25.06.2019 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.05.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) aʼzolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasida saylov oʻtkazishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Umumiy saylov huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Teng saylov huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Yashirin ovoz berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishdagi ochiqlik va oshkoralik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishi toʻgʻrisida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti toʻgʻrisida xabardor etadi, saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar toʻgʻrisidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi maʼlumotlarni maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalarining majlislari ochiq oʻtkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hammaga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81-modda. Saylov oʻtkazilishini cheklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar oʻtkazilmaydi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi OʻRQ-756-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Saylov okruglari va uchastkalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Saylov okruglarini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining maʼmuriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun quyidagi saylov okruglari tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish uchun — oltmishtadan koʻp boʻlmagan saylov okrugi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish uchun — oʻttiztadan koʻp boʻlmagan saylov okrugi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksda belgilangan normalar doirasida mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun saylov okruglari soni tegishli mahalliy Kengash tomonidan aholi, saylovchilar soni, hudud va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari soni Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarining soni esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari talablari inobatga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilgan viloyatning xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tuziladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp chetga chiqishi, qoida tariqasida, oʻn foizdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov okruglarining roʻyxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri koʻrsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalari tumanlarning, shaharlarning, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda tuziladi. Uchastkalar harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi okruglarga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari boshqa saylov okruglarining chegaralarini kesib oʻtmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu uchastkalar ular joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan uchastkalarni okrugga biriktirish toʻgʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
(10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va koʻpi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi. Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov uchastkalarining soni okruglar sonidan kam boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda tegishli uchastka komissiyasining telefon raqamlarini, joylashgan yerini va ovoz berish binosini koʻrsatgan holda saylovchilarni har bir uchastkaning chegaralari toʻgʻrisida xabardor etishni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Saylov komissiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
okrug saylov komissiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka saylov komissiyalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari va ularning aʼzolari oʻz faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari va ularning aʼzolari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalalarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari oʻz faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasini oʻtkazish uchun teng shart-sharoitlarni, saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov yakunlarini chiqarishning halol boʻlishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan kamida oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga koʻra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi tegishli guvohnomaga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Raisining va uning oʻrinbosarining guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa aʼzolarining guvohnomasi esa Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Markaziy saylov komissiyasiga aʼzolik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigirma besh yoshga toʻlgan, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga, saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaro Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib, Senat aʼzoligiga nomzod etib, ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan bevosita yoki uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza berganda;

u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;

qonunga koʻra u Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shugʻullanib boʻlmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;
(13-modda beshinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u vafot etganda.

Markaziy saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi ushbu komissiyaning qaroriga binoan komissiyada doimiy asosda ishlashi mumkin. Markaziy saylov komissiyasida doimiy asosda ishlovchi komissiya aʼzolarining soni koʻpi bilan yetti kishidan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolariga Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat aʼzolariga nisbatan qoʻllaniladigan daxlsizlik toʻgʻrisidagi qoidalar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni oʻtkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi, saylovni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar hamda nizomlarni tasdiqlaydi, tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxatidan (bundan buyon matnda Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati deb yuritiladi) foydalanish faoliyati boʻyicha umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlarini oʻtkazish uchun saylov okruglarini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarini tegishli okruglarga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlarini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalarini tuzadi, shuningdek ularning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar okrug saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning saylovdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, shu jumladan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, roʻyxatga olingan nomzodlarning roʻyxatlari va ular haqidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilinishini hamda ularga guvohnomalar berilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi hamda ularga guvohnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar roʻyxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalari hamda shakllarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov byulletenlarini tayyorlash va saylov uchastkalariga yetkazish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
(14-moddaning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovning yakunlarini chiqaradi, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ovoz berishning umumiy natijalarini aniqlaydi hamda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni, har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi xabarni matbuotda eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, takroriy ovoz berish, Qonunchilik palatasi deputatlarining yoki Senat aʼzolarining takroriy saylovi va boʻshab qolgan oʻrinlarga saylov oʻtkazilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida takroriy ovoz berish va takroriy saylov oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylangan Qonunchilik palatasi deputatlarini hamda Senat aʼzolarini roʻyxatga oladi, shuningdek ularning roʻyxatini matbuotda va boshqa manbalarda eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovdan keyin Qonunchilik palatasining, Senatning birinchi majlisini chaqiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatiga va Senat aʼzosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat aʼzosining guvohnomasini va koʻkrak nishonini beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
