22.04.2019 yildagi PQ-4296-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 22.04.2019 yildagi PQ-4296-son
Date of entry into force
23.04.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash, bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishini ta’minlash borasidagi faoliyatning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurati tobora ortib bormoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va ma’naviy yetuk avlod bo‘lib yetishishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari yashab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga ko‘ra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtirish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ro‘yxatda turish joyi va fuqaroligidan qat’i nazar, ularga barcha ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini to‘liq ko‘rib chiqish kafolatlanadi va bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni ko‘rmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilmagan hollarda 14 yoshga to‘lgan bola o‘zining ta’minoti uchun ota yoki onadan yoxud ota-onasi bilan birga yashamayotgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan da’vogar davlat boji va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va keng jamoatchilikning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimini joriy etish va Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini ta’minlash faoliyatiga ko‘maklashuvchi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2 nafardan iborat sektor tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasida erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshini o‘n sakkiz yosh etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tamoyillari va umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillariga zid bo‘lmagan mahalliy urf-odat va an’analar qo‘llanilishi haqidagi takliflari ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida bola o‘z fikrini ifoda qilishga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli organlar (shaxslar) bolaning manfaatiga taalluqli masalani hal qilishda oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, jiddiy omil sifatida ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlarini nazarda tutuvchi qarorni qabul qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Oliy sudi uch oy muddatda bolaning oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni, agar uning ota-onasidan biri, vasiylikka yoki homiylikka olgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asosga ko‘ra yashash huquqiga ega bo‘lsa, quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashagan, yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘chish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmagan, bo‘lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo‘yin tovlagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o‘tish tartibiga rioya qilmagan hollarda;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan belgilangan jazo ijro etib bo‘lingan yoki o‘tab bo‘linganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan hollarda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning (yolg‘iz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar (yigirma besh yoshga to‘lganlar bundan mustasno) uchun oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ikki oy muddatda ilovaga muvofiq onalik va bolalikka oid statistik ma’lumotlarni “stat.uz” veb-saytiga joylashtirishni va ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilab borishni ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda FHDY organlari bilan tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashish tizimining to‘liq ishlashini ta’minlashga hamda muassasalarga optik tolali aloqa tarmog‘ini o‘rnatishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin hamda yil yakuniga qadar mazkur tizimning to‘liq joriy etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunga ushbu qarordan kelib chiqadigan hamda uning faoliyatini yanada takomillashtirishga va jamoatchilikning keng ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2019-yil 1-sentabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ijtimoiy-huquqiy maqomi hamda bunday bolalarni tarbiyalash uchun joylashtirish shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzandlikka oluvchi oilalarni tayyorlash va ularga ko‘maklashish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ijtimoiy himoyasi, mulkiy va nomulkiy huquqlarining kafolatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning huquqiy yordam olish va sud himoyasida bo‘lish huquqlarini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar “Mehribonlik” uylari va internatlarni o‘qib tugatganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Adliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari yashab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga ko‘ra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bronlashtirish tartibini belgilovchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda bolalar uylari, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va maktabgacha ta’lim muassasalarida suiiste’molchiliklarning oldini olish va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan jamoat nazoratini o‘rnatishni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmni joriy qilishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolaga nisbatan ishlatiladigan tazyiq va zo‘ravonliklar turlari hamda uning oldini olishga oid choralarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudgacha va sud jarayonida jinoyat protsessi ishtirokchisi bo‘lgan bolalarni himoya qilishga qaratilgan qo‘shimcha kafolatlarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni huquqbuzarlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olish o‘rniga, ularning jamiyatga moslashuvini ta’minlovchi mexanizmlarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni yollanma sifatida jalb etish, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish, xuddi shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish jinoyati uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi normalar bilan to‘ldirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining odam savdosi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 135-moddasini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga doir Fakultativ protokolga (2000-yil 25-may, Nyu-York) implementatsiya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda xodimlarning o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar bilan ishlashi bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqsin hamda o‘z xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshirib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda vasiylik va homiylik organlari tizimini qayta ko‘rib chiqib, ularning maqomini belgilash hamda faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning huquqiy munosabatlar subyekti sifatida qatnashishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qonun hujjatlaridagi “voyaga yetmagan” va “bola” kabi tushunchalarni birxillashtirish yuzasidan o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining o‘ttiz yilligini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda Bolalar huquqlarini himoya qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratishga oid milliy harakatlar dasturini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya (O.B. Murodov) hamda Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ekspert guruhi (A.Yu. Mavlonov) bir oy muddatda tegishli kodekslar ishlab chiqilishida foydalanish va milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida yuvenal adliya tizimini joriy etish bo‘yicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mehnat qonunchiligiga ko‘ra ishga kirish huquqiga ega bo‘lgan bolalarning mehnatidan foydalanishda ularning huquqlari kafolatlanishini ta’minlovchi qoidalarni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Abduhakimov va T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 22-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4296-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan minimal ko‘rsatkichlar va boshqa ma’lumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ko‘rsatkichlar nomlanishi

Ma’lumotlarni shakllantirish uchun mas’ul organ

1.

Besh yoshga to‘lmagan bolalar o‘limi soni (nafar kishi).

Milliy statistika qo‘mitasi

2.

Tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi.

Milliy statistika qo‘mitasi

3.

Onalar o‘limi koeffitsiyenti (100 000 tirik tug‘ilganga nisbatan).

Sog‘liqni saqlash vazirligi

4.

Vazn og‘irligi yetishmasligi mavjud besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushi (%).

Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

Immunizatsiya bilan qamrab olingan bolalar ulushi (%).

Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

Shahar va qishloqlar kesimida sifati yaxshilangan ichimlik suvidan foydalanayotgan aholi foizi.

Milliy statistika qo‘mitasi

7.

Qiz bolalarning maktabda ta’lim olish davomiyligi.

Xalq ta’limi vazirligi

8.

O‘g‘il bolalarning maktabda ta’lim olish davomiyligi.

Xalq ta’limi vazirligi

9.

Ta’lim sohasida gender paritet indeksi.

Xalq ta’limi vazirligi

10.

Bolalar mehnati (18 yoshga to‘lmagan shaxs).

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

11.

O‘smirlik davrida tug‘ish soni.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

12.

Tug‘ilishi bilan ro‘yxatga olingan bolalar foizi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

13.

Bolalar (18 yoshga to‘lmagan shaxs) orasida jinoyatlarni profilaktika qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar soni.

Ichki ishlar vazirligi

14.

Bolalar (18 yoshga to‘lmagan shaxs) tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni va xususiyatlari.

Ichki ishlar vazirligi

15.

Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bolalar (18 yoshga to‘lmagan shaxs) soni.

Oliy sud

16.

Odil sudlov tizimiga kirmaydigan ta’sir choralari ko‘rilgan bolalar (18 yoshga to‘lmagan shaxs) soni.

Ichki ishlar vazirligi

17.

Sudlangan bolalar (18 yoshga to‘lmagan shaxs) soni.

Oliy sud

18.

Bolalarga (18 yoshga to‘lmagan shaxs) nisbatan qo‘llanilgan jazo choralari xususiyati.

Oliy sud

19.

Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirilgan bolalar (18 yoshga to‘lmagan shaxs) soni.

Xalq ta’limi vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: “stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi taqdim qilinadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 07/19/4296/3001-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)