Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2010 19.01.2005 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.01.2005 yildagi 24-son
Date of entry into force
19.01.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI HUZURIDA FOYDALI QAZILMALAR ZAXIRALARI BOʻYIChA DAVLAT KOMISSIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396 sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashning yagona tartibini belgilash hamda yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-martdagi 139-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng toʻliq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq boʻlgan, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlanishini taʼminlovchi yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlash prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2005-yilning birinchi yarim yilligida manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar ishtirokida, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish va baholashning yagona prinsiplarini belgilovchi normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 19-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 19-yanvardagi 24-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi deb ataladi) yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlovchi va geologiya materiallarini ekspertizadan oʻtkazuvchi maxsus organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) buyruqlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlari yer osti boyliklarini geologiya jihatidan oʻrganish, kon-qazib olish korxonalarini loyihalashtirish va qurish, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqilona iqtisodiy va ekologik asosda konlar zaxiralarini eng toʻliq va kompleks qazib olish talablariga muvofiq boʻlgan, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlanishini taʼminlovchi yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar barcha turlarining zaxiralarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralarini klassifikatsiya qilish hamda hisoblab chiqish, ularni geologiya-iqtisodiy jihatdan baholash va sanoatdagi ahamiyatini aniqlash prinsiplarini belgilash sohasida yagona siyosatni oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
razvedka qilish konditsiyalari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ekspertizasini tashkil qiladi va har bir kon boʻyicha yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun ushbu konditsiyalar parametrlari (koʻrsatkichlari)ni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik va texnik-iqtisodiy asoslashlari bilan taqdim etilgan geologiya materiallarini tahlil qilish asosida neft, gaz kondensati qazib olishning cheklangan koeffitsiyentlarini belgilaydi.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda geologiya materiallari ekspertizasini tashkil qiladi va yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini tasdiqlaydi, mazkur zaxiralarning oʻrganilganlik va ishonchlilik darajasining foydali qazilmalar konlari zaxiralarining amaldagi klassifikatsiyalariga muvofiqligini, ularning sanoatdagi ahamiyatini hamda konlarning (yoki ular qismlarining) sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga tayyorligini belgilaydi. Foydali qazilmalar zaxiralari konni geologik oʻrganishning barcha bosqichlarida foydali qazilmalar konining sanoat jihatidan qimmatini belgilovchi razvedka qilish konditsiyalari asosida tasdiqlanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlari geologiya-qidiruv ishlarini qoʻshimcha ravishda oʻtkazishda, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanadigan yangi razvedka qilish konditsiyalari aniqlanganda yoki boshqa sabablarga koʻra sezilarli oʻzgargan taqdirda ularni qayta tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish konditsiyalarini va ular asosida hisoblab chiqilgan foydali qazilmalar zaxiralarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoxud keyingi geologiya-qidiruv ishlari yoki konni qazib olish jarayonida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan belgilangan tartibda chiqarishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan qurilish va (yoki) yer osti inshootlaridan foydalanish uchun va chiqindilarni saqlash, koʻmish uchun foydalanishga beriladigan yer osti boyliklari uchastkalari boʻyicha geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil qiladi, uchastkalarning sifat koʻrsatkichlarini baholash uchun konditsiyalarni belgilaydi va ulardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bergan organning taqdimnomasiga koʻra geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi va litsenziya berish vaqtida foydali qazilmalarning yangi turlari yoki qoʻshimcha komponentlar mavjudligi toʻgʻrisida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki sifatlari toʻgʻrisida maʼlum boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda foydali qazilmalar zaxiralarini qayta tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslash materiallarini koʻrib chiqish, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda kamchiliklarni bartaraf etish, geologik va boshqa axborotlarning toʻliqligi va sifatini, zaxiralarni hisoblab chiqishning va konlarni geologik-iqtisodiy baholashning ishonchliligini oshirish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqadi; foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqqan holda hisobotlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha obzorlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini tahlil qiladi hamda geologiya-qidiruv ishlari va konlardan foydalanish boʻyicha yangi maʼlumotlarni hisobga olgan holda unga tuzatishlar kiritish, shuningdek jadal hisoblab chiqishlar boʻyicha balansga qabul qilingan zaxiralarni Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etish