Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023 12.07.2019 yildagi 580-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.07.2019 yildagi 580-son
Date of entry into force
13.07.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyundagi PF-5738-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimiga biriktiriladigan davlat boshqaruvi organlari hamda oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi mudiri R.Q. Jalilov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 12-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
580-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 580-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimining (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boʻlim oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga boʻysunadi va uning faoliyati bevosita Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Boʻlim faoliyati Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlarini, Sirdaryo viloyatining Shirin shahrini, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrini va Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Shargʻun shaharchasini (keyingi oʻrinlarda respublika boʻysunuvidagi shaharlar deb ataladi) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Shirin, Zarafshon shaharlari va Shargʻun shaharchasi hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim ushbu Nizomga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Shirin, Zarafshon shaharlari va Shargʻun shaharchasi hokimliklari apparatlarining tegishli axborot-tahlil guruhlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarning ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, mehnat hamda ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, mavjud mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan zarur choralarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda respublika boʻysunuvidagi shaharlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tezkor hal etish, shu jumladan qabul qilingan hududiy dasturlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarda aholining daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarda “Obod mahalla” dasturi, shu jumladan muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suvi va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, biznes subyektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni rivojlantirish boʻyicha respublika darajasida hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarini jalb qilgan holda, oʻz vaqtida hamda toʻliq hal etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) respublika boʻysunuvidagi shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni istiqboldagi rivojlanish sohalari va yoʻnalishlarini belgilash, ularni amalga oshirish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni istiqbolda rivojlantirish chora-tadbirlari rejasidagi vazifalar samarali hal etilishida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida shaharlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) respublika boʻysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga hamda ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan investitsiya siyosatini olib borilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotining barqarorligini taʼminlash, uning tarkibida sanoat, xizmat koʻrsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish boʻyicha vazifalar ijrosini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat koʻrsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirishni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, shaharlar iqtisodiyotida uning roli va ulushini oshirish, turizm infratuzilmasini kengaytirish boʻyicha kelishilgan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi” hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar (vazifalar va yoʻnalishlar)dan kelib chiqib, shaharlarni va ularning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport faoliyatini soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va shaharlarning eksport salohiyatini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari, eng avvalo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) respublika boʻysunuvidagi shaharlarning ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, mehnat hamda ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, mavjud mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan zarur choralarni belgilash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish koʻlamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past boʻlgan shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yoʻli bilan jadal rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi sanoat korxonalari, servis markazlari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xoʻjalik birlashmalarining mablagʻlari, banklarning kreditlari va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga shaharlarni jadal rivojlantirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat va xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga shaharlarni subvensiyaviyligini kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida shaharlarning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarning tabiiy va mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqqa tortish bazasini kengaytirish orqali mahalliy budjetga daromadlar tushumini keskin oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda respublika boʻysunuvidagi shaharlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda sanoatni rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ushbu dasturlarni vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda mineral-xomashyo resurslari bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot, parrandachilik va goʻsht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarini koʻrsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini kengaytirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) respublika boʻysunuvidagi shaharlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tezkor hal etish, shu jumladan qabul qilingan hududiy dasturlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar aholisining turmush sharoitlarini tubdan yaxshilashga daxldor boʻlgan barcha masalalarni oʻrganish, yechimini kutayotgan muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va maqsadli taklif loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda ijroga qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish masalalari boʻyicha ishchi guruhlar, Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hamda Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Shirin, Zarafshon shaharlari va Shargʻun shaharchasi hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiya, dastur va “yoʻl xaritasi” loyihalarining puxta ishlab chiqilishi va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi) rahbariyati huzurida himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilish holatini tizimli nazorat qilish, belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining asoslangan hulosalariga koʻra qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) respublika boʻysunuvidagi shaharlarda aholining daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar aholisining daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalar sonini hamda aholining daromadlari boʻyicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish holatini tahlil qilish va natijasi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining, eng avvalo, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, mehnat bozori mutanosibligini saqlash, ishsizlik darajasini kamaytirish boʻyicha tegishli rahbarlar masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirishni baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga tabiiy gaz va koʻmir yetkazib berilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatish va tanqidiy tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini oshirish imkoniyatlarini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish holatini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish holatini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar aholisiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan birga sogʻliqni saqlash sohasining dastlabki boʻgʻini — tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish boʻyicha tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etish, xotin-qizlarni turli kasblarga oʻrgatish hamda qizlarni hayot maktabiga tayyorlashga ixtisoslashgan oʻquv markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish dasturlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini taʼmirlash, hududlarini obodonlashtirish, jihozlarini yangilash, mutaxassislar malakasi va xizmat madaniyatini oshirish orqali koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini keskin oshirishini taʼminlash va bu sohada xususiy sektor ulushini koʻpaytirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar aholisining maʼnaviyati va madaniyatini oshirish bilan bogʻliq tizimli tadbirlarni amalga oshirish, qarovsiz qolgan va zarur darajada foydalanilmay turgan madaniyat va sanʼat saroylarini yangidan taʼmirlash, soha uchun zarur boʻlgan jihozlar bilan taʼminlash choralarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-maʼrifiy muassasalar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga, musiqa hamda sanʼat dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish ishlarini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsib kelayotgan yoshlarni sportga keng jalb etish uchun umumtaʼlim maktablarida samarasiz foydalanilayotgan sport zallarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida va boshqa asoslarda homiylar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda yoshlarni, oʻrta yoshdagilarni sportga jalb etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) respublika boʻysunuvidagi shaharlarda “Obod mahalla” dasturi, shu jumladan muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suvi va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” dasturi doirasida respublika boʻysunuvidagi shaharlarda belgilangan parametrlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini taʼminlash, har bir mahalla boʻyicha tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyatini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan uy-joylar, bino va inshootlar, infratuzilma obyektlari, yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatidan kelib chiqib, ularda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod mahalla” dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning oʻzaro hamkorlikda ish yuritishlarini taʼminlash, bu borada yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yillarda respublika boʻysunuvidagi shaharlarda “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan mahallalar roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlar va tegishli viloyat hokimliklari tomonidan har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarining parametrlarini obyektlar kesimida shakllantirib, tasdiqlash uchun “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino va inshootlar, qurilmalarning buzilishi hamda koʻp qavatli bino va inshootlar, ularga tutash hududlar, obodonlashtirish vositalari (elementlari), shuningdek, umumiy foydalanish obyektlarini toʻliq qamrab olgan holda kadastr maʼlumotlarini yangilash boʻyicha hisobotlarni olish va umumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini tubdan qayta qurish, avtomobil yoʻllari va ichki koʻchalar holatini yaxshilash, shahar koʻchalaridagi tungi yoritish tizimlarini yangidan zamonaviy holatga keltirish choralari koʻrilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar ichi va shaharlararo yoʻnalishlarda harakatlanuvchi jamoat transportlarining yangi yoʻnalishlarini hamda aholiga sifatli va qulay transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish, yoʻlovchi tashish xavfsizligini oshirish, shahar jamoat transport vositalarini bosqichma-bosqich yangilash, avtovokzal va avtobekatlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarning meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish, koʻp qavatli uy-joy fondini sifat jihatdan yaxshilash, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, aholiga sifatli kommunal xizmat koʻrsatishni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejalarini belgilash va amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamonaviy parklarni barpo etish, ularda kutubxonalar, yoshlar shaxmat klublari, attraksionlar, bolalar koʻngilochar maydonchalari, “Wi-Fi” zonasi kabi xizmat koʻrsatish faoliyatlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholining yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlarini ajratish hamda shaharlarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash holatini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini maishiy-kommunal xizmatlar bilan taʼminlash darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish, mavjud tarmoqlarni rekonstruksiya qilish loyihalarini nazoratga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, shahar ichki koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash ishlarini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) respublika boʻysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, biznes subyektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillarining respublika va xalqaro investitsiya hamda biznes forumlari va taqdimotlarida faol ishtirok etishi, shaharlarning investitsiyaviy salohiyatini taqdim qilishi, ushbu tadbirlar imkoniyatlaridan keng foydalanish tizimini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni tashkil etish holatini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlar va tegishli viloyatlar hokimliklari tomonidan xorijiy investorlarga foydalanishga tayyor holda taklif qilinadigan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan maxsus turistik zonalar hududlarida joylashgan obyektlar boʻyicha investitsiya loyihalarining taqdimot hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmini keskin oshirish, mahalliy xomashyodan eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali shahar iqtisodiyotiga valyuta tushumini koʻpaytirish borasida samarali ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik sanoat zonalari ishtirokchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi hududlarda istiqbolli loyihalarni joylashtirish yoʻli bilan sanoat zonalarini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) respublika boʻysunuvidagi shaharlarni rivojlantirish boʻyicha respublika darajasida hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarini jalb qilgan holda, oʻz vaqtida hamda toʻliq hal etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar, chora-tadbirlar va dasturlar doirasida yuzaga kelgan muammolarni aniqlash va tahlil qilish, respublika darajasida hal etilishi lozim boʻlgan muammolarning tegishli davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarini jalb qilgan holda oʻz vaqtida va toʻliq hal etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun Boʻlim faoliyatiga oid rejalashtirilgan masalalar boʻyicha tegishli hujjatlar toʻplami taqdim etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining respublika boʻysunuvidagi shaharlarga tashriflari bilan bogʻliq tahliliy materiallarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) ijro intizomini yanada mustahkamlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini, ularning manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularni himoya qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlash, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun yuborish, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bajarilishi uchun masʼuliyat yuklanadigan tegishli masalalar va vazifalar hal etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) tahliliy