Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2018 31.10.1996 yildagi 376-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.10.1996 yildagi 376-son
Date of entry into force
31.10.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2018
Hujjat 31.10.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA NAQD XORIJIY VALYUTANING MUOMALADA BOʻLIShINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish va xorijiy valyuta harakati ustidan zarur nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boj olinadigan chegaraning kesishish joylarida — aeroportlarda, chegara yaqinidagi temir yoʻl stansiyalarida, avtomobillarning oʻtish joylarida xorijiy valyutadagi omonatga qoʻyish operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan valyuta almashtirish punktlarining faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi Tashqi ishlar vazirligining, mehmonxonalarning, turistik tashkilotlarining, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining, xorijiy aviakompaniyalarning, transport-ekspeditorlik kompaniyalarining, Aloqa vazirligining tegishli xizmatlar haqini toʻlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga xorijiy valyutani almashtirish punktlari orqali soʻmga almashtirib berish hamda olingan valyutani koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va tashkilotlar schyotlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari kesishadigan joylarda respublika chegarasi perimetri boʻylab, 2-ilovaga muvofiq shtatdagi xodimlari 327 nafar boʻlgan qoʻshimcha koʻchma va koʻchmas bojxona postlari barpo etishni tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilgi Davlat budjetini tuzishda Davlat soliq qoʻmitasiga bojxona organlarining qoʻshimcha xodimlarini, yangidan tashkil etilayotgan postlarni koʻrish va jihozlashni mablagʻ bilan taʼminlash uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi chegara yaqinidagi temir yoʻl stansiyalarida zarur bojxona nazoratini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratsin, yangidan tashkil etilayotgan bojxona postlarini joylashtirish uchun zarur miqdorda xonalar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yil uchun markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari prognozlarini, qurilishlarning adresli dasturlarini tuzishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi obyektlarining birinchi navbatda kiritilishini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yerlar ajratish, bojxona postlari, majmuilari qurish, ularni zarur materiallar va asbob-uskunalar bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni jadal hal etish boʻyicha komissiyalar tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi 1997-yil uchun oʻzlariga ajratiladigan kapital mablagʻlar umumiy hajmlari hisobiga bojxona postlari va majmuilariga zarur muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni oʻz mablagʻlari hisobiga mashinalar uchun zarur kirib kelish yoʻllari, toʻxtab turish joylari va avtomobillarning oʻtish joylarida dastlabki tekshirishdan oʻtkazish maydonchalari qurilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorning 1, 4 va 11-bandlari mazmunini xorijiy davlatlarning Tashqi ishlar vazirliklariga, chet mamlakatlar elchixonalariga, konsulxonalariga, xorijiy firmalarning vakolatxonalariga belgilangan tartibda maʼlum qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
376-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-oktabrdagi 376-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari toʻgʻrisida” 1996-yil 24-oktabrdagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini belgilaydi, shuningdek ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzishga nisbatan qoʻllaniladigan choralarni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Tartib diplomatik daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Naqd xorijiy valyutani olib kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyuta olib kirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Olib kiriladigan naqd xorijiy valyuta unga deklaratsiya toʻldirish hamda bojxona organi xodimiga taqdim etish yoʻli bilan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deklaratsiya toʻldirish belgilangan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasida olib kiriladigan valyuta summasi toʻgʻrisida yozma ravishda bayon qilish bilan amalga oshiriladi. Deklaratsiya ikki nusxada toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy valyutaning naqdligi tekshirilganidan soʻng bojxona deklaratsiyasi belgilangan tartibda bojxona organi xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. 1000 AQSh dollari qiymatidan ortiq boʻlmagan miqdordagi naqd xorijiy valyuta bojxona organi xodimi tomonidan tasdiqlangan bojxona deklaratsiyasining bir nusxasi berilgan holda oʻtkaziladi. Deklaratsiyaning ikkinchi nusxasi bojxona organida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1000 AQSh dollari qiymatidan ortiq boʻlgan naqd xorijiy valyuta T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi oʻrniga bojxona organi xodimi tomonidan yozib beriladigan TS-28 shaklidagi guvohnoma berilgan holda oʻtkaziladi. Deklaratsiyaning ikkala nusxasi ham bojxona organida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan 5000 AQSh dollari qiymatidan ortiq summadagi naqd xorijiy valyutani olib kirishda barcha olib kiriladigan summaning ikki foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol: Jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti tomonidan 5300 AQSh dollari olib kirilmoqda. Yigʻim undiriladigan summa 5300 AQSh dollarini tashkil etadi. Undirilgan yigʻim 106 AQSh dollarini tashkil etadi (5300 X 2% : 100% = 106)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Taklif etuvchi tomon Oʻzbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasiga kelishiga taklifni rasmiylashtirishda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga taklif etiladigan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan va ularda bu qonun buzilishlari uchun belgilangan jarimalarni toʻlash uchun mablagʻlar boʻlmagan taqdirda u ular uchun barcha moddiy javobgarlikni zimmasiga olishi toʻgʻrisida yozma kafolatli majburiyatni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Respublikadan chiqib ketish chogʻida jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bojxona organiga ular tomonidan olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta deklaratsiya qilingan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Respublika tashqarisiga naqd erkin almashtiriladigan valyutani erkin olib chiqib ketish Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga 500 AQSh dollari qiymatidagi summa doirasida, norezidentlariga esa — bojxona deklaratsiyalari (T-6 shaklidagi kirish bojxona deklaratsiyasi yoki TS-28 shaklidagi guvohnoma)ga muvofiq olib kirilgan valyuta doirasida ruxsat etiladi. Koʻrsatilgan summadan ortiq naqd valyutani olib chiqib ketishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ruxsatnomasi mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Norezidentlar tomonidan chetga olib chiqib ketiladigan naqd erkin almashtiriladigan valyuta summasi olib kirishda deklaratsiyada bildirilgan summadan 2000 AQSh dollaridan ortiq miqdorda kam boʻlmagan taqdirda bojxona organlariga quyidagilarni taqdim etish zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— agar ular mavjud boʻlsa, xorijiy valyuta xarid qilinganligi toʻgʻrisida almashtirish punktlarining maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— shaxsiy schyotlar ochilganligi va ularga xorijiy valyutadagi summa oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bank hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— xorijiy valyutadan foydalanish qonuniyligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning amal qilishi mazkur Tartib qabul qilingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelgan shaxslarga joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda protokol tuziladi va bojxona organi boshligʻining qarori asosida norezidentga tasdiqlanmagan summaning 30 foizi miqdorida jarima solinadi. Qarorning nusxasi huquqni buzuvchining qoʻliga beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentidan jarima undirilishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol: Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan 10000 AQSh dollari olib kelingan, 3000 AQSh dollari olib chiqib ketilmoqda. 2000 AQSh dollari summasiga tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaganligi sababli norezident 5000 AQSh dollari summasiga (10000—2000—3000=5000 AQSh dollari) tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishi kerak. Biroq u 3500 AQSh dollari summasiga hujjatlar taqdim etgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu holda jarimani hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan summa 1500 AQSh dollarini (5000—3500=1500), jarima miqdori tegishli ravishda — 450 AQSh dollarini (1500 X 30% : 100%=450) tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Norezidentning oʻz mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda jarima uning hamrohlik qiluvchi yoki kuzatib qoʻyuvchi shaxslar yoxud istalgan boshqa shaxslar tomonidan toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aks holda jarima solish toʻgʻrisidagi qarorga asosan jarimani toʻlash majburiyati taklif etuvchi tomonga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taklif etuvchi tomon mavjud boʻlmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qarorning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzgan shaxs uning fuqarosi boʻlgan davlatning elchixonasi yoki konsulxonasiga, yoxud ushbu funksiyalarni bajaruvchi boshqa xorijiy vakolatxonaga, shuningdek keyinchalik viza berishda hisobga olish uchun tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga va tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Yigʻimlar bojxona organlari tomonidan soʻm ekvivalentini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga belgilangan tartibda oʻtkazilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan xorijiy valyutada undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarimalar bojxona organlari tomonidan norezidentlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan xorijiy valyutada undiriladi, norezidentda koʻrsatib oʻtilmagan valyuta mavjud boʻlmagan taqdirda — kuzatib qoʻyuvchi, hamrohlik qiluvchi shaxslardan yoki taklif etuvchi tomondan milliy valyuta — soʻmda undiriladi, uning 85 foizi Davlat budjetiga, 15 foizi — Bojxona organlariga moddiy yordam va ularni rivojlantirish maxsus fondiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani qayta hisoblash toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti bojxona organlarining mansabdor shaxslari xatti-harakatlari, shu jumladan jarima solish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-oktabrdagi 376-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining bojxona chegarasi temir yoʻl, avtomobil va aviatsiya transporti bilan kesib oʻtiladigan joylarda yangidan tashkil etiladigan bojxona postlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShTATLAR SONI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tartib raqami‎‎

Mintaqalar‎‎

Postlar soni‎‎

Shtatlar soni (nafar)‎‎

1.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 2‎ 24‎
viloyatlar:‎
2.‎ Andijon viloyati‎ 1‎ 14‎
3.‎ Buxoro viloyati‎ 1‎ 32‎
4.‎ Jizzax viloyati‎ 1‎ 14‎
5.‎ Qashqadaryo viloyati‎ 1‎ 12‎
6.‎ Navoiy viloyati‎ 1‎ 20‎
7.‎ Namangan viloyati‎ 1‎ 14‎
8.‎ Samarqand viloyati‎ 1‎ 18‎
9.‎ Surxondaryo viloyati‎ 3‎ 48‎
10.‎ Sirdaryo viloyati‎ 1‎ 22‎
11.‎ Toshkent shahri‎ 2‎ 39‎
12.‎ Toshkent viloyati‎ 2‎ 38‎
13.‎ Fargʻona viloyati‎ 1‎ 14‎
14.‎ Xorazm viloyati‎ 2‎ 18‎
JAMI:‎ 20‎ 327‎