Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2021 28.01.2019 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.01.2019 yildagi 63-son
Date of entry into force
29.01.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish va tartib-taomillarini jadallashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga joylarda so‘zsiz amal qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi Nizomning II va III boblari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 12-son, 97-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2 va 3-ilovalari, shuningdek, II bobi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 33-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom yer uchastkalarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son hamda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotgan massivlarda hamda “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarorlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga, belgilangan tartibda, ulardan yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushi 100 foiz bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga berish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarda.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-avgustdagi 653-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2019-y., 09/19/653/3535-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qaroriga muvofiq yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ehtiyojlari — yerlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudofaa va davlat xavfsizligi ehtiyojlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimlari obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish) uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlari bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlar qurish bo‘yicha ijro etish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi — yer fondining qat’iy belgilangan chegara, maydon, joylashuv yeri, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat ehtiyojlari — quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarga, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli binolar va inshootlar, hududlarga olib keluvchi avtomobil yo‘llari va piyoda yo‘laklarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslarga, shuningdek, jismoniy shaxslarga tegishli binolar va inshootlar hamda hududlarda o‘tkaziladigan muhandislik-kommunikatsiyalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariqlar, kanallar va boshqa suv arteriyalari, havzalarni, aholini suv bilan ta’minlashga mo‘ljallangan, yashil o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, mehribonlik uylarini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalardan shakllantiriladigan boshqa mablag‘lardan moliyalashtiriladigan maydonlar, shuningdek, dam olish parklari, alleyalar, xiyobonlar, dam olish zonalari, ko‘llar, suv havzalari va boshqa rekreatsion obyektlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturlar doirasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha va shaharlarda arzon uy-joylar qurish ehtiyojlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yer uchastkalarida qurilishlarni olib borishda shaharsozlik, iqtisodiy, sanitariya talablari va boshqa talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yo‘l yoqasidagi infratuzilma obyektlarini davlat-xususiy sherikligi shartlarida qurish uchun yer uchastkalari berilganda, yer uchastkasini oladigan tadbirkorlik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kelishgan holda, avtomobil yo‘llari bo‘ylab hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish majburiyatini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida bo‘lgan yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish faqat bu yer uchastkasi belgilangan tartibda ulardan olib qo‘yilganda (sotib olinganda) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoniga muvofiq faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yiladi, yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga esa — ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi qaror bosh rejalarga, shuningdek, aholi punktlarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi) quyidagi vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlarda) — yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar)lardagi filiallari (keyingi o‘rinlarda davlat korxonasi filiali deb ataladi) tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda Toshkent shahar davlat korxonasi deb ataladi) tomonidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tuman (shahar) hokimligi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs — buyurtmachi hamda davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mahalliy davlat hokimiyati organining qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi buyurtmanoma kelib tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida uni tegishli ravishda davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi yetti ish kuni mobaynida buyurtmanoma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tomonidan “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tasdiqlagan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish bo‘yicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy me’yorlari to‘plamiga muvofiq haq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin yigirma ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yig‘ma jildini tayyorlaydi va uni “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yer uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yig‘ma jildiga (keyingi o‘rinlarda hujjatlar yig‘ma jildi deb ataladi) quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi, jumladan, maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi, ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa — mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotgan fuqarolar va yuridik shaxslarning ro‘yxati, ularning buziladigan uy-joyi, ishlab chiqarish va boshqa qurilmalari, inshootlar va daraxtzorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklari va zararlar miqdori, shuningdek, buziladigan binolar va inshootlar, ko‘p yillik daraxtzorlarni baholash haqidagi ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomning 14-bandida qayd etilgan barcha materiallar mavjud bo‘lmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqacha masshtabda, noaniq tasvirda) taqdim etilmasa, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi davlat korxonasining filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yig‘ma jildini qayta tayyorlash uchun yuboradi. Bunda bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasining filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi ko‘rsatgan barcha kamchiliklarni besh ish kunida bartaraf etadi va materiallarni tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan barcha materiallar bilan birga hujjatlar yig‘ma jildini olgandan so‘ng, uni besh ish kuni davomida o‘rganadi va xulosa olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda qurilish bo‘limi deb ataladi), Toshkent shahrida esa — Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda qurilish Bosh boshqarmasi deb ataladi) yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda qurilish bo‘limi, qurilish Bosh boshqarmasi uch ish kuni davomida yig‘ma jildni ko‘rib chiqadi, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tegishli