O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
936-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 43-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish tartibini, uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafargacha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafargacha, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod 5 nafargacha, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod 3 nafargacha ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarosi nomzodning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
2. Ishonchli vakil saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
3. Ishonchli vakillarning O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi saylov bilan bog‘liq safar xarajatlari saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ishonchli vakilga uning arizasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining talablariga muvofiq saylovoldi tashviqoti o‘tkazish davrida ish haqi saqlab qolinmagan holda ta’til berilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 8-iyundagi 1283-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ishonchli vakillikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishonchli vakillarga guvohnomalar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda guvohnoma tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
II. Ishonchli vakillarni ro‘yxatga olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari uning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi va mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shaklda ularga guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini o‘z xohishiga ko‘ra belgilaydi va ularni ro‘yxatga olish uchun tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga:
bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ro‘yxatga olingan nomzodlar tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga;
ro‘yxatga olingan partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatligiga nomzod tomonidan tegishli viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashi deputatligiga nomzod tomonidan tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga ishonchli vakillikka nomzodning pasport nusxasi (yoki identifikatsiya ID-kartasi), 2 dona 3 x 4 hajmdagi fotosurati ilova qilinadi.
Tegishli saylov komissiyasi arizani qabul qilgan kundan boshlab, 3 kunlik muddatda ishonchli vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga mazkur Nizomning 2 — 2v-ilovalarda belgilangan shaklda guvohnoma beradi.
Guvohnomada nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyaning alohida farq belgilar (rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
7. Ishonchli vakilning guvohnomasi tegishli saylov komissiyasi raisining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
8. Nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda o‘z ishonchli vakilini tegishli saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istalgan vaqtda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
III. Ishonchli vakilning huquq va majburiyatlari
9. Ishonchli vakil:
nomzodga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradi;
nomzod saylanishi uchun tashviqot olib boradi;
davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan bo‘ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.
10. Ishonchli vakil boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
11. Ishonchli vakilga saylovoldi tashviqoti davrida:
tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
noto‘g‘ri axborotni tarqatish, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini buzish, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
12. Ishonchli vakil tomonidan saylovga bir kun qolganida va saylov kunida tashviqot olib borish taqiqlanadi.
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishonchli vakillar saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
14. Shikoyat bergan ishonchli vakillar shikoyat ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA NAMUNASI

140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi Nizomga
2a-ILOVA
2a-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI

140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi Nizomga
2b-ILOVA
2b-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI

140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
(2b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi Nizomga
2v-ILOVA
2v-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TUMAN (SHAHAR) KENGASHI DEPUTATLIGIGA NOMZOD ISHONCHLI VAKILINING GUVOHNOMA
NAMUNASI

140 x 100 mm. o‘lchamdagi guvohnoma bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
(2v-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari faoliyati bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining yo‘riqnomasi to‘g‘risida” 1999-yil 9-noyabrdagi 53-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo‘riqnomalari to‘g‘risida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 6-bandi va 6-ilovasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining o‘ninchi xatboshisi va 9-ilovasi.