(14-moddaning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeks talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi materiallarni sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mamlakatlarning saylov organlari, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlarning vakillari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, uchrashuvlar tashkil etadi, bitimlar va memorandumlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlardagi saylovlarni kuzatishda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlarni, chet davlatlarning saylov organlarini va vakillarini saylovlarni kuzatish uchun taklif etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning idoraviy arxivlarga topshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan oʻttiz oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Markaziy saylov komissiyasining Raisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining Raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlarining, siyosiy partiyalarning hamda boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarini taklif etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishincha Qonunchilik palatasining va Senatning birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylanguniga qadar unda raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻz vakolatlarini bajarishi imkoni boʻlmaganda, shuningdek Rais boʻlmagan taqdirda, Raisning vazifalari Rais oʻrinbosarining yoki Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari va qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning majlislari boʻlib, ular zaruratga qarab oʻtkaziladi. Agar majlisda komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, majlis vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlinib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritilib, u raislik qiluvchi va Markaziy saylov komissiyasining kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari alohida fikr bildirishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, qarorlar Markaziy saylov komissiyasining Raisi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida oʻsha kunning oʻzida, shuningdek zarur boʻlgan hollarda, boshqa manbalarda eʼlon qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari okrug va uchastka saylov komissiyalari, davlat organlari, siyosiy partiyalar hamda boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun uning Kotibiyati tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasining kotibi rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kotibiyatning tuzilishi, shtatlari va uning ish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining tartibi Markaziy saylov komissiyasining majlisida qabul qilinadigan Reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarga saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha viloyat saylov komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha tuman saylov komissiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha shahar saylov komissiyasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganda oʻn bir — yigirma bir nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi hamda oʻz vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha viloyat saylov komissiyasi Senat tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi saylovini oʻtkazish boʻyicha tuman, shahar saylov komissiyalari esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylovga kamida yigirma besh kun qolganda oʻn bir — yigirma bir nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi hamda oʻz vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining raislari ushbu komissiya aʼzolari orasidan saylov komissiyasi majlisida tegishli mahalliy Kengashning taqdimnomasiga binoan saylanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda esa viloyat saylov komissiyasi raisi Senat tomonidan tayinlanadi.
(19-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya majlisida uning aʼzolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari rasmiy veb-saytlarida va matbuot nashrlarida oʻz tarkibi, manzili va komissiyaning telefon raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi hamda saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi hamda ushbu okrug saylov komissiyasi joylashgan yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mahalliy Kengashga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalarini shakllantiradi va komissiya tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib boradi, ularning tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, agar okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini tegishli saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mahalliy Kengash sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar roʻyxatlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, oʻz muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli mahalliy Kengashga oʻtkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi, saylov yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyxatlarini matbuotda eʼlon qiladi (hammaga maʼlum qiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlarga tegishli mahalliy Kengash deputati guvohnomasini va koʻkrak nishonini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takroriy saylov oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;
(20-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeks talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning arxivlarga va idoraviy arxivlarga topshirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi mazkur Kodeksning 22, 23, 31, 32, 59, 60 va 95-moddalarida nazarda tutilgan okrug saylov komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Okrug saylov komissiyalarini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz — oʻn sakkiz nafar boshqa aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning olti — sakkiz nafar boshqa aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasining aʼzolari jamoatchilikning obroʻ-eʼtiborli vakillari orasidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov uchastkalarini tuzadi, okrug boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishincha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
(22-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
(22-moddaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlgan hollarda, uchastka saylov komissiyasining son tarkibi oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini ushbu vakolatxonalarning rahbari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilarni saylovchilarning roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi va roʻyxatga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan toʻldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari va saylov qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovozlarni sanab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga aʼzolik
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat aʼzosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa saylov komissiyasining aʼzolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalarning aʼzolari va vakolatli vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan aʼzosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari mazkur saylov komissiyasini tuzgan organ tomonidan bevosita yoxud uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza berganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga koʻra u saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shugʻullanib boʻlmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u vafot etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlgan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi aʼzosi saylanadi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolatlari muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli boʻladi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi boʻlmagan komissiya aʼzolari alohida fikrini bayon etishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki boshqa aʼzosi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun kerakli boʻlgan binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qoʻyilgan masalani koʻpi bilan uch kunlik muddatda koʻrib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug hamda uchastka saylov komissiyalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Saylovchilarning roʻyxatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar roʻyxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi manzili kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar roʻyxatlari Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish boʻyicha axborot tizimi maʼlumotlari asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining va boshqa saylovchilarning roʻyxatlari, agar ular harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashasa, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar yashash joylari boʻyicha umumiy asoslarda saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalar boʻyicha saylovchilar roʻyxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida tuziladi.
(27-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271-modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlariga kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning roʻyxatlari mazkur muassasalar boshliqlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlatlarda turgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida saylovdan oʻn besh kun oldin yozma shaklda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatida koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarni tekshiradi va fuqaroni saylovchilar roʻyxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.