ravishda uni tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboradi. Xulosada shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etish talablari bayon etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, tuman qurilish bo‘limi, qurilish Bosh boshqarmasi tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligidan hujjatlar yig‘ma jildini olgandan so‘ng kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan uni ko‘rib chiqadi hamda kelishish uchun o‘z xulosasini ilova qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) kelishish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash besh ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda hujjatlar yig‘ma jildini ko‘rib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qo‘yish yo‘li bilan kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishilgan materiallar, ular kelishilgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga taqdim etish uchun Kengash tomonidan qurilish bo‘limiga, qurilish Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasi xulosasi va kengash tomonidan kelishilgan materiallar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yoki nusxasi ko‘chirilgan shaklda yuboriladi. Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik va boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Salbiy xulosada qonunchilikning muayyan normalariga tayangan holda, yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa, ko‘proq mos keladigan joydan ajratish haqida taklif beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasiga Kengash yig‘ilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va me’yoriy-huquqiy hujjatning aniq normasini ko‘rsatgan holda, yer uchastkasi ajratish joyini ko‘chirish haqidagi taklif bilan yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash, shu jumladan berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan uchastkasi joylashuvini o‘zgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi ikki ish kuni mobaynida qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasining salbiy xulosasida yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifni ko‘rib chiqadi hamda hujjatlar yig‘ma jildini Kengash yig‘ilishining xulosasi yoki bayonnomasini ilova qilgan holda davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi o‘n ish kuni davomida yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlaydi, hujjatlar yig‘ma jildini shakllantiradi va uni tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga takroran yuboradi. Bunda yangilangan yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash va tayyorlash bo‘yicha ishlar uchun haq undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi hujjatlar yig‘ma jildini olgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan uni qurilish bo‘limiga, qurilish bosh boshqarmasiga mazkur Nizomning 17-18-bandlarida belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi yoki tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi kengashi kelishuvi olingan kundan keyingi ish kuni mobaynida tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yig‘ma jildni quyidagi vakolatli organlarga yuboradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xulosa olish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga, Toshkent shahrida — Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi bo‘limiga, Toshkent shahrida esa — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyat yoki Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga, Toshkent shahrida esa — Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar markaziga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga — aholi punktlaridan tashqarida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha, — bo‘lajak qurilish uchastkasining yer qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi hamda tog‘ va tog‘oldi hududlarida xavfli geologik jarayonlar (ko‘chkilar, ko‘chishlar, cho‘kishlar, suffoziyalar va karstlar) xavfining yo‘qligi haqida;
(21-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markaziga — xavfli gidrometeorologik hodisalar (qor ko‘chkilari, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud) hududlariga tushmaganligi haqida;
(21-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi huzuridagi tuman yo‘llardan foydalanish korxonasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zsuvta’minot” AJning hududiy mas’uliyati cheklangan jamiyatining tuman (shahar) bo‘limiga;
(21-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekenergo” AJ tuman (shahar) energiya bilan ta’minlash korxonasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘ztransgaz” AJ tuman (shahar) gaz bilan ta’minlash korxonasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kelishish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limiga — qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan bo‘sh yer uchastkasi ajratilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining hududlararo (hududiy) davlat inspeksiyalariga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — bo‘sh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining hududiy organlariga — bo‘sh yer uchastkasi avtomobil turar joylari va yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik hujjatlarida nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalari ajratish materiallari bo‘yicha davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatining hamda ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘limining xulosalarini olish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vakolatli tashkilotlar yig‘ma jild kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida yig‘ma jildni kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning ko‘chirilgan nusxasi tarzida tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga yuboriladi. Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa norma hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Salbiy xulosada me’yoriy-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yer uchastkalari ajratish materiallarini kelishish tegishli yer uchastkasi bo‘yicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv rad etilgan holatda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzda xat yoki xatning ko‘chirilgan nusxasi me’yoriy-huquqiy hujjatning muayyan normasiga tayangan holda, bo‘sh yer uchastkasini ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablarini ko‘rsatib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vakolatli organ bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlab, ularni ushbu Nizomga muvofiq takroran kelishish (ular bo‘yicha xulosa olish) huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish to‘g‘risida xat yo‘llagan taqdirda, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi vakolatli tashkilotlarning e’tirozlaridan kelib chiqqan holda uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini va yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ko‘rib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda ularni davlat korxonasining filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatlarda davlat korxonasining filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi uch ish kuni davomida yer uchastkasini ajratish materiallarini qayta ishlaydi va tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yer uchastkasi ajratish