20.03.2019 yildagi PQ-4247-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.03.2019 yildagi PQ-4247-son
Date of entry into force
21.03.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda respublikada oʻziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlarni va majmualarni, oʻsimliklarning va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga boʻlgan salbiy taʼsirini oldini olish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni oʻrganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik taʼlim va tarbiyani takomillashtirish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yangi turlari — landshaftlarni, oʻsimlik va hayvonot dunyosini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob va yoʻqolib borayotgan turlarini, boshqa tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish va qayta tiklashga, shuningdek, ekologik muhitni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga koʻmaklashadigan davlat biosfera rezervatlari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalar yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning bir necha idoralar tasarrufida boʻlib qolayotganligi, ularni samarali boshqarishni taʼminlash hamda mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish imkoniyatini bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni davlat tomonidan boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirish, shuningdek respublika ekotizimining bioxilmaxilligini saqlab qolish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufida boʻlgan Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qoʻriqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Davlat qoʻriqxonalari, milliy bogʻlar va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasining 6 ta shtat birliklarini amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2019 — 2022-yillar mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida quyidagi 5 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Janubiy Ustyurt” davlat qoʻriqxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Beltov”, “Oqpetki” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oraligʻi” davlat buyurtma qoʻriqxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudochye” davlat buyurtma qoʻriqxonasi negizida “Sudochye koʻllar tizimi” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat ekologiya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boshqarmasi negizida Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika komissiyasi (Qoʻchqorov) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan, topshiriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar obyektlari, moddiy-texnik boyliklarni va boshqa mulklarni xatlovdan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat qoʻriqxonalari, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati va “Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigini moliyalashtirishni yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda topshiriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari hisobini yuritish, meteorologiya va gidrologiya kuzatuvlarini olib borish, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy koʻrinishga ega maʼlumotlarni toʻplash, ifloslanishning atrof-muhitga taʼsirini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chotqol biosfera, Zomin, Surxon, Nurota va Qizilqum davlat qoʻriqxonalari, shuningdek, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ustavlarini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” tadbirlarining oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish, ularni samarali boshqarishni taʼminlash hamda mazkur sohada yagona davlat siyosatini olib borish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4247-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish tizimini takomillashtirish

1.

Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga beriladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning taʼsis hujjatlarini va davlat qoʻriqxonalarida ilmiy tadqiqotlar va monitoring oʻtkazishni tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlash.

1. Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum davlat qoʻriqxonalari va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining ustavlarini tasdiqlash.

2. Davlat qoʻriqxonalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish hamda davlat qoʻriqxonalari etalon ekotizimida tabiat jarayonlarning tabiiy rivojlanishini monitoring qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yilmay


2019-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.

Davlat qoʻriqxonalariningqoʻriqlanma zonalarini tashkil etish.

1. Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota Qizilqum davlat qoʻriqxonalari va Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervatining qoʻriqlanma zonalarini tashkil etish.

2. Davlat qoʻriqxonalarining qoʻriqlanma zonalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil avgust



2020-yil dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev),
Fanlar akademiyasi

(Yuldashev), viloyatlar

hokimliklari

3.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning kadrlar va ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Respublikaning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari xodimlarini Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida salohiyatini oshirish.

2. Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum davlat qoʻriqxonalari va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati obyektlari va moddiy-texnik qimmatliklarini xatlovdan oʻtkazish.

3. Xatlov natijalariga koʻra muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Doimiy ravishda




2019-yil aprel



2019-yil iyun

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov),

manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimini kengaytirish*

4.

5 ta yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (“Janubiy Ustyurt” davlat qoʻriqxonasi, “Beltov”, “Oqpetki”
va “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oraligʻi” davlat buyurtma qoʻriqxonalarini, shuningdek, “Sudochye” davlat buyurtma qoʻriqxonasi bazasida “Sudochye koʻllar tizimi” davlat buyurtma qoʻriqxonasini) tashkil etish.

Fanlar akademiyasining Botanika va zoologiya institutlari vakillari orasidan quyidagi maqsadlar uchun ilmiy ekspeditsiyani tashkil etish:

asoslarni tayyorlash uchun taxmin qilinayotgan hududlarning bioxilmaxilligini oʻrganish;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlashni taʼminlashni talab etuvchi maydonlari va ularning geografik koordinatlarini, shuningdek muhofaza qilish maqomini belgilash.



2019-yil aprel — iyun

2019-yil

iyul — oktabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Sudochye koʻllar tizimi” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil etish, xususan:

“Sudochye” buyurtma qoʻriqxonasi hududini kengaytirish boʻyicha asosni tayyorlash;

buyurtma qoʻriqxonaning fizik-geografik va ekologik taʼrifini hamda uni muhofaza qilish rejimini, shuningdek, qoʻriqlashxodimlari sonini aniqlash;

chegaralarni taʼriflash bilan birgalikda kartografik materiallarni tayyorlash.

2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2019-yil aprel — iyun

2019-yil iyul — oktabr


2019-yil

noyabr

2019-yil

dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Qoʻchqorov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev),

Moliya vazirligi
(Xaydarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Janubiy Ustyurt” davlat qoʻriqxonasini tashkil etish, xususan:

qoʻriqxonaning fizik-geografik va ekologik taʼrifini hamda uni muhofaza qilish rejimini, shuningdek, qoʻriqlash xodimlari sonini aniqlash;


chegaralarni taʼriflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.



2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2020-yil

aprel — iyun


2020-yil

iyul — sentabr


2020-yil

oktabr

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Beltov” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil etish, xususan:

Buyurtma qoʻriqxonaning fizik-geografik va ekologik taʼrifini hamda uni muhofaza qilish rejimini, shuningdek, qoʻriqlash xodimlari sonini aniqlash;

Chegaralarni taʼriflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.


2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2020-yil

iyun — avgust


2020

sentabr — oktabr

2020-yil dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Kuchkarov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev),
Moliya vazirligi

(Xaydarov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(Xadjayev),

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq va Qoraoʻzak tumanlari hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Oqpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil etish, xususan:

Buyurtma qoʻriqxonaning fizik-geografik va ekologik taʼrifini hamda uni qoʻriqlash rejimini, shuningdek, qoʻriqlash xodimlari sonini aniqlash;

Chegaralarni taʼriflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.


2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2021-yil

mart — may

2021-yil iyun — avgust

2021-yil sentabr

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hududida yuridik shaxs tashkil etgan holda “Oqdaryo-Qozoqdaryo ikki daryo oraligʻi” davlat buyurtma qoʻriqxonasini tashkil etish, xususan:

Buyurtma qoʻriqxonaning fizik-geografik va ekologik taʼrifini hamda uni qoʻriqlash rejimini, shuningdek, qoʻriqlash xodimlari sonini aniqlash;

Chegaralarni taʼriflash bilan kartografik materiallarni tayyorlash.


2. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga koʻra qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




2022-yil iyun — avgust

2022-yil sentabr-

oktabr

2022-yil dekabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Kuchkarov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Suv xoʻjaligi vazirligi

(Xamrayev), Moliya vazirligi

(Xaydarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xadjayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Chora-tadbirlarni moliyalashtirish Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, xalqaro tashkilotlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

B.T. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi raisi

N.J. Bakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

Yo.E. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

B.T. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

U.A. Sobirov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi boshligʻi, Respublika komissiyasi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning oltinchi xatboshi va 5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi” soʻzlari “Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning “b” — “e” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3956-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
TASHKILIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Yangi tashkil etilayotgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 98 birlik”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4247/2801-son; 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)