Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2020 28.06.2013 yildagi PQ-1990-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori , 28.06.2013 yildagi PQ-1990-son
Date of entry into force
22.07.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilsin (keyingi o‘rinlarda TDYU deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU 1-ilovaga muvofiq “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy davlat oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. TDYUning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat huquqi va boshqaruvi, jinoyat huquqi va protsessi, fuqarolik huquqi va protsessi, tadbirkorlik huquqi (biznes huquqi), xalqaro, xalqaro tijorat (xususiy) huquqi va yuridik ta’limning boshqa ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning fundamental bazaviy, shuningdek amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan dastur va o‘quv rejalari asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini, talabalarda tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat qurilishi va boshqaruvi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning dolzarb huquqiy muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ushbu sohadagi xalqaro tajribani o‘rganish huquqni qo‘llash amaliyotiga, o‘quv jarayoniga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar, shuningdek oliy yuridik ta’lim muassasalarida huquqiy fanlar bo‘yicha dars berayotgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular uchun zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan o‘quv adabiyotlar, o‘quv-metodik materiallar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning o‘quv va ilmiy bo‘linmalarini o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini egallagan, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik bo‘linmalarida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali ilmiy, pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish; shartnoma asosida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim, tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuratura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni yurisprudensiya sohasiga qabul qilish va mutaxassislarni tayyorlash rejalari bilan uzviy bog‘lagan holda chuqur o‘rganishni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda TDYUda zamonaviy o‘quv va moddiy-texnik bazani yaratish, o‘quv, ilmiy-metodik bo‘linmalarni, kafedralarni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot-kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini, davlat-huquqiy, sud, huquqni muhofaza qilish, huquqni qo‘llash sohalaridagi demokratik o‘zgarishlar tajribasini inobatga olgan holda o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar mualliflari mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini nazarda tutgan holda huquqiy fanlar va predmetlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashning kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU o‘qituvchilarini O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi, davlat organlarida har yillik asosda stajirovka o‘tash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan birgalikda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlarining mutaxassislarini Universitetda ma’ruza o‘qish, tadqiqotlar o‘tkazishga jalb etishga doimiy asosda ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lardan TDYUning moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazasini mustahkamlashga, huquq va davlat qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga, professor-o‘qituvchilar tarkibining O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashini tashkillashtirish uchun belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berilsin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5208/0140-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti bir oy muddatda davlat ta’lim standartlari, TDYUning bakalavr va magistrlarni tayyorlash dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy qayta ishlab chiqsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv jarayonini ta’lim berishning modulli tizimini qo‘llagan holda umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda tahlil qilish qobiliyatini, tizimli tahlil qilish va yuridik faoliyatning tegishli sohalarini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari asosida olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning davlat-huquqiy, jinoyat-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, xalqaro-huquqiy, tadbirkorlik-huquqiy (biznes huquqi) va boshqa yuridik faoliyat sohalarida bilim va amaliy ko‘nikmalarni chuqurroq egallash zaruratini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan holda ta’lim berish dasturlari doirasida maxsus huquqiy fanlar bo‘yicha o‘quv yuklamasi hajmini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy shakllarni (“keys-stadi”, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshq.) joriy etgan holda amaliy mashg‘ulotlar hajmini, shuningdek bakalavr va magistrlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ishlab chiqarish, xo‘jalik, tijorat korxonalari, moliya-bank hamda boshqa muassasalarda malaka amaliyoti davomiyligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanadigan dissertatsiya ishlarining tematikasi va asosiy holatlarini tanqidiy tahlil qilgan holda inventarizatsiyadan o‘tkazsin, ularni zamonaviy talablar, huquqiy fan va yuridik amaliyotning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Adliya vazirligi bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv amaliyotining o‘quv dasturlariga muvofiq talabalarning o‘qish davrida olgan amaliy va nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tegishli bo‘linmalarida majburiy stajirovkalarini tashkil etishda Universitetga har tomonlama yordam ko‘rsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy tuzilmalarning rahbar tarkiblari, mas’ul xodimlari tomonidan Universitetda maxsus yuridik fan va predmetlar, qonun ijodkorligi nazariyasi va amaliyotining dolzarb masalalari, huquqni qo‘llash faoliyati bo‘yicha ma’ruza o‘qish (shu jumladan, soatbay haq to‘lash shartlarida), mashg‘ulotlar o‘tkazishni amaliyotga joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maxsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. TDYU:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusxada) majburiy yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning axborot-resurs markazini mustahkamlash uchun bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning nazorat nusxalarini (bir nusxa) bepul oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda TDYUning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kengaytirish, o‘quv jarayonini tashkil etishda zarur xonalar ajratish, o‘quv-sport kompleksini tashkil etish, maxsus yuridik tayyorlashning o‘quv-metodik bazasini yaratish choralarini nazarda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Adliya vazirligining O‘zbekiston milliy universiteti, shuningdek Samarqand davlat universitetining “yurisprudensiya” ixtisosligi va yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar va bakalavrlar tayyorlashni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, O‘zbekiston milliy universiteti, shuningdek Samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakultetining 2013/2014 o‘quv yilida bakalavriatning II — IV kurslariga va magistraturaning II kursiga o‘tuvchi talabalariga yuqorida ko‘rsatilgan oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni yakunlash va diplom olish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 28-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1990-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha soha mutaxassisliklari ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat-huquqiy faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fuqarolik-huquqiy faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jinoiy-huquqiy faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalqaro-huquqiy faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tadbirkorlik-huquqiy faoliyat (biznes huquqi).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 335-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son) )
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 372-modda; 2017-y., 19-son, 335-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5208/0140-son; 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)