28.06.2019 yildagi PQ-4375-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.06.2019 yildagi PQ-4375-son
Date of entry into force
29.06.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yod g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari (keyingi o‘rinlarda — “Temurbeklar maktablari”) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar “Temurbeklar maktablari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tasdiqlanayotgan Chora-tadbirlar dasturini (“Yo‘l xaritasi”ni) to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat tegishli vazirlik va idoralar hamda harbiy-ma’muriy sektorlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisi va Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga, zarur hollarda, tegishli ravishda vazirlik va idoralar qo‘shinlarining umumiy soni doirasida “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”da o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020/2021 o‘quv yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-texnik yo‘nalishidagi Farg‘ona akademik litseyi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari o‘qishni amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda yakunlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2738-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus guruhlarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatiladi. Bunda, maxsus guruhlarda o‘qiyotgan o‘quvchilar belgilangan tartibda o‘z o‘qishlarini amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha yakunlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyaning “Temurbeklar maktabi” uchun yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari uchun qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va fuqaro tarkibidagi xodimlar shtat birliklari tegishli ravishda Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linma (qo‘shin)larining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tizimida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-344-son qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy-yuridik yo‘nalishidagi Urganch akademik litseyi va harbiy-qurilish yo‘nalishidagi Samarqand akademik litseylari faoliyatini to‘xtatish hamda ularning binolari (inshootlari) va ularga tutash hududlarni 2019/2020 o‘quv yilida o‘qishga kirgan o‘quvchilar amaldagi o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni yakunlaganidan so‘ng tegishliligi bo‘yicha Xorazm va Samarqand viloyati hokimliklari tasarrufiga o‘tkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4276-son qaroriga muvofiq tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi ixtisoslashtirilgan akademik litsey o‘rniga “Temurbeklar maktabi”ni tashkil etishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, mavjud shtat birliklarini to‘liq saqlab qolgan holda, moddiy-texnik vositalari, o‘quv jihozlari va boshqa mulklari bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga 6-ilovaga muvofiq topshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari, akademik va harbiy-akademik litseylarning ishdan bo‘shatilayotgan ishchi va xizmatchilarini o‘z vaqtida ishga joylashtirilishini ta’minlasin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Temurbeklar maktabi”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati ishchi va xizmatchilari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor va uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, o‘quv bo‘limi xodimlari uchun — 5 barobar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘garak (seksiya) rahbarlari va psixologlari uchun — 3 barobar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uchun — 2 barobar miqdorda oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2019-yil 1-sentabrdan boshlab “Temurbeklar maktablari”da xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning pul ta’minotiga ularning lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorida har oylik ustama to‘lanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari qo‘llaniladi hamda ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadi. “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ishchi va xizmatchilariga belgilangan ish staji uchun foizli ustama belgilash tartibi ham qo‘llaniladi;
(8-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi;
(8-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari bo‘yicha kirish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda shu qarorga muvofiq tegishli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni vazirlik va idoralarga topshirilishi munosabati bilan ularning xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan boshlab har yili tegishli vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq “Temurbeklar maktablari”ning o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan, xorijiy mamlakatlarning davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish orqali, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 2019-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining 7-ilovada ko‘rsatilgan qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Temurbeklar maktablari”da samarali ta’lim jarayonini ta’minlash maqsadida ularga yuklatilgan vazifalarni muntazam monitoring qilish, tizimli asosda ularga zarur metodik va amaliy yordam ko‘rsatish hamda o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 28-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4375-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tarkibida tashkil etilayotgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tarkibida HAL tashkil etilayotgan

vazirlik va idoraning nomi

Tashkil etilayotgan HALning nomi

Ta’lim muassasasining

amaldagi nomi

Joylashgan manzili

1.

Mudofaa
vazirligi

Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-texnik yo‘nalishidagi Farg‘ona harbiy-akademik litseyi

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Guliston ko‘chasi,
7-uy

2.

Davlat xavfsizlik xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji

Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi 3-uy

3.

