ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
1-bosqich |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
Kelgusi yil davomida oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) Hayʼatining qarori qabul qilinadi. Hayʼat qarorida: kelgusi yil davomida oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi; kelgusi yil davomida ijaraga berish uchun kimoshdi savdolariga qoʻyiladigan oʻrmon fondi uchastkalari maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari; kelgusi yil davomida oʻrmon fondining oʻzlashtirilmagan (oʻrmon bilan qoplanmagan) yerlarida yangidan oʻrmon barpo etish uchun Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanadi. |
Har yili dekabr oyida | |||
|
2-bosqich |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy organlari |
Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi takliflar oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan Qoʻmitaga elektron shaklda, uning hududiy organlari orqali taqdim etiladi. |
Bir oy muddatda | |||
|
3-bosqich |
Komissiya |
Komissiya zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta taqdim etilgan takliflarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. |
Har chorakda | |||
|
4-bosqich |
Komissiya |
Komissiya qaroriga asosan, qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Qoʻmitaning veb-saytida, mahalliy ommaviy axborot vositalarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining binolarida eʼlon osib qoʻyiladi. |
5 kun muddatda | |||
|
5-bosqich |
Komissiya |
Oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha kimoshdi savdolari (keyingi oʻrinlarda kimoshdi savdolari deb ataladi) Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga tegishli eʼlon joylashtirilgan kundan boshlab kamida oʻttiz kalendar kundan keyin Komissiya tomonidan oʻtkaziladi. |
Kamida 30 kalendar kunidan keyin | |||
|
6-bosqich |
Komissiya |
Kimoshdi savdolarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi talabnomalar Komissiya tomonidan ularning kelib tushish ketma-ketligi boʻyicha roʻyxatga olinadi. Eʼlonda koʻrsatilgan yakuniy muddat tugagandan keyin kelib tushgan talabnomalar qabul qilinmaydi va koʻrib chiqilmaydi. |
Kamida 30 kalendar kun ichida | |||
|
7-bosqich |
Komissiya |
Talabnomalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma kimoshdi savdolari oʻtkazilgan kunda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi. |
Kimoshdi savdolari oʻtgan kunida | |||
|
8-bosqich |
Ijaraga beruvchi |
Ijaraga beriladigan davlat oʻrmon fondi uchastkasini ijaraga olish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Komissiyaga taqdim etadi. |
2 kun muddatda | |||
|
9-bosqich |
Komissiya |
Ijaraga beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha xulosa qabul qiladi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar nusxasi ijaraga beruvchilarga yuboriladi. |
5 kun muddatda | |||
|
10-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari |
Ijaraga beruvchi Komissiya tomonidan ijobiy xulosa berilgan talabgor bilan ijara shartnomasini rasmiylashtiradi. 5 gektargacha oʻlchamda ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi uchastkasi talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan rasmiylashtiriladi. |
3 kun muddatda |
2-ILOVA
|
NAMUNAVIY ShARTNOMA |
|
|
|||||||||
|
20___ yil “___” ___________ |
№ _____ |
_____________________ | |||||||
|
(shartnoma tuzilgan joy) | |||||||||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita), Qoʻmita tomonidan vakolat berilgan hollarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari_________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
(ijaraga beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||||||||
|
orqali, keyingi oʻrinlarda — “Ijaraga beruvchi”, bir tomondan, hamda ______________________________________________________________________________________ orqali, keyingi | |||||||||
|
(ijaraga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||||||||
|
oʻrinlarda — “Ijaraga oluvchi”, ikkinchi tomondan ushbu Shartnoma quyidagilar toʻgʻrisida tuzildi: | |||||||||
|
I. Shartnoma predmeti | |||||||||
|
1. Ijaraga beruvchi 20____ yil “_____” _______________ dan _______________ yil muddatga ___________________________________________________________ da joylashgan _________ gektar yer uchastkasini dalolatnoma asosida ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi. 2. Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari, mavjud koʻchmas mulk obyektlari, daraxtlar, irrigatsiya, melioratsiya tizimlari, yoʻllar va boshqa infratuzilma obyektlari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan yer maydonlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va xaritada koʻrsatiladi. | |||||||||
|
3. Yer uchastkasi ______________________________________________________________________ uchun berildi. | |||||||||
|
(ijaraga berish maqsadi va ixtisoslashuvi) | |||||||||
|
4. Ijaraga berilayotgan yer maydoni jami ________ gektar boʻlib, shundan __________________________________________________________________________________ yer turlaridan iborat. 5. Servitutlar _________________________________________________________________________________. | |||||||||
|
II. Ijara haqi | |||||||||
|
6. Oʻrmon fondi uchastkasining ijara toʻlovi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan __________________________________________________________________________________________________________ 7. Ijara toʻlovini oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi. 8. Ijara shartnomasida kommunal va asosiy vositalardan foydalanish (ijaraga olish) toʻlovlari, shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari (mavjud boʻlganda) uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda alohida toʻlov nazarda tutiladi. 9. Ijara toʻlovi toʻliqligicha Qoʻmitaning STIR: 200 934 675, XXTUT: 97 300, IFUT: 84 112, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi h/r 23 402 000 300 100 001 010, MFO 00 014, MB BB XKKM Toshkent shahri STIR: 201 122 919, Fond sh/x: 4014 1086 0262 9470 4220 1142 002 (jarima, yaylov, ijara va boshqa tushumlar tushadigan hisobvaraq), manzil: ____________________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ Qoʻmitaning Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. | |||||||||
|
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari | |||||||||
|
10. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 3-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda, belgilangan tartibda foydalanilishi kerak. 11. Ijaraga olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirish, ichki xoʻjalik obyektlari qurilishi ishlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 12. Oʻrmon fondidan vaqtincha foydalanish uchun olingan yer maydoni foydalanish muddati tugaganda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yerlar qayta tiklanib (rekultivatsiya), Ijaraga beruvchiga dalolatnoma orqali topshirishlari shart. 13. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin. | |||||||||
|
IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari | |||||||||
|
14. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega: Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoki yer uchastkasini yoxud uning bir qismini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda ushbu Shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish; oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; ijara haqini muddatida toʻlanishini talab qilish. Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari ______________________________________________________________. 15. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur: ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini taʼminlash; Ijaraga oluvchining qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish; erdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik, ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish, ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash, qoʻshni ijarachilarning huquqlarini buzmaslik talablarini qoʻyish; Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari ______________________________________________________. | |||||||||
|
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari | |||||||||
|
16. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega: yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq ravishda xoʻjalik yuritish; yer uchastkasida mavjud boʻlgan oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek, tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirish orqali erning boshqa foydali xossalarini ishga solish; erlarning zaxini qochirish, agrotexnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish; ekinlarni, daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish: oʻrmonlarni muhofaza qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan tartiblarga rioya etish; oʻrmonlarda yongʻinga qarshi tadbirlarni oʻtkazish va yongʻinlarni bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek, oʻrmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish; ijaraga beruvchi bilan kelishgan holda davlat oʻrmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirish; ijaradan foydalanganlik uchun oʻz vaqtida va belgilangan tartibda haq toʻlash; oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik. Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir. 17. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur: yer uchastkasi ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 3-bandiga muvofiq saqlash; mavjud daraxtlarni toʻliq holda saqlash va koʻpaytirish choralarini koʻrish, erdan uning belgilangan maqsadiga qatʼiy muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik; mavjud irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash; yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish; ijaraga olingan yer maydonida oʻzboshimchalik bilan qurilish inshootlari qurmaslik; ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash. Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir. Mazkur ishlarni amalga oshirishdagi sarf-xarajatlar Ijaraga oluvchi tomonidan qoplanadi. | |||||||||
|
VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish | |||||||||
|
18. Mazkur Shartnomaning talablari bajarilmasligi Shartnoma bekor qilinishiga asos boʻladi. Boshqa hollarda Shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa — sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 19. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda; erdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, samarasiz foydalanilganda, Ijaraga oluvchining aybi bilan bir yil davomida ijara haqi toʻlanmaganda; erlarning ekologik holati Ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda; Shartnoma shartlari bajarilmaganda; yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilganda. Shartnoma qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin. | |||||||||
|
VII. Tomonlarning javobgarligi | |||||||||
|
20. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonunchilik hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir. 21. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish moʻljali toʻgʻrisida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda moʻljallanayotgan bekor qilish sanasidan uch kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi. | |||||||||
|
VIII. Nizolarni hal etish | |||||||||
|
22. Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo boʻladigan nizolar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi. | |||||||||
|
IX. Shartnomaning alohida shartlari | |||||||||
|
23.________________________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
(Shartnomada nazarda tutilmagan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shartlar koʻrsatiladi) | |||||||||
|
_________________________________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
_________________________________________________________________________________________________________________ | |||||||||
|
X. Yakunlovchi qoidalar | |||||||||
|
24. Ushbu Shartnoma uch nusxada tuzildi. Ulardan bittasi Qoʻmitada, ikkinchisi ijaraga beruvchida, uchinchisi ijaraga oluvchida saqlanadi. 25. Qoʻmitada roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalar haqiqiy hisoblanmaydi. | |||||||||
|
Tomonlarning manzillari: | |||||||||
|
Ijaraga beruvchi: |
Ijaraga oluvchi: |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
Tomonlarning imzolari: | |||||||||
|
Ijaraga beruvchi _________ |
Ijaraga oluvchi __________ |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
________________________ |
________________________ |
||||||||
|
Imzo ________________________F.I.O. |
Imzo |
__________________________ |
|||||||
|
M.Oʻ. |
|||||||||
|
Pasport maʼlumotlari | |||||||||
|
_____________________________ | |||||||||
|
STIR ________________________ | |||||||||
|
Shartnoma 20 ____ yil “______” ______________ da ______ -son tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. | |||||||||
|
Imzo _______________________ F.I.O ______________________________ | |||||||||
|
M.Oʻ. |
|||||||||