Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025 12.04.2018 yildagi PF-5414-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.04.2018 yildagi PF-5414-son
Date of entry into force
13.04.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining shaffofligini va ulardan erkin foydalanish imkoniyatini, mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, eksport-import operatsiyalarining mutanosibligini ta’minlash tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvining murakkab tartib-taomillari va uzoq muddatlari, bojxona organlari xodimlari o‘rtasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining saqlanib qolayotganligi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish sohasida idoralararo va xalqaro hamkorlikning sust tashkil etilganligi kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarni olib kirishning oldini olish vazifalarini samarali bajarish, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash imkonini bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar asosida bojxona organlari faoliyatini hamda bojxona ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlik va turizmni faol va jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganligi va tergov olib borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, bojxona organlarining barcha darajadagi tuzilmalari vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda taqsimlash, shuningdek, bojxona organlari markaziy va hududiy mahkamalarining samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkil qilishda sohaviy tuzilmalarning muvofiqlashtiruvchi roli va uslubiy ko‘magini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, bojxona organlari tizimida korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojxona xizmati obro‘sini oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini, yuqori professional ko‘nikmaga, ma’naviy-axloqiy sifatlarga va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish tizimini tubdan takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchidan, tovarlarni noqonuniy olib kirishning asosiy shakllari va uslublari hamda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalari haqidagi ma’lumotlarni aniqlash, o‘rganish va umumlashtirish orqali bojxona to‘lovlarining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash, budjetning daromad qismini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, “yalpi” bojxona nazoratini o‘tkazishdan har tomonlama tahlil asosida bojxona nazorati obyektlarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish imkonini beruvchi xavfni boshqarish tizimiga o‘tish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, bojxona nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllari, uslublari va texnik vositalarini tatbiq etish hisobiga Davlat chegara o‘tkazish punktlarida bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishning davomiyligini qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, bojxona organlari barcha tarkibiy tuzilmalarining faoliyati va idoralararo axborot almashinuvi samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchidan, xorijiy davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, bojxona ishi sohasida ilg‘or tajribani, xalqaro norma va standartlarni tizimli o‘rganish va joriy qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha institutsional o‘zgarishlar, ularning vazifa va funksiyalarini optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati samaradorligini oshirish va bojxona tartib- taomillarini soddalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samarali idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2018-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni bojxona rejimlariga (bundan bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimi mustasno) joylashtirishda, shuningdek, xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab harakatlanish marshrutlarini o‘zgartirishga bojxona organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bekor qilinadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi (jismoniy xususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi bo‘yicha) davriy deklaratsiyalarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida karantin ruxsatnomalar, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import tovarlari amalda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelishidan oldin, jumladan tovarlarni bevosita chegara o‘tkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish orqali insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida ushbu tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari soliq organlari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari bilan birgalikda ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan import qilinayotgan tovarlarning narxini oshirib ko‘rsatish holatlari bo‘yicha muntazam ravishda monitoring o‘tkazadi;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona omborlarida uch yildan ortiq saqlanib kelinayotgan mol-mulklar bojxona organlari tomonidan ushlab qolinadi va ular uch oy davomida talab qilib olinmagan hollarda sud qarori asosida davlat foydasiga undiriladi, keyinchalik belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan sotiladi yoki yo‘q qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so‘ng ularning bojxona nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari tomonidan yetakchi xalqaro tashkilotlar uslubiyoti asosida muntazam ravishda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining o‘rtacha vaqti tizimli o‘rganib boriladi, ularning natijalari e’lon qilinadi, shuningdek, ushbu sohadagi ko‘rsatkichlarni izchil yaxshilash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Bojxona omborlari, erkin omborlar va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Tashkent-AERO” ixtisoslashgan bojxona majmuasi tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmasida shtat birliklarining umumiy soni doirasida quyidagilar tashkil etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona qonunchiligini takomillashtirishda bojxona organlarining yagona pozitsiyasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari hamda tavsiyalarini tahlil qilgan holda bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda huquqiy normalarni