Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 24.10.1996 yildagi PF-1601-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.10.1996 yildagi PF-1601-son
Date of entry into force
24.10.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA NAQD XORIJIY VALYUTA MUOMALASINI TARTIBGA SOLISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada erkin almashtiriladigan valyutada hisob-kitoblar va xizmatlarning barcha turlarini tezkorlik bilan amalga oshirib, xorijiy hamda vatanimizdagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli valyuta mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlayotgan vakolatli banklar tarmogʻi vujudga keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga tekshirishlarning koʻrsatishicha, respublikada valyutani tartibga solish toʻgʻrisida amal qilayotgan qonunlar jiddiy ravishda buzilmoqda. Shularga muvofiq milliy valyuta — soʻm Oʻzbekiston Respublikasi hududida birdan-bir qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi va xorijiy valyutada, shu jumladan naqd holida hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish man qilingan. Mazkur tartibni buzganlik uchun javobgarlik, hatto jinoiy javobgarlik choralari ham koʻzda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qilinmayotgan bozorda gʻayriqonuniy ravishda sotish va olinayotgan daromadlarning soliqqa tortilishidan boʻyin tovlash maqsadida ajnabiy fuqarolar naqd xorijiy valyutani kattagina hajmlarda olib kelish va hisob-kitoblarda foydalanish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda, bu esa milliy valyutaga nisbatan ishonchga salbiy taʼsir qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday tartib-qoidalarning buzilishiga chek qoʻyish va respublikaning valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunlariga ogʻishmay rioya etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Korxonalar va tashkilotlar, boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari respublikada belgilangan tartibga qatʼiy amal qilsinlar, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta — soʻm yagona qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi va shuni nazarda tutsinlarki, mazkur tartibni buzganlik uchun javobgarlik, hatto jinoiy javobgarlik choralari koʻzda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, yuridik shaxslar naqd xorijiy valyutani olib kirishlari va olib chiqib ketishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, vakolatli banklar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirdagina buni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 20-martdagi PF-1979-sonli Farmoniga muvofiq bekor qilindi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 60-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda toʻlovlarni amalga oshirishlari qatʼiyan man etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab koʻyilsinki, mazkur toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek soʻmlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisob-varaqlarga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun toʻlovlar yuqorida koʻrsatilgan toʻlov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisob-varaqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga Farmonning ushbu bandi bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin. Ogohlantirib qoʻyilsinki, buning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda ularga nisbatan qonunchilikda koʻzda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlmish xodimlariga barcha turdagi ishlar va xizmatlar uchun milliy valyutada haq toʻlash boʻyicha, shuningdek xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish toʻgʻrisida xorijiy davlatlarning elchixonalari hamda chet el firmalari, kompaniyalari va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bilan ish olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, vakolatli banklari “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekturizm” uyushmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda plastik hisob-kitob kartochkalarini qoʻllanish tarmoqlarining kengaytirilishini, tovarlarning cheklarga sotilishini hamda tovarlar va xizmatlar uchun naqdsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari joriy etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi temir yoʻl, avtomobil, aviatsiya va daryo transporti bilan bojxona chegarasi kesib oʻtiladigan joylarda qoʻshimcha bojxona postlarini ochish boʻyicha takliflarni ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikni ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirish borasidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning roʻyobga chiqarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov, Markaziy bank Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov, Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmalariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 24-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1601-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 10-son, 191-modda; 1998-y., 4-son, 60-modda)