24.04.1997 yildagi 402-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 24.04.1997 yildagi 402-I-son
Date of entry into force
26.04.1997
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALISTLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Jurnalist
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining senzura qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Jurnalistning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish;
(5-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish;
(5-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalist tekshiruvi o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo‘yib tarqatish, ularda o‘z fikr-mulohazasini ifodalash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e’lon qilishga tayyorlangan ma’lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
basharti qonunni buzishga olib keladigan bo‘lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo‘ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etgan xabarining mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e’lon qilishi oqibatida o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist o‘ziga qonunchilik bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Jurnalistning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;
(6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalistika sohasining sirini oshkor etmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist o‘z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Jurnalistika sohasining siri
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan o‘z nomini oshkor etmaslik sharti bilan ixtiyoriy ravishda ma’lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma’lumotlarni bu ma’lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o‘zining g‘arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab foydalanishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-modda. Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistning shaxsiga va o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida uning xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalarining birlashmalari tomonidan belgilanadi.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Jurnalistning daxlsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Jurnalist tekshiruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist axborot to‘plash va tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist o‘z tekshiruvlarining natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga, ularni davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Jurnalist tekshiruvi davrida u qo‘lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo‘yilishi yoki ko‘zdan kechirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Jurnalistning kasbiga doir faoliyati kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Jurnalistni akkreditatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist davlat organi, jamoat birlashmasi va tashkilot huzurida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining jurnalisti xorijiy davlatda akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan jurnalist:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘lib o‘tadigan ochiq hay’at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risida oldindan axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa obyektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq hay’at majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qiluvchi organning mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so‘rash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan ko‘chirma nusxalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan jurnalist qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi jurnalistining chet eldagi va chet el jurnalistining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining jurnalisti chet elda jurnalistlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining va o‘zi akkreditatsiya qilingan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan chet el jurnalisti axborot to‘plash va tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi jurnalisti bilan teng huquqlarga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasi hududida jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishi shart.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Chet el jurnalisti akkreditatsiyasining bekor qilinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el jurnalisti ushbu Qonunni, boshqa qonunchilik hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini buzgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uning akkreditatsiyasini bekor qilishi mumkin.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el jurnalisti o‘zining O‘zbekiston Respublikasidagi akkreditatsiyasini bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chiqargan qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(14-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
senzura qilganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalist o‘z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo‘rin bekor qilish yo‘li bilan to‘sqinlik qilganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalistning so‘rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalistning ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning jurnalistlik kasbiga doir faoliyati bilan bog‘liq holda sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Jurnalistning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo‘lishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardir.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari ma’lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar bu ma’lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud bo‘lsa yoki chiqishlarning so‘zma-so‘z takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) bo‘lsa.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 24-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
402-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 110-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)