o‘zboshimchalik bilan, subyektiv va tanlov asosida talqin qilish holatlarini istisno etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona sohasida huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini tizimli tahlil qilishni tashkil etish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ishi hamda bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ularni O‘zbekiston Respublikasida joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma xodimlariga (boshqa davlat organlari va tashkilotlariga xizmat safariga yuborilganlar bundan mustasno) lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama haq belgilansin. Bunda, mazkur ustama qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar bilan bir qatorda Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarida bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi yuqori bo‘lgan tovar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini nazorat qilish uchun kuch va vositalarni jamlashni nazarda tutuvchi xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfi yuqori bo‘lgan, shu jumladan dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish va tasodifiy tanlov asosida tovar partiyalarini bojxona nazorati uchun maqsadli tanlab olish metodologiyasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vijdonli tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini aniqlash, ularga nisbatan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini qo‘llashning tartib va mezonlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfni boshqarish tizimi samarali qo‘llanilishini doimiy monitoring qilish, uni yanada takomillashtirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Daromadlar va bojxona statistikasi bosh boshqarmasi, uning qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosini rivojlantirish tendensiyalari, shuningdek, mamlakatning savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning tashqi savdosi bo‘yicha bojxona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida haqqoniylikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi savdo sohasida statistik ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlash va huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash maqsadida xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda tovarlarning bojxona nazoratini tanlov asosida o‘tkazishni nazarda tutuvchi xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari normalari bir xilda qo‘llanilishi, bojxona tartib-taomillari samaradorligi, tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga muvofiq tovarlarni to‘g‘ri tasniflash, ularning bojxona qiymatini to‘g‘ri aniqlashni monitoring qilish va baholashni nazarda tutuvchi bojxona postlari faoliyatini nazorat qilishning ta’sirchan tizimini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” va “Toshkent-tovar” bojxona postlarida bojxona tartib-taomillarini maksimal darajada soddalashtirish, bojxona to‘lovlarining to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, tovarlarning noqonuniy importi va kontrabandani aniqlashga qaratilgan bojxona ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini qo‘llash bo‘yicha dastlabki loyihalarni amalga oshirish ishlarini tezlashtirish hamda ijobiy tajribani boshqa bojxona postlarida qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini muvozanatli ko‘llash imkonini beruvchi bojxona postlari xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori professional mahorat, axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni bojxona organlariga jalb etishga yo‘naltirilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fidokorona xizmat qilayotgan xodimlarni har tomonlama rag‘batlantirish, xizmat intizomini hamda qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy va boshqa javobgarliklarga tortish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda “yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistik, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan zamonaviy logistik markazlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi chegara bojxona postlarini zamonaviy inspeksiyaviy-ko‘rik majmualari va boshqa bojxona nazoratining texnik vositalari bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l chegara bojxona postlarini davlat chegarasida temir yo‘l sostavlari kesishish joylariga ko‘chirish hamda ushbu joylarda bojxona va boshqa turdagi davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani tashkil etish masalasini o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda davlat chegara o‘tkazish punktlarining bino, inshootlar va avtomobil o‘tish punktlarining holatini o‘rganish hamda aniq davlat organini belgilash va unga quyidagi vazifalarni yuklash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy ta’mirlash, kapital qurilish, texnik jihozlashni amalga oshirish, shuningdek, yondosh hududlarini obodonlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi o‘tkazish punktlarini qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarini bosqichma-bosqich balansga qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 26-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan holda ishlab chiqsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona qonunchiligini liberallashtirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash, normalarni qabul qilishda barcha uchun tushunarli va turlicha talqin qilish imkoniyatini istisno etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etilishining rag‘batlantirish mexanizmini yaratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari normalari, umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillarini, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ma’muriyatchiligi sohasida rivojlangan mamlakatlar tajribasi, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojxona nazoratini tashkil etishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 12-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5414-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, vazifalari va funksiyalarini
optimallashtirish bo‘yicha institutsional yangilanishlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Bojxona ma’muriyatchiligining ilg‘or va innovatsion usullarini joriy etish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutish:

Bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti, boshqa xalqaro institutlar standartlari va tavsiyalari tahlili asosida ishlab chiqish;

bojxona qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, shuningdek, huquqiy normalarni talqin etishda o‘zboshimchalik, subyektiv, tanlab olish faktlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va sharoitlarining tizimli tahlilini tashkil etish, ularga chek qo‘yish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan yaxshilash, bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilishning muloqotsiz shakllarini joriy etish;

bojxona ishi sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, bojxona organlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasida uni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

3.

Quyidagi asosiy vazifalarni yuklagan holda Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

bojxona qonunchiligini buzish xavfi yuqori darajali bo‘lgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilish uchun kuch va vositalarni jamlashni nazarda tutadigan xavf-xatarlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini bojxona organlarida joriy etish;

yuk tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan dastlabki axborotni tahlil qilish asosida xavflar baland bo‘lgan tovarlar partiyasining bojxona nazorati uchun maqsadli tanlab olish uslubiyatini ishlab chiqish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining insofliligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini joriy etish;

xavflarni boshqarish tizimini samarali joriy etishni muntazam monitoring qilish, uning yanada takomillashtirilishi hamda uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov),
DSQ (B. Musayev),
MB (M. Nurmuratov)

4.

Quyidagi asosiy vazifalarni o‘z ichiga olgan Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish va bojxona statistikasi boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

tashqi savdo tashkilotlarining monitoringini tashkil etish, import va eksport tuzilmasining tizimli tahlilini amalga oshirish;

bojxona organlariga tegishli qismi bo‘yicha tashqi savdo operatsiyalarini olib borishda valyutaga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun buzilishi holatlari bo‘yicha choralar ko‘rish;

tovarlarni eksport va import qilish bo‘yicha bojxona statistikasini yuritish, uni shakllantirishning barcha bosqichlarida ishonchlilikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida, olib kiriladigan tovarlarning bojxona narxlarini belgilash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashishni amalga oshirish, O‘zbekistondan eksport qilinadigan, tovarlar yetkazilishi kerak bo‘lgan mamlakatda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

5.

Bojxona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasini yuritish boshqarmasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutish:

aniq vakolat, funksiya, vazifa, huquq va majburiyatlarni belgilagan holda Boshqarma to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish;

16 dona laboratoriya uskunalarini Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga topshirish;

Boshqarma xodimlarini ixtisoslashtirilgan mahalliy va xorijiy muassasalardagi uskunalarda ishlashi uchun tizimli ravishda o‘qitib borish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

6.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlarini yaratish, unga quyidagi vazifalarni yuklash:

xalqaro-huquqiy hamkorlik sohasidagi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

xalqaro talablarni tayyorlash, yo‘llash va hisobga olish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

7.

Davlat bojxona qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tartibga soladigan nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

8.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi” Qonun loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil

1-iyulga qadar

DBQ (M. Azimov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari bayrog‘i va tanish belgisini, shuningdek ularni tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yo‘q qilish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. BOJXONA NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

10.

