiza o‘tkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatning mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qo‘llaniladi. Eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari, rag‘batlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari ko‘rsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari (agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki maxsus hujjatda belgilanishi kerak bo‘lmasa) nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatga uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat bo‘lgan muqaddima kiritilishi mumkin. Normativ ko‘rsatmalar muqaddimaga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlarda normativ ko‘rsatmalar tartib raqamiga ega bo‘lgan moddalar tarzida bayon etiladi. Qonunlarning moddalari qismlarga bo‘linishi mumkin. Moddalarning qismlarida bandlar, kichik bandlar va xatboshilar bo‘lishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda normativ ko‘rsatmalar tartib raqamiga ega bo‘lgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar kichik bandlarga va xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hajm jihatdan yirik normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan moddalari (bandlari) paragraflar va boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda boblar bo‘limlarga va kichik bo‘limlarga birlashtirilishi mumkin. Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflar sarlavhalarga va tartib raqamlariga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarda qonun hujjatlariga kiritilayotgan yuridik, texnikaviy va boshqa maxsus atamalarning ta’riflari berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur hujjatlarga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarda, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega bo‘lgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning normativ ko‘rsatmalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatning moddalarida (bandlarida) uning boshqa moddalariga (bandlariga), shuningdek, amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ularning ayrim qoidalariga havolalar normativ ko‘rsatmalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish zarurati bo‘lgan hollarda yoki takrorlashlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini imzo qo‘yib tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni quyidagi tarzda imzo qo‘yib tasdiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi tomonidan;
(20-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni — O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari — hujjatni qabul qilgan organ rahbari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari — tegishli hokim tomonidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarining rekvizitlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatning turi va nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni imzo qo‘yib tasdiqlashga rasman vakolati bo‘lgan shaxslarning familiyasi, lavozimi va imzolari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi normativ ko‘rsatmalarga zid bo‘lsa yoxud yangi hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilmog‘i kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI E’LON QILISH, ULARNING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISHI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishga qo‘yiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Hammaning e’tibori uchun rasman e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tortilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat rasman bayon tarzida e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron ma’lumot tizimlari orqali tarqatishga bu hujjatlar rasmiy manbalarda e’lon qilinganidan so‘ng hamda barcha rekvizitlari, e’lon qilingan rasmiy manbalari va kuchga kirish sanasini ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Normativ-huququy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rasmiy nashrlari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(25-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda kuchga kiradi va ular e’lon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz (erkin) tanishish huquqini ta’minlovchi har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun, u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar qonunda bevosita nazarda tutilgan bo‘lsa, tatbiq etilishi mumkin. Agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo‘lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo‘lgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan bo‘lsa, muddatsiz amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda unda hujjat (yoki uning qismi) qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi ko‘rsatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilinishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish to‘g‘risida yoki hujjatga muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining tugatilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) quyidagi hollarda amal qilishini tugatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) mo‘ljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki mantiqqa zid tarzda qo‘llanilgan hollarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun osti hujjatlariga ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sharhlash jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qo‘shimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam nashr etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar normativ-huquqiy hujjatlarning to‘plamlari va majmualarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nashr etadi yoxud ularni boshqa organlar va tashkilotlar nashr etishi to‘g‘risida topshiriqlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bir tizimga solingan majmualarini nashr etadi, majmualarni nazorat holatida saqlaydi, ularga qo‘shimchalar nashr etadi, ularni qayta nashr etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish bunday hujjatlarni markazlashgan tarzda yig‘ish va ro‘yxatga olishdan, ularning fondlarini hamda bu hujjatlar haqidagi markazlashgan axborotlarni yaratish va nazorat holatida saqlab turishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat tomonidan hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 14-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160–II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)