01.07.2020 yildagi PQ-4771-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.07.2020 yildagi PQ-4771-son
Date of entry into force
02.07.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyat ko‘rsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan noturar obyektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini (keyingi o‘rinlarda — bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari) aniqlash va hisobini yuritish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan davlat mulki obyektlarini ijaraga berishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilgan davlat mulki obyektlarini va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilgan davlat mulki obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muassasalari (korxonalari)ga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obyektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini olib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obyektlarini buzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur bo‘lgan axborot va materiallarni so‘rab olishga haqli.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz va hududiy boshqarmalar xodimlariga, to‘lov manbalaridan qat’i nazar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyatini (xodimlarning ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa to‘lovlar) moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlari ijarasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tushadigan mablag‘lar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz Agentlikning tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalarining barcha huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh turgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli davlat organlaridan olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va hududiy boshqarmalarga tegishli davlat mulki obyektlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Markaz hisobidan, pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda Agentlik huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, balansiga qabul qilingan davlat mulki obyektlarini but saqlash maqsadida fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida har yili 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar (obyekt to‘g‘risidagi qisqa ma’lumot, geolokatsiya joylashuvi va boshqalar) Markazning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tuzilgan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini aniqlash va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini xo‘jalik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha ishchi guruhlar hududiy boshqarmalarga haftalik axborot kiritib boradi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy boshqarmalar xodimlari tuman (shahar)larning har bir mahallasiga biriktiriladi hamda vakolati doirasida mahalla hududida joylashgan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (xususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida Markaz va hududiy boshqarmalarga topshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boshqarmalari balansiga qabul qilingan obyektlardan samarali foydalanish, xususiylashtirish va ijaraga berishda ularning jozibadorligini oshirish maqsadida budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ta’mirlash, jihozlash va kommunikatsiya tizimlariga ulash kabi ishlarni amalga oshirishi mumkin;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari ro‘yxati Markaz tomonidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga kiritib boriladi;
(5-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amal qilish muddati tugagan elektron savdolar orqali rasmiylashtirilmagan ijara shartnomalarining muddati (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning tegishli qarorlari asosida va kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulki bo‘yicha tuzilgan ijara shartnomalari bundan mustasno) kelgusi davr uchun uzaytirilmaydi va ushbu shartnomalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilgan davlat mulklari, balansda saqlovchilarning roziligi talab qilinmasdan 2022-yil 1-iyuldan boshlab elektron savdolarga chiqariladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili davlat mulkini ijaraga berishda Radio, uyali aloqa va peydjer aloqasi (inshootlarni hisobga olgan holda hudud doirasida) faoliyati bo‘yicha stavkalar hamda qo‘llaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori tasdiqlanishida bir yilga 1 kv.m. uchun ijara to‘lovi tayanch stavkasining o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati boshqa faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha o‘sish sur’atlari darajasida belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2020-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha auksion savdolari natijalari QR-kod (matrik shtrixli kod)ni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “E-AUKSION” tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilinadi:
(6-band “b” kichik bandininng birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali auksionda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlarini ijaraga berish shartnomasini ijaraga beruvchi va ijarachi o‘rtasida elektron shaklda (shu jumladan elektron raqamli imzo orqali) ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolarda mavjud bo‘lgan lotlar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalogni yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi doimiy ravishda bo‘sh turgan obyektlarni aniqlab, ularni Markaz va hududiy boshqarmalarga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib borish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va hududiy boshqarmalarni zamonaviy texnika bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va hududiy boshqarmalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan sudlarga kiritiladigan da’volar va arizalar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Binolardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi negizida davlat muassasasi shaklidagi budjet tashkilotiga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Binolardan foydalanish direksiyasini tashkil etsin.
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror ijrosini ta’minlash doirasida Markazning xarajatlari uchun 2020-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin va 2021-yildan boshlab zarur budjet mablag‘larini ko‘zda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin va 3 ta, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan, xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz murojaatiga asosan uni o‘rnatilgan tartibda hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4771-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4112-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI

”;

2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari umumiy soni — 126 nafar, shundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 104 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni tasdiqlangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Agentlik markaziy apparatining umumiy shtat birligiga kirmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4329-son qarori 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Belgilansinki, Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha simsiz ma’lumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qat’i nazar 2400 — 2483,5 MGs va 5000 — 5999 MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2020-y., 07/20/4771/1013-son; 12.02.2021-y., 06/21/6167/0103-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)