Quyidagilarga yo‘naltirilgan bojxona organlarida xatarlarni boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

bojxona qonunchiligini buzish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan tovarlar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini nazorat qilishni nazarda tutuvchi maqsadli tanlab olish asosida xatarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;

tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilarini belgilash uchun mezonlarni ishlab chiqish, ularga nisbatdan soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini qo‘llashni joriy etish;

xatarlarni boshqarish tizimining joriy etilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-sentabrgacha

DBQ (J. Aripov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

11.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtomobil, temir yo‘l va havo transporti orqali, ularning bojxona hududiga kirib kelishidan oldin (shu jumladan tranzit shartlarida) tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida yuk tashuvchilar tomonidan bojxona organlarini oldindan ogohlantirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (V. Xakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini nazorat qilish va hisobga olishni ta’minlash, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

soliq to‘lovchining shaxsiy raqami va pasport ma’lumotlari bo‘yicha shaxsni aniqlash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi elektron bazalarini integratsiyalashtirish;

jismoniy shaxslar manziliga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali mamlakatimiz hududiga kelayotgan tovarlar to‘g‘risida dastlabki elektron ma’lumotlarni bojxona organlariga majburiy taqdim etish mexanizmini joriy etish;

xorijiy tajribani hisobga olgan holda, pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali bir kalendar oy mobaynida bir nafar jismoniy shaxsga jo‘natiladigan tovarlarning bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan olib kirish me’yorlarini belgilash;

xalqaro aeroportlarda joylashgan bojxona postlarida – havo transporti orqali, maxsus belgilangan bojxona postlarida – temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkazib beriladigan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini majburiy bojxona rasmiylashtirilishini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (V. Xakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Xalqaro aeroportlarda “yashil” va “qizil” yo‘laklar tizimining joriy etilishi munosabati bilan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

avia tashuvchilar tomonidan bojxona organlariga O‘zbekistonning xalqaro aeroportlari orqali kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni taqdim etish tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘zbekistonning xalqaro aeroportlarida tashuvlarni tashkil qiladigan xizmatlar tomonidan yo‘lovchilarning yuklarini joylashtirish vaqtini qisqartirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

chegaraga tutash bojxona postlarini zamonaviy texnik bojxona nazorati vositalari bilan jihozlash (shaxslar va boshqalarni bevosita aloqasiz ko‘zdan kechirish skanerlari orqali tekshirish);

huquqbuzarlikni aniqlashning psixologik usullari, skaner qiladigan uskunalardan foydalanish bo‘yicha bojxona organlari xodimlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleks dasturi

2018-yil

15-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (V. Xakimov)

14.

Tovarlarning bojxona narxini belgilash va nazorat qilish, shuningdek, bojxona xizmatlari o‘rtasida axborot almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining asosiy savdo sheriklari (MDHga a’zo mamlakatlar, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqalar) – davlatlarining bojxona xizmatlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish va tuzish.

Xalqaro shartnomalar loyihalari

2019-yil
1-yanvarga qadar

DBQ (J. Aripov),

TIV (B. Asadov)

15.

Bevosita chegaradagi o‘tkazish punktlarida import qilinadigan tovarlarni erkin aylanmaga chiqarish orqali tashqi iqtisodiy faoliyatning insofli ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularning kirib kelishidan avval tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan import qilinadigan tovarlarni dastlabki deklaratsiya qilinishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

16.

Bojxona identifikatsiyasi vositalarini qo‘llash (plombalar, plombalaydigan uskunalar va boshqalar), xavfsizlik va ishonchlilik (tashqi ta’sirlarni fiksatsiya qilish, ko‘p marotaba ishlatish, soxtalashtirishdan himoya qilish, ochilish holatlarida masofadan turib signal berish va boshqalar) talablariga javob beradigan, jahonning yetakchi plombalar ishlab chiqaruvchilari takliflari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bojxona xizmatlarining ilg‘or tajribasini o‘rganish.

Bojxona identifikatsiyasining ishonchli vositalarini bojxona organlari faoliyati uchun buyurtirish, xarid qilish va foydalanish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish va kiritish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil
1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov)

17.

Xorijiy avto tashuvchilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida MDP kitobchalarini qo‘llagan holda xalqaro yuklarni tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasi nizomlaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish va mazkur huquqni tiklaydigan tartibni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, ularni xalqaro identifikatsiya unikal kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish asosida mobil moslamasi va mobil aloqa modulli moslamalarini nazorat qilish va hisobga olish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (O. Umarov),
Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
DBQ (J. Aripov),
DSQ (B. Musayev)

19.

