17.10.2016 yildagi 345-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.10.2016 yildagi 345-son
Date of entry into force
24.10.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyatini tizimli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda tashkil etishni taʼminlash, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini hal etishga yoʻnaltirilgan qonun loyihalarini sifatli va puxta ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihasi konsepsiyasiga, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallariga qoʻyiladigan asosiy talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy reglamentga muvofiq oʻzlarining qonun loyihalariga doir faoliyati reglamentlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalarining qonun loyihalariga doir faoliyatini kuchaytirsinlar, bunda ular tomonidan qonunlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tizimli va oʻz vaqtida taqdim etilishini, shuningdek ushbu jarayonda faol ishtirok etganlik uchun ularning xodimlarini ragʻbatlantirish choralarini nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror talablarining bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyat davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
345-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Namunaviy reglament davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida (keyingi oʻrinlarda organlar deb ataladi) qonun loyihalariga doir faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar qonun loyihalariga doir faoliyatning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihalariga doir faoliyatni rejalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihalarining tayyorlash, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa organlar tomonidan tayyorlanadigan qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihalari va qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun loyihalarini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonun loyihalarini tayyorlash mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisobga olingan holda organlar tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq oʻz tashabbuslari bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Organning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish va ushbu ish ustidan nazorat qilish bevosita organning rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Organlarning qonun loyihalariga doir faoliyatini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Organlar qonun loyihalariga doir faoliyatni rejalashtirish maqsadida qonun loyihalarini tayyorlashning joriy (kelgusi yilga), zaruriyat boʻlganda esa — istiqbolli (bir yildan ortiq boʻlgan muddatga) rejasini (keyingi oʻrinlarda rejalar deb ataladi) ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Rejani ishlab chiqish organning tarkibiy, shu jumladan hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda organning boʻlinmasi deb ataladi) takliflari asosida organning yuridik xizmati (keyingi oʻrinlarda yuridik xizmat deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yuridik xizmat har yili 1-iyulgacha rejani shakllantirish uchun takliflar (keyingi oʻrinlarda takliflar deb ataladi) kiritish boʻyicha organ rahbarining topshirigʻini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Organ rahbarining topshirigʻi asosida organning boʻlinmasi joriy yilning 1-avgustigacha takliflarni tayyorlaydi va yuridik xizmatga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Takliflar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasining ishchi nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi qabul qilinishi zarurligini asoslash va kutilayotgan natijalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasida tartibga solish taklif etilayotgan masalalarni qonunchilik yoʻli bilan tartibga solinganlik holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnomani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi predmetiga tegishli boʻlgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish boʻyicha xalqaro hujjatlarni va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini oʻrganish yakunlari boʻyicha tahliliy maʼlumotnomani (mavjud boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlanayotgan qonun loyihasida tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar vakolatiga tegishli boʻlgan va qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha asosiy ijrochi hisoblangan organ boʻlinmasining (keyingi oʻrinlarda asosiy ijrochi deb ataladi), shuningdek qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha hamijrochilar sifatida belgilanadigan organning boshqa boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda hamijrochi boʻlinmalar deb ataladi) nomini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan organlar va boshqa tashkilotlarning roʻyxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddatini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yuridik xizmat taqdim etilgan takliflarni ularning qonunchilikka muvofiqligi, asoslanganligi yuzasidan oʻrganib chiqadi, shuningdek qonun loyihasi qabul qilinishining huquqiy va boshqa oqibatlarini oʻrganadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agar takliflar ushbu Namunaviy reglamentning 10-bandi talablariga rioya qilinmagan holda taqdim etilsa, yuridik xizmat ularni qayta ishlash uchun qaytarish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yuridik xizmat kelib tushgan takliflarni umumlashtiradi va joriy yilning 20-avgustgacha boʻlgan muddatda ularni koʻrib chiqish uchun rejaning loyihasi shaklida organning rahbariga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Rejaning loyihasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasining ishchi nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini qabul qilishning zarurligini asoslash va kutilayotgan natijalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy ijrochi va hamijrochi boʻlinma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasini oʻtkazish sanasi (zaruriyat boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini tayyorlash, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Organning rahbari rejaning loyihasini koʻrib chiqib hamda unga kiritilgan qonun loyihalarining zarurligini, asoslanganligini, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini oʻrganib chiqib, joriy yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatda uni tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat boʻlganda organning rahbari organning boʻlinmalariga takliflarni qoʻshimcha ravishda ishlab chiqishni, yuridik xizmatga esa — reja loyihasini qayta ishlashni topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tasdiqlangan reja tasdiqlangandan keyin bir ish kuni mobaynida ijro etish uchun organning tegishli boʻlinmalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qonun loyihalarini tayyorlash, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Har bir qonun loyihasi boʻyicha asosiy ijrochi tomonidan uni tayyorlashning