Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2023 13.12.2019 yildagi 993-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.12.2019 yildagi 993-son
Date of entry into force
01.01.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2023
Hujjat 01.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-sonli “Davlat oʻrmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-son qarori ijrosini taʼminlash hamda davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror 2020-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat kilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
993-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni hamda “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-son qaroriga muvofiq davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat oʻrmon fondi uchastkasi (keyingi oʻrinlarda oʻrmon fondi uchastkasi deb ataladi) — davlat oʻrmon fondining bir qismi boʻlib, ular davlat oʻrmon kadastrida koʻrsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan eriga, hukuqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi), Qoʻmita tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijarachi — ijaraga beruvchi bilan ushbu Nizomda belgilangan shartlarda va tartibda oʻrmon fondi uchastkasini (uning bir qismini) ijaraga berish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda ijara shartnomasi deb ataladi) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmondan doimiy foydalanuvchi — oʻrmon fondi uchastkasi doimiy egalik kilishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom davlat oʻrmon fondi yerlari tarkibiga kirmagan yerlarni ijaraga berishda tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizomga muvofiq oʻrmon fondi uchastkalari (ularning bir qismi) quyidagi shakllarda ijaraga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlarida yangidan barpo etilgan va kamida bir yilgacha boʻlgan muddatda parvarishlangan oʻrmonlar joylashgan yerlarni (keyingi oʻrinlarda parvarishlangan oʻrmonlar deb ataladi) ijaraga olish huquqini kimoshdi savdolari asosida sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlarida yangidan oʻrmon barpo etish, shuningdek, ushbu yerlardan ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya, estetik va ekologik turizmni rivojlantirish maqsadlarida foydalanish, ovchilik va baliqchilik xoʻjaliklari tashkil etish, dorivor oʻsimliklar va koʻchatlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi yerlarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun. Bunda oʻrmon fondi uchastkalarini (ularning bir qismini) ijaraga berish davlat-xususiy sheriklik toʻgrisidagi bitim doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻrmon fondi uchastkalari mazkur Nizom 4-bandining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda — ellik yilgacha boʻlgan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda — uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmagan muddatga ijaraga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun oʻrmon fondi uchastkalarini (ularning bir qismini) ijaraga berish davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ijaraga beriladigan oʻrmon fondi uchastkalari roʻyxatini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kelgusi yil davomida oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etish uchun har yili dekabr oyida Qoʻmita Hayʼatining qarori qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorida:

kelgusi yil davomida oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi;

kelgusi yil davomida ijaraga berish uchun kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan oʻrmon fondi uchastkalari maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari;

kelgusi yil davomida oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan (oʻrmon bilan koplanmagan) yerlarida yangidan oʻrmon barpo etish uchun Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgarmasidan ajratiladigan mablagʻlarning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga berish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi uchastkasini xatlovdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning oʻrmon fondi uchastkasini (uning bir qismini) ijaraga berish toʻgrisidagi takliflarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berish mumkin boʻlgan oʻrmon fondi uchastkasi hududlarini va ularning koordinatalarini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etiladigan oʻrmon fondi uchastkalarini raqamlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif etiladigan oʻrmon fondi uchastkalari roʻyxatini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan ijara shakllaridan qaysi birini qoʻllash toʻgʻrisidagi taklif hamda uning asosiy shartlarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga berish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotlarni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi takliflar Komissiya tomonidan belgilanadigan talablar asosida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ijaraga beriladigan oʻrmon fondi uchastkasi imkoni boricha yagona mavze boʻyicha, boʻlinmalar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, yer uchastkasi chegaralari sugʻorish tarmoqlari, kollektorlar, yoʻllar va boshqa elementlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi kerak,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi takliflar oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan Qoʻmitaga elektron shaklda, uning hududiy organlari orqali bir oy muddatda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul kiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

