Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2021 23.11.2019 yildagi 946-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.11.2019 yildagi 946-son
Date of entry into force
23.11.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 612-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-sentabrdagi PQ-4436-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi A.T. Axmedov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
946-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 946-son qaroriga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) ning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
din ishlari sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlashga masʼul vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda “jaholatga qarshi maʼrifat” ulugʻvor gʻoyasi asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targʻib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash masalalarini oʻrganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, targʻibot va tashviqot tadbirlarini oʻtkazish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻmita oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita tuzilmasi Qoʻmitaning markaziy apparatidan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmita yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoʻmitaning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgani — Din ishlari boʻyicha qoʻmita;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq — Komitet po delam religiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgani — Komitet po delam religiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq — Committee of religious affairs under the Cabinet of Ministers Republic of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgani — Committee of religious affairs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmitaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Navoiy koʻchasi 4-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy mutaassiblik va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-maʼrifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oʻrganish boʻyicha ijtimoiy soʻrovlarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy taʼlim muassasalari faoliyati belgilangan tartibda litsenziyalanishi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil qiladi, litsenziyalar reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning, shu jumladan diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini, ularning oʻquv jarayoni va dasturlarini, oʻquv-tarbiyaviy ishlarini, fanlar boʻyicha oʻquv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy, metodik yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni, SD, DVD va boshqa elektron tashuvchilarni, Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan diniy materiallarni) ekspertizadan oʻtkazadi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning diniy erkinligini taʼminlashning qonuniy choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida tegishli choralar belgilaydi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar rahbarlarining dunyoviy davlat tamoyillari, Hukumatning diniy sohadagi siyosati mohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushuncha va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida maʼrifiy tadbirlar tashkil etib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning ibodat marosimlarida oʻqiladigan maʼruzalar mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga hamda dunyoviy davlat tamoyiliga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilot aʼzolarining erkin ibodat qilishi, diniy rasm-rusumlarni ado etishi uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) diniy mutaassiblik va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy mutaassiblik va ekstremizm gʻoyalarini tarqatish, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni yuzaga keltirish hamda diniy vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda va xorijda yuz berayotgan diniy-ijtimoiy sohaga oid muhim voqealarni chuqur tahlil qilish hamda respublikadagi barqaror diniy-ijtimoiy vaziyatga tahdid solishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida respublikada faoliyat koʻrsatayotgan boshqa tahliliy markazlar bilan hamkorlik va tajriba almashishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning roʻyxatini har yili kamida ikki marta xizmat doirasida foydalanish uchun eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarni kuchaytirish, diniy vaziyat oʻzgaruvchan boʻlgan hududlar boʻyicha manzilli “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targʻib etish hamda “Uz” domenida faoliyat yuritayotgan diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi veb-saytlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrish, shuningdek, ushbu jarayonlarda diniy-maʼrifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganadi, tahlil qiladi, davlat organlari va diniy tashkilotlar oʻrtasidagi munosabatlar masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada diniy-ijtimoiy vaziyatni monitoring va tahlil qilishni amalga oshiradi, maʼnaviy muhitni yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, diniy vaziyatni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy mavzularga oid nashrlar, Internet jahon axborot tarmogʻi va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy-maʼrifiy sohada aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyati va bilimini yuksaltirish, jamiyatda bagʻrikenglik gʻoyalarini shakllantirish va mustahkamlash boʻyicha choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining, ayniqsa, yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda ekstremizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish, aholini noanʼanaviy diniy harakatlar va tahdidlardan himoya qilish uchun davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va muassasalarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar iltimosiga koʻra, ularning davlat organlari bilan oʻzaro aloqalariga koʻmaklashadi va hal etilishi talab qilinadigan masalalar boʻyicha zarur yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar, shuningdek, xorijiy diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarga doir masalalar boʻyicha ishlarni olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning davlat roʻyxatidan oʻtishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan ularning oʻz faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarida qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning vijdon va din erkinligi masalalari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarga respublikada va chet ellarda oʻzaro doʻstona munosabatlar oʻrnatishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar va ularning aʼzolari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik hamda bagʻrikenglikni mustahkamlash siyosatini olib boradi, ushbu sohada tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy konfessiyalar oʻrtasidagi tinchlik va totuvlikni, diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash borasida targʻibot va tashviqot ishlarida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini muvofiqlashtiradi hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ziyoratlarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarini kuzatib boradi, tahlil qiladi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining islom sivilizatsiyasining madaniy, tarixiy va ilmiy-maʼnaviy markazlaridan biri sifatidagi oʻrni va roli, shuningdek, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni targʻib etish ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va xorijiy davlat muassasalari, diniy tashkilotlar oʻrtasida ziyorat turizmi sohasida aloqalar oʻrnatish va rivojlantirish masalasida ishlarni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ziyorat turizmi tarmogʻini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy ziyorat turizmi mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targʻib qilish, diniy turizm sohasida Oʻzbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash borasida maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekstremistik guruhlar taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni toʻgʻri yoʻlga qaytarish va reabilitatsiya qilish boʻyicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekstremistik guruhlar faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik va ekstremizmni targʻib qilishga, xorijdan shu maqsadda mamlakatga daʼvatchilarning noqonuniy kirib kelishiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi ommaviy axborot vositalari, rasmiy diniy tashkilotlar bilan birgalikda noqonuniy diniy oqim va guruhlarning faoliyati, dinning terrorchilik, ekstremizm va boshqa jinoiy koʻrinishlarga zid ekanligi haqida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli buzgʻunchi oqimlar taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan ishlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas anʼanalar, maʼnaviyatimizga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar va xotin-qizlar orasida buzgʻunchi va yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, bunday gʻoyalar taʼsiridan asrashga qaratilgan tizimli va taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy, diniy anʼanalar, urf-odatlar hamda qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish, jamiyatda millatlararo doʻstlik, oʻzaro mehr-oqibat, bagʻrikenglik va hamjihatlikni mustahkamlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekstremizm, separatizm va mutaassiblik gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish borasida ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oʻrganish boʻyicha ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish borasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish yuzasidan oʻtkaziladigan sotsiologik soʻrovnomalarning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini tadqiq qilish boʻyicha xorij tajribasini oʻrganib boradi hamda ularning ijobiy jihatlarini mahalliy soʻrovnomalarga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan sotsiologik soʻrovnomalarning natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot va takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qoʻmitaning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlaridan Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar, statistik maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotni tekin olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha idoralararo tusga ega xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita vakolatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilganda, davlat organlari va hayʼatlari majlislarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali xorijiy sohaviy idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan axborot almashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini keng yoritish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida diniy tashkilotlarning, shu jumladan diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini, oʻquv jarayoni va dasturlarini, oʻquv-tarbiyaviy ishlarini, fanlar boʻyicha oʻquv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy, huquqiy va metodik yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan oʻtkaziladigan faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy va noshirlik faoliyatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qoʻmita xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ragʻbatlantirish, mukofotlash va ragʻbatlantirishning boshqa turlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalarni bajarish va faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish uchun belgilangan tartibda kengashlar, komissiyalar, ishchi guruhlar va jamgʻarmalar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida vazifalarni bajarish uchun funksional boʻlinmalar tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoʻmita quyidagilar uchun javob beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tarzda va samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatining amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametr va belgilangan indikatorlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, shuningdek, Qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning qarorlari, uning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari boʻyicha shikoyat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qoʻmita rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoʻmita faoliyatiga yakkaboshchilik tamoyillari asosida umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) din ishlari sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Qoʻmita va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni soʻzsiz taʼminlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari topshiriqlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Qoʻmita boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Qoʻmita faoliyatining alohida boʻlinmalariga rahbarlik qilish borasida oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Qoʻmita faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Qoʻmita va oʻrinbosarlarning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning ijrosi holatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qoʻmitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qoʻmitaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorlik faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularni Qoʻmitada ishlab chiqish, Qoʻmita rahbariyati huzurida himoya qilish, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish va qayta ishlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Qoʻmitaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida kelishish (viza qoʻyish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarurat boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan tegishli qoʻshma qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻla muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Qoʻmita hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) Qoʻmita xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan kelgusida ularning egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasligining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Qoʻmita xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) Qoʻmita va uni tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda Qoʻmitada jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam oʻtkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26) Qoʻmita markaziy apparati shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Qoʻmitaning idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) markaziy apparat xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishga rozilik berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlarini tegishli hudud boʻyicha vijdon erkinligi kafolatlari hamda diniy-maʼrifiy barqarorlikni taʼminlash, davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirib borish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30) Qoʻmita tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31) Qoʻmita sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish va belgilangan tartibda oʻziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlarning organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32) Qoʻmita hayʼat majlislarida raislik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi qonunchilikka muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Qoʻmita faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan Qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotini tizimli eshitib borish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Qoʻmita hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisi buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Qoʻmita raisiga mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida muhokama etish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamenti va Vazirlar Mahkamasi reglamenti talablariga qatʼiy ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Qoʻmita raisi topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Qoʻmitaga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻla muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Qoʻmitaning hayʼat yigʻilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) Qoʻmita faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional masʼuliyatlari va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy masʼuliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) Qoʻmita xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) Qoʻmita