(271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan davlat axborot resursidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot negizida shakllantiriladi va yangilab turiladi, saylov kampaniyasi davrida esa tegishli uchastka saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir uchastka saylov komissiyasi tuzilganidan keyin uch kun ichida Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatida taqsimlangan mazkur uchastka saylovchilarining dastlabki roʻyxatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning dastlabki roʻyxatini olganidan keyin uni mazkur uchastka hududida yashovchi aholini uyma-uy aylanib chiqish yoʻli bilan aniqlashtirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini aniqlashtirish boʻyicha ishda ishtirok etish uchun jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin. Tumanlar va shaharlar hokimliklari saylovchilarning roʻyxatlarini aniqlashtirish ishlariga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari aholini uyma-uy aylanib chiqish natijalari boʻyicha saylovchining Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidagi familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi manziliga oid tuzatishlar qilib, saylovchilar roʻyxatlariga oʻzgartishlar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning roʻyxati har bir saylov uchastkasi boʻyicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi hamda uning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni saylov uchastkalarida Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidan olingan saylovchilar roʻyxatlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Fuqarolarni saylovchilarning roʻyxatlari bilan tanishtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar roʻyxati bilan tanishish, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylovchilar roʻyxatidan oʻzlariga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati taʼminlanadi. Chet davlatlarda turgan fuqarolarga saylovchilar roʻyxatidagi oʻziga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham taʼminlanadi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning roʻyxatlari saylovga oʻn besh kun qolganida, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda esa saylovga uch kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan tanishish joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari saylovchilarning roʻyxatlari hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilganidan keyin ham ularga oʻzgartishlar kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning roʻyxatlariga oʻzgartishlar kiritish saylovga besh kun qolganida toʻxtatiladi.
(29-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Saylovchilarning roʻyxatlari xususida bahslashuv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir fuqaro saylovchilarning roʻyxatlaridagi xato yoki noaniqlik toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi toʻgʻrisida asoslantirilgan javob berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasining harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Saylov byulleteni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Saylov byulletenining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tugʻilgan yili va uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
(31-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda nashr etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida toʻldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini okrug va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini taʼminlaydi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni uchastka boʻyicha roʻyxatlarga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq boʻlishi mumkin emas. Saylov byulleteni oʻng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Kuzatuvchilarning, siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar oʻz faoliyatini tegishli komissiyalar tomonidan berilgan mandatlar asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor tashkilotlar oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn kun oldin ariza bilan maʼlum qiladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida saylov komissiyasi kuzatuvchi uchun mandat beradi. Boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tegishli saylov uchastkasida ushbu Kodeksning talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida tegishli saylov komissiyasiga maʼlum qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashga, ularni ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini xabardor qilishi kerak.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini oʻz yonida olib yurishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Ommaviy axborot vositalarining vakillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir boʻlish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chogʻida hozir boʻlish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish, siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, bundan ushbu Kodeksning 66 va 741-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(36-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Nomzodlar koʻrsatish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Imzolarni toʻplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarga belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha siyosiy partiya oʻzining vakolatli vakili roʻyxatga olinganlik guvohnomasini olganidan keyingina saylovchilarning imzosini toʻplashga haqli. Bu sanaga qadar toʻplangan imzolar hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishga haqli. Bunda saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻyilgan sanani koʻrsatadi. Mazkur maʼlumotlar qoʻlda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga oʻz imzosini qoʻyadigan saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saylovchining iltimosiga koʻra imzo toʻplashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo varaqasi imzoni toʻplagan shaxs tomonidan oʻz familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi, shuningdek tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi. Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi. Saylovchilar imzolari zarur sonining kamida oʻn besh foizi va imzo varaqalariga imzolarini qoʻygan saylovchilar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirish uchun saylovchilarning har bir siyosiy partiyani yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qoʻllab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir maʼmuriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi. Imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan koʻprogʻini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi. Agar qoʻllab-quvvatlovchi shaxslarning (saylovchilarning) imzolari soni belgilangan eng kam miqdordan yana oz boʻlib chiqsa, mazkur imzo varaqalari toʻligʻicha haqiqiy emas deb topiladi. Mazkur holda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyxatga olishni yoki Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ishtirok etish huquqini rad etadi.