13. Komissiya karorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi har bir taklif boʻyicha ijobiy yoki asoslantirilgan salbiy xulosa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijobiy xulosa qabul kilingan takliflar asosida shakllantirilgan lotlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir lot boʻyicha kimoshdi savdolari oʻtkaziladigan manzil va sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir lot boʻyicha kimoshdi savdolarining shartlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya qaroriga asosan, qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Qoʻmitaning veb-saytida, mahalliy ommaviy axborot vositalarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining binolarida eʼlon osib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlonda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, uning (masʼul xodimining) aloqa telefoni, elektron pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasining raqami, tavsifi, u joylashgan joyi, oʻrmondan doimiy foydalanuvchining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara muddati;

oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga berish shartlari, shu jumladan undan foydalanish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma shakli, taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati va ularni kabul qilishning yakuniy sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchining xohishiga koʻra boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiya tomonidan asoslantirilgan salbiy xulosa qabul qilingan taqdirda, bu haqida taklif muallifiga yer uchastkasini ijaraga berish imkoni yoʻqligining asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda besh kun ichida xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kimoshdi savdolarini oʻtkazish va ijara shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha kimoshdi savdolari (keyingi oʻrinlarda kimoshdi savdolari deb ataladi) Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga tegishli eʼlon joylashtirilgan kundan boshlab kamida oʻttiz kalendar kundan keyin Komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda kimoshdi savdolari boshlangʻich narxni oshirib borish shaklida oʻtkaziladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimoshdi savdolaridagi boshlangich narx miqdori ushbu oʻrmon fondi uchastkasida yangidan himoya oʻrmonlari barpo etish, ularni kamida bir yil davomida parvarish qilish va infratuzilma obyektlarini qurish uchun Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgarmasidan sarflangan xarajatlardan kam boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovining yillik miqdori ijara toʻlovining tayanch stavkasi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizomning 4-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda kimoshdi savdolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara toʻlovining eng kam stavkasini oshirib borish shaklida oʻtkaziladi, bunda ijara toʻlovining boshlangʻich miqdori ijara toʻlovining eng kam stavkasidan kam boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida ijara toʻlovi boʻyicha “nol” stavkani koʻllash nazarda tutilgan hollarda, kiritiladigan investitsiya miqdorini oshirib borish shaklida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kimoshdi savdolarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi talabnomalar Komissiya tomonidan ularning kelib tushish ketma-ketligi boʻyicha roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlonda koʻrsatilgan yakuniy muddat tugagandan keyin kelib tushgan talabnomalar kabul qilinmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Talabnomalar eʼlonda koʻrsatilgan sanada Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Talabgorlar (talabgor) talabnomalarni koʻrib chiqishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Talabgorlar tomonidan kimoshdi savdolarida teng takliflar taqdim etilgan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beriladigan oʻrmon fondi uchastkasi joylashgan hududda yashovchi yuridik va jismoniy shaxslar boshqa shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har ikki talabgor ham ijaraga beriladigan oʻrmon fondi uchastkasi joylashgan hududda yashagan taqdirda, nisbatan oldin murojaat qilgan talabgor ustun huquqqa ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Faqat bir nafar talabgordan talabnoma kelib tushgan va uning taklifi eʼlonda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, ijara shartnomasi yagona talabgor bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Eʼlonda koʻrsatilgan muddat davomida birorta ham talabnoma kelib tushmagan taqdirda mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroran kimoshdi savdolari oʻtkazilishi toʻgrisida eʼlon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Texnik imkoniyatlar mavjud boʻlgan taqdirda kimoshdi savdolari elektron savdo maydonchalari orkali onlayn-auksionlar yoʻli bilan ham oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Talabnomalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma kimoshdi savdolari oʻtkazilgan kunda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻrmon fondi uchastkasi ularga nisbatan ijaraga beruvchida yoki oʻrmondan doimiy foydalanuvchida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor tomonidan ilgari tuzilgan ijarasi shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning muomalaga layoqatsizligi yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslarga ijaraga berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ijara shartnomalari qatʼiy hisobda turuvchi, maʼlum seriya, tartib raqamiga ega maxsus blanklarda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ijara shartnomasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi maydoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara haqi miqdori va uni toʻlash muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi yer turlari va holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijarachining oʻrmon fondi uchastkasidan foydalanish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasining amal qilishi toʻxtatilganidan keyin ijarachining oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga beruvchiga qanday holatda va kay tartibda qaytarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilgan oʻrmon fondi uchastkasi holatini saqlash va yaxshilash yuzasidan tomonlarning majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi uchastkasidan moʻljallangan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalanish yuzasidan ijarachining majburiyatlari nazarda tutilgan qoidalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasiga tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi chegaralari ijara shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadigan dalolatnoma va xaritada koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ijarachi ijaraga olingan oʻrmon fondi uchastkasi hududidagi oʻsimlik dunyosiga oʻzboshimchalik bilan zarar keltirishi mumkin emas, parvarishlangan oʻrmonlar va oʻrmon bilan qoplanmagan yerlarda barpo etilgan oʻrmonlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ijarachi ijaraga olingan oʻrmon fondi uchastkasi hududidagi oʻsimlik dunyosiga oʻz hisobidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishi va uni saqlash boʻyicha xarajatlarni qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga olish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi va oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina garovga koʻyilishi yoki boshqacha tarzda uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijarachi ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda, oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga olish hukuqini uchinchi shaxsga oʻtkazish (ijarachini almashtirish) huquqiga ega. Bunda ijara shartnomasi shartlariga oʻzgartirish kiritmagan holda, ijarachini almashtirish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuv tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻz majburiyatlarini zarur tarzda bajargan ijarachi boshqa shartlar teng boʻlgan takdirda, yangi muddatga ijara shartnomasini tuzishda boshqa talabgorlar oldida ustunlik hukuqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ijaraga beruvchi oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga olish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni ikki kun muddatda koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Komissiya hududiy organlar tomonidan takdim etilgan hujjatlarni besh kun muddatda koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa kabul qiladi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar nusxasi ijaraga beruvchilarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ijaraga beruvchi Komissiya tomonidan ijobiy xulosa berilgan talabgorga uch kun muddatda ijara shartnomasini rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda 5 gektargacha oʻlchamda ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi talabgorlarga Uzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat koʻmitasi tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ijara toʻlovi stavkasini annqlash va xisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ijara toʻlovining eng kam stavkasi oʻrmon fondi uchastkasining bir gektari uchun bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon fondi uchastkasining yer toifasidan va joylashish zonasidan kelib chiqib, ijara toʻlovi stavkasini (ijara toʻlovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ts=Es*Kch+Es*Ke+Es*Kkt+Es*Kt+Es*Kp, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ts — bir yilga bir gektar uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Es — bir yilga bir gektar uchun eng kam stavka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kch — choʻl maydoni uchun 0,5%;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ke — ekin maydon uchun 1 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kqt — qir-adir va togʻli maydon uchun 0,75%;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kt — toʻqayzor maydon uchun 0,75%;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kp — parvarishlangan oʻrmonlar uchun 1,25%.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parvarishlangan oʻrmonlarni ijaraga berishda yer toifasi va joylashish zonasidan qatʼiy nazar, “Kp”dan boshqa koeffitsiyentlar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita Hayʼatining qaroriga muvofiq hududning yoki oʻrmon fondi uchastkasining likvidliligidan kelib chiqib, qoʻshimcha ravishda pasaytiruvchi yoki oʻsuvchi koeffitsiyent qoʻllanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ijara toʻlovi summasi toʻlov amalga oshirilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chikib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara toʻlovi toʻliqligicha Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ijara shartnomasida kommunal va asosiy vositalardan foydalanish (ijaraga olish) toʻlovlari, shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud boʻlganda) uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda alohida toʻlov nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ijara toʻlovi ijarachi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun muddat ichida joriy yil uchun 100 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi yillarda toʻlov ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (yil, chorak) uchun 100 foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ijara toʻlovi kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi har oyda quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasida qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — oʻrmondan doimiy foydalanuvchining shaxsiy gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ijaraga berilgan oʻrmon fondi uchastkalarini hisobga olish, ularning maʼlumotlar bazasini shakllantirish va reyestrini yuritish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara toʻlovi, penya va jarimalarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish oʻrmondan doimiy foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oʻrmon fondi uchastkasini topshirish-qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oʻrmon fondi uchastkasini topshirish-qabul qilish oʻrmondan doimiy foydalanuvchi va ijarachi oʻrtasida tuziladigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Topshirish-qabul qilish dalolatnomasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasidagi mavjud bino va inshootlar, sugʻorish va zax qochirish tarmoqlari, yoʻl va boshqa muhandislik tarmoqlari, daraxt va butalar soni, yoshi va turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi uchastkasining holati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ijaraga beruvchi oʻrmon fondi uchastkasini ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatda ijarachiga berishi, ijarachi esa ijara muddati tugagach yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda yoxud haqiqiy emas deb hisoblanganda, ijaraga beruvchiga buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilib qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ijaraga olingan oʻrmon fondi uchastkasida kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari), ijarachi oʻrmon fondi uchastkasi shartnomada belgilangan muddatlarda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirilgungacha yoki yetkazilgan zararning oʻrni qoplagungacha uni qabul qilib olishni va oʻrmon fondi uchastkasini topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashni rad etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga berishning ushbu Nizomda koʻrsatilmagan shartlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ijara shartnomasiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni tomonlar bajarmagan takdirda, ular qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga berish munosabati bilan paydo boʻladigan nizolar sudning hal kiluv karori bilan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaripi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Kelgusi yil davomida oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) Hayʼatining qarori qabul qilinadi.