reja-jadvali tuziladi. Reja-jadval, agar qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, organning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reja-jadvalni ijro etishning borishi monitoringi yuridik xizmat tomonidan amalga oshiriladi va monitoring natijalari har oyda muhokama qilish uchun organning rahbariga kiritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Asosiy ijrochi yuridik xizmatga qonun loyihasi tayyorlanishining borishi toʻgʻrisida axborot beradi, zaruriyat boʻlganda esa, organ rahbarining roziligi bilan tayyorlash davomida paydo boʻladigan huquqiy masalalarni hal etish uchun yuridik xizmatni jalb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamijrochi boʻlinma asosiy ijrochining soʻrovi boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan axborot-tahlil materiallarini va boshqa materiallarni taqdim etadi, zaruriyat boʻlgan taqdirda esa, qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qonun loyihalarini tayyorlash uchun, qoidaga koʻra, ishchi guruhlar (komissiyalar) tashkil etiladi. Ishchi guruhlarni (komissiyalarni) tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror ularning shaxsiy tarkibi koʻrsatilgan holda organning rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhlar (komissiyalar) tarkibiga asosiy ijrochining, hamijrochi boʻlinmalarning xodimlari kiritiladi, zaruriyat boʻlganda esa, (kelishuv boʻyicha) tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun javob beruvchi vazirliklar va idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Asosiy ijrochi hamijrochi boʻlinmalarning qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtiradi, manfaatdor organlar va boshqa tashkilotlarning vakillarini ushbu ishga jalb etadi, qonun loyihasi manfaatdor organlar va boshqa tashkilotlar bilan kelishilishini va qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) zarur materiallar va axborotni toʻplaydi, zarur oʻrganishlarni amalga oshiradi, ularning natijalari boʻyicha konsepsiyani tayyorlaydi, zaruriyat boʻlganda esa, shuningdek maʼlumotnomalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot-tahliliy materiallarni ham tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Konsepsiya qonunchilikda belgilangan talablarga javob berishi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, organning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tasdiqlangan konsepsiya asosida qonun loyihasi tuziladi (tayyorlanadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qonun loyihasini tayyorlashda asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya):
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikning holatini, loyihani tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanish amaliyotini oʻrganadi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan boʻshliqlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonunchilikning samaradorligiga taʼsir koʻrsatuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220-III/KQ-41-III-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi qoidalarining qiyosiy tahlilini oʻtkazish uslubiyotiga muvofiq xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi qoidalarini qiyosiy tahlil qiladi.
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihasini tayyorlash boʻlajak qonunning amaliyotda ishlashi samaradorligini chuqur va har tomonlama tahlil qilishga asoslanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qonun loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga javob berishi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qonun loyihalarini tayyorlashda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasidagi mavjud normalarning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini taʼminlashga, qonunchilikning tizimliligiga va kodifikatsiyalashga;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlajak qonunni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini, shu jumladan maʼmuriy-huquqiy va sud-huquqiy mexanizmlarini belgilashga alohida eʼtibor berish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Agar tayyorlanadigan qonun loyihasi boshqa qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni (toʻliq yoki qisman) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni talab etsa, ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha takliflar tayyorlanadigan qonun loyihasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish kerak boʻlgan qonunlar yoki ularning qismlari katta hajmda boʻlganda, ular qonun loyihasi bilan bir vaqtda alohida qonun loyihasi koʻrinishida taqdim etiladi. Bunda unga tushuntirishlar bilan hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) qonun loyihasi tayyorlangandan keyin uni organning hamijrochi boʻlinmasiga kelishishga (viza qoʻyishga) yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha hamijrochi boʻlinmalarning rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan (viza qoʻyilgan) qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuridik xizmatga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga va qonun loyihalariga qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda yuridik xizmat rahbari qonun loyihasiga viza qoʻyadi. Viza qoʻyish qonun loyihasining har bir varagʻining orqa tomoniga imzo qoʻyish orqali amalga oshiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihasiga viza qoʻyish bilan bir vaqtda yuridik xizmat huquqiy xulosa tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha topshiriq berilgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq boʻlgan taqdirda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasining huquqiy tabiati tushuntirilgan holda uning asosiy qoidalarining mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasining qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek qonun loyihasining har bir havolaki normasini qoʻllashning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa aks ettiriladi.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy xulosa yuridik xizmatning rahbari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qonun loyihasi qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, qonun loyihalariga qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, yuridik xizmat qonun loyihasini tegishli eʼtiroz va takliflar bilan birgalikda qayta ishlash uchun asosiy ijrochiga qaytaradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasi olingandan keyin asosiy ijrochi organning rahbariga qonun loyihasini kelishish uchun manfaatdor organlarga va boshqa tashkilotlarga yuborish mumkinligi toʻgʻrisida axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Organning rahbari qonun loyihasini koʻrib chiqib, qonun loyihasini qayta ishlash yoxud qonun loyihasini manfaatdor organlarga va boshqa tashkilotlarga kelishish uchun yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Asosiy ijrochi qonun loyihasi kelishish uchun manfaatdor organlarga va boshqa tashkilotlarga yuborilishini tashkil etadi. Qonun loyihasini manfaatdor organlar va boshqa tashkilotlar bilan