O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, diniy soha xodimlari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son hamda 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son farmonlariga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzurida Samarqand va Namangan viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bo‘lgan muassasa shaklidagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) huzuridagi “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi muassasa shaklidagi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
b) “Ziyo” media markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatimizda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz merosini, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obod etish, muqaddas dinimiz musaffoligini asrash, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat hamda turli millat va e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish;
xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan aholini yaqindan tanishtirib borish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chuqur falsafiy va ibratga yo‘g‘rilgan ilmiy-ommabop va badiiy ko‘rsatuvlar tayyorlash;
bugungi globallashuv davrida insoniyat hayotiga xavf solayotgan muammolar hamda oilaviy, odob-axloq va yosh avlod tarbiyasining dolzarb masalalarga oid tok-shoular hamda din sohasi vakillari, soha mutaxassislari va olimlari bilan davra suhbatlari, bahs-munozaralar, muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etish va ularni teleradiokanallarda efirga uzatib borilishini ta’minlash;
aholi, xususan yoshlarni g‘arazli kuchlar va oqimlarning ta’siridan asrash, terrorizm va ekstremizm g‘oyalarining asl maqsadlarini fosh etish, har xil oqimlardan, shu jumladan, “ommaviy madaniyat”ning zararli illatlaridan himoya etishga yo‘naltirilgan maxsus ko‘rsatuv va roliklar tayyorlash.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Akademiya rektoriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Din ishlari qo‘mitasi deb ataladi) va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda mazkur qarorga 1, 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan tuzilmalarga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Institut va uning mintaqaviy filiallari xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda diniy-ma’rifiy sohadagi yetakchi mutaxassislar jalb etilganda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi to‘lanadi;
“Ziyo” media markazi xodimlariga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Institut va uning mintaqaviy filiallarini saqlash xarajatlarini 2019-yilda ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Markazga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin;
Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazida zamonaviy televizion va ovoz yozish uskunalari bilan jihozlangan telestudiya hamda ovoz yozish studiyasini tashkil etish uchun zarur mablag‘lar ajratsin;
Belgilab qo‘yilsinki, Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazi faoliyatini saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining tegishli yilga “Madaniyat va ommaviy axborot vositalari” sohasi uchun ajratiladigan mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
8. Quyidagilar:
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Markaz va uning mintaqaviy filiallari ustavlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin va ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Markaz va uning mintaqaviy filiallarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun salohiyatli va yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish, ularni o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va materiallar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazi, Markaz va uning mintaqaviy filiallari murojaatlariga asosan ularni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan ta’minlash hamda interaktiv va masofadan o‘qitish uslublarini tatbiq etishi maqsadida keng qamrovli Internet tarmog‘i ulash choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir oy muddatda Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markaziga uchuvchisiz uchish apparatlaridan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Institut va “Ziyo” media markazi Akademiya binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi inobatga olinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Institutning mintaqaviy filiallarini o‘quv jarayonini tashkil etish uchun mos binolarga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
11. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-yanvar,
25-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-avgustdagi 542-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazining
TUZILMASI
“Ziyo” media markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni — 19 nafar;
shu jumladan, ma’muriy-boshqaruv xodimlari soni — 7 nafar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 09/19/25/2470-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 28.08.2025-y., 09/25/542/0785-son)