Ichki ishlar vazirligi

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litsey

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

Nukus shahri,
Chimboy ko‘chasi,

“Aydin jol” QFY

4.

Milliy
gvardiya

Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Zamon ko‘chasi, 10a-uy

5.

Favqulodda vaziyatlar

vazirligi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Shahrisabz iqtisodiyot kolleji

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparqiliq ko‘chasi,
1-uy

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha CHORA-TADBIRLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI (“YO‘L XARITASI”)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. TASHKILIY TADBIRLAR

1.

O‘tkaziladigan tadbirlarning maqsad va vazifalarini yetkazish, yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning faoliyatini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning ishchi guruhlarini shakllantirish bo‘yicha ish majlisini o‘tkazish. Ishchi guruhlarning ish tartibini aniqlash.

Idoralararo va idoraviy ichki yig‘ilishlar, yig‘ilishlar bayonnomalari

2019-yil

10-iyulga qadar

XK (V. Maxmudov),

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

2.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining namunaviy ustavini va boshqa asosiy hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhini tuzish.

Idoralararo yig‘ilishlar, yig‘ilishlar bayonnomalari

2019-yil

15-iyulga qadar

MV (A. Ikramov),

MG (Sh. Shakirov),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

3.

Ishchi guruh, shuningdek, idoralararo ish faoliyati samaradorligini tashkillashtirish, axborot-tahliliy materiallar hisobotini tuzish va nazoratni amalga oshirish.

Ishchi guruh faoliyatining batafsil rejasi

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

4.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya markaziy apparatlarida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning umumiy son miqdoridan kelib chiqib “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari samarali ish faoliyatini tashkillashtirish uchun zaruriy hollarda bo‘linmalarni (bo‘lim va bo‘linmalar) shakllantirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli qarorlari

2019-yil

1-oktabrga qadar

MV(A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

ishchi guruhlari

II. “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARI ISH FAOLIYATINING

NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

HAL rahbar va pedagog kadrlar tarkibi, o‘quvchilarning umumiy huquq va majburiyatlari, shuningdek, HAL bo‘linmalari va boshqa mansabdor shaxslarning faoliyatini tashkillashtirish tartibini belgilovchi “Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlari

2019-yil

20-avgustga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini tasdiqlash va amalga joriy qilish.

Tegishli vazirlik
va idoralarning buyruqlari

2019-yil

10-oktabrga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

3.

“Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilarini oziq-ovqat va harbiy kiyim ta’minoti, kiyim rusumining yagona namunalari, taqdirlash nishonlari va ularni taqish tartibi, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” HALni tugatganligi to‘g‘risidagi ko‘krak nishoni va diplomi me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlari

2019-yil

10-oktabrga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

4.

Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatning loyihasi

2019-yil

1-sentabrga qadar

MV (A. Ikramov),

MG (Sh. Shakirov),

idoralararo ishchi

guruhi

III. INFRATUZILMA VA MODDIY-TEXNIK BAZANI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga o‘tkazishni amalga oshirish.

“Temurbeklar maktabi” HAL infratuzilmalarini takomillashtirish, tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va tegishli hisobotlarni tayyorlash yuzasidan zaruriy choralarni belgilash.

Qabul qilish va topshirish to‘g‘risida bayonnomalar, texnik-iqtisodiy hisobotlar

2019-yil

1-sentabrga qadar

Ishchi guruhlar

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL obyektlarining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha hamda “Temurbeklar maktabi” HALda:

kompyuter, mashq qilish (trenajyor) sinflari hamda masofadan o‘qitish uchun sinflar va elektron axborot-resurs markazlarini yaratishni;

zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, shu bilan bir qatorda interaktiv virtual stendlar va laboratoriyalar ko‘rinishida dasturiy-pedagogik ta’lim olish vositalarini joriy qilishni;

o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va sport yutuqlari darajasini oshirish uchun tegishli sharoitlarni yaratishni;

o‘quv jarayonining yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoringi tizimini joriy qilish va nazoratni tashkillashtirish;

pedagogik tarkibni va o‘quvchilarni ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv materiallar bilan ta’minlash va mustaqil ishlarni tashkillashtirish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratishni ko‘zda tutuvchi chora tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hukumat Qarori