Erkin ombor, bojxona ombori va bojsiz savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq litsenziya jarayonlaridan o‘tishni yanada soddalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-sentabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. BOJXONA TARTIB-TAOMILLARINI SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISH

20.

Quyidagilarga:

bojxona qonunchiligini liberallashtirish, bojxona jarayonlarining shaffofligi hamda soddalashtirilishini, normalarning barchaga birdek tushunarli bo‘lishini ta’minlash va ularning turlicha talqin qilinishiga barham berish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etilishini rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va standartlarini implementatsiya qilish;

bojxona ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan tariflarni tartibga solish va bojxona ko‘rigini tashkillashtirishda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasiga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi loyihasi

2018-yil
1-noyabrga qadar

DBQ (J. Aripov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),
DSQ (B. Musayev)

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Yuk bojxona deklaratsiyalarini davriy taqdim etib borish orqali bittatashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida eksport yoki import qilinadigan bir xil tovarlarni (tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining jismoniy xarakteristikasi, sifati, ishlab chiqaruvchisi, kodi bo‘yicha) bojxona rasmiylashtiruvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil
1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

22.

Amaldagi qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona narxini belgilash va deklaratsiya qilish tartibini bekor qilishni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi bo‘yicha tovarlarni identifikatsiya va klassifikatsiya qilish bo‘yicha ekspert muassasalari xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydigan nizomni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
DBQ (J. Aripov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash:

bevosita Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan real vaqt rejimida, ular tomonidan o‘qish va malaka attestatini olish bo‘yicha majburiyatlarga rioya etmagan holda tovarlarni rasmiylashtirishda yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish imkoniyatini yaratish;

bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish;

Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash (o‘qitish) funksiyalarini boshqa tashkilotlarga o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida bir xil turdagi tovarlarga karantin ruxsatnomasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish ruxsatnomasi, ozon qatlamlarini yemiruvchi moddalar va ularning tarkibida ular mavjud bo‘lgan moddalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlari bir marotaba, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-iyunga qadar

O‘zstandart agentligi (A. Karimov),

SSV (A. Shodmonov),
Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov), O‘zdavkarantin (I. Ergashev),
Davlat veterinariya qo‘mitasi (I. Norqobilov)

26.

Import qilinadigan iste’mol tovarlariga nisbatdan bojxona boji va aksiz solig‘ining (bojxona narxidan foiz hisobidan, biroq boj yoki aksizga tortiladigan tovarning donasi uchun belgilangan miqdordagi stavkasidan kam bo‘lmagan holda) aralash stavkalarini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

DBQ (J. Aripov)

27.

Bojxona organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan yuk bojxona deklaratsiyalarini to‘ldirish, shu jumladan amaldagi bojxona yig‘imlari stavkalarini optimizatsiya qilish va pullik xizmatlar turlarini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashni nazarda tutadigan, ularning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni optimizatsiya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
1-iyulga qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

29.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ortiqcha vaqti va moliyaviy xarajatlari ortishiga olib keladigan eksport-import tovarlarining bojxona rasmiylashtiruvi muddatlarining ijrosini sezilarli cho‘zilib ketishiga olib keladigan, ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni bojxona organlaridan olib tashlashga yo‘naltirilgan amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish va unga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihasi

2018-yil
1-iyulga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. IDORALARARO SAMARALI HAMKORLIKNI TA’MINLASH

31.

Ish reglamenti, tartibi, takliflarni ishlab chiqish va qarorlar qabul qilish mexanizmlarini nazarda tutgan holda Idoralararo bojxona-tarif kengashi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

32.