yuzasidan tavsiyanomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konlar zaxiralari klassifikatsiyasini va foydali qazilmalarning prognoz resurslarini, zaxiralar klassifikatsiyalarini turli foydali qazilmalar konlariga tatbiq etish boʻyicha yoʻriqnomalarni, yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyasini va hisoblab chiqilishini asoslovchi materiallarning mazmuni, ularni rasmiylashtirish va Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni ishlab chiqish boʻyicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlarining alohida bosqichlarini oʻtkazish boʻyicha kelishishga taqdim etiladigan metodik koʻrsatmalar yuzasidan, foydali qazilmalarga konditsiyalarni, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini, konlarni geologik-iqtisodiy baholashni asoslash va hisoblab chiqish yuzasidan, boshqa metodik hujjatlar, shuningdek turli tashkilotlar tomonidan kiritiladigan geologiya-qidiruv ishlari metodikasini yanada takomillashtirishga va foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqishga taalluqli takliflar yuzasidan xulosalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar va tashkilotlardan Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, neft va gaz kondensatini, foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish koeffitsiyentlarini, Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun konditsiyalar, zaxiralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga hisobotlar loyihalarini taqdim etish yillik rejalarini tekshirish uchun zarur boʻlgan geologiya axborotlari va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va belgilangan tartibda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻilishlar, seminarlar oʻtkazish, Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlarning shunga oʻxshash organlari bilan ilmiy-texnik aloqalar oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi qabul qilingan konditsiyalarning, neft va gaz kondensati qazib olish koeffitsiyentlarining, tasdiqlanayotgan zaxiralar miqdori va sifatining, sanoat maqsadida oʻzlashtirish uchun konlarning (yoki ular qismlarining) tayyorligi baholarining asoslanganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasini komissiyaning raisi hisoblanadigan Davlat geologiya qoʻmitasi raisi boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruh vazifalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi ish rejalarini, Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga tushgan materiallarni koʻrib chiqish jadvallarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining yalpi majlislarini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi aʼzolari tarkibiga, kelishilgan holda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlarining, yetakchi kon qazish korxonalarining foydali qazilmalar konlarini qazib olish, zaxiralarini hisoblab chiqish va ularni geologik-iqtisodiy baholash boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi aʼzolarining kamida 50 foizi Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida ishlamaydigan mutaxassislardan iborat boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi aʼzolarining shaxsiy tarkibi Davlat geologiya qoʻmitasi taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi aʼzolariga ularning komissiya ishida qatnashgan vaqti uchun Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq mehnat haqi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishchi guruh Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi, ishchi guruh foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini asoslash va hisoblab chiqish boʻyicha materiallarni ekspertizadan oʻtkazishni, komissiya majlislariga materiallarni tayyorlashni, ularni rasmiylashtirishni, shuningdek Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh shtat jadvali Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Foydali qazilmalarga konditsiyalar loyihalarini, foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarini va koʻrib chiqish uchun tushadigan boshqa geologiya materiallarini ekspertizadan oʻtkazish Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertizalarni oʻtkazish uchun turli tashkilotlarning ekspertizaning mazkur turi boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislari mazkur tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishgan holda jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi eksperti toʻgʻrisidagi nizom, ekspertlarning shaxsiy tarkibi va ularning mehnatiga haq toʻlash tartibi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi bilan materiallarni taqdim etgan tashkilotlar oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda tashkilotlar mustaqil ekspertiza oʻtkazish huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan materiallarni va ekspertlarning shaxsiy xulosalarini dastlabki koʻrib chiqish uchun foydali qazilmalarning turlari boʻyicha tarmoq kichik ekspert komissiyalari tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoq kichik ekspert komissiyalari turli ixtisosdagi jalb etilgan ekspertlardan, manfaatdor tashkilotlar vakillaridan va Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining ishchi guruhi aʼzolaridan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom va ularning tarkibi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tarmoq kichik ekspert komissiyalari oʻzining ishchi majlislarida buyurtmachi ishtirokida ekspertlarning shaxsiy xulosalarini koʻrib chiqadi, taqdim etilgan materiallar boʻyicha kelishilgan xulosalarni ishlab chiqadi va Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi qarori loyihasini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish uchun konditsiyalarni, neft va gaz kondensatini qazib olish koeffitsiyentlarini hamda yer osti boyliklaridagi foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralarini, shuningdek geologiya materiallarining oʻtkazilgan davlat ekspertizasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi yakuniy qarori komissiyaning yalpi majlisida, taqdim etilgan materiallar mualliflari, ekspertlar, manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi majlislari komissiya aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi qarorlari uning majlisda qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiyaning ayrim aʼzolari qabul qilingan qarorga rozi boʻlishmagan taqdirda ular oʻzining alohida fikrini Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi raisi nomiga yozma ravishda yuborishlari mumkin. Uzil-kesil qaror qabul qilish uchun materiallar mustaqil ekspertiza oʻtkazishga yuboriladi, shundan keyin Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining kengaytirilgan majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Zarur hollarda foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalarini tasdiqlash va hisoblab chiqish masalalari koʻchma majlislarda, bevosita ish obyektlarida koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi majlislarida qabul qilingan qarorlar protokollar bilan rasmiylashtiriladi, ularning nusxalari ekspertiza materiallari bilan birga ikki hafta muddatda materiallarni taqdim etgan tashkilotga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Foydali qazilmalarning hisoblab chiqilgan zaxiralari konditsiyalarining loyihalari yetarli asoslanmaganda, yer osti boyliklari uchastkalarining foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmaganda taqdim etilgan materiallar Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi protokoli va ekspertlar xulosalari bilan birga buyurtmachi tashkilotga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Materiallar Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi protokolida bayon qilingan mulohazalar va tavsiyanomalarga muvofiq puxta ishlab chiqilgan taqdirda ular Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ijobiy qarori ularni Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalar davlat balansi tomonidan hisobga olish uchun asos hamda konni sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishga jalb etishning sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish muddati tashkilot bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi, biroq u 3 oydan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asoslashlari hamda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblab chiqish materiallarining mundarijasini, ularni rasmiylashtirish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi ish tartibida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi majlislarida komissiya faoliyatiga taalluqli normativ-metodik hujjatlar loyihalari va uning vakolatiga kiradigan boshqa muhim masalalar ham koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etilgan foydali qazilmalar zaxiralari konditsiyalari loyihalarini va zaxiralarni hisoblab chiqish materiallarini koʻrib chiqish, geologiya materiallarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish shartnoma asosida, tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan ishlar va xizmatlar turlari narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi ishchi guruhining taʼminoti Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining atributlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi oʻz nomi yozilgan, belgilangan namunadagi blankalarga ega boʻladi va Davlat geologiya qoʻmitasi muhridan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 19-yanvardagi
24-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axmedov Nurmuxammad Axmedovich ‎ —‎ Davlat geologiya qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi ‎
Azimov Damir Xamidovich‎ —‎‎ “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi “Togʻ-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosh geologi‎
Aliboyev Abdujabbor Eshmurodovich‎ —‎‎ “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining Yer osti boyliklarini muhofaza qilishni, mineral xomashyoni qayta ishlashni nazorat qilish va geologiya-marksheyderlik nazorati inspeksiyasi boshligʻi ‎
Bizeyev Viktor Konstantinovich ‎ —‎‎ “OʼzGEOTEXLITI” instituti bosh muhandisining oʻrinbosari ‎
Tojiyev Aleksandr Sergeyevich ‎ —‎‎ “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining bosh geologi ‎
Gleyzer Lev Mixaylovich‎ —‎‎ Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining bosh geologi‎
Inozemsev Sergey Borisovich‎ —‎‎ Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bosh geologi‎
Joʻrayev Abduvali Joʻrayevich‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirligining industriyani rivojlantirish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari ‎
Korsakov Yuriy Fedorovich‎ —‎‎ Davlat geologiya qoʻmitasining “Qiziltepageologiya” davlat geologiya korxonasining bosh geologi ‎
Nagevich Pavel Pavlovich‎ —‎‎ Davlat geologiya qoʻmitasining “Gidroingeo” instituti laboratoriya mudiri ‎
Nurmatov Mutalibjon Rashidovich‎ —‎‎ “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Neft va gaz tarmogʻini istiqbolli muvozanatli rivojlantirish va shartnomaviy tashqi iqtisodiy aloqalar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari ‎
Toʻramurodov Ilhomboy Bekchono�ich‎ —‎‎ Davlat geologiya qoʻmitasining Yer osti boyliklarini geologiya jihatidan oʻrganish ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi‎
Sherov Choʻli Qurbonovich‎ —‎‎ “Oʻzgeoneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining geologiya boshqarmasi boshligʻi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Foydali qazilmalar zaxiralari davlat komissiyasi aʼzolari lavozimdan ozod etilganda ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 23-modda)