O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-18]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zgartirishlarning 1-bandi 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
18/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 8-bandning beshinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 33-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 46-bandning birinchi xatboshisidagi “surishtiruvchi, tergovchi” degan so‘zlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 10/19/1948-18/3620-son)