Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.1998 12.06.1992 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.06.1992 yildagi 277-son
Date of entry into force
12.06.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY DAVLATLAR OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MUXBIRLARINING KASB FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVChI ASOSIY QOIDALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 391-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qatnashuvchisi bo‘lgan xalqaro hujjatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari haqida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyatiga taalluqli yangi aktlar qabul qilingunga qadar, shuningdek, respublika tomonidan tegishli xalqaro hujjatlar imzolangunga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Asosiy qoidalarga zarur qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish haqida takliflar taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 12-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
277-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 12-iyundagi 277-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining muxbirlari kasb faoliyatini tartibga soluvchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ASOSIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida axborotning hamma shakllarini erkin va keng tarqatish, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatnashchilari bo‘lgan mamlakatlar va xorijiy davlatlar, shuningdek, boshqa idoralar va tashkilotlar yo‘li bilan keluvchi ommaviy axborot vositalari muxbirlarining (jurnalistlarning) bu sohada hamkorlik qilishiga rag‘batlantirish manfaatdorligini ko‘zlab O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi doimiy va vaqtincha akkreditatsiya qilish asosida ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlarning huquqiy mavqeyi va kasb faoliyati “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Asosiy qoidalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qatnashuvchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalar qoidalari bilan tartibga solinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muxbirlik punktini ochish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xorijiy ommaviy axborot vositalarining muxbirlik punktini ochish va uning jurnalistlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish xususidagi murojaat manfaatdor ommaviy axborot vositalari rahbariyati tomonidan yozma shaklda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga jo‘natiladi yoki respublikaning tegishli mamlakatlardan diplomatik, konsullik vakillariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining muxbirlik punktini ochish haqidagi qaror tegishli murojaatnoma olingan kundan boshlab ikki oydan oshmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viza masalalari va O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy muxbirlarning bo‘lishini legallashtirish*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatnashchilari bo‘lgan mamlakatlar ommaviy axborot vositalarining muxbirlariga nisbatan ushbu bo‘lim masalalari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolari bo‘lgan davlatlarning hamkorlik prinsiplari va normalari asosida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yangi tayinlangan muxbirlarga jo‘nab ketish vizalari o‘zaro kelishuv asosida O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari va vakolatxonalari tomonidan akkreditatsiya qilishga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligi odatda bir oydan oshmaydigan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Doimiy yoki vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar vaqtincha almashtirilgan hollarda (otpuskaga chiqqan, kasallangan, boshqa mamlakatlarga xizmat safariga chiqqan davr va boshqalar uchun) almashtirish uchun kelayotgan jurnalistlarga yo‘lga chiqish ruxsatnomalari o‘zaro kelishilgan shartlarda, qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilingan kundan boshlab ikki haftadan oshib ketmaydigan muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tegishli ikki tomonlama bitimga ega bo‘lgan mamlakatlarning doimiy yoki vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlariga, agar boshqa xil ikki tomonlama shartlashuv bo‘lmasa, bir yil muddatga kelish va ketish vizalari beriladi. Ko‘p martalik ruxsatnomalar chet ellarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmasiga binoan respublikaning xorijdagi konsullik muassasalari va vakolatxonalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida esa akkreditatsiya qiluvchi tashkilotning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xorijiy jurnalistlarga, ularning fuqaroligi va doimiy turar joyidan qat’i nazar, ommaviy axborot vositalari joylashgan mamlakat bilan kelishuvga ko‘ra kelish va ketishga oid ko‘p martalik ruxsatnomalar berilishi mumkin (ko‘p martalik ruxsatnomalar to‘g‘risidagi qarorlar ikki oydan oshmaydigan muddatga qabul qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasiga tegishli ommaviy axborot vositalari rahbariyati tomonidan belgilangan muddatga ishga kelgan xorijiy jurnalistlar va ularning oila a’zolari o‘zlarining milliy pasportlarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vizalar berish va xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish boshqarmasida (bo‘limda, bo‘linmada) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdirlar. Ro‘yxatdan o‘tkazish akkreditatsiya qilingan muddatga amalga oshiriladi, bu muddat milliy pasportning amalda bo‘lish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xorijiy muxbirni doimiy akkreditatsiya qilish haqidagi qaror, uning doimiy yashash joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ko‘pi bilan bir oy muddatda qabul qilinadi. Akkreditatsiya qilingan jurnalist O‘zbekiston Respublikasiga kelishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ikki yil muddatgacha amalda bo‘ladigan doimiy akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xorijiy muxbirni vaqtincha akkreditatsiya qilish ham O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga kelishi bilan unga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida olti oygacha muddatda amal qiladigan vaqtinchalik akkreditatsiya guvohnomasi beriladi. O‘zbekiston Respublikasiga o‘z redaksiyalarining maqsadli topshirishlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa idoralar va tashkilotlar yo‘li bilan kelgan ommaviy axborot vositalarining muxbirlari, shuningdek, asosiy muxbirlarning ta’tilga chiqqanligi, kasalligi, boshqa mamlakatlarga xizmat safariga ketganligi sababli ularning o‘rniga kelgan jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha akkreditatsiya qilinishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Doimiy va vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlarning oila a’zolari tegishli ommaviy axborot vositasining rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma ravishda murojaat qilgan taqdirda jurnalistlar kabi akkreditatsiya qilinishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xorijiy jurnalist akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan kechi bilan 10 kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga guvohnomaning amal qilishi hamda milliy pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida murojaat qilishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Akkreditatsiya guvohnomasi yo‘qolgan taqdirda jurnalist bu hakda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qilishga majburdir. Dublikatni berish to‘g‘risidagi masala ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasidagi o‘z faoliyatini tugatgach, doimiy yoki vaqtincha akkreditatsiya qilingan jurnalistlar akkreditatsiya guvohnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshirishga va jo‘nab ketish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xorijiy jurnalistni akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rad etilishi yoki akkreditatsiya O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlarida fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yoritib borish uchun xorijiy jurnalistlarni taklif etgan holda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro va ichki tadbirlar (kongresslar, syezdlar, forumlar, seminarlar va boshqalar) o‘tkazilgan taqdirda xorijiy jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasining tegishli mamlakatdagi diplomatik yoki konsullik vakillari orqali taklif bo‘yicha kelishni rasmiylashtiradilar va ularning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadigan idoralar va tashkilotlar huzurida akkreditatsiya qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu idoralar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasiga kelishgan xorijiy jurnalistlarni mazkur Asosiy qoidalarning ularning huquq va burchlariga doir qismi mazmunidan xabardor qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy va vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar qayd etilgan idoralar va tashkilotlar huzurida tadbirlar o‘tkaziladigan vaqt uchun ham akkreditatsiya qilinishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. MDH qatnashchilari bo‘lgan mamlakatlarning poytaxtlarida akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ruxsati bilan keladilar. Kelish masalasi bo‘yicha murojaatlar uning boshlanishidan 10 kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi yoki respublikaning MDH qatnashchilari bo‘lgan tegishli mamlakatlardan diplomatik yoki konsullik vakillariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy muxbirlarning asosiy huquqlari va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xorijiy fuqarolikka ega bo‘lgan xorijiy muxbirlar va ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va mazkur qoidalarda nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar. Xorijiy jurnalistlarning O‘zbekiston Respublikasi qatnashchisi bo‘lgan tegishli xalqaro hujjatlarga muvofiq manfaatdor davlatlar bilan ikki tomonlama tartibda o‘zaro ko‘rsatilgan yoki kelishilgan asosda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlari e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Toshkent diplomatiya korpusiga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (“Toshdipxorijxizmat”) ko‘rsatadigan xizmatlardan o‘zlari fuqarosi bo‘lgan mamlakatning diplomatlari bilan teng shartlarda foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshdipxorijxizmat” akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlarning iltimosiga ko‘ra ularning ishini yengillashtirish bilan bog‘liq soliqlar va uy-joy bo‘yicha amaliy masalalarga doir ma’lumotlarni, O‘zbekiston Respublikasi Bojxonasi esa Bojxona qoidalari, shu jumladan, buyumlar olib kelish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga va shaxslarga tegishli buyumlar ustidan davlat bojxona nazorati qoidalariga muvofiq turmush sharoitini ta’minlash va kasb faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan buyumlarni olib kelishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar o‘z kasb faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan matbaachilik materiallarini va qo‘lyozma materiallarini olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Bunda ular amaldagi bojxona qoidalariga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan xorijiy mamlakatlar bilan aloqa kanallari orqali o‘zlari mansub bo‘lgan axborot vositalariga og‘zaki, yozma yoki audioko‘rinishli mazmundagi ma’lumotlarni berish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Akkreditatsiya qilingan jurnalistlarga ularning mualliflik huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlar va ularning oila a’zolari kasb faoliyatlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida o‘zlariga berilgan huquqlar va imtiyozlardan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini hurmat qilishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va boshqa me’yoriy hujjatlariga rioya etishlari hamda zarur hollarda davlat yoki jamoat xavfsizligini, jamoat tartibi, aholining sihat-salomatligini va ma’naviyatini muhofaza qilish manfaatlarini himoya qilishlari kerak. Respublika Tashqi ishlar vazirligi xorijiy jurnalist tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari buzilganda uni ogohlantirishi yoki akkreditatsiyani yoxud safarga borish ruxsatnomasini bekor qilishi, shuningdek, respublikadan chiqarib yuborishgacha ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rishi mumkin.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan xorijiy jurnalistlarning urushni har qanday usulda targ‘ib qilishi, milliy, irqiy yoki diniy nafratni qo‘zg‘ash foydasiga tahqirlash, dushmanlik yoki zo‘ravonlikka gij-gijlovchi axborotlar bilan chiqishlari taqiqlanadi. Xorijiy jurnalistlar va ularning oila a’zolari yo‘l qo‘yilgan qoida buzishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xorijiy jurnalist akkreditatsiya qilishdan mahrum etilganda yoki uning kelishiga ruxsatnoma berish bekor qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday qarorning sabablari to‘g‘risida uni xabardor qiladi, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xorijiy fuqarolarga viza berish va ularni ro‘yxatga olish boshqarmasi (bo‘limi, bo‘linmasi) unga jo‘nab ketish vizasini rasmiylashtiradi. Xorijiy jurnalist O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasida uning akkreditatsiya qilishini to‘xtatish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot manbalaridan foydalanish to‘g‘risida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar O‘zbekiston Respublikasi jurnalistlari bilan teng ravishda axborot manbalaridan foydalanish huquqiga egadirlar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xorijiy jurnalistlarning, ular akkreditatsiya qilinganlaridan keyin, taqozo qilinadigan joylarda rasmiy matbuot konferensiyalariga va maqsadga muvofiq hollarda boshqa rasmiy tadbirlarga kirishi ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy muxbirlarning harakat qilishi haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar tegishli mamlakatlar diplomatiya vakolatxonalarining xodimlari uchun belgilangan tartibda harakat qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Safarga borish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining e’tirozi yo‘qligi safarga borishga rozilikni bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar “Toshdipxorijxizmat” orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sifatida ishga yollashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Asosiy qoidalarda “muxbir” va “jurnalist” atamalari, MDH va O‘zbekiston Respublikasi qatnashchisi bo‘lgan xalqaro hujjatlarning qoidalarini hisobga olgan xolda, bir xil ma’noga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar deganda MDH qatnashchilari bo‘lgan mamlakatlarning va boshqa davlatlarning fuqarolari — xorijiy davlatlarning barcha ommaviy axborot vositalari: mazkur Asosiy qoidalarda nazarda tutilgan taomilga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan agentliklar, gazetalar, jurnallar, boshqa davriy nashrlar, radio, televideniye, kino vakillari tushuniladi.