14.11.2018 yildagi PF-5577-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.11.2018 yildagi PF-5577-son
Date of entry into force
15.11.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini o‘rganish ushbu sohasida islohotlarni jadal amalga oshirishga va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar borligini ko‘rsatdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishga yetarlicha e’tibor berilmayapti, qurilish sohasida katta miqdorda davlat ma’muriy-boshqaruv va nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud ko‘rsatma beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni qo‘llashga to‘sqinlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qo‘llab-quvvatlash va joriy etish sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi mavjud emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmog‘i kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha qurilish obyektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish majburiydir, qurilishi mulkdorlarning o‘z mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, davlat xaridlari subyektlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotlari va loyiha tashkilotlari o‘rtasida konsorsium tashkil etish hamda konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlikni yuklash orqali “fast-track” usuli (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida loyihalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari va birlashmalari tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar (litsenziyalar) tan olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish uchun yer uchastkalarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ajratilishi hamda qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan bosh rejaga yoki yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga (bosh reja mavjud bo‘lmaganda) bog‘lamasdan amalga oshirilishi uchun tegishli hokimlarning shaxsiy javobgarligi belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish uchun yer uchastkalari o‘z vaqtida ajratilmasligi yoki noto‘g‘ri ajratilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish orqali qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqishda, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar milliy va xorijiy yuridik shaxslar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishga haqli;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi;
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish normalari va qoidalari har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish natijalari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining qarori bilan tasdiqlanadi;
(1-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilish standartlari, texnik reglamentlar, qurilish normalari va qoidalarining yagona katalogini yuritish, rasmiy veb-saytida e’lon qilish va yangilab borish orqali katalogdan bemalol foydalanishni ta’minlash “O‘zstandart” agentligiga yuklanadi;
(1-band “b” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2019-yil 1-martdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat majburiydir hamda tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan yoki sertifikatga ega ekspert jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilayotgan obyektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruv faqat belgilangan tartibda sertifikat olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2020-yil 1-yanvardan boshlab uy-joy qurilishi obyektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi, shuningdek, ular foydalanishga qabul qilinishidan avval energetik audit pasportini olishi kerak, BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya-samarador va ekologik loyihalashtirish bo‘yicha qo‘llanma) xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatga ega obyektlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Adliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qurilish sohasini texnik tartibga solishning normativ bazasini isloh qilish to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorgarlik davri (2019 — 2021-yillar) — O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda amaldagi milliy qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tish davri (2022 — 2026-yillar) — milliy qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni amaliyotga joriy etish, qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish, yangi texnologiyalar, materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni o‘zlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy davr (2027-2028-yillar) — milliy va moslashtirilgan xorijiy qurilish normalari hamda qoidalarini qo‘llash tajribasini umumlashtirish asosida qurilish sohasini texnik tartibga solishning yagona normativ bazasini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda jadval bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun zarur ajratmalarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda jadvalning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarga shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatovga — qurilish sohasiga zamonaviy bozor mexanizmlari va xalqaro standartlarni, ilg‘or texnologiyalar va nou-xauni joriy etish, shuningdek, tarmoqdagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning innovatsion metodologik dasturlarini ishlab chiqish uchun;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga — milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish uchun xalqaro moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish, shuningdek, xorijiy normativ-texnik standartlarni moslashtirish uchun.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarori 9-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Business city” markazlarini va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazini qurish loyihalarini amalga oshirish doirasida investorlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Business city” markazlarini va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazini “fast-track” usuli (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilinadigan, shu jumladan, xorijiy pudratchilarga tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2018-yil 20-dekabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni qabul qilish va moslashtirish uchun vakolatli xorijiy organlar va tashkilotlarning rasmiy ruxsatini olishni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi va O‘zbekiston arxitektorlar ittifoqi bilan birgalikda loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish dasturini ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zstandart” agentligi va “O‘zqurilishmateriallari” AJ bilan birgalikda “O‘zqurilishmateriallari” AJ faoliyatini hamda qurilish materiallari va buyumlari sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2019-yil 1-martga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan hamda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va mamlakat hududiga ilk marotaba olib kirilayotgan qurilish uskunasi, texnikasi, materiallari va buyumlarini sertifikatsiya qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining idoraviy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajaruvchi tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash institutlari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan loyiha-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish mexanizmlari va loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish muddatlarini belgilashni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning har bir hududida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi amaldagi milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar va donorlarning mablag‘larini jalb qilishda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘maklashsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qurilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qurilish sohasini nazorat qiluvchi inspeksiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish, shu jumladan, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish obyektlari konstruksiyalari va funksiyalari xavf-xatar toifalari bo‘yicha obyektlarni tasniflash yuzasidan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha obyektlarning murakkablik toifalari Klassifikatorini qayta ko‘rib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlari ekspertizadan o‘tkazuvchi, qurilishning olib borilishi ustidan texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi, qurilayotgan obyektlarni tekshiruvchi shaxslarning malakasiga va ularni sertifikatlashga talablar qo‘yish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida uy-joy qurilish obyektlarini energiya nuqtai nazaridan samarador va energiya tejovchi uskunalar bilan jihozlashga majburiy talablar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi tartibni 2019-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2019-yil 1-aprelga qadar loyihalash va qurilish sohasidagi kadrlarning, shu jumladan, professor va o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda albatta amaliyot o‘tkazishini tashkil etgan holda uzluksiz, shu jumladan, masofaviy kasbga o‘qitish va malakasini oshirish uchun oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini ushbu Farmon talablariga muvofiq ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2019-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin, kodeksning o‘zida uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish mexanizmlarini, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy prinsiplari, funksiyalari va organlari, normativ-texnik hujjatlarni joriy etish va ularning kataloglarini yuritish, qurilish sohasidagi akkreditatsiya tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh rejalarni, batafsil joylashuv loyihalarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish uchun talabnomalarni kelishish, pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, qurilish obyektlarining qurilish inspeksiyasini amalga oshirish va foydalanishga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash va qurilish sohasida ishlaydigan arxitektorlar va muhandislar malakasiga talablar qo‘ygan va ularning javobgarlik, shu jumladan, moddiy javobgarlik darajasini belgilagan holda qurilish tarmog‘ini professional jihatdan tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tish davri qoidalari, shu jumladan, qurilish nazorati sifatini, konstruktiv xavfsizlikni, javobgarlik tartibga solinishini va sug‘urtani ta’minlaydigan, qurilish faoliyati subyektlarining raqobat muhiti rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa masalalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5577-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2018-y., 06/18/5577/2187-son; 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)