05.09.2019 yildagi 740-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.09.2019 yildagi 740-son
Date of entry into force
06.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash xaqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 5-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
740-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 740-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini (rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash) moliyalashtirish boʻyicha xulosalarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom har yili tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nizom talablari qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlari boʻyicha (asosli ravishda loyiha yechimlarini yaxshilash, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihada ilgari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) kiritilgan oʻzgartirishlar natijasida narxi oshib ketadigan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tenderlar yoki tanlovlar natijalari boʻyicha aniqlangan shartnoma qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi obyektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqish holatlaridan tashqari, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlari, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish, foydalaniladigan resurslarni oʻzgartirish hamda loyihani tuzatish bilan bogʻliq ishlar);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudratchi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlariga koʻra belgilangan obyektlar boʻyicha ekspertiza organlarining xulosasiga muvofiq smeta qiymatiga (yildan yilga oʻtuvchi obyektning (yoʻl xoʻjaligi obyektlaridan tashqari) qoldiq qiymatini belgilangan tartibda qayta hisoblab chiqish, shuningdek, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida obyektning fizik ish hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish hamda loyihani tuzatish, foydalaniladigan resurslarni va ularning narxlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq ishlar) tatbiq etiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bosh pudratchi tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlariga koʻra belgilangan yildan yilga oʻtuvchi yoʻl xoʻjaligi obyektlarining qoldiq qiymatini joriy narxlarda qayta hisoblash Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Loyihaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha materiallarni taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyihaga obyekt qiymatining oshishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligini koʻrib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda tashabbuskorlar deb ataladi) tomonidan bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat taqdim etiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha tashabbuskorlar rahbarlarining loyihaga oʻzgartirishlar kiritishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli bayonnomasining asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta koʻrib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar (loyiha-smeta koʻrsatkichlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ilgari tasdiqlangan loyiha boʻyicha loyihalashtirish topshirigʻi, yigʻma resurs smetasi, ekspert xulosalarining nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilgan va oʻzgartirilgan loyihaning asosiy koʻrsatkichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) aniqlashtirilgan yigʻma resurs smetasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yigʻma maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining yigʻma resurs smetasi boblarining xarajatlar turlari boʻyicha taqsimlangan qiyosiy roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) narxining oshib ketishiga sabab boʻlgan chizmalar va hisob-kitoblar, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilarning, loyihalashtirish, qidiruv, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, davlat va sohaviy ekspertiza organlari hamda boshqa tashkilotlarning xato va kamchiliklari (ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalar turini tanlash boʻyicha asoslanmagan yechim, qurilishning geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlarini notoʻgʻri belgilash, ishlarning hajmlarini, qurilish materiallari, buyumlar, uskunalar va boshqalarning narxlarini pasaytirib (oshirib) yuborish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni tashishning samarasiz transport sxemalarining qoʻllanishi, fors-major holatlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor konyunkturasining oʻzgarishi, yangi texnologik yechimlarning qoʻllanilishi, uskunalarga qoʻshimcha ehtiyoj (agar bu ilgari tasdiqlangan loyihani ishlab chiqishda loyiha tashkiloti tomonidan hisobga olinmagan boʻlsa) bilan bogʻliq holda uskunalar qiymatining oshishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) loyihani qayta koʻrib chiqish mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qoʻshimcha kelishish toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) tashabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha bayonnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining oshishini tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq obyektning smeta qiymati koʻpayishi sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Takliflarni koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etiladigan materiallar 16 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish quyidagi hollarda asossiz deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki loyiha-smeta hujjatlarida koʻzda tutilgan qurilish materiallari oʻzgartirilib (loyihaga boshqa qoʻshimcha ish hajmlari qoʻshilmagan va konstruksiya qismiga oʻzgartirish kiritilmagan taqdirda), ushbu oʻzgartirish boʻyicha asoslovchi hujjatlar, yaʼni sifatning yuqoriligini asoslovchi va aynan ushbu sifatga talab mavjudligi keltirilgan hujjat, texnik va qurilish talablari nuqtai nazaridan almashtirilishi lozimligini asoslovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari mavjud emas deb xulosa berilgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha narxini oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritishni rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma tashabbuskorga rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Bir vaqtning oʻzida xatning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboriladi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Murojaat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, tegishliligi boʻlgan taqdirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan xulosalar 10 ish kuni ichida Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Takliflarda turli yondashuvlar boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan yagona qarorga kelish maqsadida qoʻshma yigʻilish tashkil etiladi. Yigʻilish turli yondashuvda boʻlgan vazirliklar mutaxassislari toʻliq qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Yigʻilish natijasi tegishli bayonnoma asosida rasmiylashtirilib, vazirliklar rahbariyati tomonidan imzolanadi. Yigʻilish bir ish kuni muddatda oʻtkaziladi. Yigʻilishda masala yechimi yuzasidan aniq qaror qabul qilinishi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi ijobiy xulosalar boʻlgan taqdirda, 16 ish kuni ichida obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyiha qiymatining oshib ketishi boʻyicha asoslangan yigʻma taklifni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotda asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kiritilayotgan qoʻshimcha oʻzgartirishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va obyektni foydalanishga topshirish muddatini tegishli ravishda uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish mumkin emas. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaga obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymatining oshib ketishiga olib keladigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarning asoslanganligi yuzasidan xulosalarni taqdim etish, koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish sxemasi ushbu Nizomga 4 va 4a-ilovalarda keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) yuzasidan ilgari tasdiqlangan loyihaga obyekt qiymatining oshib ketishiga olib kelgan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritilib, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


