Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
27.08.2025
20.07.2024
26.02.2024
08.07.2022
05.04.2022
23.11.2021
09.06.2021
10.03.2020
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, kichik sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahqamasining “Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2014-yil 31-dekabrdagi 378-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoat va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 9-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom kichik sanoat zonalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, shuningdek, ularning hududlarida tadbirkorlik subyektlarini tanlov asosida tanlab olish va joylashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) — ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan, aholi punkti hududining yoki aholi punktlariaro hududning qonunchilik hujjatlari bilan muayyan maqom berilgan hamda hududi doirasida xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmaga ega boʻlgan ishlab chiqarish maydonlari joylashadigan va chegaralari aniq belgilangan qismi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat namunali tarkibda tashkil etiladigan kollegial organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijarachi — investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi va/yoki ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatga ijaraga olgan KSZ ishtirokchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi KSZni boshqarish direksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direksiya — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlariga asosan KSZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat muassasasi shaklidagi yagona direksiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi — yer fondining aniq chegarasi, maydoni, joylashgan joyi, huquqiy rejimi va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflariga ega qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya majburiyatlari — investitsiya loyihasini amalga oshirishda talabgor tomonidan qabul qilinadigan, pul bilan ifodalanadigan qiymatga ega boʻlgan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik-texnik kommunikatsiyalar — KSZ ishtirokchilarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, transport kommunikatsiyalari va boshqa xizmat turlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlovchi tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov — investitsiya loyihasini talabgorlar tomonidan tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga muvofiq taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali tanlab olish tartiboti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ish oʻrni — KSZ hududida loyihani amalga oshirish doirasida yangi ishchi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzish orqali KSZ ishtirokchisi tomonidan tashkil etiladigan (joriy etiladigan) ish oʻrni;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli vakil — talabgorning yozma ishonchnomasiga asosan tanlovda ishtirok etish uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — tadbirkorlik subyekti — taklif etilgan shartlar asosida tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZning loyiha-rejalashtirish hujjatlari — aholi punktining bosh rejasi yoki muayyan chegaralarda kishloq hududini (mavjud boʻlganda) belgilangan tartibda tashkil etishning arxitektura-rejalashtirish loyihasi asosida ishlab chiqiladigan KSZning bosh rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maydoni — KSZ hududida joylashgan va KSZ ishtirokchilariga uzoq muddatli ijara huquqi asosida foydalanishga beriladigan davlat mulki boʻlgan ishlab chiqarish bino va ishnootlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning KSZ faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kotibi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish uchun Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi — belgilangan tartibda KSZ ishtirokchisi maqomini olgan va KSZ hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyekti;
(2-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisining oʻz mablagʻlari — KSZ ishtirokchisining mablagʻlari, shu jumladan, hisobvaragʻidagi mablagʻlar, kredit mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladigan mablagʻlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. KSZni tashkil etish va boshqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. KSZ faqat muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan yoki oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari negizida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yangi KSZ tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ hududining chegaralarini tasdiqlash, shuningdek, ularning keyinchalik oʻzgartirilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Maʼmuriy kengash KSZ hududining chegaralarini tegishli tuman (shahar) hokimligi bilan kelishgan holda oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining KSZni tashkil etish yoki hududining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlari KSZning kadastr va yer tuzish hujjatlarini tayyorlash, KSZning bosh rejasini ishlab chiqish, tadbirkorlik subyektlariga sanoat ishlab chiqarishini hamda unga xizmat koʻrsatuvchi infratuzilmani tashkil qilish uchun KSZ hududida yer uchastkasini tegishli tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinmasdan berish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bitta tuman (shahar) hududida joylashgan bir nechta ishlab chiqarish maydonlarini bitta KSZda birlashtirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yangi KSZ tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududining chegaralarini oʻzgartirish masalasini kelishish uchun Maʼmuriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga quyidagi hujjatlar toʻplamini kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi KSZ tashkil etish yoki faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududlarining chegaralarini oʻzgartirish zaruratini asoslaydigan tahliliy maʼlumot, shuningdek, asosli hisob-kitoblar bilan birga KSZning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining chegaralari va maydonlari (tuman (shahar) hokimligi tasarrufidagi zaxira yer) toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek, negizida yangi KSZ tashkil etish yoki yer uchastkalarini faoliyat koʻrsatayotgan KSZ tarkibiga kiritish rejalashtirilayotgan, muhandislik-texnik kommunikatsiyasi mavjud boʻlgan yoki uni oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarining roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi KSZ tashkil etish yoki faoliyat koʻrsatayotgan KSZ tarkibiga kiritish taklif etilayotgan hududning muhandislik-texnik kommunikatsiyasi va ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjudligi, shuningdek, infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha asosli hisob-kitoblar va moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan taxminiy talablar toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. KSZ hududida shaharsozlik faoliyati KSZning bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZning bosh rejasi loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va aholi punktining bosh rejasi yoki kishloq hududini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etishning loyihasi asosida Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi, aholi punktining bosh rejasi yoki kishloq hududini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihasi mavjud boʻlmagan taqdirda, KSZning bosh rejasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya KSZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. KSZ faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan direksiyalar tomonidan boshqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Direksiyalar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilmaga asosan davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan ustavlar asosida faoliyat yuritadi yoki xususiy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya oʻziga biriktirilgan mulklarga nisbatan egalik va foydalanish huquqini, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq KSZ uchun ajratilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini amalga oshiradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya tugatilgan direksiyalarning barcha huquqlari, majburiyatlari va avval tuzilgan shartnomalarining ijrosi boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda, Maʼmuriy kengashning qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari hududlarda KSZni rivojlantirish uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Direksiyalar faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda, Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilariga koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, shu jumladan, hududni saqlash va qoʻriqlash, shuningdek, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini KSZ ishtirokchilariga ijaraga berishdan tushadigan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyalar faoliyati KSZ tashkil qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan taʼminlanadi va keyingi yillarda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqish va investorlarni topish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZda tashkiliy-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilari bilan Maʼmuriy kengashning qarorlariga, shuningdek, KSZ hududida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqida bitimlar, ishlab chiqarish maydonlari yoki yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish (balansda saqlovchi nomidan) shartnomalarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning qaroriga asosan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish va KSZ ishtirokchilari roʻyxatini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi bitimlar va uzoq muddatli ijara shartnomalariga asosan KSZ ishtirokchilari tomonidan oʻzlari qabul qilgan majburiyatlarni bajarishi boʻyicha monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilariga keyinchalik ijaraga berish, shu jumladan, sotish uchun ishlab chiqarish inshootlari va maʼmuriy binolarni qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirochilariga zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilariga ishlab chiqarish, moliya, marketing, huquqiy, tashqi iqtisodiy va boshqa masalalarni hal etishda yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilari va boshqa xoʻjalik subyektlari oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchilari bitimlar va shartnomalar shartlarini buzgan, shuningdek, oʻzlari qabul qilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, bitimlarni va ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijaraga olish shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish masalalarini Maʼmuriy kengash tomonidan koʻrib chiqish tashabbusini bildirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. KSZning loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, yer uchastkalarini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda KSZda tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti, shuningdek, xizmatlarni yetkazib beruvchilar mablagʻlari hisobidan KSZning boʻlinish chegarasiga qadar zarur muhandislik-texnik kommunikatsiyalar qurilishi va modernizatsiya qilinishini taʼminlaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. KSZ ishtirokchilarini tanlab olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. KSZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalari Maʼmuriy kengash tomonidan boʻsh maydonlar, bino va inshootlar mavjud boʻlganda, ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar investitsiya loyihalarini KSZ hududida joylashtirishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan tarmoq xususiyatiga muvofiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul bilan ifodalanadigan qiymatga ega boʻlgan investitsiyalarni qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda kiritish;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllagan holda, zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy etish asosida import oʻrnini bosadigan va (yoki) eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar turlari, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maʼmuriy kengash hudud iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, hududlarning mavjud mineral xom ashyo, yer, suv, qishloq xoʻjaligi resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, ekologik sharoitlari va infratuzilmasini inobatga olgan holda, har bir KSZning tarmoq ixtisoslashuvini belgilashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Direksiya Maʼmuriy kengashning qarori asosida KSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun ularni tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazishning barcha tashkiliy masalalarini hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil etish uchun Direksiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengashning qaroriga muvofiq tanlovni oldindan eʼlon qiladi va oʻtkazishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda qatnashish uchun talabgorlarning muhrlangan buyurtmanomalarini olingan sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlar belgilangan tartibda ochilishiga qadar ularning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash tomonidan unga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Direksiya tanlovni oʻtkazishda investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlar ochiladigan sanadan oʻttiz kun avval mahalliy bosma nashrlarda, Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining yagona portalida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon qilinishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya buyurtmanomalarini qabul qilish tanlov oʻtkazilishiga uch ish kuni qolganda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya ishchi organga investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur materiallarning taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazilishi haqidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maydonlari va investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hamda elektron-onlayn auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalarining nomi, soni, tavsifi, ular joylashgan joy, oʻtkazilgan va ulangan muhandislik-texnik kommunikatsiyalar mavjudligi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanomalarni qabul qilishning (kuni va soati koʻrsatilgan holda) oxirgi muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi organning nomi va pochta manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, telefaksi, elektron pochta manzili va qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin boʻlgan boshqa rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovni oʻtkazish (investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni ochish) sanasi, vaqti va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor taqdim etishi lozim boʻlgan zarur hujjatlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tutash yer uchastkalari toʻgʻrisida ularning qoʻriqlanadigan zonalari (mavjud boʻlsa) hajmlari koʻrsatilgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni taqdim etish tartibi va shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili bevosita kelib yoki pochta (xabardor qilgan holda buyurtma xati) orqali direksiyaga KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldirilgan va quyidagilar ilova qilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) ikki nusxada, muhrlangan konvertlarda tanlov haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etilayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorning oxirgi uch yil (mavjud boʻlganda) davomidagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning koʻrsatilgan sohada ish tajribasi haqida maʼlumot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor taqdim etilayotgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng tanlovda qatnashish boʻyicha kelgan investitsiya buyurtmanomalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Tanlovga qatnashish rad etilishiga boshqa asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilinmagan buyurtmanomalar bir ish kuni mobaynida rad javobi belgisi qoʻyilib, talabgorga yoki uning vakiliga tilxat orqali qaytarib (taqdim etiladi) beriladi yoxud koʻrsatilgan hujjatlar pochta (olgani haqidagi xabardor qilgan holda buyurtma xati) orqali joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Direksiyaga taqdim etilgan va taklif etiladigan investitsiya loyihasining biznes-rejasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsni tashkil etish yoki uning taʼsischilari, ularning tegishli sohadagi ish tajribasi va shunday investitsiya loyihasini amalga oshirganligi haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish sanasini koʻrsatgan holda amalga oshirish jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni yollash manbalarini koʻrsatgan holda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni (bandlik markazi tomonidan yoʻnaltirilgan kollej bitiruvchilari va boshqa shaxslar, xorijiy mutaxassislar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, xususiyatlari va hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning taxminiy qiymati va sotish bozorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va import materiallar, butlovchi qismlarni alohida koʻrsatgan holda, xom ashyo bazasining mavjudligi va investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida materiallar va xom ashyo bilan taʼminlanishini kafolatlovchi imkoniyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar va tayyor mahsulotlar logistikasi va transportda tashish sxemasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya taʼminoti vositalarining (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va texnik suv, kanalizatsiya, avtoyoʻl) zarur miqdorlari va parametrlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz, qattiq va suyuq chiqindilarning turlari va miqdorlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqarish tashlamalarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni samarali joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining (ishlab chiqarish maydonining) taxminiy hajmlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik uskunalar, ishlab chiqaruvchilar, taʼminotchilar roʻyxati bilan birgalikda (ekologik talablarni hisobga olgan holda) ishlab chiqarish texnologiyasining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishda foydalanishga moʻljallanayotgan texnologik uskunalar tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalarning rejalashtirilayotgan miqdorlari, turi va kiritish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va kredit jalb qilingan taqdirda, majburiyatning rejalashtirilayotgan garov taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblari va iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ehtimoli mavjud tavakkalchiliklar tahlili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarning birinchi nusxalari Maʼmuriy kengash yigʻilishida ochiladi. Konvertlarning ikkinchi nusxalari ishchi organda saqlanadi va investitsiya loyihalar mazmuni boʻyicha munozarali holatlar vujudga kelganda ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Maʼmuriy kengash quyidagilarni koʻrib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasining ushbu Nizomning 21 va 23-bandlari talablariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalar manbalari (oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning moliyaviy barqarorligi, texnik va texnologik bazasining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik uskunalar parametrlarining zamonaviy texnologik talablarga mosligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi.
