Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 12.06.1995 yildagi PF-1164-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.06.1995 yildagi PF-1164-son
Date of entry into force
12.06.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT MULKI BO‘LGAN KORXONALARNI AKSIYALAShTIRIShNI JADALLAShTIRISh VA QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekistonda davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish sur’atlarini jadallashtirishni amalga oshirishga imkon beradigan normativ-huquqiy baza yaratildi. Hukumat tomonidan Davlat xususiylashtirish dasturi tasdiqlangan, unda qonunda belgilangan yondashuvlar aniqlashtirilgan, maqsadlar, ustuvorliklar belgilangan, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha xususiylashtirishga doir topshiriqlar berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtga kelib respublikada uch mingdan ko‘proq davlat korxonalari aksiyalashtirilgan. Ushbu jarayonlar “O‘zbekyengilsanoat”, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmalarida, shuningdek, Andijon, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida faol amalga oshirilmoqda. Bir qator aksiyalashtirilgan korxonalarning hatto qisqa muddatdagi faoliyati ham ular ishining ancha yaxshilanganidan, aksionyerlar daromadlarining ko‘payganligidan, mulkdorlik tuyg‘usining, ijodiy va mehnat potensialining safarbarligi oshganligidan dalolat bermoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq bir qator vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari yangilikka intilmayaptilar hamda korxonalarni aksiyalashtirish jarayonining O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdagi muhim roli va ahamiyatini tushunib yetmayaptilar. Korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda ma’muriy-boshqaruv xodimlari orasida hanuzgacha saqlanib qolgan boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik tizimi paydo qilgan boqimandalik kayfiyati aksiyalashtirish muddatlarini cho‘zib yuborishning va ba’zan uni e’tirof etmaslikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holat davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga har tomonlama ko‘maklashishga, ushbu jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha zarur tushuntirish va operativ ishlarni ta’minlashga da’vat etilgan bir qator davlat muassasalari ishlarida chuqur ildiz otgan byurokratizm oqibatida ham kuchaymoqda. Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va shu kabilar bir qator bo‘linmalarining mas’ul xodimlari ko‘pincha byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘yishmoqda, aksiyalashtirilayotgan korxonalarning ta’sis hujjatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishda sun’iy to‘siqlar vujudga keltirishmoqda, bu bilan aksionerlik jamiyatlarini shakllantirish muddatlarini cho‘zib yuborishmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki bo‘lgan korxonalarni aksiyalashtirishning tashkiliy mexanizmlari yetarli darajada ishlab chiqilmagan, bu esa ba’zan ushbu g‘oyat muhim ishni amalga oshirishda suiiste’molchilik hollariga olib kelmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozori sust rivojlanmoqda, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori esa amalda tashkil etilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, viloyatlar, shaharlar va tumanlar rahbarlarining hammasi ham davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori va umuman bozor infrastrukturasini rivojlantirish masalalari bilan shaxsan shug‘ullanmayaptilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bularning barchasi monopol tuzilmalarni tarqatib yuborish yo‘lida ko‘plab to‘siqlar paydo bo‘lishiga, boshqaruvning hamda moddiy resurslar va moliya mablag‘larini taqsimlashning markazlashgan tizimi saqlanib qolishiga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Natijada “O‘zmashsanoat” uyushmasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, “O‘zbaliq” davlat korporatsiyasi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibiga kiruvchi, shuningdek Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi davlat korxonalarini aksiyalashtirish jarayoni asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki bo‘lgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish, bu jarayonga respublika aholisini keng jalb qilish, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida amalda bo‘lgan qonunchilik va normativ hujjatlarga so‘zsiz rioya qilish bo‘yicha ishlari qoniqarsizligi qayd etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishning tartib-qoidalarini mumkin qadar soddalashtirish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirishni, tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarining aksizlari va sertifikatlarini o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish va chiqarish uchun hududiy, tarmoq va ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlarining javobgarligini nazarda tutuvchi yagona tartibni tasdiqlasin. Bunda quyidagilardan kelib chiqilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoniga tashkiliy rahbarlikni va uni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi davlat korxonasi negizida tashkil etiladigan aksionerlik jamiyatining ta’sischisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonasini aksionerlik jamiyatiga aylantirish jarayonida ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari va boshqa to‘lovlar undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Aholini davlat korxonalarini aksiyalashtirishga keng jalb qilish va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish maqsadida, aholining pul mablag‘larini bir joyga jamlovchi va aksiyalarning barqaror daromad berishini ta’minlovchi investitsiya fondlari tarmoqlarini tashkil etish zarur deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari investitsiya fondlariga zarur binolarni muayyan maqsadda ajratish, auditorlik firmalari tarmog‘ini rivojlantirishni rag‘batlantirish, investitsiya fondlarini axborot bilan ta’minlash va ular uchun mutaxassislar tayyorlash yo‘li bilan investitsiya fondlari tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda 1995-yil uchun iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha qayta o‘zgartirilayotgan davlat korxonalarining aksiyalarini chiqarish jadvalini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda qonun buzilishlari va suiiste’molchiliklarni istisno qilish mexanizmini nazarda tutgan holda investitsiya fondlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot tegishli tarmoqlarining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni tartibi va muddatlariga so‘zsiz rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi majmuilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-sentabrdagi PF-1270-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 225-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi “Toshkent” respublika fond birjasining, Milliy depozitariy va investitsiya fondlarining o‘z infrastrukturasini rivojlantirishga va reklamaga yo‘naltiriladigan foydasidan 1996-yil 1-yanvargacha soliq olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ommaviy axborot vositalari aksionerlik jamiyatlari va qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlantirilishi bilan bog‘liq masalalarni keng yoritsinlar, qimmatli qog‘ozlar bilan muvaffaqiyatli ishlovchi korxonalar tajribasi yoyilishiga ko‘maklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va normativ hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 12-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1164-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 142-modda, 10-11-son, 225-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)