‎____________________________________________________
‎(loyiha nomi)

‎‎obyektning asosiy koʻrsatkichlari yuzasidan
‎JADVAL


‎T/r‎

‎‎‏Koʻrsatkichlar nomlari

Obyekt koʻrsatkichlari‎‎

Tasdiqlangan loyihaga asosan‎‎‏

Qayta tasdiqlash uchun kiritilgan loyihaga asosan‎‎‏

Qayta tasdiqlash uchun tavsiya qilindi

oʻlchov birligi ‎‎

quvvat koʻrsatgichi

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

4.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎
‎Loyiha tashkiloti rahbariyati

‎‎______________

‎‎(imzo, muhr)

‎‎Buyurtmachi

‎‎_____________

‎‎(imzo, muhr)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


‎____________________________________________________
‎(loyiha nomi)

‎‎Obyektning narxi oʻzgarishi boʻyicha
‎SOLIShTIRMA HISOBOT

(mln. soʻm)

T/r‎‏

Obyektlarning jamlama hisobidagi bob va boʻlimlardagi ishlar va xizmatlarning nomlari

__________ holatiga obyektning tender natijasida aniqlangan qiymati‎‎

Obyekt qiymatini qayta koʻrib chiqish vaqtida _________ holatiga oʻzlashtirilgan kapital qoʻyilmalar‎‎

Obyekt qiymatini qayta koʻrib chiqish vaqtida __________ holatiga moliyalashtirildi‎‎

Jami‎‎‏

shu jumladan‎‎

Jami‎‎‏

shu jumladan‎‎

Jami‎‎‏

shu jumladan‎‎

Qurilish-montaj ishlari ‎‎

Uskunalar‎‎

Boshqa xarajatlar ‎‎

Qurilish-montaj ishlari ‎‎

Uskunalar‎‎‎‎

Boshqa xarajatlar

Qurilish-montaj ishlari ‎‎

Uskunalar‎‎‎‎

Boshqa xarajatlar ‎‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎

7‎‎

8‎‎

9‎‎

10‎‎

11‎‎

12‎‎

13‎‎

14‎‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎


‎jadval davomi‎‎

Obyekt qiymatini qayta koʻrib chiqish vaqtida _________ holatiga obyektning qoldiq qiymati‎‎

Obyekt qiymatini qayta koʻrib chiqish vaqtida _________ holatiga kiritilgan qoʻshimcha oʻzgartirishlarni inobatga olgan aniqlanagan qoldiq qiymati‎‎

