13.11.2019 yildagi PQ-4519-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.11.2019 yildagi PQ-4519-son
Date of entry into force
14.11.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga va boshqa muhim sohalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda sifatli investitsiya jarayonlarini tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avgustdagi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3900-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha maslahatlar berish;

qulay investitsiya muhitini shakllantirishda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardosh eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish maqsadida sarmoya kiritishlarini ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etish, shuningdek, investitsiyalarni, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga va oʻzaro manfaatli savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish;

davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiya va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini taʼminlash;

investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning, shu jumladan xorijiy investorlarning faolligiga toʻsqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilish, respublikada qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini saqlab turishni taʼminlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari bilan investitsiya jarayonlariga toʻsqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan samarali takliflarni ishlab chiqish;

eksportni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga, savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini izchil rivojlantirishga, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun qulay sharoitlar yaratishga, samarali transport yoʻlaklari, zamonaviy logistika zanjirini shakllantirishga koʻmaklashish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, mahalliy mahsulotlarning xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiqligini taʼminlashning bosqichma-bosqich choralarini koʻrish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish jarayonlariga ijobiy xorijiy tajribani joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish sohasidagi huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imijini, xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan belgilangan tartibda shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash oʻz faoliyatini oraliq va yalpi majlislar shaklida yuritadi. Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari — yilida kamida ikki marta oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning yalpi majlislarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan, oraliq majlislarni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar esa Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash aʼzolarining majlislarga kelish va ularda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlari Kengash aʼzolarining oʻz mablagʻlari hisobidan, jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan Kengash aʼzolari, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4519-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-noyabrdagi PQ-4519-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish, uning maqsadlari, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maslahat organi hisoblanadi va unga Rais — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kengash davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi investorlarning, shu jumladan xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT) oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni shakllantiradigan, xalqaro moliya institutlari hamkorligida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladigan institutsional platforma hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kengash oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ekspertlar hamjamiyatlari va boshqa tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengash tarkibi ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan organlar, tashkilotlar va boshqa tuzilmalar vakillari orasidan tasdiqlanadi. Shu bilan birga, Kengashning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralari rahbarlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha maslahatlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qulay investitsiya muhitini shakllantirishda, mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va hududlarga raqobatbardosh eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish maqsadida sarmoya kiritishlarini ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etish, shuningdek, investitsiyalarni, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga va oʻzaro manfaatli savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiya va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning, shu jumladan xorijiy investorlarning faolligiga toʻsqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilish, respublikada qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti saqlab turishni taʼminlanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar, banklar, investitsiyaviy va boshqa tuzilmalarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari bilan investitsiya jarayonlariga toʻsqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan samarali takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga, savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini izchil rivojlantirishga, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun qulay sharoitlar yaratishga, samarali transport yoʻlaklari, zamonaviy logistika zanjirini shakllantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, mahalliy mahsulotlarning xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiqligini taʼminlashning bosqichma-bosqich choralarini koʻrish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish jarayonlariga ijobiy xorijiy tajribani joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyaviy faoliyatini tartibga solish sohasidagi huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imijini, xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash faoliyatini tashkil etish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengash faoliyati quyidagi tuzilmalar doirasida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yalpi majlis — Kengashning asosiy boshqaruv organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oraliq majlis — Kengashning yordamchi boshqaruv organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijroiya qoʻmitasi — Kengashning ijro organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruhlar — Kengash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun maslahatlar va tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha asosiy tuzilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kotibiyat — Kengashning ishchi organi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengash ishida ishtirok etish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs ushbu Nizomning 11-bandida koʻzda tutilgan asosiy (texnik) mezonlarning kamida bitta va 12-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha (sifat) mezonlarning kamida ikkitasiga mos kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Asosiy (texnik) talablardan birini qondirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 foizdan koʻp xorijiy sarmoyaga ega qoʻshma korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy korxonaning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi yoki shuʼbasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida asosan chet el investorlariga konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi, xodimlar soni 15 tadan kam boʻlmagan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati orqali xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan va Kengashning maqsadlarini qabul qiladigan XMI/XHMT, xorijiy birlashma, vakolatxona yoki oʻquv muassasasi boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jismoniy shaxs (jamoat arbobi, olim, diplomat va boshqalar) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish va umuman mamlakatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim hissa qoʻshishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻshimcha (sifat) talablarni qondirish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta tajriba va yuqori tadbirkorlik mavqeyiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim boʻlgan faoliyatni amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol investitsiya faoliyatini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olib borishi va faoliyatini strategik kengaytirishga tayyor boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ijobiy investitsiya imijini chet elda targʻib qilishda faol ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ishchi guruhi faoliyatida faol ishtirok etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kengash ishtirokchilari, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari xodimlaridan tashqari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Kengash ijroiya qoʻmitasiga ariza taqdim etishlari shart. Arizalar Ijroiya qoʻmitasining har bir ishtirokchisiga alohida yuborilishi kerak. Arizalar 15 kalendar kuni ichida koʻrib chiqiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Berilgan arizalar asosida Kengash ijroiya qoʻmitasi Kengash tarkibiga kiritish uchun nomzodlarning dastlabki roʻyxatini shakllantiradi va Kengash Raisiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan arizalar asosida Kengashning potensial ishtirokchilarini tanlashda Kengash ijroiya qoʻmitasi keng vakillik tamoyiliga amal qiladiki, bunda har bir strategik soha va investitsiyalar kelib chiqqan mamlakat bir yoki bir nechta ishtirokchi vakil orqali aks ettirilishi taʼminlanadi. Kengash ishida qatnashuvchilar oʻz kompaniyalari yoki shaxsiy manfaatlarini emas, balki butun soha va investorlarning keng hamjamiyati manfaatlarini hisobga olishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kengash ishtirokchilarining yakuniy tarkibi Kengash ijroiya qoʻmitasining taqdimnomasiga binoan Kengash Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kengashning birinchi yalpi yoki oraliq majlisidan ikki yil oʻtgach, Kengash ijroiya qoʻmitasi yangi aʼzolarni kiritish zarurati, shuningdek, mavjud ishtirokchilarning faoliyati natijalari va ularning Kengash ishi samaradorligiga qoʻshgan hissasini inobatga olgan holda, har ikki yilda bir marta Kengash ishtirokchilarining rotatsiya sxemasini tasdiqlash uchun Kengash Raisiga taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning xorijiy ishtirokchilari Kengash ijroiya qoʻmitasiga va Kengash Kotibiyatiga yozma xabar berish orqali Kengash tarkibidan chiqishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kengashning yalpi va oraliq majlislariga Kengash ishtirokchilari hisoblanmaydigan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy kompaniyalar va biznes uyushmalar, XMI/XHMT, xorijiy kompaniyalar, banklar, biznes uyushmalar va boshqa tuzilmalarning vakillari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kengashning yalpi va oraliq majlislari natijalari qabul qilingan qarorlar va tavsiyalar roʻyxatini oʻz ichiga olgan bayonnomalar shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kengash Raisi raislik qiladigan Kengashning yalpi majlisi yilida bir marta oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kengashning oraliq majlislari har yili kamida ikki marta, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri boshchiligida Kengashning yalpi majlisi oʻrtasida oʻtkaziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kengashning yalpi va oraliq majlislarida Kengash ishtirokchilari Kengash Kotibiyati tomonidan Kengash ishtirokchilarining takliflari asosida tayyorlangan kun tartibidagi masalalarni muhokama qiladilar. Har bir yalpi va oraliq majlisda oldingi majlis qarorlarining bajarilishi natijalarini koʻrib chiqish majburiy hisoblanadi. Tegishli majlisdan oldin kun tartibi Kengash ijroiya qoʻmitasi va tegishli majlis raisi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kun tartibidagi masalalar tegishli huquqiy yoki iqtisodiy tahlil (tadqiqotlar, baholar), shuningdek, islohotlar konsepsiyalari yoki normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari koʻrinishidagi qarorlar (tavsiyalar) bilan birga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kengashning oraliq majlisi Kengashning yalpi majlisi bilan bir qatorda mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega, shu bilan birga yalpi majlislar ishida ustuvor strategik masalalar koʻrib chiqiladi, mazkur jarayonda Kengash ishtirokchilari boʻlgan investorlarning dunyo (global) miqyosidagi vakillarining ishtiroki foydali boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kengashning ijroiya qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash Kotibiyati va Raisi oʻrtasidagi, shu jumladan Kengashning yalpi va oraliq majlislari orasida asosiy bogʻlovchi boʻgʻin hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ishini umumiy muvofiqlashtiradi va tashkiliy-amaliy tomondan qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kotibiyat ishini yoʻnaltiradi, Kotibiyat va Kengash ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash Raisi koʻrib chiqishi uchun Kengash ishtirokchilari tarkibi boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va mazkur ishtirokchilarning ushbu Nizomning 11- va 12-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi toʻgʻrisida fikr bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kengashning ijroiya qoʻmitasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri (vazir boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalariga masʼul birinchi oʻrinbosari) — Kengashning ijroiya qoʻmitasi rahbari;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash Kotibiyatining rahbari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kengashning ijroiya qoʻmitasi oʻz faoliyati davomida qaror qabul qilish jarayonida kelishuvga (konsensus) erishishga harakat qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kengash ishtirokchilari tomonidan yalpi va oraliq majlislarga taqdim etilgan masalalar boʻyicha oʻrganish va tadqiqotlar oʻtkazish, tahliliy materiallar, taklif va tavsiyalar tayyorlash, fikr va baholarni umumlashtirish, shuningdek, Kengashning boshqa vazifalarini amalga oshirish uchun uning huzurida ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kengashning ishchi guruhlari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy kompaniyalar va biznes uyushmalari, XMI/XHMT, xorijiy kompaniyalar, banklar, biznes uyushmalari va boshqa tuzilmalar vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir ishchi guruh tarkibiga Kengash Kotibiyatining bitta xodimi kiradi, ular ekspert yordamidan tashqari tegishli ishchi guruh faoliyatini tashkiliy va amaliy qoʻllab-quvvatlaydi. Kengash ishchi guruhlarining tarkibi Kengash ishtirokchilarining takliflari asosida tuziladi va Kengash ijroiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Kengash Kotibiyati xalqaro moliya institutlari va investorlar ishtirokidagi yuridik shaxs — nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomga muvofiq faoliyat yuritadi. Kengash Kotibiyatining shtatlar jadvali Kengash ijroiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kengash Kotibiyati rahbari Kengash ijroiya qoʻmitasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kengash Kotibiyatining faoliyati aʼzolik badallari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan tushadigan homiylik va moliyaviy yordam mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Kotibiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun qoʻshimcha mutaxassislar jalb etish huquqiga ega.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Kengash Kotibiyati quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash faoliyati doirasidagi ustuvor masalalarni aniqlash va hal qilish uchun doimiy ravishda Kengash ishtirokchilari va investorlarning keng doirasi, ayniqsa chet el investorlari bilan muntazam maslahatlashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning yalpi va oraliq majlislari, ishchi guruhlari va Kengashning boshqa tadbirlari ishini tashkillashtiradi va zarur boʻlganda Kengashning ijroiya qoʻmitasini oldindan xabardor qilgan holda, Kengash faoliyatida ishtirok etish uchun uchinchi tomonlarni taklif qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ijroiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda va Kengash ishtirokchilari, shuningdek, investorlarning keng jamiyati tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida Kengash ishtirokchilariga Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlisi kun tartibini tasdiqlash uchun taklif qiladi, shuningdek, Kengash ishtirokchilari va majlislarda ishtirok etadigan boshqa shaxslarga kun tartibidagi masalalar boʻyicha materiallarni Kengashning tegishli yalpi yoki oraliq majlisidan kamida 10 kun oldin joʻnatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ijroiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda Kengash ishchi guruhlarini shakllantirilishi va ularning faoliyat yuritishiga koʻmaklashadi, Kengashning yalpi yoki oraliq majlislarida muhokama qilish uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan masalalar va tavsiyalar toʻliq ishlab chiqilishini taʼminlash uchun tegishli tadqiqotlar, baholar va sharhlar oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda Kengashning Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etadi;
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash Kotibiyatiga taqdim etilgan ayrim qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy tashabbuslarni muhokama qilish va tahlil qilishda koʻmaklashadi, Kengashning keyingi majlislari kun tartibi uchun olingan tegishli takliflar toʻgʻrisida Kengashga maʼlumot kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning nufuzini oshirish maqsadida keng ishbilarmon doiralar, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan Kengashning oʻzaro hamkorligiga koʻmaklashadi;
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning tegishli yalpi yoki oraliq majlislari bayonlarini tayyorlaydi va ular oʻtkazilganidan soʻng 5 kun muddat ichida tasdiqlash uchun Kengash ishtirokchilariga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda har oyda Kengashning yalpi yoki oraliq majlislarida qabul qilingan qarorlar (tavsiyalar) ning bajarilishini monitoring qiladi va Kengash ishtirokchilarini, shuningdek boshqa manfaatdor tomonlarni qarorlarni (tavsiyalarni) bajarishda erishilgan natijalar toʻgʻrisida xabardor qiladi;
(33-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni, shu jumladan Kengashning yalpi yoki oraliq majlislari kun tartibi va bayonnomalari, shuningdek, Kengash faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa materiallarni Investitsiya portali va boshqa maydonchalarga joylashtirish orqali xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan biznes hamjamiyati, biznes uyushmalari, donorlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar va boshqa milliy yoki xalqaro tashkilotlar vakillari bilan faol aloqalarni yoʻlga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlarning boshqa institutlari (kengashlari) bilan hamkorlik qiladi, ilgʻor xalqaro tajribalar bilan almashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar toʻgʻrisida davriy nashrlarni ishlab chiqadi va tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kengashni tugatish Kengash Raisining qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi toʻgʻrisidagi nizomga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