raisiga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda Qoʻmitada jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam oʻtkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy va boshqa sohaviy normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) sohadagi malakali kadrlarni tayyorlash, tarmoq taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirishda koʻmaklashish, tarmoqdagi mutaxassislarni, jumladan, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida qayta tayyorgarlikdan oʻtishini va malakasini oshirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, mazkur boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) oʻz vakolati doirasida Qoʻmitaning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) prognoz koʻrsatkichlarni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga tarkibiy boʻlinmalar tomonidan soʻzsiz erishishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralarni koʻrish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmitaning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlashning kompleks amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Hayʼat qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Qoʻmitaning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Qoʻmita rahbariyatiga tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida Qoʻmita rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamenti va Vazirlar Mahkamasi reglamenti talablariga qatʼiy ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Qoʻmita rahbariyati topshirigʻiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Qoʻmita raisiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish, ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) Qoʻmita rahbariyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda Qoʻmitada jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam oʻtkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga qatʼiy muvofiq ravishda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) tarkibiy boʻlinmalar vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni Qoʻmita rahbariyati uchun tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatishni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Qoʻmita rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoʻmita raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoʻmitaning mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoʻmitaning mutasaddilik qilinadigan masalalar yuzasidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoʻmita markaziy apparatining mazkur Nizom 15-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qoʻmita faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Qoʻmita rahbariyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi oʻrinbosari va ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qoʻmita raisi maqomiga koʻra vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoʻmita raisi boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari raisning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa raisning tegishli buyrugʻiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoʻmita markaziy apparati xodimlari, Qoʻmitaga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Qoʻmita markaziy apparatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qoʻmita markaziy apparatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) topshiriqlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlarga bevosita tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha soʻrov joʻnatadi va ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, amaliyotini umumlashtiradi, takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining tashkil etilishi va natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa maʼlumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlardan kelgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil etadi, ular tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda idoraviy mansub tashkilotlar Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qoʻmita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi toʻgʻrisida axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga maʼlumot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ular faoliyatini tekshirish va oʻrganish asosida ishda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning bartaraf etilganligi natijalari haqida axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Qoʻmita markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatda oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik natijalari haqida axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) vakolatli organlar tomonidan oʻz faoliyatini tekshirishlar natijalari haqida axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Qoʻmitaning davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qoʻmita faoliyati Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Qoʻmitaning hayʼati, kengash, maslahat va ekspert organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qoʻmitada rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha) hamda faoliyatning asosiy yoʻnalishlarida mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tarkibidan iborat hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoʻmita raisi taqdimnomasi boʻyicha tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qoʻmitaning mazkur Nizom bilan belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalar bilan yuklangan vazifalarning Qoʻmita tizimidagi rahbarlar va xodimlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli eshitib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Qoʻmita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish holatining natijadorligini har chorakda va tizimli muhokama qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Qoʻmita faoliyati sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasini joylarda taʼminlagan holda, hayʼatning kengaytirilgan sayyor yigʻilishlari oʻtkazilishini tashkil etish hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Qoʻmitaning markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Qoʻmita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat, shuningdek, Qoʻmita vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham muhokama etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Hayʼat yigʻilishiga Qoʻmita vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Hayʼat, agar uning yigʻilishida aʼzolarning yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, haqiqiy deb hisoblanadi. Muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Hayʼat qarorlari Qoʻmita raisi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qoʻmita raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Qoʻmita raisi axborot beradi va mustaqil qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini maʼlum qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Qoʻmita faoliyati muntazam baholab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlariga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Qoʻmita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qoʻmita rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoʻmita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qoʻmitani moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qoʻmita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ragʻbatlantirishlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va boshqa toʻlovlardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qoʻmita xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlari asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Qoʻmita hisobdorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qoʻmita rahbarlari oʻz faoliyatlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Qoʻmita rahbarlarining faoliyatini ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Monitoring va baholash natijalariga koʻra, Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 946-son qaroriga

2-ilova

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 23-apreldagi 196-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 39-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 70-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)” 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/946/4065-son)