20.08.2018 yildagi PQ-3913-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.08.2018 yildagi PQ-3913-son
Date of entry into force
20.08.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralarga qaramay, mehnat jarayonida fuqarolarning ish qobiliyati va sog‘lig‘ini saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga, ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasidagi muvozanatli mehnat munosabatlarini ko‘llab-quvvatlashga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarga barham berishning hamon imkoni bo‘lmayotganligi qayd etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oxirgi uch yilda ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar soni 1 214 tani tashkil etdi, shulardan 241 tasining oqibati o‘lim bilan tugagan, 21 mingdan ziyod fuqarolar mehnat huquqlari buzilganligi va majburiy mehnatga jalb etilganligi to‘g‘risida murojaat etganlar. Ayniqsa mazkur muammolar iqtisodiyotning norasmiy sektorida hamon keskinligicha qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquqiy inspeksiyasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalarining tashkiliy tuzilmasi, vakolatlarni ko‘llash samaradorligi va umuman ularning faoliyati, shuningdek, ulardagi inspektorlarning kasbiy malakasi va darajasi fuqarolarning mehnat huquqlari va mehnatini muhofaza qilish masalalarini tizimli asosda keng qamrovli hal etish imkonini bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishda, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikda va unga to‘liq barham berishda, mehnat munosabatlari doirasida xodimlar va ish beruvchilarga maslahat va uslubiy yordam berishda mehnat organlari salohiyatini yanada kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tugatilayotgan Davlat mehnat huquqiy inspeksiyasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib kuyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar tashkilotlar tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada mehnatni muhofaza qilish holatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini doimiy tahlil qilish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat to‘g‘risidagi bitimlar va lokal hujjatlar, ish beruvchilarning mehnat munosabatlari masalalariga doir buyruqlari qonun hujjatlariga muvofiqligini tizimli tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat, aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan mehnat munosabatlari subyektlarining huquqlarini himoya qilish va doimiy monitoringini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan to‘sqinliksiz foydalanish, shuningdek, barcha turdagi transportlardan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanish aloqa vositalari hamda axborotlardan foydalanish uchun sharoitlar yaratish yuzasidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va unga to‘liq barham berish choralarini, shu jumladan, aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish yo‘li bilan tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni ko‘llash va rioya etish masalalari bo‘yicha xodimlar va ish beruvchilarga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va jarohatlanish holatlarining oldini olish borasida profilaktika ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash zarurligi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni, shuningdek, fuqarolarning munosib va xavfsiz mehnat sharoitlariga doir huquqlarini ta’minlash yuzasidan takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Inspeksiya xodimlarini tekshirishlar o‘tkazishga jalb qilishning cheklangan muddati bir oyda ko‘pi bilan 10 ish kunini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiyaning oliy yuridik ma’lumotli inspektorlari davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga tenglashtiriladi, ularga adliya organlarining darajali unvonlarini berish tartibi tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Inspeksiyaga jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan oldindan kelishuvni amalga oshirmagan holda tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar tashkilotlar tomonidan aholi bandligi, mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlarni o‘tkazish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlarni o‘tkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish jarayonida Inspeksiya xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik, shuningdek. tekshirish predmetiga bog‘lik bo‘lmagan boshqa har qanday faoliyatiga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishi etib band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish, ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, belgilangan tartibda xorijga vaqtinchalik ishga joylashish uchun ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish maqsadida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazini Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tajriba sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4804/1173-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilayotgan kasb-hunar kollejlari va ularning huzurida tashkil etilayotgan kasbga o‘qitish markazlari ishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va o‘quv-metodik ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan bosh muassasa etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tuzilmasida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan Kasb-hunar-texnik o‘qitishni tashkil etish boshqarmasi 5 ta shtat birligidan iborat tarkibda tashkil qilinsin. Markaz direktorining mehnatiga haq to‘lash darajasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boshqarma boshlig‘i, kasb-hunar-texnik o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha boshqarma xodimlarining mehnatiga haq to‘lash darajasi esa vazirlik xodimlarining mehnatiga haq to‘lash darajasiga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 60 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kuyidagi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilayotgan “Xavfsiz va himoyalangan mehnat” chora-tadbirlar dasturi — “Yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq maqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalariga muvofiq fuqarolarning mehnat huquqlari va erkinliklari, mehnat muhofazasiga oid normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada xalqaro standartlar va xavfsizlik usullarini va mehnat muhofazasini boshqarish tizimini, shu jumladan “Jarohatlanishga barham berish” konsepsiyasini, Mehnat muhofazasini boshqarish tizimini joriy qilish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazining faoliyatini tubdan kuchaytirish, shuningdek, mehnat organlari xodimlarining faoliyatiga zamonaviy usullarni joriy etish orqali ularning kasbiy darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat muhofazasi va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha aholi va ish beruvchilarning xabardorligini oshirish, aholi bilan doimiy muloqotni ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘z faoliyatida samaradorlikning eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlayotgan xodimlarga ularning lavozim maoshining ikki baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 331-uy manzilida joylashgan Yashnobod politexnika kasb-hunar kollejining bino va inshootlari, ularga tutash maydonlar bilan birgalikda band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazini joylashtirish va faoliyatini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4804/1173-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkazilayotgan 3-bosqich kasb-hunar kolleji talabalari 2020-yil 1-sentabrga kadar mazkur ta’lim muassasalarida ta’lim olishi to‘xtatiladi, ular yaqinroqda joylashgan va shunga o‘xshash ta’lim yo‘nalishlariga ega bo‘lgan kasb-hunar kolleji talabalari kontingentiga kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunar ta’limi markazi bilan birga bir oy muddatda mazkur binolar va inshootlar tutash hududlari bilan topshirilishini, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa ularni qabul qilib, maqsadli foydalanishni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda Mehnat organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 2018-yilda Bandlik hududiy bosh boshqarmalarini ta’mirlash va texnik jihozlash dasturini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PK-3001-son qarori 1-bandining ikkinchi — yettinchi xatboshilari, shuningdek, ushbu qarorning 1 — 6-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3913-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TASHKILIY TUZILMASI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shahslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi

Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolar

Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish hududiy markazlari

Tuman (shaxar ) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari

Jamoat ishlari jamg‘armasi

Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish markazlari

Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari

Kasb-hunar kollejlari hamda oldindan ko‘niktirish va kasbga tayyorlash markazlari

Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari

“Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” MCHJ*

Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi

“Axborot-komyuter markazi “Mehnat.uz”” MCHJ **

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi ta’sischisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari soni — 94 nafar, ishlab chiqarish xodimlari soni — 12 nafar, kichik mutaxassislar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari soni — 26 nafar.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlari soni — 21 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Davlat mehnat inspeksiyasining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4804/1173-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy tuzilmasi

Boshqaruv xodimlari soni — 17-18 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 — 9 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 244 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni — 86 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Direktor

Direktor o‘rinbosari — ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori*

1

Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash shu’basi

1

Bandlik mintaqaviy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish shu’basi

1

Kasbga qayta o‘qitishni tashkil etish shu’basi

1

Buxgalter

0,5

Jamoat ishlarini muvofiqlashtirish shu’basi

1

Tashqi mehnat migratsiyasi va qaytgan mehnat migrantlarining reintegratsiyasi masalalari bo‘yicha inspektor

(ishlab chiqarish xodimi)

1

Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lovlarini monitoring qilish va kam ta’minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni tashkil etish shu’basi

0,5

Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi***

Ishga joylashtirish inspektorlari**

(ishlab chiqarish hodimlari)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlari soni — 8 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Ishga joylatirish ispektorlari (ishlab chiqarish xodimlari) soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadigan normativ bo‘yicha mehnat resurslari sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Shu bilan birga, bir nafar inspektor shtat birligi ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash shu’basiga doimiy biriktirilgan bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari. Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha xodimlar hisobiga tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xavfsiz va himoyalangan mehnat” chora-tadbirlar dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YO‘L XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalariga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ishlab chiqish:

“Xalqaro mehnat normalarini qo‘llashga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risida” (144-son. 1978-yil 19-may);

“Majburiy yoki bajarilishi shart bo‘lgan mehnat haqida”gi konvensiyaga qo‘shimcha bayonnomaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida” (29-son, 2016-yil 9-noyabr).