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26.Tanlovni oʻtkazish davomida Maʼmuriy kengash taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqadi va quyidagilar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish va tadbirkorlik subyektiga shartnoma asosida umumiy maydonini koʻrsatib, ishlab chiqarish maydonlarini ajratgan holda, KSZ ishtirokchisi maqomini berish, yer uchastkalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bundan mustasno;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash aʼzolari tomonidan talabgorning ishonchsiz maʼlumotlari haqida dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, bunday investitsiya loyihasini koʻrib chiqish toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni, raqobatbardosh, xaridorgir, eksportga yoʻnaltirilgan va (yoki) import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishning texnologik izchil zanjirini tashkil etish hisobga olingan holda eng jozibador investitsiya buyurtmanomasi eng yaxshi investitsiya loyihasi deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Agar oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa yoki bitta investitsiya buyurtmanomasi kelib tushsa, shuningdek, KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tanlov oʻtmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash tomonidan takroriy tanlov oʻtkazish sanasi belgilanadi va bu haqda yagona buyurtmanomani bergan ishtirokchi xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy tanlov oʻtkazish sanasi eʼlon qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun mobaynida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Agar takroriy tanlovda talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa, Maʼmuriy kengash yagona talabgorning buyurtmanomasini koʻrib chiqish va KSZning tarmoq ixtisoslashuviga muvofiq ushbu investitsiya loyihasini KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlarida joylashtirish yoki joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majbur, mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan holat bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy tanlovda talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa, Maʼmuriy kengash yagona talabgorning buyurtmanomasini koʻrib chiqish va KSZning tarmoq ixtisoslashuviga muvofiq ushbu investitsiya loyihasi shartlari asosida KSZ hududidagi yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga joylashtirish yoki joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Maʼmuriy kengashning investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori uning aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda ovozlar teng boʻlganda, Maʼmuriy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Maʼmuriy kengashning qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direksiya va KSZ ishtirokchisi oʻrtasida ishlab chiqarish maydonida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) tuzish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha shartlari asosida yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga joylashtirish uchun asos boʻladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Maʼmuriy kengashning qarori tanlovning barcha ishtirokchilari, ularning takliflari mazmuni va investitsiya loyihasini tanlab olish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrsatgan holda, tanlov oʻtkazilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash majlisining bayonnomasi majlisda qatnashgan uning barcha aʼzolari va majlis kotibi tomonidan imzolanib, Maʼmuriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va shu kunning oʻzida ishchi organ tomonidan Maʼmuriy kengash aʼzolariga, direksiyaga, KSZ ishtirokchisiga yoki u vakolat bergan shaxsga, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy kengash bayonnomasining asl nusxasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Direksiya tanlov natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Maʼmuriy kengashning bayonnomasi rasmiylashtirilgan kunning oʻzida tanlov toʻgʻrisidagi eʼlon avval nashr qilingan Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining yagona portalida va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining yaqin sonlarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Maʼmuriy kengash, ishchi organ va direksiya talabgor tomonidan taqdim etilgan maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilgani uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Maʼmuriy kengash KSZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihasini tanlab olish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovning oshkoraligini taʼminlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. KSZ ishtirokchilarini joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Maʼmuriy kengashning bayonnomasi qabul qilingandan boshlab uch ish kuni mobaynida direksiya tanlab olingan investitsiya loyihasi shartlari asosida yer uchastkalarining investitsiya bitimi bilan birga elektron-onlayn auksionga joylashtirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarining elektron-onlayn auksion savdolari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda avtomatik ravishda:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion gʻolibiga KSZ ishtirokchisi maqomi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya auksion gʻolibi bilan bir ish kunida tanlab olingan investitsiya loyihasi shartlari asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Direksiya va KSZ ishtirokchisi oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim tomonlar imzolagan sanadan boshlab kuchga kiradi va KSZ faoliyat yuritishining butun davrida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. KSZda investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi bitimda koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KZS ishtirokchisi maqomidan mahrum boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZning faoliyati muddatidan oldin tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning kelishuvi yoki sud qarori mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
(37-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Direksiya investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektini KSZ ishtirokchisi sifatida roʻyxatga oladi va ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha KSZ ishtirokchisi guvohnomasini beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilgandan soʻng direksiya “bir darcha” tamoyili boʻyicha quyidagilar amalga oshirilishini taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi va kadastr organlari bilan birgalikda — yer uchastkasining chegaralarini naturada belgilash (Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida bayonnomasi qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida);
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspluatatsiya tashkilotlari bilan birgalikda — KSZ ishtirokchisi tomonidan taqdim etiladigan ehtiyojlarga muvofiq muhandislik-texnik kommunikatsiyalarga ulanishning texnik shartlarini tayyorlash (Maʼmuriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida bayonnomasi qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlarni qurish loyihasi boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasini belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish va olishda amaliy yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman va shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi organi bilan birgalikda — arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish (texnik shartlarni olgandan soʻng bir hafta muddatda);
(41-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilishining nazoratini belgilangan tartibda taʼminlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalar bilan shartnoma tuzishda yordam berish.