(39-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini roʻyxatga olish, ularning huquqiy maqomi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Nomzodlarni roʻyxatga olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olishni esa tegishli viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzod etib roʻyxatga olingan shaxsga roʻyxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida tugallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda tegishli saylov komissiyasi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni nomzodning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyani koʻrsatgan holda eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Nomzodlar faoliyatining kafolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olingan barcha nomzodlar teng huquqlarga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, saylovoldi yigʻilishlarida, televideniye va radio orqali soʻzga chiqish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod boʻlish huquqiga ega.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin saylov okrugi doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar esa Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yoʻlovchilar transportining barcha turlarida (bundan shahar yoʻlovchi transporti, taksi va boshqa transport turlarining buyurtma yoʻnalishlari mustasno) tekinga yurish huquqiga ega. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod saylov okrugiga borish va yashash joyiga qaytish uchun ularda tekinga yurish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlarning xizmat safari va boshqa xarajatlari saylovni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki ularga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin emas. Bunday rozilik berilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Markaziy saylov komissiyasini bu haqda darhol xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni majburiy keltirishga, xuddi shuningdek ularning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joyi va xizmat xonalarini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz kechishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan oʻn besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli saylov komissiyasi tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar tegishli saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida taklif kiritishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum boʻlgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda nashr etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr oʻchiriladi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida bunday nomzodni yoqlab berilgan ovozlar uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni sanab chiqish chogʻida haqiqiy emas deb topiladi.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Nomzodning ishonchli vakillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod oʻn besh nafarga qadar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod oʻn nafarga qadar, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod besh nafarga qadar, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega boʻlishga haqli, ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini oʻtkazishda yordam beradi, saylash uchun tashviqot olib boradi, davlat organlari va jamoat birlashmalari, saylov komissiyalari bilan boʻladigan munosabatlarda nomzodning manfaatlarini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari uning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi, Markaziy saylov komissiyasi ularga tegishli guvohnomalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlikka nomzod roʻyxatga olinganidan keyin ishonchli vakillarini oʻz xohishiga koʻra belgilaydi va ular haqida tegishli saylov komissiyasiga maʼlum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni roʻyxatga oladi va ularga guvohnomalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzod saylovga qadar oʻz ishonchli vakilini tegishli saylov komissiyasiga maʼlum qilgan holda istalgan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istalgan vaqtda oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli vakil saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar ishonchli vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasidagi safar xarajatlari saylovni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Saylovoldi tashviqoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovoldi tashviqoti (bundan buyon matnda tashviqot deb yuritiladi) nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notoʻgʻri axborotni, shuningdek nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyalari aʼzolarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga oʻz mansab va xizmat mavqeyidan saylovoldi tashviqoti vaqtida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Tashviqot olib borish turlari, shakllari va usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqot quyidagicha tarzda olib boriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga daʼvat etgan holda tarqatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻgʻrisidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga daʼvat etgan holda tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzod toʻgʻrisidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga daʼvat etgan holda tarqatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqot omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yigʻilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻi orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqot davrida uni olib borishning ushbu Kodeksda taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Tashviqotni ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda hajmiga koʻra bir xil boʻlgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yoʻli bilan teng sharoitlar taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonunchilikka muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq toʻlash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashviqot maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda tegishli saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(46-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Tashviqotni bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlar va siyosiy partiyalarga bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Tashviqot materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi toʻgʻrisidagi axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali tashviqot olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali tashviqot uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar bilan uchrashuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Saylovchilar bilan uchrashuvlarni oʻtkazish joyi va vaqti haqida okrug yoki uchastka komissiyasiga maʼlum qilinadi.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
(48-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda yordam koʻrsatishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzod yoki uning ishonchli vakili boshqa nomzod yoki uning ishonchli vakili bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoxud boshqa nomzod tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Ovoz berish binolari hamda uchastka saylov komissiyalari binolari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish binolari maxsus ajratilgan joylar boʻlib, ularda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar jihozlanishi, saylov byulletenlarini berish uchun joylar ajratilishi hamda saylov qutilari oʻrnatilishi kerak. Saylov qutilari ovoz beruvchilar ularning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari orqali oʻtib keladigan qilib oʻrnatiladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbirlar oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binolarni jihozlash va ularda zarur tartibni saqlab turish masʼuliyati uchastka saylov komissiyasining zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lozim boʻlgan darajada jihozlangan ovoz berish binolari saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn bir kun oldin taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tutash hududlarni obodonlashtirish, fuqarolar, ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, saylov komissiyalarini texnik vositalar, mebel, ashyolar, ofis texnika vositalari, transport bilan taʼminlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining, aloqa vositalari bilan taʼminlash esa Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat tartibini saqlash, saylov oʻtkaziladigan binolar va joylarni qoʻriqlash, shuningdek saylov natijalariga doir hujjatlarni tashish chogʻida uchastka saylov komissiyalari aʼzolarini kuzatib borish tegishli vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni, xonalarni va ovoz berish xonalarini jihozlashga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning ustida va ichida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov qutilari;
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov sanasiga bagʻishlangan plakatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov uchastkasining xaritasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha roʻyxatga olingan nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega boʻlgan kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga qarshi vositalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish xonalari yorugʻ va keng boʻlishi, alohida kirish va chiqish joyi boʻlishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yoʻlkalar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida oʻn kun oldin xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar roʻyxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda eʼlon qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20.00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga keltiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka saylov komissiyasi aʼzolari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning ikki aʼzosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov byulletenlarini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish kuni saylov uchastkasida soat 8.00 da Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya aʼzolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berish boshlanganligini eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov qutilarining boʻshligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastkadagi roʻyxat boʻyicha saylovchilarning soni, olingan saylov byulletenlari soni hamda muddatidan oldin ovoz berganlar haqida maʼlum qiladi. Ushbu maʼlumotlar yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi, zarurat boʻlganda komissiya aʼzolariga yordam koʻrsatadi, ular vaqtinchalik yoʻq boʻlgan hollarda ularni boshqa aʼzolar bilan almashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berish tugallanganligini eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoda hozir boʻlgan saylovchilarga ovoz berishni tugallashi uchun imkoniyat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasining aʼzolari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar roʻyxatidagi maʼlumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qoʻydirib topshiradi;
(54-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov jarayonini kuzatish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Ovoz berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʻldiradi. Saylov byulletenini toʻldirish chogʻida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yoʻli bilan) lozim va alohida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-modda. Saylovchining turgan joyida ovoz berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim saylovchilar sogʻligʻining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar aʼzosi koʻchma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini taʼminlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
561-modda. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi aʼzolari koʻchma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni surgʻuchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlari solingan qop surgʻuchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.