Obyektning kirititgan qoʻshi�chalar bilan birga hisoblangan yangi smeta narxi‎‎

Obyekt narxining oʻegarishi
‎(+;-) ‎‎

Jami‎

shu jumladan‎‎

Jami‎‏

shu jumladan‎‎

Jami‎‏

shu jumladan‎‎

Jami‎‎‎

shu jumladan

Qurilish- montaj ishlari ‎‎

Uskunalar‎‎

Boshqa xarajatlar ‎‎‎

Qurilish- montaj ishlari ‎‎

Uskunalar‎‎

Boshqa xarajatlar ‎‎

Qurilish- montaj ishlari

Uskunalar‎‎

Boshqa xarajatlar ‎‎

Qurilish- montaj ishlari ‎‎

Uskunalar

Boshqa xarajatlar ‎‎

15‎

16‎‎

17‎‎

18‎‎

19‎

20‎‎

21‎‎

22‎‎

23‎

24‎‎

25‎‎

26‎‎

27‎

28‎‎

29‎‎

30

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎


‎Loyiha tashkiloti rahbariyati‎

_________________‎‎ (imzo, muhr)‎
‎‎Buyurtmachi‎ __________________‎____‎‎______

‎‎(imzo, muhr)

‎‎Kelishildi
‎(bosh pudratchi) ___________________ (imzo, muhr)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


‎____________________________________________________
‎(loyiha nomi)‎‎


‎Qurilish qiymatining oshib ketishi sabablari boʻyicha
‎MAʼLUMOTNOMA

‎‏‎‏T/r

Loyiha narxini qayta tasdiqlash taklifini tashabbus qilgan vazirlik (idora), loyiha tashkiloti va loyiha nomi

Loyihani tasdiqlagan tomon nomi, tasdiqlash raqami va sanasi‎

Qurilish obyektining umumiy qiymati (mln. soʻm) ‎‎

Qurilish obyektining qiymatining oshishi (mln. soʻm) ‎‎

Oldin tasdiqlangan‎‏

Aniqlashtirib kiritilgan

Kelishib berilgan

Jami (shu jumladan qurilish-montaj ishlari) ‎‏

shu jumladan‎‎

Loyiha-qidiruv, ilmiy-tekshirish va loyiha tashkilotlarining xatolari ‎‏

Uskunalarni yetkazib beruvchilar narxlarining oshib ketishi‎‏

Vazirlik, idora va loyiha tashkilotlarining takliflariga koʻra oʻzgartiriladigan loyiha yechimlari

Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra amalga oshiriladigan chora-tadbirlar‎‏

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yangi texnik shartlar, normalar va qoidalarni tatbiq etish maqsadida ‎‎

Qurilish shartlarini oʻzgartirilishi va boshqa 10-ustunda koʻzda tutilmagan holatlar‎‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6

7‎‎

‎‎8

9‎‎

10‎‎

11‎‎

12‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎Loyiha tashkiloti rahbariyati ________________‎‎

‎‎‎‎(imzo, muhr)

‎‎Buyurtmachi _______________________________

‎‎(imzo, muhr)

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlarining narxi oʻzgarishi sababli hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha xulosalar berish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Tashabbuskor

Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan asoslangan taklif tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga kiritadi

Belgilangan muddatlarda

II bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari

Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

10 ish kuni

III bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklarining xulosalarini jamlagan holda tashabbuskorga salbiy xulosa berilgan boʻlsa, uning murojaati boʻyicha rad javobi yuboradi. Agar ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

6 ish kuni

IV bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yigʻma xulosasini hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini koʻrib chiqadi.

Vazirlar Ma�kamasining Reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qiladi.

Belgilangan muddatlarda

V bosqich

Tashabbuskorlar

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritib, belgilangan tartibda moliyalashtiradi.

Belgilangan muddatlarda

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) obyektlarining narxi oʻzgarishi sababli hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha xulosalar berish tartibi (Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Tashabbuskor

Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan asoslangan taklif tayyorlaydi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirib Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda

II bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi.

10 ish kuni

III bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklarining xulosalarini jamlagan holda tashabbuskorga salbiy xulosa berilgan boʻlsa, uning murojaati boʻyicha rad javobini yuboradi. Agar ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

6 ish kuni

IV bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yigʻma xulosasini hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasini koʻrib chiqadi.

Vazirlar Mahkamasining Reg�amenti asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qiladi.

Belgilangan muddatlarda

V bosqich

Tashabbuskorlar

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqandan soʻng pudrat shartnomasiga tegishli tartibda oʻzgartirishlar kiritib, belgilangan tartibda moliyalashtiradi.

Belgilangan muddatlarda

(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/740/3701-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son;)