Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT KORXONALARINI OChIQ TURDAGI AKSIONERLIK JAMIYATLARIGA AYLANTIRIShGA OID TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki boʻlgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish va qimmatli qogʻozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 12-iyundagi PF-1164-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish Tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat korxonasini qayta tashkil etish natijasida tuzilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining Namunaviy ustavini, shuningdek, xususiylashtirishning Namunaviy rejasini ikki hafta muddatda tasdiqlansin.
2. Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini chiqarishning 1995-yil uchun jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Xoʻjalik uyushmalarining (korporatsiyalar, konsernlar va korxonalar boshqa birlashmalarining) rahbarlari aksiyalar chiqarishning obyektlar boʻyicha ishlab chiqilgan jadvalini bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etsin.
* 2-ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xoʻjalik uyushmalari va tashkilotlari bilan birgalikda 1, 2-ilovalar talablariga muvofiq davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirilishini, ularning va aksiyalar chiqarilishining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22 avustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan—OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Vaqt” Milliy depozitariysi qisqa muddatlarda Milliy depozitariyning hududiy filiallarini va roʻyxatdan oʻtkazish punktlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi 263-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalardan soliq olish Tartibini ikki hafta muddatda tasdiqlansin va manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi respublika aksionerlik jamiyatlari aksiyalari boʻyicha xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar olishgan dividendlarni repatriatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki oʻn kun muddatda, xalqaro moliya institutlari tavsiyanomalarini hisobga olgan holda, investitsiya fondlari toʻgʻrisida Nizom loyihasini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining 30 foizgachasini, ularning nominal qiymati boʻyicha, investitsiya fondlariga ajratish nazarda tutilsin, bunda ular bitta investitsiya fondiga 10 foizdan oshmasligi kerak.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1995-yilning oktyabrida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 15-iyun
221-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 21-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 26-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)