(41-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasining chegaralarini naturada belgilash va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha ishlar qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda KSZ ishtirokchisi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Vakolatli organ KSZ hududida qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilishda, foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomani majburiy tartibda Direksiya bilan kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Agar KSZ hududida ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish tanlov predmeti hisoblansa, investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim tuzilgandan soʻng uch kun mobaynida direksiya va tanlov gʻolibi oʻrtasida KSZ hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonlarining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuziladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq muddatli ijara shartnomasida, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqib, tegishli koeffitsiyentlarni qoʻllamagan holda ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugaganidan soʻng KSZ ishtirokchilari avval tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajargan boʻlsa, shartnoma muddatini belgilangan tartibda uzaytirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. KSZ ishtirokchilarining majburiyatlarni qabul qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Direksiyaning tegishli qarori qabul qilinishi KSZ ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng oʻzlari qabul qilgan barcha ijtimoiy va investitsiya majburiyatlari bajarilganining tasdigʻi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori KSZ ishtirokchisi tomonidan jalb etiladigan tashkilotlarning nazorat oʻlchovi va auditorlik tashkilotining hisoboti asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi (mavjud boʻlganda) KSZ ishtirokchisi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, mehnat, soliq va boshqa organlardan olinadigan maʼlumot orqali aniqlanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
451. Direksiya zaruratga koʻra, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
452. Direksiya quyidagi asoslarga koʻra investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi tomonidan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi oʻz faoliyatini loyihada koʻrsatilgan quvvatda amalga oshirmaganda yoki investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisiga mazkur Nizomga muvofiq yer uchastkalari hamda davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) ajratib berilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi Direksiyaning investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat etishga haqli.
(451 va 452-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. KSZ ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasi KSZ hududiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oy davomida uni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrilmasligi, shuningdek, obyektdan ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsaddan tashqari foydalanish shartnomani bir tomonlama bekor qilish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Agar KSZ ishtirokchisi tomonidan obyektiv sabablarga koʻra investitsiya loyihasini ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatda amalga oshirish taʼminlanmasa yoxud olti oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilmasa, Maʼmuriy kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlagan holda, unga qoʻshimcha muddat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoxud u bilan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. KSZ hududlarida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. KSZ hududida yer uchastkalari loyiha shartlari asosida elektron-onlayn auksion orqali 10 yilgacha uzoq muddatli ijaraga beriladi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasining barcha shartlarini bajargan ijarachi yer uchastkasi uzoq muddatli ijarasining muddatini uzaytirishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olgan ijarachi yer uchastkasini saqlash majburiyatlarini bajarganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu yer uchastkasida bino, qurilmalar va inshootlarni qurish yoki buzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijarachiga ijaraga berilgan yer uchastkasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzi tomonidan qurilgan binolar va inshootlarga ular foydalanishga topshirilgani toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bir oy muddatda egalik huquqi beriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ijaraga olingan yer uchastkasini yoki uning qismini subijaraga berish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, almashtirish obyekti boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijarachi oʻzining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqlarini faqat qonunchilik hujjatlarida yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan holatlardagina ijaraga beruvchining roziligisiz garovga berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi tomonidan ijaraga olingan yer uchastkasida barpo etilgan bino va (yoki) inshootlar garov boʻyicha qarzlarni qoplash bilan bogʻliq holda sotilganda, hadya qilinganda, almashtirilganda yoki yoʻqotilganda, ushbu binolar va (yoki) inshootlar Maʼmuriy kengashning qaroriga asosan KSZ ishtirokchisi maqomini olgan yangi mulkdorga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda KSZ ishtirokchisi maqomini yangi olgan shaxs bilan belgilangan tartibda KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim va yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuziladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Direksiya yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida elektron-onlayn auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma va ijara shartnomasining nusxasini davlat yer tuzish korxonasining filialiga yuboradi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Davlat yer tuzish korxonasining filiali tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda mazkur Nizomning 54-bandidagi hujjatlarni olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilaydi, yer uchastkasining chegaralarini natura shaklida ijarachiga koʻrsatadi hamda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Yer tuzish davlat korxonasi filialining va tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimining yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash, yer uchastkasining rejasini tuzish, yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash va koʻrsatish boʻyicha bajargan ishlarining qiymati qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar qiymati KSZ ishtirokchisi tomonidan shartnoma asosida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Yer uchastkasining ijara toʻlovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan yer soligʻini toʻlash muddatlarida va stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasining ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdori mazkur yer uchastkasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan yer soligʻi miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auksion orqali yer ijaraga olinganda ijara toʻlovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlashni kechiktirib toʻlashi mumkin.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Ijarachi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq shaharsozlik faoliyati bilan bogʻliq qurilish va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish loyihasisiz barpo etilgan bino yoki inshootlarga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Uzoq muddatli ijara shartnomasiga rioya qilinmagan taqdirda, ijaraga beruvchi uni bekor qilish uchun tashabbus koʻrsatishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. KSZ ishtirokchisidan yer uchastkasi uzoq muddatli ijara shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda bekor boʻlganda olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida loyihalarni ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni bogʻlash belgilangan tartibda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan yer ijarasi shartnomasi, qurilish tashkiloti tomonidan beriladigan loyihalash topshiriqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan beriladigan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari asosida amalga oshiriladi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. KSZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni xususiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. KSZ ishtirokchilariga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ xududida oʻz mablagʻlari hisobidan qurilgan binolar va inshootlarga (ularning qismiga) egalik huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga berilgan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajarish sharti bilan, ammo KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda xususiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab uch yildan soʻng xususiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. KSZ ishtirokchisi tomonidan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar vakolatli organning xulosasi asosida ularni xususiylashtirishda inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. KSZ hududidagi bino va inshootlar (yoki ularning qismi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisining oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan bino va inshootlar (yoki ularning qismi) KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab uch yildan soʻng — rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash xarajatlarini chegirib tashlagan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajarish sharti bilan (ishtirokchining oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni amalga oshirmasdan), ammo KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab besh yildan soʻng — toʻlovlarni besh yil mobaynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqini bergan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. KSZ hududidagi bino va inshootlar ushbu Nizom talablarini inobatga olgan holda, davlat tasarrufidagi obyektlarni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ hududidagi koʻchmas mulklarga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan tartibda hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ hududida joylashgan bino va inshootlarni xususiylashtirish masalalari ushbu Nizom talablarini bajarish sharti bilan Maʼmuriy kengashning tegishli qarori asosida belgilangan tartibda ilgari suriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
641. KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) mazkur Nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajargan KSZ ishtirokchisi davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimga asosan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) qabul qilingan kundan boshlab xususiylashtirishga ariza berilgan davrda KSZ ishtirokchisi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) boʻyicha nazorat oʻlchovi hamda KSZ ishtirokchisi maqomini olganiga kamida uch yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi maqomini olganiga kamida besh yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat va davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) KSZ ishtirokchisi tomonidan Direksiya bilan kelishilgan holda ularga qilingan xarajatlar boʻyicha nazorat oʻlchovi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
642. Direksiya besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni (investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilganligi toʻgʻrisida Direksiya qarori, kadastr hujjati, nazorat oʻlchovi, KSZ ishtirokchisiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot) ilova qilgan holda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
643. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi mazkur Nizomning 642-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, xulosa kelib tushgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni Direksiyaga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
644 Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan yetti kun muddatda baholovchi tashkilotni belgilangan tartibda jalb etadi. Bunda baholovchi tashkilotni jalb etish uchun ishlab chiqilgan texnik shartda oʻn kun muddatda baholovchi tashkilot tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot va ushbu hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi ekspert xulosasida obyektning bugungi kundagi baholangan qiymati va KSZ ishtirokchisi tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) sarflangan xarajatlar chegirilgan holdagi qiymati, shuningdek, binoga sarflangan xarajatlarni chegirishda, avval mazkur KSZ ishtirokchisiga ijara haqi yuzasidan berilgan chegirmalar inobatga olinishi lozimligi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda baholovchi tashkilot jalb etilgandan soʻng unga mazkur Nizomning 642-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni hamda balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolangan tegishli xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari, madaniy meros, fuqaro muhofazasi obyektlari va servitut mavjudligi hamda KSZ ishtirokchisiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
645. Davlat koʻchmas mulk obyektining bahosi baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangandan keyin Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bir ish kuni ichida KSZ ishtirokchisiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtada topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda KSZ ishtirokchisi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida ekspert xulosasi olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, oʻn ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektini KSZ ishtirokchisi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda KSZ ishtirokchisi davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olishni rad etgan yoki bir oy muddatda munosabat bildirmagan taqdirda, davlat mulkini ijaraga olish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatda faoliyatini amalga oshirishga, shuningdek, ijaraga olish shartnomasi boʻyicha muddat yakunlanganda, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan shartnomani qayta rasmiylashtirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning oʻzaro kelishuviga erishish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar sudlarga murojaat qilishdan avval kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
646. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab besh yil ichida teng ulushlarda toʻlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlovning 35 foizi bir oy ichida toʻlanishi lozim, agar toʻlanmagan taqdirda, Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha foizlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida KSZ ishtirokchisiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
647. Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni doirasida KSZ hududidagi yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament talablari asosida xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
648. KSZ hududida joylashgan va KSZ ishtirokchilariga berilgan hamda investitsiya bitimlari yoki shartnomalarda xususiylashtirilishi koʻrsatilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan ishtirokchilarga qonunga muvofiq xususiylashtirib beriladi.
(641 — 648-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. KSZ ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. KSZ ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli ijara shartnomalari doirasida ajratilgan yer uchastkalari va (yoki) ishlab chiqarish maydonlariga mustaqil egalik qilish va ulardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning barqaror ishlashini taʼminlashni talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish faoliyatining boshlanishi kechikishiga obyektiv sabablar mavjud boʻlganda, Maʼmuriy kengashning qarori asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish muddatini uzaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va Maʼmuriy kengashning talablariga, shu jumladan, KSZ ixtisoslashuvi boʻyicha tegishli talablarga rioya etishga;
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish boshlanishi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitimda nazarda tutilgan va ijtimoiy sugʻurta badallari toʻlayotgan xodimlarning haqiqiy soni toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan miqdorda yangi ish oʻrinlari yaratish va xodimlarni qoʻshimcha yollashni taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan bitim va uzoq muddatli ijara shartnomasi shartlarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish jadvalining muddatlari va parametrlariga rioya etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maydonlarining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilganidan boshlab olti oydan kechikmasdan, KSZ hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishni boshlashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. KSZ ishtirokchisi maqomini toʻxtatish yoki undan mahrum qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. KSZ ishtirokchisi maqomini toʻxtatish yoki undan mahrum qilish belgilangan tartibda direksiya yoki ishchi organning asoslantirilgan takliflariga koʻra Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish haqidagi qaror KSZ ishtirokchisining uni ushbu maqomdan mahrum qilish haqida bergan arizasiga asosan yoxud qonunchilik hujjatlariga muvofiq u tugatilgan hollarda Maʼmuriy kengash tomonidan qabul qilinishi mumkin.