Qonun loyihasi

uch oy muddatda

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi (T. Norboyeva, Sh. Kudbiyev, K. Rafiqov)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalariga qo‘shilishi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflar va qonun loyihalarini ishlab chiqish:

“Sanoat va savdodagi mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida” (81-son, 1950-yil 7-aprel);

“Qishloq xo‘jaligidagi mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida” (129-son. 1972-yil 19-yanvar).

Qonun loyihasi

2019-yil mart

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi (T. Norboyeva, Sh. Kudbiyev)

3.

Mehnat qonunchiligini takroran buzganlik, shu jumladan ish beruvchi tomonidan mehnat munosabatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganlik uchun javobgarlik belgilash va kuchaytirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2018-yil oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Adliya vazirligi (N. Jurayev)

4.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

ikki oy muddatda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev)

5.

Quyidagi:

“Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari to‘g‘risida”gi;

“Mehnat organlari xodimlarining, shu jumladan Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ijrochilar qarorlari

ikki oy muddatda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

II. Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar

6.

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalligi ko‘rsatkichlarining pasayishida ish beruvchilarga ko‘maklashuvchi yettita “Oltin qoidalar”ning amalga oshirilishiga qaratilgan Ijtimoiy ta’minot xalqaro uyushmasining (MASO) “Jarohatlanishga barham berish” (Vision Zero) konsepsiyasiga O‘zbekistonning qo‘shilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan:

ko‘rsatilgan Konsepsiya prinsiplariga sodiqlik asosidagi yetakchilik;

ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalligining xavflarini aniqlash hamda tegishli xavf-xatarlarni nazorat qilish;

ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish maqsadlarini belgilash hamda tegishli dasturlarni ishlab chiqish;

tashkilotchilikning yuqori darajasiga erishish orqali mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tizimini yaratish;

dastgoh va qurilmalar bilan ishlashda ish joylaridagi xavfsizlik va gigiyenani ta’minlash;

kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘li bilan kadrlar malakasini oshirish;

kadrlarga va ularni rag‘batlantirishga investitsiyalar.

Ijrochilar qarorlari

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (O. Yunusov), “O‘zdavenergonazorat” DI (U. Egamberdiyev)

7.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha korxonalari, tashkilotlarida Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini keng joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. bunda:

muayyan ish beruvchilarda mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid siyosat, maqsadlar va tartib-taomillarni o‘rnatish bo‘yicha yagona chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishga;

xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari va xavf-xatarlari ta’sirini kamaytirish, shu asosda mehnat unumdorligini oshirishni rag‘batlantirishga;

mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlashga qaratilgan.

Ijrochilar qarorlari

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev), “Sanoatgeokontexnazorat” DI (O. Yunusov), “O‘zdavenergonazorat” DI (U. Egamberdiyev)

8.

“Mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha preventiv yordam” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, bunda:

mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan ish beruvchilar va xodimlarga metodologik va konsultativ yordam ko‘rsatishga;

mehnat huquqi normalarini qamrab oluvchi mehnat qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qoidalariga rioya qilishning eng samarali vositalari va usullari to‘g‘risidagi axborotlar bilan ish beruvchilar va xodimlarni ta’minlashga qaratilgan.

Ijrochilar qarori

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

9.

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini, Mehnat xavfsizligi standartlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish, ularni ishlab chiqish bo‘yicha talablarni. joriy qilish, baholash va takomillashtirish hamda boshqalarni o‘z ichiga oluvchi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi va xavfsizlik standartlarini takomillashtirish.