2019-yil

1-sentabrga qadar

Vazirlar Mahkamasi,
MV, DXX, IIV, FVV,
MG, OO‘MTV,
Toshkent shahar va viloyat hokimiyatlari

IV. O‘QUV-USLUBIY BAZALAR VA O‘QUV JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Prinsipial yangi samarali o‘quv rejalari va dasturlari, tematik rejalar, o‘quv-uslubiy resurslar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy ta’lim berish shakli va uslublarini qo‘llash.

Respublikamizning oliy harbiy ta’lim muassasalari, maxsus va boshqa oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun zarur bo‘lgan alohida fanlarni (matematika, fizika, kimyo, ona tili va adabiyot, tarix va xorijiy tillar) chuqurlashtirilgan tarzda ta’lim berilishi uchun sharoit yaratish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov),

ishchi guruhlari

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilariga Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish (yengil va yuk avtomobillarini boshqarish), haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan tegishli hujjatlarni berish tartibi va mexanizmini ishlab chiqish
va tatbiq etish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX(F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

ishchi guruhlar

3.

“Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilari tomonidan muntazam ravishda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, o‘quvchilarda musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va boshqa san’at turlariga qiziqishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX(F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov),

HTV (A. Umarov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

4.

“Temurbeklar maktabi” HALni o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan zaruriy o‘quv, ilmiy va maxsus adabiyotlar, qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari bilan ta’minlash.

Vazirlik va idoralarning rejalari

2020-yil

1-may qadar
va
HAL shakllanishiga muvofiq

5.

Respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa ta’lim muassasalariga kirish uchun zaruriy fanlar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garak ishlarini tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

V. HARBIY-VATANPARVARLIK VA MA’NAVIY-MA’RIFIY

TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, xalqiga sodiq bo‘lgan Vatanga xizmat qilishga tayyor turgan aql-zakovatli nomzodlarni respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa ta’lim muassasalariga kirishini ta’minlash maqsadida “Ma’naviyat asoslari” darsi bo‘yicha o‘quv dasturi, rejalari va o‘quv-uslubiy komplekslarini takomillashtirish.

Yangi o‘quv dasturi, Harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya bo‘yicha rejalari va o‘quv-uslubiy komplekslari

2019-yil

1-sentabrga qadar

Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi ishchi guruhlar bilan hamkorlikda

2.

O‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy o‘sishini ta’minlash uchun kitoblarni o‘qish, kinoteatr, teatr va muzeylarga borish, madaniyat va sport vakillari bilan uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, o‘zbek xalqining tarixi, an’analari va boyliklarini faol o‘rganish yo‘li bilan zaruriy sharoitlarni yaratish.

Alohida reja asosida

doimo

Mas’ul shaxslar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda

3.

Bellashuv ruhi va fikr-mulohazalar bilan almashish uchun sharoitlar, o‘quvchilarda muomala qilish madaniyati, xarizma, notiqlik va liderlik sifatlarni shakllantirish maqsadida “Temurbeklar maktabi” HALda fan olimpiadalari, sport musobaqalari va doimo amalda bo‘lgan munozarali klublarni tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlari

2020-yil

1-mayga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev)

4.

O‘quvchilarda axloqiy-psixologik barqarorlik va kasbiy vazifalarni bajarishga shay turishni shakllantirish maqsadida ularni psixologik qo‘llab-quvvatlashni tashkillashtirish.

Joylarda o‘quvchilarga psixologik yordamni tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev)

VI. RAHBAR VA PEDAGOGIK TARKIBLAR TAYYORGARLIGI VA MALAKASINI OSHIRISHI

1.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlarini aniqlash va ishlab chiqish.

Rahbar va pedagog tarkibning shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlari

2019-yil

20-avgustga qadar

Idoralararo ishchi guruhi

2.