Hayʼat qarorida:

kelgusi yil davomida oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi;

kelgusi yil davomida ijaraga berish uchun kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan oʻrmon fondi uchastkalari maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari;

kelgusi yil davomida oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlarida yangidan oʻrmon barpo etish uchun Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanadi.

Har yili dekabr oyida

2-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy organlari

Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi takliflar oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan Qoʻmitaga elektron shaklda, uning hududiy organlari orqali taqdim etiladi.

Bir oy muddatda

3-bosqich

Komissiya

Komissiya zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi.

Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Har chorakda

4-bosqich

Komissiya

Komissiya qaroriga asosan, qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Qoʻmitaning veb-saytida, mahalliy ommaviy axborot vositalarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining binolarida eʼlon osib qoʻyiladi.

5 kun muddatda

5-bosqich

Komissiya

Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha kimoshdi savdolari (keyingi oʻrinlarda kimoshdi savdolari deb ataladi) Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga tegishli eʼlon joylashtirilgan kundan boshlab kamida oʻttiz kalendar kundan keyin Komissiya tomonidan oʻtkaziladi.

Kamida 30 kalendar kunidan keyin

6-bosqich

Komissiya

Kimoshdi savdolarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi talabnomalar Komissiya tomonidan ularning kelib tushish ketma-ketligi boʻyicha roʻyxatga olinadi.

Eʼlonda koʻrsatilgan yakuniy muddat tugagandan keyin kelib tushgan talabnomalar qabul qilinmaydi va koʻrib chiqilmaydi.

Kamida 30 kalendar kun ichida

7-bosqich

Komissiya

Talabnomalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma kimoshdi savdolari oʻtkazilgan kunda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Kimoshdi savdolari oʻtgan kunida

8-bosqich

Ijaraga beruvchi

Ijaraga beriladigan davlat oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga olish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Komissiyaga taqdim etadi.

2 kun muddatda

9-bosqich

Komissiya

Ijaraga beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha xulosa qabul qiladi.

Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar nusxasi ijaraga beruvchilarga yuboriladi.

5 kun muddatda

10-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari

Ijaraga beruvchi Komissiya tomonidan ijobiy xulosa berilgan talabgor bilan ijara shartnomasini rasmiylashtiradi.

5 gektargacha oʻlchamda ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan rasmiylashtiriladi.

3 kun muddatda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/993/4152-son; 04.02.2021-y., 09/21/50/0081-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)