Ijrochilar qarori

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

10.

Mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarining attestatsiya hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishning shaffof onlayn-mexanizmlarini o‘rnatish.

Ijrochilar qarori

2018-2019-yillar davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

11.

Bandlik, mehnatni muhofaza qilish va xodimlarning mehnat huquqlari sohasida ilmiy-amaliy bosh muassasa sifatida Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazining faoliyatini tubdan kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ijrochilar qarori

2018-yilda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

12.

Davlat mehnat inspeksiyasi organlarining faoliyatiga fuqarolarning mehnatini muhofaza qilish va mehnat huquqlariga rioya etish va himoya qilish, ayniqsa ish beruvchi tomonidan vakansiyalarni yashirganlik holatlari bo‘yicha, statistik ma’lumotlarni olish orqali kameral nazorat mexanizmlarini joriy qilish.

Ijrochilar qarori

2018-yilda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

III. Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarining malakasini oshirish va mehnatini rag‘batlantirish

13.

Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslarining o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash, bunda:

Davlat mehnat inspeksiyasiga ishga qabul qilinishida nomzodlar ikki haftalik majburiy kirish-moslashtirish kurslaridan o‘tishi;

Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini kamida uch yilda bir marta malaka oshirish kurslarida o‘qitilishi nazarda tutiladi.

Ijrochilar qarori

ikki oy muddatda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

14.

Mehnat organlari xodimlarini, shu jumladan Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarini stajirovkaga XMTning Turin shahridagi (Italiya) Xalqaro o‘qitish markazi, oliy ta’lim muassasalari va boshqa xorijiy davlatlarning malaka oshirish tashkilotlariga bandlikka ko‘maklashish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘qish va malaka oshirish uchun yuborish.

Ijrochilar qarori

kelishilgan jadvallarga muvofiq

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

IV. Aholi, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro konferensiyalar o‘tkazish

15.

Munosib mehnat, mehnatni muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha XMT Bosh direktori va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida Toshkent shahrida xalqaro konferensiya o‘tkazish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

2018-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

16.

“Mehnat xavfsizligi va uni muhofaza qilish — 2019” xalqaro ko‘rgazmasi va seminarini o‘tkazish, bunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Ijtimoiy ta’minot Xalqaro uyushmasi o‘rtasida “Jarohatlanishga barham berish” Konsepsiyasini olga surish bo‘yicha hamfikrlik va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash imkoniyati ko‘rib

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

2019-yil

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev)

17.

Mehnatni muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan keng tushuntirish ishlarini olib borish. shu jumladan:

plakatlar, risolalar. videoroliklar tayyorlash va ish beruvchilar hamda xodimlar o‘rtasida tarqatish, mehnatni muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar, munozaralar va seminarlar, ko‘rgazmalar tashkil etish, unda mehnat gigiyenasi qoidalari va xavfsiz ish usullarining amalda qo‘llanishini namoyish etish;

fuqarolarning mehnatini muhofaza qilish va mehnat huquqlarini himoya qilish masalalariga oid teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar, gazeta maqolalarini tashkil qilish;

“Mehnat gigiyenasi” va “Xavfsizlik texnikasi” fanlari, shuningdek boshqa tegishli fanlar bo‘yicha o‘quv soatlarini umumta’lim maktablarining o‘qitish dasturiga kiritish yuzasidan takliflar kiritish;

nodavlat notijorat tashkilotlari, faol fuqarolar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligida ishlovchi, ayniqsa mavsumiy ishlarda ishlovchi shaxslar uchun mehnatni muhofaza qilish. majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va unga butunlay barham berish masalalari yuzasidan uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etish.

Ijrochilar qarori

2018-yildan boshlab

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (B. Maxmadaliyev), Savdo-sanoat palatasi (I. Jasimov). MGRK (A. Xadjayev)