(561-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-modda. Muddatidan oldin ovoz berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan toʻldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
(57-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish tugaganidan keyingi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish tugagach, uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari ovoz berish tugaganligini komissiyaning barcha aʼzolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari komissiya aʼzolari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
plombalarning raqamlarini tegishli dalolatnoma bilan solishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan yozuv ashyolarini yigʻishtirib qoʻyib, saylov byulletenlarini sanab chiqish uchun joy (stol) tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlarini sanab chiqadi va bekor qiladi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlarni saylov qutisiga tashlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statsionar va koʻchma saylov qutilarini ochadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir nomzod boʻyicha saylov byulletenlarini oʻqib eshittirgan va namoyish etgan holda alohida-alohida bogʻlamlarga ajratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlarni sanab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarini aniqlaydi va sanab chiqadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy bayonnomaga ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi yozuvni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish chogʻida kelib tushgan shikoyatlarni (arizalarni) koʻrib chiqadi. Shundan soʻng uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqish natijalari boʻyicha majlis oʻtkazib, unda ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi hamda rais, rais oʻrinbosari, kotib, saylov komissiyasining boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnomaga kiritiladi. Shundan soʻng bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan oʻqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning koʻchirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili, kuzatuvchilar uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan koʻchirma nusxasini olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining koʻchirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga saylovda esa tegishli tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalariga taqdim etiladi, asl nusxa esa rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida olib borib topshiriladi.
(58-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-modda. Takroriy ovoz berishni oʻtkazish asoslari va tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikki nafardan ortiq nomzod ishtirok etayotgan boʻlsa va agar ulardan hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilardan yarmidan koʻpining ovozini olmagan boʻlsa, takroriy ovoz berish oʻtkaziladi, unda eng koʻp ovoz toʻplagan ikki nomzod ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi takroriy ovoz berish kunini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida, lekin saylov oʻtkazilgan kundan kamida oʻn besh kun keyin oʻtkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berish oʻtkazilishi haqidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov okrugi boʻyicha ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa-yu, ulardan hech biri saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda tegishli saylov komissiyasini hamda okrug saylovchilarini xabardor etadi. Takroriy ovoz berish ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda ikki haftalik muddatda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60-modda. Takroriy saylovni oʻtkazish asoslari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok etgan boʻlsa va u zarur miqdorda ovoz toʻplay olmagan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi ham ushbu Kodeksda asosiy saylovni oʻtkazish uchun belgilangan ayni tartibda va ayni shartlarga rioya etgan holda oʻtkaziladi. Bunda okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan oʻsha saylov uchastkalarida va saylovchilarning oʻsha roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
(60-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi asosiy saylov oʻtkazilganidan keyin qirq kun ichida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar saylov okrugi boʻyicha saylov oʻtmagan yoxud haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar takroriy ovoz berish saylangan deputatni aniqlash imkonini bermagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar saylov okrugi boʻyicha koʻpi bilan ikki nomzod qoʻyilgan boʻlsa va ulardan hech biri saylanmagan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi tegishli saylov komissiyasining topshirigʻiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, tegishli saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan oʻsha saylov uchastkalarida va saylovchilarning oʻsha roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
(60-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oylik muddat ichida oʻtkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, nomzodlarni roʻyxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(60-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yetti yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boʻlishi mumkin emas.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida oʻn yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:

qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovda ishtirok etish toʻgʻrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlajak nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida besh kunlik muddat ichida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga roʻyxatga olinganlik guvohnomasini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat oʻz partiyasi aʼzolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyxatga olishni iltimos qilib Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya yuqori organining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya yuqori organi majlisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaviyligi koʻrsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning oʻz nomzodi ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarida Oʻzbekiston Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining kamida bir foizining imzosi boʻlishi kerak. Bunda siyosiy partiya bitta maʼmuriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) imzolar umumiy sonining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.

Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga maʼlum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran oʻz lavozimiga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga kirishguniga qadar bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(66-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bob. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67-modda. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlari hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68-modda. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan va oʻzining saylovda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini toʻplagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitta maʼmuriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya qirq ming saylovchining koʻpi bilan sakkiz foizi imzosini toʻplashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovda ishtirok etish toʻgʻrisida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imzo varaqalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjat qabul qilib olingan sana va vaqt qayd etilgan maʼlumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar roʻyxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70-modda. Siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar deputatlikka bir yuz ellik nafar nomzod, yaʼni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga vakolatlidir. Bir shaxs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayollarning soni siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-modda. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov kuniga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;

diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72-modda. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya yuqori organi majlisining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlikka nomzodning oʻz nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlikka nomzodning, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek boʻlsa, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisidagi arizasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga maʼlum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73-modda. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatlariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻn kun ichida guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(74-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Qonunchilik palatasi deputatining oʻrni boʻshab qolgan taqdirda, ushbu boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
741-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarining muddatidan ilgarigi saylovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda uch oy ichida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(741-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bob. Senatni shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75-modda. Senatni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat hududiy vakillik palatasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senatning vakolat muddati — besh yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76-modda. Senat aʼzolarining saylovini oʻtkazish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzolarining saylovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77-modda. Senat aʼzoligiga saylanadigan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, mahalliy Kengashning saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat aʼzoligiga saylanish uchun nomzod boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat aʼzolari saylovi boʻyicha qoʻshma majlisini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qoʻshma majlisini (bundan buyon matnda qoʻshma majlis deb yuritiladi) chaqirish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma majlis, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, mahalliy Kengashlarga saylov yakunlari eʼlon qilinganidan (hammaga maʼlum qilinganidan) keyin uch kunlik muddatda Senat aʼzolarini saylash uchun qoʻshma majlislar oʻtkazilishini eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining qoʻshma majlislarni oʻtkazish sanasi, vaqti hamda joyi koʻrsatilgan qarori ommaviy axborot vositalarida, shuningdek uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi (hammaga maʼlum qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma majlisni Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi ochib, eng obroʻli, tajribali, katta yoshli deputatlar orasidan majlisga raislik qiluvchi toʻgʻrisida taklif kiritadi. Qoʻshma majlisning ishini olib borish uchun ochiq ovoz berish orqali uch kishidan besh kishigacha miqdorda ishchi hayʼat saylanadi, shuningdek tushgan takliflarni hisobga olish va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish uchun uch kishidan iborat Kotibiyat tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79-modda. Senat aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish qoʻshma majlisda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish uchun raislik qiluvchining taqdimnomasiga binoan ochiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan Maslahat kengashi saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maslahat kengashi katta tajribaga ega boʻlgan eng obroʻli, katta yoshli deputatlar orasidan, qoida tariqasida, har bir mahalliy Kengashdan bittadan vakil saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maslahat kengashi oʻz raisini saylaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maslahat kengashi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli deputatlar orasidan Senat aʼzoligiga nomzodlarni koʻrsatadi va koʻrib chiqadi hamda saylov byulleteniga kiritish uchun taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodlarning alohida-alohida eshituvi va muhokamasi natijalariga koʻra qoʻshma majlisda ularni saylov byulleteniga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan deputatlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bergan Senat aʼzoligiga nomzod saylov byulleteniga kiritilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulleteniga olti nafardan kam boʻlmagan Senat aʼzoligiga nomzodlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha ovoz berishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin ovoz berishni oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash uchun qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan deputatlar