materiallarini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun to‘lov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng va qayta ishlangan materiallar olingach, tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yer uchastkasi ajratish materiallarini ushbu Nizomning 17 ― 24–bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda takroran yuborilgan yer uchastkasi ajratish materiallari ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimi tomonidan qaror qabul qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qurilish organining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishishi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin tuman (shahar), Toshkent shahar hokimi ikki kun muddatda yer uchastkasi ajratish haqida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organining qarorida nazarda tutilgan obyektni qurish shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi kimga, qanday maqsadlarda va qanday muddatga (yer uchastkasi muayyan muddatga vaqtincha foydalanishga va ijaraga berilganda aniq muddat ko‘rsatiladi) beriladi, shuningdek, mavjud bo‘lgan taqdirda — olib qo‘yilayotgan (sotib olinayotgan) yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilarining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasining u olib qo‘yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo‘lgan taqdirda );
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi ajratish haqidagi qaroriga uning ajralmas qismi sifatida ajratiladigan yer uchastkasining chegaralari plani ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimining vakolatiga kirmaydigan yer uchastkalari ajratish bo‘yicha materiallarni kelishish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasi olingandan so‘ng yer uchastkasi ajratish uchun keyingi ish kunidan kechikmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Taqdimnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda yer uchastkasi ajratish haqidagi hujjatlar yig‘ma jildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli tashkilotlarning xulosalari va kelishuvlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki ularning ko‘chirilgan nusxalari yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Taqdimnomada qayd etilgan yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar) hokimi vakolatiga kirgan taqdirda, taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida ularni ko‘rib chiqadi va quyidagilar haqida qaror qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan materiallarga muvofiq yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining joylashgan joyi o‘zgartirilgandan keyin yer uchastkasi ajratilishi mumkinligi to‘g‘risida asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda yer uchastkasi ajratishni rad etish to‘g‘risida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori keyingi ish kunidan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kirgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan “YERELEKTRON” AAT orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer uchastkalari ajratish masalasini ko‘rib chiqish haqida xat yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatga tuman (shahar) hokimligining taqdimnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimligining qarori loyihasi va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish Toshkent shahar hokimi vakolatiga kirmasa, u holda Toshkent shahar hokimi vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvi yoki ijobiy xulosasini olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z qarorining loyihasini, hujjatlar yig‘ma jildini va vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari bo‘yicha materiallarni ilova qilgan holda xat yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n ish kuni mobaynida yig‘ma jild va materiallarni ko‘rib chiqadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimligining qarori loyihasini yer uchastkasi joylashgan joyi bo‘yicha tegishli kompleks rahbari tomonidan viza qo‘yish yo‘li bilan kelishadi hamda uni keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligiga, shuningdek, tegishli taqdimnomani kiritgan tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Istisno holatlarda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olingandan keyin bir ish kuni davomida hujjatlar to‘plamini va vakolatli tashkilotlarning ijobiy kelishuvlari yoki ijobiy xulosalari bo‘yicha materiallarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahri hokimligining qarorini ilova qilgan holda, davlat korxonasi filialiga, Toshkent shahar davlat korxonasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tanlangan yer uchastkasining joylashgan joyiga rozilik berilmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlar yig‘ma jildini ko‘rib chiqqandan keyin bir kun davomida asoslangan sabablarni ko‘rsatgan holda, “YERELEKTRON” AAT orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek tegishli taqdimnoma kiritgan tuman (shahar) hokimligiga xat yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari ushbu Nizom 31-bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan qarorni chiqarganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rozilik bermagan holatlarda, tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni davomida yer uchastkasining joylashgan joyini qayta ko‘rib chiqadi hamda yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan ushbu Nizomning 16 ― 27-banlarida belgilangan tartibda kelishish (xulosa olish) uchun takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, yer uchastkasini tanlash bo‘yicha takroran yuborilgan materiallar vakolatli tashkilotlar tomonidan ikki ish kunida ko‘rib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli tashkilotlar bilan yer uchastkasi ajratish materiallari kelishilgandan (xulosa olingandan) so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu Nizomning 29 — 34-bandlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun takroran yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yer uchastkalarini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yer uchastkasi berish haqidagi qarori asosida davlat korxonasi filiali, Toshkent shahar davlat korxonasi, qurilish bo‘limi, qurilish bosh boshqarmasi hamda “O‘zGAShKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilashni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi chegaralarini joyda (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va to‘lov quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi summa — Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali hisob raqamiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 80 foizi — qurilish bo‘limi hisob raqamiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi — “O‘zGAShKLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
(36-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari to‘langandan, shuningdek, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va yuridik shaxslar zararlari qoplangandan keyin davlat korxonasi filiali ikki ish kuni davomida belgilangan tartibda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yer uchastkalarini berishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son; 12.06.2019-y., 09/19/478/3273-son, 10.08.2019-y., 09/19/653/3535-son; 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son, 26.11.2020-y., 09/20/747/1561-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)