maʼlumotlarni umumlashtirish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari, shaharlarning maqsadli dasturlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini tashkil etish, yuritish, muntazam toʻldirib borish va yangilashni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim faoliyatiga oid masalalar toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish va tahliliy qayta ishlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan majlislarga, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonnoma topshiriqlari ijrosini nazorat qilishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy va prognozlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan respublika boʻysunuvidagi shaharlarga bogʻliq hujjatlari ijrosini toʻxtatib turish va ularni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Boʻlim yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari va boshqa masalalar boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Boʻlim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomda oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etilayotgan takliflar va hujjat loyihalarining asoslantirilganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda ish jarayonlarida erishilgan natijalarning samaradorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika boʻysunuvidagi shaharlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning holati, respublika boʻysunuvidagi shaharlar hokimliklari, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya hamda shaharlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil qilinishi va hal etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Boʻlim tuzilmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudiri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudirining oʻrinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bekobod shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shargʻun va Shirin shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahliliy maʼlumotlarni umumlashtirish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, dastur va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boʻlim ishiga Boʻlim mudiri rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Boʻlim mudiri, mudir oʻrinbosari, mutaxassislari va inspektori belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Boʻlim faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning ish rejalari, Boʻlim mudiri, mudir oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. Boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, respublika boʻysunuvidagi shaharlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringi boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar yoʻli bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Boʻlim mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosari va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim faoliyatiga oid masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarda iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishini va maʼlumotlar bankining shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika boʻysunuvidagi shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalarning oʻrinbosar va mutaxassislar oʻrtasida taqsimlanishini, shuningdek, Boʻlimning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tasdiqlash uchun kiritadi, Boʻlim mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va Hukumat qarori qabul qilinishi talab etilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Boʻlim faoliyatiga oid oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Boʻlim xodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlar amaliy zaxirasini tayyorlash hamda moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini qoʻllash choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Boʻlim mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Boʻlim mudirining oʻrinbosari bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Boʻlim mudirining oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mutaxassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi, Boʻlimning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar toʻgʻrisida Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Boʻlim mudiriga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlim mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda intizomiy choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Boʻlimning respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassislari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika boʻysunuvidagi shaharlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika boʻysunuvidagi shaharlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi, Boʻlimning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
islohotlarni chuqurlashtirish, respublika boʻysunuvidagi shaharlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Boʻlim mudirining oʻrinbosariga, Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasi Rayosati yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun tegishli tahliliy maʼlumotlarning puxta tayyorlanishini va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika boʻysunuvidagi shaharlarga tashriflariga oid maʼlumotlarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Boʻlimning tahliliy maʼlumotlarni umumlashtirish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, dastur va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlardan respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid maʼlumotlarni oladi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va muntazam ravishda yangilanib borilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining respublika boʻysunuvidagi shaharlarga safarlari doirasida tahliliy maʼlumotlarni tizimli tayyorlashni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi, shuningdek, hududiy dasturlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan dasturlar va “yoʻl xaritalari” boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi monitoringini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning Boʻlim faoliyatiga oid chora-tadbirlari bajarilishining tizimli nazoratini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ijrosi boʻyicha masʼul vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari hamda Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari, Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Shirin, Zarafshon shaharlari va Shargʻun shaharchasi hokimlarining hisobotlarini oladi va tahlil qiladi, umumlashtirilgan maʼlumotlarni Boʻlim mudiriga kiritib boradi;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish uchun Boʻlim bosh mutaxassislari respublikaning tegishli hududlariga belgilangan tartibda xizmat safarlariga boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Inspektor Boʻlimda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yigʻmajildlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil12-iyuldagi 580-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimiga biriktiriladigan davlat boshqaruvi organlari hamda oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

I. Boʻlimga biriktiriladigan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
(I boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Shargʻun shaharchasi hokimliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari — respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Boʻlimning oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan vazirliklar, qoʻmitalar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “OʻzGAShKLITI” DUK.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Milliy bank” AJ, “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki, “Asaka” ATB, “Ipoteka bank” ATIB, “Qishloq qurilish bank” ATB va boshqa tijorat banklari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/580/3420-son; 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)