Kengash ishtirokchilari tarkibiga kirish uchun Kengash ijroiya qoʻmitasi ariza berish.

-

2- bosqich

Kengashning ijroiya qoʻmitasi

1. Kengash ishtirokchilari tarkibiga kirish uchun berilgan arizalarni koʻrib chiqish.

2. Kengash tarkibiga kiritish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantirish.

3. Kengash tarkibiga kiritish uchun nomzodlar roʻyxatini Kengash Raisiga tasdiqlash uchun taqdim etish.

15 kun

3- bosqich

Kengash Raisi

Kengash ishtirokchilari roʻyxatini tasdiqlash.

Taqdim etilganidan soʻng

4- bosqich

Kengash ishtirokchilari

Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar kiritish.

Doimiy

5- bosqich

Kengash Kotibiyati

1. Kengash ishtirokchilarining takliflarini toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirish.

2. Kengash ishchi guruhlarini shakllantirish va ularning ishini tashkil etish.

Kengash majlislarining oraliq davrida

6- bosqich

Ishchi guruhlar

Tadqiqotlar oʻtkazish, sharhlar va baholashlarni, shuningdek, takliflar va tavsiyalarni tayyorlash.

Kengash majlislarining oraliq davrida

7- bosqich

Kengash Kotibiyati

1. Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlislari kun tartibini shakllantirish.

2. Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlislariga materiallar tayyorlash.

3. Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlislarining muddatlari va kun tartibi hamda yakuniy materiallarni Kengashning ijroiya qoʻmitasi bilan kelishish.

4. Kengash ishtirokchilariga Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlislariga taklifnomalar, kun tartiblari va yakuniy materiallarni yuborish.

Kengash majlisidan 10 kun avval

8-bosqich

Kengash Kotibiyati,

Kengashning ijroiya qoʻmitasi

Kengashning navbatdagi yalpiyoki oraliq majlislariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish.

Belgilangan muddatda

9-bosqich

Kengash Raisi, Kengash ishtirokchilari, Kengashning ijroiya qoʻmitasi, Kengash Kotibiyati

1. Kengashning yalpi va oraliq majlislarini oʻtkazish.

2. Oldingi majlis natijalariga koʻra, Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar (tavsiyalar) ijrosining bugungi holati va erishilgan amaliy natijalarini koʻrib chiqish.

3. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish.

4. Kun tartibidagi masalalar boʻyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

1 yilda 1-marta — yalpi majlis

1 yilda kamida 2-marta — oraliq majlis

10-bosqich

Kengash Kotibiyati

1. Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlisi natijalari boʻyicha bayonnoma loyihasini tayyorlash.

2. Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlisining yakuniy bayonnomasini Kengash ishtirokchilari bilan kelishish.

3. Kengashning navbatdagi yalpi yoki oraliq majlisi natijalari boʻyicha bayonnoma tasdiqlanishini taʼminlash.

4. Bayonnomani Kengash ishtirokchilari va Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga ijro uchun yuborish.

5 kun ichida

11-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari

Kengashning bayonnoma qarorlari (tavsiyalari) ijrosini taʼminlash hamda tegishli maʼlumotlarni Kengash Kotibiyatiga taqdim etish.

Har oy

12-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kengash Kotibiyati

Kengashning yalpi va oraliq majlislarida qabul qilingan qarorlar (tavsiyalar) ijrosini tizimli monitoring qilish.

Har oy

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi ishtirokchilari tarkibiga kirish uchun ariza shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1. Xalqaro tashkilot (kompaniya) nomi, jismoniy shaxsning F.I.O.: ____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

2. Pochta manzili: ____________________________________________________________

3. Kelib chiqish davlati: _______________________________________________________

4. Xalqaro tashkilot/xorijiy kompaniya/jismoniy shaxsning Oʻzbekistondagi va xorijdagi faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (faoliyat sohasi): ____________________________________________________________________________

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashida ishtirok etish mezonlariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumot (Nizomning 11 va 12-bandlariga muvofiq): _____________________ ___________________________________
‎____________________________________________________________________________

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi PQ-226-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2019-y., 07/19/4519/4021-son; 21.07.2025-y., 07/25/226/0634-son)