Xo‘jalik subyektining faoliyatiga ortiqcha aralashmagan holda taqdim etilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral o‘rganish va nazorat qilishni amalga oshirish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DSQ (B. Musayev),

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

O‘zbekistondan eksport qilinadigan tovarlarning kontrakt narxlarining to‘g‘riligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha idoralararo mexanizmni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Idoralararo qaror loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

DBQ (J. Aripov),

DSQ (B. Musayev)

V. BOJXONA ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASH

34.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha kechayu-kunduz ishlaydigan yagona qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni tashkil etishni nazarda tutadigan, bojxona organlarida murojaatlar, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha sifat jihatidan yangi tartibni joriy etish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (M. Azimov)

35.

Aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini axborot bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish:

jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun ularning huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan stend, broshyura, buklet va boshqa vositalar bilan xonalarni jihozlash;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyati to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, elektron shaklda rasmiy veb-saytda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan turli hujjatlar blanklarini joylashtirish yo‘li orqali keng foydalana olish imkoniyatlarini ta’minlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Televideniyeda va radioda muntazam ko‘rsatuvlar tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan rasmiy veb-saytda axborotlarni chop etish orqali bojxona organlarining faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobotlar va sharhlarni e’lon qilib borish.

Chora-tadbirlar
dasturi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlikva idoralar

37.

Davlat bojxona xizmati organlari bo‘linmalari faoliyati samaradorligi, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan ish natijalari, shuningdek, ular bilan hamkorlik, faoliyatning ochiqligi va hammabopligi, jamoatchilik fikrini hisobga olish va fuqarolarning qanoatlanganligini nazarda tutuvchi baholashning yangi mezonlarini joriy etish.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i loyihasi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

38.

Qonun hujjatlari va aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish talablariga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasining bo‘linmalari bo‘yicha bo‘limlarni yaratgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining (www.customs.uz) veb-saytini modernizatsiya qilish.

Veb-saytni ishlab chiqish va foydalanishga topshirish

2018-yil

1-iyulga qadar

DBQ (J. Aripov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umirov)

VI. KADRLARNI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

39.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish:

ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida yangilangan ta’lim standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan to‘ldirish;

o‘quv jarayoniga jalb etilayotgan ilmiy-pedagog kadrlar, tajribali mutaxassis-amaliyotchilari uchun mehnatga haq to‘lashning soatbay rag‘batlantiruvchi tizimini joriy etish;

xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni tashkil etish;

davlat bojxona xizmati organlarining safdagi xodimlari uchun o‘qishning sirtqi ta’lim olish shaklini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

40.

Quyidagilarni hisobga olgan holda Milliy kinologiya markazi faoliyatini tubdan takomillashtirish, maqsadli vazifalarini aniqlashtirish:

qo‘shni davlatlarda giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va noqonuniy aylanmasi hajmlarining ortib borayotganligi;

chegaradosh davlatlar bilan chegarada o‘tish punktlarining qayta tiklanganligi;

rivojlangan mamlakatlarning kinologiya xizmatlari tajribasi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Bojxona ishi sohasida yanada ilg‘or ishlash tizimiga ega xorijiy mamlakatlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali davlat bojxona xizmatlari organlari faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

1-mayga qadar

DBQ (J. Aripov),

TIV (B. Asadov)

VII. BOJXONA ORGANLARI XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

42.

Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari uchun yashash xonalarini ijaraga olish (yollash) tartibi va pul kompensatsiyalari miqdorini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

10-iyunga qadar

DBQ (M. Azimov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

43.

Davlat bojxona xizmati xodimlariga uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2018-yil

1-iyunga qadar

DBQ (J. Aripov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

44.

Davlat bojxona xizmati organlarining xizmat uy-joy fondini shakllantirish, uy-joy va yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb, topilgan xodimlarga xizmat uy-joylarini berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar
kompleksi

2018 ― 2021-yillar

mobaynida

DBQ (J. Aripov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qurilish vazirligi (lavozimi bo‘yicha),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 06/18/5414/1070-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6310/0866-son, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)