orasidan toʻqqiz nafargacha aʼzodan, shu jumladan komissiya raisi va kotibidan iborat tarkibda Sanoq komissiyasi saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoq komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzoligiga saylov boʻyicha ovoz berishni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma majlis ishtirokchilariga yashirin ovoz berishni oʻtkazish vaqti, joyi va tartibini eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov byulletenlarini ularga Senat aʼzoligiga har bir nomzodning tugʻilgan yilini koʻrsatgan holda, familiyasi, ismi va otasining ismini alifbo tartibida kiritish orqali tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz beruvchilarning roʻyxatini aniqlashtiradi, ularga saylov byulletenlarini topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov byulletenining yuz tomoniga muhr qoʻyadi va unda Sanoq komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosining imzosi qoʻyilgan boʻlishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovozlarni sanab chiqadi va yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin ovoz berish natijalarini qoʻshma majlisga tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha ovoz berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin Sanoq komissiyasi raisi uni oʻtkazish tartibini eʼlon qiladi, komissiya aʼzolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va bir marotaba ishlatiladigan plombalar bilan plombalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov qutisi ovoz beruvchi uning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasi orqali oʻtib boradigan qilib oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma majlisda ishtirok etayotgan deputat Sanoq komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda ovoz beruvchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi, shundan keyin unga saylov byulleteni topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan Senat aʼzoligiga nomzodlarning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyish orqali toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini koʻrinarli joyda turishi kerak boʻlgan saylov qutisiga tashlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin ovoz berish jarayoni tugaganidan keyin foydalanilmagan, shuningdek buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi lozim (chap tomondagi yuqori burchakni qirqib qoʻyish orqali) va alohida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlarni sanab chiqish Sanoq komissiyasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish natijalari aniqlanguniga qadar tanaffussiz oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov qutisidagi saylov byulletenlari asosida Sanoq komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning umumiy sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzoligiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Ovoz beruvchilar tomonidan saylov byulletenlariga qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, ovoz berish chogʻida bitta ham kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qoʻyilmagan saylov byulletenlari, shuningdek yuz tomonida muhr va Sanoq komissiyasi aʼzolarining imzosi boʻlmagan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin ovoz berish natijalari boʻyicha bayonnoma tuziladi, bayonnoma Sanoq komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning qalamda toʻldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish natijalariga koʻra boshqa nomzodlarga nisbatan koʻproq ovoz olgan Senat aʼzoligiga nomzodlar, basharti qoʻshma majlisda hozir boʻlgan mahalliy Kengashlar deputatlarining ellik foizidan koʻprogʻi ularni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84-modda. Senat aʼzolarining saylovi boʻyicha takroriy ovoz berish va ularning takroriy saylovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz berish chogʻida belgilangan miqdorda Senat aʼzolari saylanmagan boʻlsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat aʼzoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini toʻplamagan nomzodlar boʻyicha ana shu qoʻshma majlisning oʻzida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar saylov haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat aʼzolari saylanmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat aʼzoligi uchun oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat aʼzolarining takroriy saylovi Senatga oʻtkazilgan asosiy saylovdan keyin koʻpi bilan oʻn besh kunlik muddat ichida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish va takroriy saylov oʻtkazish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85-modda. Senat aʼzolari saylovining yakunlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi qoʻshma majlislarning bayonnomalari asosida bu bayonnomalar kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay Senat aʼzolarini roʻyxatga oladi, roʻyxatga olishdan keyin oʻn kun ichida esa guvohnoma va koʻkrak nishoni beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlash chogʻida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga taʼsir qilgan tarzda buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat aʼzolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86-modda. Senat aʼzolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma majlislarning, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
(86-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat aʼzolari saylovini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat aʼzolari saylovi tegishli qoʻshma majlislarda ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat aʼzosining oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa Senatning yangi aʼzosi saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
871-modda. Senat aʼzolarining muddatidan ilgarigi saylovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda uch oy ichida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda bir oy ichida oʻtkaziladi.
(871-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bob. Mahalliy Kengashlarga saylovning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88-modda. Mahalliy Kengashlarga saylov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida besh yil muddatga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga saylov Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa mahalliy Kengashlar vakolatlarining tugash muddatidan ortiq boʻlmagan muddat uchun oʻtkaziladi.