(68-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KSZ ishtirokchisi maqomini olish, KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan bahs va kelishmovchiliklar Maʼmuriy kengashning qarori asosida direksiyaning arizasi boʻyicha sud tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya Maʼmuriy kengashning qarori qabul qilingandan soʻng yoki KSZ ishtirokchisini ushbu maqomdan mahrum qilish toʻgʻrisida sud qarori kuchga kirgan kunning oʻzida KSZ ishtirokchilari reyestriga KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilingani haqidagi yozuvni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. KSZ faoliyatini tugatish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Maʼmuriy kengash raisi, uning aʼzolari va ishchi organi, direksiya direktori va xodimlari, KSZ ishtirokchilari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishiga shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Ushbu Nizomning talablarini bajarishda vujudga keladigan nizo va munozaralar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor
Tashkiliy masalalar, monitoring va tahlil sektori
1
Bosh buxgalter
1
Shartnomalarni roʻyxatga
olish sektori
(yuriskonsult)
1
Investorlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Infratuzilma bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis
1
Har bir kichik sanoat zonasiga biriktirilgan bir nafardan masʼul xodimlar (zaruratga koʻra)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Har bir kichik sanoat zonasiga biriktiriladigan masʼul xodimlarning soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining Maʼmuriy kengashlari tomonidan hududdagi kichik sanoat zonalari sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni tasdiqlangan meʼyorlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kichik zonalarni boshqarish boʻyicha yagona direksiyaning tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqarishning oʻziga xos tartibini kiritish boʻyicha xuquqiy tajriba toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoniga muvofiq erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
__________ viloyatining
Erkin iqtisodiy zonalar
va kichik sanoat zonalarining
maʼmuriy kengashiga
“______________________” kichik sanoat zonasida joylashgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun
INVESTITSIYA BUYURTMANOMASI
1. Talabgor haqida maʼlumot:
Talabgor tashkilotning nomi, joylashgan mamlakati
Talabgor haqida maʼlumotlar, shu jumladan davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va joyi, taʼsischisi(lari) va boshqalar.
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav fondida taʼsischilar ulushlarining taqsimlanishi va ulushlar shakli
Talabgor tashkilot joylashgan joy (manzili)
2. Investitsiya loyihasi haqida maʼlumotlar:
Investitsiya loyihasining nomi
Investitsiya loyihasining tavsifi i maqsadi, shu jumladan rejalashtirilayotgan yillik ishlab chiqarish quvvati
Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, maqsadi va asosiy xususiyatlari
Mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik hajmi, shu jumladan eksport qilish va ichki bozor uchun moʻljallangan hajmlar (fizik va qiymat koʻrinishida)
Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning asosiy turlari (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi ( % da)
Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga boʻlgan yillik ehtiyoj (soʻmda yoki AQSH dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import.
Mahsulot standartlari — O`zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar.
Ishlab chiqarish ishga tushgan sana
Yaratilgan yangi ish oʻrinlarining soni, shu jumladan mahalliy ishchilar
3. Zarur maydon va infratuzilma haqidagi maʼlumot:
Talab etiladigan maydon (ga)
Talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni (kv. metr)
Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kVt/soat), belgilanayotgan quvvat (kVt yoki MVt)
Tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kub metr), bosim (atm.)
Ichimlik va texnik suviga (yiliga kub metr) hamda kanalizatsiyaga boʻlgan ehtiyoj
Mavjud tashlamalar, shu jumladan gazlar (nomi) kg yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomi) t/oyiga, suyuq chiqindilar (nomi) t/oyiga va boshqalar.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“____________________” kichik sanoat zonasi direksiyasi” davlat muassasasi GUVOHNOMA
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonasi hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajargan kichik sanoat zonasi ishtirokchisi
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun Direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi.
Bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng
2-bosqich
Direksiya
Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Besh ish kuni ichida
3-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi.
Besh ish kuni ichida
2. Baholovchi tashkilotni jalb etadi va davlat koʻchmas mulki obyektini baholatadi.
Oʻn yetti kun muddatda
KSZ ishtirokchisiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtada topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.
Bir ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi,
Direksiya,
Kichik sanoat zonasi ishtirokchisi
KSZ ishtirokchisining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, davlat koʻchmas mulk obyektini KSZ ishtirokchisi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.
Oʻn ish kuni ichida
5-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
KSZ ishtirokchisiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
Toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/134/0272-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)