Egallab turgan lavozimiga muvofiqligini obyektiv baholash maqsadida rahbar va pedagog tarkiblarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o‘rganish. Zamon talablariga javob beruvchi malakali kadrlar bilan “Temurbeklar maktabi” HALni butlash va ularni almashinuvini o‘tkazish.

Vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib bo‘yicha tegishli qarorlari

2019-yil

1-sentabrga qadar va
HAL shakllanishiga muvofiq

Vazirlik va idoralarning ishchi guruhlari

3.

Oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bazalarining tegishli hududiy (soha) markazlarida rahbar va pedagog tarkiblarning ta’lim olishini tashkillashtirish.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejasi

Har yili, alohida rejalar bo‘yicha

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

4.

Respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tashkillashtiriladigan konferensiyalarda rahbar va pedagog tarkibning ishtirokini ta’minlash, shuningdek ular uchun AKT o‘rganish bo‘yicha intensiv kurslar va xorijiy tillarni o‘rganishini tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning alohida rejalari bo‘yicha

Har yili, alohida reja bo‘yicha

Vazirlik va idoralarning mas’ul mansabdor shaxslari

5.

Ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish maqsadida o‘quv-metodik seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.

6.

Mashg‘ulotlarni, shu bilan bir qatorda, ta’lim berishning innovatsion usullari bo‘yicha o‘quv jarayoniga yuqori malakali milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish samarali mexanizmini tatbiq etish.

7.

Mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog tarkiblarning stajirovkasini tashkillashtirish.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Asosiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur nizom “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi (keyingi o‘rinlarda — “Temurbeklar maktabi”)ning maqomi, faoliyatning tashkiliy asoslari, maqsadlari, asosiy vazifalari, o‘quvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibi, rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘quvchilarni tanlash va saralash tartibi tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Temurbeklar maktabi” davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur nizom, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar va o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Temurbeklar maktabi”da o‘quv-tarbiyaviy jarayon o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish ko‘zda tutilgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”da o‘qish muddati ikki yilni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Temurbeklar maktabi”ga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minoti tegishli ravishda tasarrufida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Temurbeklar maktabi”ning Namunaviy ustavi, o‘quvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarning kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Temurbeklar maktabi” yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida hisob raqami va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, o‘z nomi tushirilgan blankalariga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. “Temurbeklar maktabi”ning maqsad va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ta’minlash uchun mas’uliyat hissini oshirish, shuningdek, ularning huquqiy bilim va madaniyatini, O‘zbekiston Respublikasiga sodiq fidoyi fuqarolarni aniq maqsadli va tizimli tayyorlash samaradorligini takomillashtirish “Temurbeklar maktabi” faoliyatining maqsadidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Temurbeklar maktabi”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Temurbeklar maktabi”da o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishib, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq hamda Davlat ta’lim standartlari asosida tashkillashtiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Temurbeklar maktabi”da ta’lim davlat tilida va rus tilida (Nukus harbiy akademik litseyida qo‘shimcha ravishda qoraqalpoq tilida) olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tibbiy va pedagogik asoslarga asoslangan ta’lim, mehnat, dam olish va turli tadbirlar uyg‘unligini ta’minlovchi kun tartibi o‘quvchilar kechayu-kunduz “Temurbeklar maktabi”da bo‘lishini hisobga olib tuziladi va Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mansabdor shaxslarning vazifa va funksional majburiyatlari, shuningdek, o‘quvchilarning huquq va majburiyatlari “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Birinchi kursda o‘qish yakunlanganidan so‘ng yakuniy nazorat natijalari asosida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida direktorning buyrug‘i chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1 — 3-o‘rinlarni egallagan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini hamda ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish (mukofotlash) respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilarini va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirishni (mukofotlashni) tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini saralash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim maktablar) 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, erkak jinsli O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har yilgi qabul kvotasi umumiy qabul kvotasi doirasida Milliy gvardiya ehtiyojlarini inobatga olgan holda Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi.
(15-band O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-oktabrdagi PQ-349-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saralash tanlovini o‘tkazish muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun “Temurbeklar maktabi”da qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlarini o‘tkazish uchun harbiy okruglarda vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vakillaridan iborat tarkibda tegishli harbiy okrug qo‘mondoni raisligida maxsus idoralararo komissiya tuziladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo komissiyaning tarkibi har yili vazirlik va idoralar rahbarlarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo maxsus komissiyaning ishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Dastlabki tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, davlat xizmatchisi bo‘lish istagida bo‘lgan shaxslarga sog‘lig‘i, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishini tanlashiga asoslar va sabablarni aniqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishi, sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyidagilar “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun rad javobini berilishiga asos bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv o‘tkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nomzodlar tibbiy ko‘rikdan (dastlabki va yakuniy) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Dastlabki tibbiy ko‘rik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qo‘yilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Dastlabki tanlov natijalari bo‘yicha “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish uchun tavsiya qilingan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi o‘zining psixofiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘ining holati bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam ma’naviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida munosib O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari bo‘la oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodlarni test sinovlariga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari boshqarmasida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yakuniy tibbiy ko‘rik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘qishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Nomzodlarning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash diktant yozdirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diktant o‘tkazish tartibi va uni baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diktant natijasida qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda psixologik testlar o‘tkazish orqali harbiy okruglar tomonidan tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi. Psixologik testlarni o‘tkazish tartibi va psixologik testlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalar chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qishga kirish uchun tavsiya etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha o‘ta olmagan hamda o‘qishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat idoralararo maxsus komissiya tomonidan nomzodning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash darajasi, savodxonligi, aqliy qobiliyatlari hamda boshqa harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish va diktant natijalari asosida mudofaa ishlari boshqarmasida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida nomzodning yashash joyi bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmasi vakiliga topshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari mudofaa ishlari boshqarmasi orqali tegishli “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlarini ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar orqali topshirish qat’iyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma o‘rta umumta’lim maktabidan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Shaxsiy yig‘majildlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarning ro‘yxatlarini mudofaa ishlari boshqarmalarigacha yetkazish uchun “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi mas’ul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Nomzodlarning test sinovlarida ishtirok etish uchun o‘z vaqtida “Temurbeklar maktabi”ga yetib kelishi uchun javobgarlik mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlariga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. “Temurbeklar maktabi”ga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bog‘liq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli “Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilinmagan (saralashdan o‘tmagan) nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida keyinchalik nomzodlarning yashash joyi bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga topshirish uchun mudofaa ishlari boshqarmasi vakiliga beriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini vazirlik va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’limi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi o‘tkazilgan “Temurbeklar maktabi”da tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘lib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv bo‘linmalari xizmatchilarining farzandlari — kvotadan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosog‘lom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan, joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida — kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
531. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab test sinovlari majmuasiga chet tili asosiy fan sifatida kiritilgan “Temurbeklar maktablari”ga o‘qishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatning B2 va undan yuqori darajasiga ega bo‘lgan nomzodlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fanlardan belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan nomzodlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarida ushbu fanlardan belgilangan eng yuqori ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy yoki xalqaro sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.
(531-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari safiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan o‘qishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam bo‘lgan taqdirda test sinovlari o‘tkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan hollarda ular orasida birinchi blok fanidan test natijalari yuqori bo‘lgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng bo‘lib qolgan taqdirda, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yig‘indisi boshqalarnikidan yuqori bo‘lgan nomzod o‘qishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Test natijalari taqdim etilgandan so‘ng “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi nomzodlar ro‘yxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanib, “Temurbeklar maktabi”ning muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni “Temurbeklar maktabi”ga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrug‘ini chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar o‘quvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi o‘quvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilishiga muvofiq o‘quv kurslari bo‘yicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida o‘quvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga bo‘linishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi ko‘krak nishonining yagona namunasi vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ko‘krak nishoni kitel ko‘krak qismining o‘ng tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘lig‘i tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchining arizasiga muvofiq, uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning tashabbusiga ko‘ra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik o‘zlashtirishdan ortda qolish, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (72 va undan ko‘p soat) uzrli sabablarsiz mashg‘ulotlarda qatnashmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”ning Ustavida belgilangan ichki tartibni qo‘pol ravishda buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qaroriga ko‘ra jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etganligi munosabati bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish Ilmiy-pedagogik kengashning qaroriga muvofiq direktorning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘majildi Ilmiy-pedagogik kengashning qarori qabul qilingandan so‘ng “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrug‘i imzolangan kundan boshlab bir hafta muddatda uning boshqa o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirishini tashkillashtirish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi (va boshqa hujjatlar) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan o‘quvchining aniq o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida tahsil olishi to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabarnoma olingandan so‘ng dalolatnoma asosida ota-onasining ishtirokida unga qaytarib beriladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. O‘qishdan chetlatilgan o‘quvchilarni tiklash, o‘quvchilarni bir “Temurbeklar maktabi”dan boshqa “Temurbeklar maktabi”ga o‘tkazish, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalaridan “Temurbeklar maktabi”ga o‘tkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. O‘quvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatishdan norozi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, “Temurbeklar maktabi”ni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Rahbar va pedagog kadrlar hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. “Temurbeklar maktabi”ga qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Direktor “Temurbeklar maktabi”ning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish va tarbiyalash, o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi, “Temurbeklar maktabi”ning o‘quv-uslubiy va moliya-xo‘jalik faoliyati lozim darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi. Direktor ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, o‘z vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda “Temurbeklar maktabi” bo‘yicha buyruqlar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. “Temurbeklar maktabi” direktori tasarrufida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha respublika va xorijiy ta’lim muassasalari bilan xalqaro memorandum va bitimlar tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. “Temurbeklar maktabi”da pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga tegishli ma’lumotga va professional tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. “Temurbeklar maktabi”da direktor huzurida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi, kollegial organ hisoblanadigan Ilmiy-pedagogik kengash tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-pedagogik kengashning vazifa va funksiyalari “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Davlat organlarining” Temurbeklar maktabi”ni boshqarish bo‘yicha asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Quyidagilar vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etish, o‘quvchilarning oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun sifatli tayyorlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”ni harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan o‘quv vositalari, maxsus adabiyotlar, sport jihozlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulklarning zamonaviy namunalari bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturiga muvofiq o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari bilan harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining dala o‘quv maydonlari bazalarida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga, harbiy qismlar va muassasalarga tashriflarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy xizmatchilarini oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari malaka oshirish fakultetlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida malaka oshirishini tashkil qilish;
(73-bandning yettichi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda “Temurbeklar maktabi”ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun o‘rta umumta’lim maktablarining 5-6 sinf o‘quvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda o‘rganish va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini tuzish, hamda umumta’lim maktablarida “Temurbeklar maktablari”ning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar to‘g‘risida o‘quvchilarni xabardor qilish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borsin.
(73-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(74-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralar tomonidan davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan “Temurbeklar maktabi”ning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini o‘rganish va kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohadagi oliy ta’lim muassasalari negizida va malaka oshirish muassasalarida “Temurbeklar maktabi” pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv jarayonini tashkillashtirish uchun “Temurbeklar maktabi”ni barcha zarur rasmiy hujjatlar hamda o‘quv muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va sertifikatlar bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”ni zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Quyidagi masalalarda ko‘maklashish “Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, tahsil olayotgan yoshlarni oliy ta’lim muassasasiga qadar kasbga yo‘naltirish va pedagog kadrlar malakasini oshirishni samarali tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda oliy ta’lim muassasalarda o‘qishni davom ettirishga tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek, uning mazmunini doimiy ravishda yangilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni “Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun tanlab olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. “Temurbeklar maktabi”ning moliyaviy va moddiy-texnik ta’minoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. “Temurbeklar maktabi” faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy-ma’muriy sektorlarning mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari hamda maqsadli badallari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Moliyalashtirish mablag‘lari “Temurbeklar maktabi” ixtiyorida bo‘lib, ulardan qonunchilik hujjatlariga va “Temurbeklar maktabi” ustaviga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir “Temurbeklar maktabi”da yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, xodimlarga mukofotlar to‘lash hamda moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish uchun budjet mablag‘lari hisobidan Direktor jamg‘armasi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi PQ-344-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. “Temurbeklar maktabi” belgilangan tartibda o‘z ishining natijalarini operativ va buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, statistik va buxgalterlik hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi”da xo‘jalik va moliya intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. “Temurbeklar maktabi”ni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Direktor