kelishish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahmakamasining Reglamenti deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishda yuridik xizmatning huquqiy xulosasi unga majburiy tartibda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Qonun loyihasi manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilguniga qadar jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasiga kiritiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 347-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/347/1217-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish, qonun loyihalari matnlarini va ularga tahliliy materiallarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali, organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yoʻli bilan, shuningdek, boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihasining malakali muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoqlarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 347-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/347/1217-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi tashkil etilishini taʼminlash organning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qonun loyihasining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qonun loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun belgilangan tartibda joylashtirilishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Jamoatchilik va mutaxassislar muhokama davomida bildirilgan takliflar va eʼtirozlar asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtiriladigan qonun loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Qonun loyihasining oʻtkazilgan mutaxassislar muhokamasi va uning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Organning boshqa organlar tomonidan ishlab chiqiladigan qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Organ vakillarining boshqa organlar tomonidan ishlab chiqiladigan tegishli qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish boʻyicha ishchi guruhlar (komissiyalar) faoliyatidagi ishtiroki organ rahbari yoki uning oʻrinbosarining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlaridan va boshqa organlar va tashkilotlardan kelishish uchun organga qonun loyihasi kelib tushgan taqdirda qonun loyihasini kelishish boʻyicha asosiy ijrochi tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar uning vakolatiga kiradigan organning boʻlinmasi hisoblanadi.
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishish uchun organlarga kelib tushadigan barcha qonun loyihalari boʻyicha yuridik xizmat hamijrochi etib belgilanadi va uning huquqiy ekspertizasini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Asosiy ijrochi boshqa organdan kelib tushgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq kelishilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Organlar boshqa organlar tomonidan ishlab chiqiladigan qonun loyihasini koʻrib chiqish va kelishishda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi takliflar qonun loyihalari koʻrinishida rasmiylashtirilmagan holda kelib tushganda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatida yoki topshirigʻida yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishida yoki topshirigʻida ularni koʻrib chiqishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ular organlarda hujjatlarni ijro etishning umumiy tartibiga muvofiq bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Organning rahbarlari va xodimlarining qonun loyihalari va qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari tarkibida ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Organlar qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda bir vaqtning oʻzida qonun loyihalari va qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida koʻrib chiqishda qatnashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillarining (keyingi oʻrinlarda Hukumat vakillari deb ataladi) tarkibini shakllantirish uchun organning, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari va xodimlari orasidan nomzodlarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Hukumat vakillari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Qonun loyihalari va qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida koʻrib chiqishda Hukumat vakillarining ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220–III/KQ-41-III-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihasi konsepsiyasiga, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallariga qoʻyiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ASOSIY TALABLAR

1. Ushbu Asosiy talablar “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq qonun loyihasi konsepsiyasini, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallarini tayyorlashda rioya etilishi majburiy boʻlgan talablarni belgilaydi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyatini metodologik taʼminlashni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Asosiy talablar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari va boshqa davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun loyihalarini tayyorlashda majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qonun loyihasi konsepsiyasiga qoʻyiladigan asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun loyihasi konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda konsepsiya deb ataladi) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari yoki ishchi guruhlar (komissiyalar) (keyingi oʻrinlarda ishlab chiquvchi deb ataladi) tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiyani tayyorlashga ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tegishli bilim va malakaga ega boʻlgan mutaxassis va ekspertlar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan, shuningdek fuqarolar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasining asosiy qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmetini belgilashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalar va maqsadlar, u tartibga solishi kerak boʻlgan ijtimoiy munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan qoʻllash sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va majburiyatlari) bayon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy tavsifida va uning holatini baholashda ushbu sohada amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikdagi boʻshliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega boʻlmagan qoidalarning mavjudligi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning oqilona va eng samarali usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro huquqning umumiy eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek xorijiy mamlakatlarda huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, shuningdek boshqa ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur boʻlgan qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyatining asoslarida qonunni qabul qilish zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan boʻlishi va muammoning amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi bilan sabab-oqibat aloqasi belgilanishi kerak. Shuningdek qonun loyihasi tegishli boʻlgan qonunchilik tarmogʻi, u amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari qoidalari, shuningdek huquqiy tizim uchun uning ahamiyati koʻrsatiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qonun loyihasining asosiy qoidalarida boʻlajak qonunda belgilanadigan qoidalar, qisqa mazmuni bilan birgalikda uning namunaviy tuzilmasi, imkoniyat boʻlganda boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar va moddalar bayon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Boʻlajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishning kutilayotgan pirovard natijalari tavsifini oʻz ichiga oladi. Bunda boʻlajak qonun amalga oshirilishining nafaqat ijobiy, balki boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari hisobga olinishi kerak. Boʻlajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognozlashtirishda, zaruriyat boʻlganda, uning ijro etilishini taʼminlaydigan maʼmuriy-huquqiy, sud-huquqiy mexanizmlar ham hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur maʼlumotlarni ham koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlab chiquvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Zaruriyat boʻlganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qonun loyihasiga tushuntirish xatiga qoʻyiladigan asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qonun loyihasiga tushuntirish xati (keyingi oʻrinlarda tushuntirish xati deb ataladi) ishlab chiquvchi tomonidan qonun loyihasi matni tayyorlangandan keyin tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tushuntirish xatida quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan qonun loyihasi tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini ishlab chiquvchining toʻliq nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadlar va vazifalar, shuningdek qonun loyihasi bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash. Bunda qonun loyihasining erishishga yoʻnaltirilgan asosiy maqsadlari belgilanadi, ularning vositasida aniq maqsadlarga erishish mumkin boʻlgan qonun loyihasining alohida qoidalari qisqacha koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda qonun qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin boʻlgan ijobiy oʻzgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi predmetiga tegishli boʻlgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va jumlalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Tegishli sohada ijobiy xorijiy tajriba mavjud boʻlgan taqdirda tushuntirish xatida davlat, qonun loyihasini tayyorlashda hisobga olingan norma nazarda tutilgan hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni koʻrsatilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi mazmunining tavsifi, unda qonun loyihasining boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflari va moddalari bilan birgalikda uning tuzilishi qisqacha bayon qilinadi. Zaruriyat boʻlganda qonun loyihasining eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy mohiyati ochib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun qabul qilinishi munosabati bilan boshqa qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasida foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar boʻlajak qonunning qoidalarini amalga oshirish qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yoʻqotishlariga olib kelsa — qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asoslash. Agar boʻlajak qonunning qoidalarini amalga oshirish koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni talab etmasa yoki yoʻqotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli maʼlumot keltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi mutaxassislar muhokamasining oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot;
(14-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Bunda qonun loyihasi kelishilgan (viza qoʻyilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar sanab oʻtiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi boʻyicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular toʻgʻrisidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tushuntirish xatida qonun loyihasini asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tushuntirish xati ishlab chiquvchining rahbari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qonun loyihasiga ilova qilinadigan tahliliy va axborot materiallari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tayyorlangan qonun loyihasiga tushuntirish xatidan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlarida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatilgan holda tahliliy-qiyosiy jadval;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi, oʻzgartirilishi yoki qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunosti hujjatlari roʻyxati. Bunda qonunosti hujjatini qabul qilish, oʻzgartirish yoki unga qoʻshimchalar kiritish uchun asoslar va ular qabul qilinishi, oʻzgartirilishi yoki ularga qoʻshimchalar kiritilishi uchun masʼul boʻlgan organlar qisqacha koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qonun loyihasi bilan boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish nazarda tutilayotgan boʻlsa, qiyosiy jadval;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qonun loyihasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan eʼtiroz va takliflar bilan kelishilgan (viza qoʻyilgan) boʻlsa, kelishmovchiliklar jadvali va ularning eʼtirozlar va takliflar bayon qilingan xatlarining nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasi boʻyicha fuqarolar takliflarini (izohlari) koʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadval;
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar boʻlajak qonunning qoidalarini amalga oshirish qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yoʻqotishlariga olib kelsa — moliyaviy-iqtisodiy asoslash. Moliyaviy-iqtisodiy asoslashda moliyaviy xarajatlarning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining yoʻqotishlarining dastlabki summasi, shu jumladan qonun loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan olinmay qolinadigan daromadlar, moliyaviy xarajatlarning maqsadlari va uni oluvchilar, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasini tayyorlash va kelishishning xronologiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qonun loyihasiga boshqa tahliliy va axborot materiallari ham ilova qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qonun loyihasiga ilova qilinadigan tahliliy va axborot materiallari ishlab chiquvchining rahbari tomonidan imzolanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda qonun loyihasining matni va unga ilova qilinadigan materiallar majburiy tartibda elektron shaklda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 42-son, 484-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/347/1217-son; 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)