(88-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovda ishtirok etish toʻgʻrisida siyosiy partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi rahbari tomonidan imzolangan ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida toʻrt oy oldin roʻyxatga olinganligi haqidagi maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt qayd etilgan maʼlumotnoma beradi. Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddatda partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar roʻyxati arizalarning kelib tushish navbati tartibiga qarab matbuotda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni yigirma bir yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar mahalliy Kengashlar deputatligiga saylanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov kuniga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudyalar, prokuratura organlarining va ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (bundan viloyat, tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisida ariza berish sharti bilan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarning deputatligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatish siyosiy partiyalarning tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan mahalliy Kengashlar deputatligiga bittadan nomzod koʻrsatishga vakolatlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir shaxs tegishli mahalliy Kengashga saylov oʻtkazish boʻyicha faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayollarning soni siyosiy partiyadan koʻrsatilgan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar faqat oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib koʻrsatadi. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya tegishli organining rahbari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga olishni iltimos qilib, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya tegishli organining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya tegishli organi majlisining mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va raqami koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodning oʻz nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeks 90-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning, basharti ular mahalliy Kengashlar deputatlari etib saylangudek boʻlsa, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisidagi arizasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalar rahbarlariga maʼlum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqlar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni tegishli saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov tegishli mahalliy Kengash tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(93-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli mahalliy Kengashning vakolat muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning oʻrni boʻshab qolgan taqdirda, boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
931-modda. Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi maʼmuriy-hududiy birliklarni tashkil etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinganidan keyin ikki oy ichida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(931-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan boʻlsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida oʻn besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida oʻttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
(931-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bob. Saylov natijalarini aniqlash va eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilar sonini va saylov qutilaridagi saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir okrug, har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanab chiqilgan saylov byulletenlari asosida uchastka saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlariga qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilgan fuqarolarning familiyalari va masalalar boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari, shuningdek ovoz berish chogʻida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tugʻdirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz beruvchi tomonidan byulletenni toʻldirish vaqtida xatoga yoʻl qoʻyilgan va uning oʻrniga yangi saylov byulleteni berilgan, bu haqda saylovchilar roʻyxatida hamda bekor qilingan buzilgan saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qoʻyilgan saylov byulleteni buzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95-modda. Okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug boʻyicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
okrug boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni sanab chiqish chogʻida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, okrug saylov komissiyasi oʻz majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug boʻyicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda tegishli saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning koʻchirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol okrug saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qoʻyiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlariga okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash ushbu moddada belgilangan tartibda tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(95-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96-modda. Saylov natijalarini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalarining oʻziga kelib tushgan bayonnomalari asosida, tuman, shahar saylov komissiyasi esa oʻziga kelib tushgan uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida.
(96-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha yoki viloyat, tuman va shahar boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikkita nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodga nisbatan koʻpchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida turli sabablar (nomzodning oʻlimi, nomzod sogʻligʻining saylovda ishtirok etishni istisno etuvchi holati yoki qonunda belgilangan boshqa sabablarga koʻra uning nomzodi olinganligi va hokazo) tufayli bitta nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov, agar unda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning oʻttiz uch foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, oʻtmagan deb topiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov davomida yoʻl qoʻyilgan, ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari boʻyicha yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida bu qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
(96-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarga oʻtkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va ovoz berish yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(96-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim saylov uchastkalari boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun — okruglar boʻyicha ham) saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shunday uchastkalar (okruglar) boʻyicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham saylov umuman boʻlib oʻtgan deb topilishi mumkin boʻlsa, tegishli komissiyaning qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli saylov komissiyasi ovoz berish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97-modda. Saylov natijalarini eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga koʻra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin oʻn kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qilinadi (hammaga maʼlum qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashga oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin oʻn kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda eʼlon qilinadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bob. Saylovni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98-modda. Saylovni davlat tomonidan moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovga, mahalliy Kengashlarga saylovga, shu jumladan boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(98-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashlarning boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar har yili qabul qilinadigan mahalliy budjetlarning xarajatlari qismida nazarda tutiladi.
(98-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlatlarning, ular jismoniy va yuridik shaxslarining hamda xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan saylovni moliyalashtirish hamda nomzodlar va siyosiy partiyalarni moddiy jihatdan boshqacha tarzda qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov oʻtkazish uchun oʻz mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda berishi mumkin. Bu mablagʻlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasi jarayonida ulardan foydalanish uchun qabul qilib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99-modda. Saylov komissiyalarini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasini, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarini, okrug va uchastka saylov komissiyalarini saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida alohida satrda nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari ishiga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash saylovni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalarining aʼzolariga saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida kompensatsiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega boʻlmagan aʼzolariga, shu jumladan pensionerlarga mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi toʻlanadi.
(99-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100-modda. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda, mahalliy Kengashlarga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining bir nomzod hisobiga toʻgʻri keladigan miqdori Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bu haqdagi axborot Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek zarur hollarda, boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.
(100-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlari shu partiyadan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin roʻyxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashviqot olib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov kampaniyasini oʻtkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar oʻzining saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi axborotni saylov yakunlari eʼlon qilinganidan keyin bir oy ichida oʻz rasmiy veb-saytlarida va bosma nashrlarida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101-modda. Saylov komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi, ushbu murojaatlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
(101-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar qaydlov daftarida roʻyxatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov komissiyasining raisi murojaatni koʻrib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyani ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini oʻtkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan uchastka saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatni koʻrib chiqqan saylov komissiyalari aʼzolari uni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga kamida olti kun qolganida esa darhol koʻrib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyatni koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
(102-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi OʻRQ-691-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1021-modda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining transportdan foydalanish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi aeroportlar va aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar unga poyezd vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishi shart. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Markaziy saylov komissiyasining majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.
(1021-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103-modda. Saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(103-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(103-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish taqiqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)