1 (0-0-0-1)

Ilmiy-pedagogik kengash

Direktorning ma’naviy- ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari*

1 (1-0-0-0)

Direktorning o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 1 (0-0-0-1)

Direktorning ma’muriy-xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

l (0-0-0-1)

Axborot-resurs markazi

3 (0-0-0-3)

To‘garaklar

4 (0-0-0-4)

O‘quv bo‘limi 2 (0-0-0-2)

Axborotlashtirish va aloqa bo‘linmasi

3 (0-0-0-3)

Ma’muriy bo‘linma

3 (0-0-0-3)

Xo‘jalik bo‘linmasi

15*** (0-0-0-15)

Kadrlar bo‘linmasi

2 (0-1-0-1)

Qo‘riqlash bo‘linmasi

8 (0-0-0-8)

Tibbiyot bo‘linmasi

4 (0-0-0-4)

Moliya xizmati

3 (0-1-0-2)

Psixolog

1 (0-0-0-1)

Laboratoriya

3 (0-0-0-3)

O‘quv kursi

106(1-5-100-0) (158 (1-7-150-0)****)

Aniq fanlar o‘quv qismi

16** (0-0-0-16)

Ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘quv qismi

12** (0-0-0-12)

O‘quv guruhi

26 (0-1-25-0)

Avtomobil seksiyasi

5** (0-1-0-4)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Shaxsiy tarkib soni

Jami

Ofitserlar

Serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar

O‘quvchilar

Ishchi va xizmatchilar (o‘qituvchilar)

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi”

300

3

13

200

84 (32)

Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”

404

3

17

300

84 (32)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — fuqaro xodimlari egallashi mumkin bo‘lgan lavozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** — o‘quv yuklamasidan kelib chiqqan holda soni o‘zgartirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** — ish yuklamasidan kelib chiqqan holda va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda soni o‘zgartirilishi mumkin;
(4-ilova izoh qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** o‘quvchilar soni 150 kishini tashkil etadigan “Temurbeklar maktabi” uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***** o‘quvchilar soni 150 kishini tashkil etadigan “Temurbeklar maktabi” uchun o‘quv guruhlari soni 6 tadan iborat bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qavsda quyidagilar ko‘rsatilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-raqam — SHAHX ofitserlar tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-raqam — SHAHX serjantlar tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-raqam — o‘quvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-raqam — ishchi va xizmatchilar.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi PQ-344-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

“Temurbeklar maktabi” HALning nomi

HALga biriktirilgan

oliy ta’lim muassasaning nomi

HALga biriktirilgan

oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasaning nomi

1.

Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Farg‘ona davlat universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti

2.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

3.

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Berdax nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

4.

Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

5.

Shahrisabz

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Qarshi davlat universiteti

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tarkibiga berilayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
(6-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ta’lim muassasasining amaldagi nomi

Joylashgan joyi

Ta’lim muassasasining yangi nomi

Tarkibiga

kollej (litsey) berilayotgan
vazirlik va idoralar

nomi

1.

Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji

Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi 3-uy

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Davlat xavfsizlik xizmati

2.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litsey

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

Nukus shahri, Chimboy ko‘chasi,

“Aydin jol” QFY

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Ichki ishlar vazirligi

3.

Shahrisabz iqtisodiyot kolleji

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparqiliq ko‘chasi,

1-uy

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Favqulodda vaziyatlar

vazirligi

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-maydagi “Harbiy akademik litseylar faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-641-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-son qarorining 3-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-3776-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi “Harbiy-akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi 367-son qarorining 2-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-apreldagi “Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 227-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son; 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)